Latest posts

Milliy sertifikat | INFO
24 Sept, 03:56edited
⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi🔰Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.✔️ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
22 Sept, 15:33
#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat🎶 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chatning audioyozuvi.✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
22 Sept, 14:26edited
⚠️ Milliy sertifikatdagi bo‘sh o‘rinlarga ariza qayta ochiladi❌ To‘lov qilmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinadi.Milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tib, to‘lov qilmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinadi. To‘lov muddati yakunlangach, bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun ariza topshirish qayta ochiladi.Ariza berishga ulgurmagan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganidan keyin ham bo‘sh o‘rinlar uchun murojaat qilish imkoniga ega bo‘ladi.To‘lov qilinmagan arizalar bekor qilinadiOktyabr oyidagi sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning 60 foizi hali to‘lov qilmagan. Faqat ariza yuborib, to‘lovni amalga oshirmaganlar hisobiga belgilangan limit tez to‘lgan.Juda ko‘plab talabgorlar ro‘yxatdan o‘tadi, lekin ko‘plarning arizasi to‘lovni amalga oshirmagani uchun bekor qilinadi, — deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassisi.Bo‘sh o‘rinlar


Milliy sertifikat | INFO
22 Sept, 09:11edited
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📚 Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.⏰ 26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar⏰ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar


Milliy sertifikat | INFO
22 Sept, 04:47edited
❗️2026-yil ikkinchi yarmidagi sertifikat imtihonlariga 496 303 o‘rin ajratildiSentabr–dekabr oylarida 15 ta milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.2026-yilning ikkinchi yarmida sertifikat imtihonlari uchun jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilandi. Sentabr–dekabr oylarida talabgorlar uchun 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Hududlar bo‘yicha o‘rinlar mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslarini hisobga olgan holda taqsimlanadi.Quyidagi fanlardan imtihonlar ikki martadan o‘tkaziladi:matematika; kimyo; geografiya; biologiya; fizika; ona tili va adabiyot; tarix.Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni bir marta bo‘lib o‘tadi.


Milliy sertifikat | INFO
11 Sept, 16:17edited
⚡️Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi📆 2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tish belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
8 Sept, 18:56edited
❗️Endi 189 ball olganlar qayta imtihon qilinishi mumkinOliy ta'lim vaziri sertifikatli abituriyentlarning yildan yilga ko'payayotgani kvota doirasida qabul qilish tizimini “izdan chiqarayotganiga” sha'ma qilmoqda, ehtimol...✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
5 Sept, 16:50
😁 4-kurs talabalari institutlarda dars boshlanganda mana shunaqa o'tgan-ketganlarni kuzatib o'tirishadiKatta kurslarga yuborib qo'ying)✅ Milliy sertifikat | INFO👇 https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Milliy sertifikat | INFO
5 Sept, 15:01
Milliy sertifikat imtihoniga o’quvchi tayyorlaydigan ustozlar va abituriyentlar diqqatiga❗️Endi siz milliy sertifikatidan qulay qo’llanma yoki kitoblar qidirib yurishingizga xojat yo’q! Bizda barcha fanlardan qulay va samarasi yuqori bo’lgan milliy sertifikat kitoblar mavjud.Milliy sertifikat kitoblarimiz: ✅Ona tili va adabiyot ✅Matematika ✅Biologiya ✅Kimyo ✅Fizika ✅Rus tili ✅TarixAgar sizga ham milliy sertifikat uchun maxsus kitob va qo’llanmalar kerak bo’lsa, pastagi👇 formani to’ldiring va biz sizga bo'g'lanamiz.👉 Google forma


Milliy sertifikat | INFO
4 Sept, 17:38edited
O’zbekistonda Oilaviy shifokorlikka o’qish 7 yil bo’lishi kutilmoqda!2027/2028-oʻquv yilidan “Davolash ishi” yoʻnalishi oʻrniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda. Besh yillik taʼlimdan keyin talabalar bir yil toʻliq amaliy tayyorgarlikdan oʻtadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
4 Sept, 08:43edited
❗️Ko’plab universitetlarda super-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza qabul qilish boshlandi🔹Abituriyentlar kontrakt.edu.uz platformasi orqali super-kontrakt miqdorini bilishi va tegishli OTMda o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun abituriyentlar mazkur axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli ma’lumotlarni kiritishi lozim.📌Qaysi oliy ta’lim tashkilotlarida super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinayotganini ham ushbu platforma orqali tekshirish mumkin.✅ @milliy_sertifikat_infokontrakt.edu.uzEDU KontraktTalabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
Milliy sertifikat | INFO
3 Sept, 13:50edited
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.✅ @milliy_sertifikat_info


Milliy sertifikat | INFO
3 Sept, 09:47edited
Insonning saviyasini nima yuksaltiradi?Ko'p tillarni bilishmi? Yoki ko'p kitob o'qishmi?©️Hasanxon Yahyo Abdulmajid✅ @milliy_sertifikat_info
Milliy sertifikat | INFO
1 Sept, 05:19edited
Bu mashennik kim?Bir necha yildan beri ismi familiyasini hardoim Abdullayev Iskandar deb yozib yuzlab profillar orqali mana shunaqa xizmalarini taklif etib kelmoqda. Bitta profilini bloklasak boshqasidan kirib baribir yozaveradi.Qip-qizil firibgar bu! Aldanib qolmang!✅ @milliy_sertifikat_info


Milliy sertifikat | INFO
27 Aug, 13:34edited
#Milliy_sertifikat11 ta xorijiy til bo‘yicha Multi-level milliy sertifikat tizimi haqida🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etilgan: 🇨🇳 Xitoy tili 🇰🇷 Koreys tili 🇯🇵 Yapon tili 🇪🇸 Ispan tili 🇮🇹 Italyan tili 🇮🇷 Fors tili 🇦🇫 Dari tili 🇦🇫 Pushtu tili 🇵🇰 Urdu tili 🇮🇳 Hindiy tili 🇨🇳 Uyg‘ur tili❗ Eslatma: mazkur xorijiy tillar bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi, test formati, namunaviy test topshiriqlari, baholash mezonlari va imtihon o‘tkazish sanalari haqida rasmiy ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidagi «Chet tilidan milliy sertifikat» bo‘limida
Milliy sertifikat | INFO
26 Aug, 13:18
⚡️26-avgust kuni huquqshunoslik fanidan test sinovlarining aprobatsiyasi o'tkazildi🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqshunoslik fanidan sertifikatlash tizimini yo'lga qo'yish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.📆 Mazkur ishlar doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 26-avgust kuni huquqshunoslik fanidan test sinovlarining aprobatsiyasi o'tkazildi.👥 Test sinovlarining aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, “Onlayn test” axborot tizimi orqali amalga oshirildi.✅ @milliy_sertifikat_info




Milliy sertifikat | INFO
26 Aug, 13:16edited
❗Milliy sertifikat imtihonlarining sentabr–dekabr oylari uchun grafigi2026-yilning qolgan qismida quyidagi fanlardan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi:✅ Biologiya — 26-sentabr, 21-noyabr ✅ Kimyo — 27-sentabr, 22-noyabr ✅ Matematika — 28–29-sentabr, 23–24-noyabr ✅ Fizika — 24-sentabr, 24-noyabr ✅ Musiqa madaniyati — 25-sentabr, 30-noyabr ✅ Geografiya — 23-oktabr, 25-dekabr ✅ Ona tili va adabiyoti — 24–26-oktabr, 26–28-dekabr ✅ Tarix — 27-oktabr, 29-dekabr ✅ Huquqshunoslik — 23-dekabr ✅ Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun — 20-noyabr💳 Imtihon to‘lovi: — 1-sentabrgacha: 556 200 so‘m — 1-sentabrdan: 594 000 so‘m🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: my.gov.uz


Milliy sertifikat | INFO
24 Aug, 15:40
Chet tillidan sertifikat imtihonlari bo’lib o’tdi!Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.📆 Imtihonlar 2026-yil 24-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.👥 Ularda salkam 19 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 39 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkazilishi belgilangan.📝 Imtihon natijalari VMning 73-son qarorida belgilangan




Milliy sertifikat | INFO
24 Aug, 07:40
⚡️ Abituriyentlar uchun: grantga kirsangiz, uning bir yillik ekanini bilasizmi?▪️ 2 yildan beri, davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta taqsimlana boshladi.Buni Oliy ta'lim vaziri quyidagicha tushuntirgandi:Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz. Bu yerda masala faqat birgina yigit yo qizning 11 yil o‘qib to‘plagan oltindan qimmat bilimi yo‘qolib ketishidagina emas, balki ularga ta’lim bergan o‘qituvchilarning mehnati ham zoe ketishidadir.Ilgari davlat granti bir talabaga bakalavriat bosqichida uzluksiz taqdim qilingan bo‘lsa, endi grantni oqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘qishni o‘zlashtirishni muntazamO‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiA’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydiRasmiy vebsayt: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Milliy sertifikat | INFO
24 Aug, 07:34
⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda!Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang:🛡 Kiberxavfsizlik; 💻 Muhandis-dasturchi; 🤖 Sun'iy intellekt; 🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing!



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
