Latest posts

MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 13:19
“HUQUQIY ZAKOVAT” — BILIM, ZUKKOLIK VA HAMJIHATLIK BELLASHUVI!Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sentyabr oyi tinglovchilari hamda filial xodimlari o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, jamoaviy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining huquqiy bilimlari, topqirligi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. 🥇 1-o‘rin — “Qonun bilimdonlari” jamoasi 🥈 2-o‘rin — “Adolat posbonlari” jamoasi 🥉 3-o‘rin — “Huquq ziyolilari” jamoasi egalladilar. G‘olib jamoalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook |
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 12:50
⚖️ “Huquqiy zakovat” — huquqiy bilim va zukkolik bellashuviO‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.📚 Bellashuv davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlari, topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazib, turli savol va topshiriqlar asosida o‘zaro bellashdilar.Tadbir huquqiy bilim va madaniyatni oshirish, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 11:59
⚜️ “Huquqiy zakovat” — huquqiy bilim va zukkolik bellashuviO‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2026-yil 18-sentabrdagi U-89-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutning Nukus filialida xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 📚 Mazkur intellektual bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunchilikka oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, mantiqiy va tezkor fikrlash hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. ⚖️ Bellashuv davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlari, topqirligi, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, turli mavzulardagi qiziqarli savol va
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 11:00
2. Kimlar pedagog bo‘lishi mumkin emas?❌ Quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi: ➡️ sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilganlar; ➡️ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; ➡️ pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lganlar; ➡️ psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turganlar. ➡️ Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 10:00
#Mahorat_darsi | Nukus filialiKasbiy faoliyati va shogirdlari tomonidan erishilgan yuqori natijalarga ko‘ra muqobil malaka oshirish talabini muvaffaqiyatli bajargan tajribali mutaxassislar:📌 Radjabov Bobir Komilovich— Buxoro viloyati Kogon tumani sport maktabida Boks sport turi bo‘yicha trener. Mavzu: “Boksda tezkorlik va reaksiya qobiliyatini rivojlantirish”.📌 Mamutov Ulugbek Baxtiyarovich— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Erkin kurash sport turi bo‘yicha trener. Mavzu: “Erkin kurashda asosiy turish holati va harakatlanish texnikasini takomillashtirish” mavzularidagi mahorat darslari tashkil etildi.📌 Boybekov Farhod Norqulovich— Buxoro viloyati Kogon tumani sport maktabida Kikboksing sport turi bo‘yicha trener. Mavzu: “Kikboksingda himoya harakatlari va qarshi harakatlar texnikasi”.Mazkur darslar
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 09:04
“Vatana ravnaqi uchun mening hissam”Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sayyor malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Vatana ravnaqi uchun mening hissam” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti J. Pulatov olib bordi.Suhbat davomida Vatanga sadoqat, kasbga mas’uliyat, yoshlar tarbiyasi va sport orqali yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish haqida samimiy fikr almashildi. 🇺🇿 Vatan ravnaqi — har birimizning hissamizdan boshlanadi!MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 07:04
♟G‘ALABA MUBORAK!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 06:04
🏛 MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI2026-yil 21-sentabr kuni Institutning Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti U.Abdakimov boshchiligida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida tinglovchilar Termiz shahrining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Imom at-Termiziy maqbarasiga tashrif buyurdilar.🕌 Imom at-Termiziy maqbarasiga tashrif davomida buyuk muhaddisning ilmiy-ma’naviy merosi, hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi.Mazkur tadbir tinglovchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube |
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 05:01
Osiyo o‘yinlari doirasida yigitlarimiz ham o‘zlarining ilk uchrashuvlarini 24-sentabrdan boshlashadi.MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MINSPORT INSTITUT
22 Sept, 04:34
forwarded from @minsportuz
Aichi-Nagoya-2026: Delegatsiyamiz bugun 15 sport turida ishtirok etadiBugun Yaponiyada XX yozgi Osiyo oʻyinlarining uchinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda terma jamoalarimiz vakillari quyidagi 15 sport turida bahs olib borishadi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
