Latest posts

Sport vazirligi
23 Sept, 10:44
Aichi-Nagoya-2026: Polina Volobuyeva bronza medalini qabul qilib oldiAichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida qilichbozlikning rapira yo‘nalishida ayollar o‘rtasidagi bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritgan Polina Volobuyeva tantanali taqdirlash tadbirida medalini qabul qilib oldi.Eslatib o‘tamiz, Polina Volobuyeva yarim finalda Janubiy Koreya vakili Park Jiheega imkoniyatni boy bergan edi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube




Sport vazirligi
23 Sept, 10:34
Toshkent viloyatining barcha hududlarida sport sinovlari o‘tkazilmoqdaToshkent viloyatining barcha hududlarida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport sinovlari belgilangan tartibda tashkil etilmoqda.Jumladan, Piskent tumanida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazilmoqda. Sinovlar jarayonida ishtirokchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.Mazkur sport sinovlarini tizimli ravishda o‘tkazish orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilgan.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube




Sport vazirligi
23 Sept, 10:18
Aichi-Nagoya-2026: Saydullo Abdurashidov bronza medalini qo‘lga kiritdiUshu bellashuvlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ikkinchi medal yozildi. Sanda dasturining -56 kg vazn toifasida ishtirok etgan Saydullo Abdurashidov yarim final bahsida xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube




Sport vazirligi
23 Sept, 09:26
ISHBILARMONLAR VA INVESTORLAR DIQQATIGA!💼 Sport vazirligi tizimdagi 100 ga yaqin sport obyektlari hamda bo‘sh yer maydonlarini davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida boshqaruvga berish bo‘yicha ishbilarmonlar va investorlar bilan hamkorlik qilishni taklif etadi.Jumladan, Farg'ona viloyatida quyidagi obyektlarda davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshiriladi (2-qism).📍 Farg‘ona tumani, Shohimardon MFY, Porsin ko‘chasi 10-uyda joylashgan 1-son sport maktabining bo‘sh yer maydoni📍 Farg‘ona tumani, 1-son sport maktabida joylashgan ochiq suv havzasi📍 Uchko‘prik tumani, Uchko‘prik MFY, Sog‘lom avlod ko‘chasi 5-uyda joylashgan sport maktabining bo‘sh yer maydoni📍 Buvayda tumani, Yangi qo‘rg‘on MFYda joylashgan Buvayda tumani sport maktabining bo‘sh yer maydoni (sport zal uchun taklif)📍 Dang‘ara tumani, Istiqlol MFYda joylashgan sport maktab qo‘shimcha bazasi📍 Uchko‘prik tumani sport maktabining Katta qo‘shtepa MFYda joylashgan qurilish tugallanmagan bino-inshootiAgar sizda mazkur sport obyektlar negizida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish istagi mavjud bo‘lsa, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.Sport infratuzilmasini birgalikda rivojlantiramiz!📞 Ishonch telefoni: +998 55 520 90 07Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube


Sport vazirligi
23 Sept, 08:35
35 YILLIK TARAQQIYOT: SMART BOOK SHARHIMustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tayyorlangan Smart bookda mamlakatimizning o‘tgan davrdagi taraqqiyot yo‘li, muhim natijalar va yangi marralar interaktiv formatda jamlangan.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sport vazirligi
22 Sept, 17:05
Yaponiyada oʻtkazilayotgan XX Yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida 23-sentabr kuni start oladigan musobaqalarda atletlarimiz 16 ta sport turi boʻyicha mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.Vakillarimiz ushbu nufuzli musobaqaga puxta hozirlik koʻrishmoqda va yuqori natijalarni qoʻlga kiritishni maqsad qilishgan.Ushbu shiddatli musobaqalarda sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube


Sport vazirligi
22 Sept, 16:27
🏁O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Spa-Frankorshamdagi xalqaro poygada g‘olib bo‘ldiO‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Belgiyada o‘tkazilgan Ultimate Cup Seriesning navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.20-sentabr kuni Spa-Frankorsham trassasida o‘tgan Ultimate GT Sprint Cup musobaqasida Ismoil Ahmedxo‘jayev Roman Rusinov bilan birgalikda Rossa LM GT avtomobilida bahs olib bordi va jamoasiga navbatdagi g‘alabani keltirdi.Musobaqa davomida ob-havoning o‘zgarishi va trassaning bir necha bor namlanishiga qaramay, ekipaj yuqori sur’atni saqlab qoldi. Saralash bahslarida esa ikkita poul-pozitsiya qo‘lga kiritildi.🏆 Bosqich yakuniga ko‘ra, Rossa Racing jamoasi ikkita poul-pozitsiya va ikkita podium bilan turni yakunladi. Ismoil Ahmedxo‘jayevning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki “O‘zavtosanoat” AJ ko‘magida milliy avtosportni rivojlantirish va



Sport vazirligi
22 Sept, 14:40
💼 💼 Sport vaziri Adkham Ikramovning Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvi hamda atletlarimiz qo‘lga kiritayotgan g‘alabalar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan navbatdagi reportajWeb-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sport vazirligi
22 Sept, 12:45
Sirdaryo viloyati Sport boshqarmasi va tizim tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdiSirdaryo viloyati Yoshlar markazida tashkillashtirilgan intellektual o‘yinda tuman (shahar) hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlaridan shakllantirilgan 14 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.Qiziqarli bahs, mantiqiy va huquqiy savollar hamda kutilmagan lahzalarga boy o‘tgan musobaqa natijasiga ko‘ra:🥇-o‘rin - Sirdaryo tumani sport maktabi jamoasiga, 🥈-o‘rin - Sayxunobod tumani sport maktabi jamoasiga, 🥉-o‘rin - Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasiga nasib etdi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube




Sport vazirligi
22 Sept, 12:31
Sport vazirligi binosida vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazildiIntellektual o‘yinda “Sport vazirligi”, “Yangi O‘zbekiston”, “Chempion”, “Moliyachi”, “Olimpik” hamda “Direksiya” nomli jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar vazirlik va tizim tashkilotlarining turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan shakllantirildi.O‘yin davomida ishtirokchilarning huquqiy bilim va savodxonligi, qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.Musobaqa yakunlariga ko‘ra, “Chempion” va “Moliyachi” jamoalari 7 balldan to‘plab 1-o‘rinni, “Sport vazirligi” va “Yangi O‘zbekiston” jamoalari 6 balldan to‘plab 2-o‘rinni, “Direksiya” jamoasi 5 ball bilan 3-o‘rinni egalladi.G‘olib va sovrindor




Sport vazirligi
22 Sept, 12:02
Biatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari aniqlandiToshkent viloyati Chirchiq shahrida yoshlar o‘rtasida sportning yozgi biatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 80 ga yaqin sportchi uchta mashqda bellashdi.Musobaqada sportchilardan turli masofalarda belgilangan joyga yugurib hamda rollerda harakatlangan holda kelishlari va pnevmatik miltiqdan nishonni mo‘ljalga olishlari talab etildi. Bellashuvda qizlar “5 km – masstart”, “7,5 km – roller-sprint” va “estafeta” mashqlarida 1 marotaba yotgan va tik turgan holda nishonga qarata o‘q uzdilar. Erkak sportchilar esa “6 km – masstart”, “10 km – roller-sprint” va “estafeta” mashqlarida 1 marotaba




Sport vazirligi
22 Sept, 10:51
Aichi-Nagoya–2026: Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlari medallari bilan tantanali taqdirlandiYaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida oʻtkazilayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari ham oʻz medallarini qabul qilib olishdi.Tantanali taqdirlash marosimida mahoratli ushuchimiz Darya Latisheva19.413 ball jamgʻargan holda, oʻzining Osiyo oʻyinlaridagi uchinchi - kumush medalini tantanali ravishda qabul qilib oldi.Shuningdek, aralash jang sanʼati bahslarining anʼanaviy yoʻnalishda Hilola Sobirova (-60 kg), modern yoʻnalishida Firdavs Atamuradov (-60 kg) hamda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo oʻyinlarining kumush medallari bilan mukofotlandilar. Modern yoʻnalishida -71 kg vazn toifasida mahorat koʻrsatgan Nodirbek Shavkatov esa musobaqaning bronza medali bilan tantanali ravishda




Sport vazirligi
22 Sept, 10:07
Termiz shahrida “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi“Talaba-yugur”, “Inson uchun” hamda “Silk Road” ommaviy yugurish marafonlarining navbatdagi bosqichi Termiz shahrida ham bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ming nafardan ortiq sportsevar yoshlar, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar faol ishtirok etdi.Tadbir Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazildi. 3 kilometrli masofani bosib o‘tgan ishtirokchilar finish chizig‘ini katta ishtiyoq bilan qarshi oldilar.Musobaqaning eng faol va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilari tashkiliy qo‘mita tomonidan munosib taqdirlandi. G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube




Sport vazirligi
22 Sept, 10:06
forwarded from @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi. Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. ✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi. Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi. ✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.📌Bu faqat shikoyat tizimi emas🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.⛔Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.✅ Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
