Latest posts

Mirzodan maktub
22 Sept, 08:41
Tarix uchun shu suratlar turib tursin 🌳Toshkentni batamom tosh yoki chang shahar qilish uchun yana bir qadam qoʻyilmasligi kerak@mirzodanmaktub




Mirzodan maktub
22 Sept, 08:32

Mirzodan maktub
22 Sept, 06:31
Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh
Mirzodan maktub
22 Sept, 06:28
forwarded from @muhrim
Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh archa o‘rnatilayotgan, har bahorda Gullar bayrami o‘tkazilayotgan, boshqa paytda aholi sayr qilishi, dam olishi, vaqtini chog‘ o‘tkazishi mumkin bo‘lgan maydon.Har faslda minglab, yuz minglab aholiga xizmat qilayotgan qarichi tilloga teng shu yerni davlatimiz (shahar hokimligi ham shu davlatning bir qismi-ku axir) bir necha yuzlab avtomobil ertalabdan kechgacha chang bosib yotishi uchun berib yubormoqchi. Endi, bilmasam, bu qaysi shishirilgan tashkilot xodimlari uchun xizmat qilarkin: yonidagi G‘aznachilikkami, ortidagi Zarbxonagami, yo yo‘lning narigi tarafidagi hukumatgami, yo “Gazeta korpusi” yonidagi “yerosti avtoturargohlari
Mirzodan maktub
22 Sept, 02:18
Yam-yashil yaxlit bir kompleks, oʻzi Yuridik universitet va Temuriylar muzeyi ortida ikkita kattagina parking hududi bor.Shahar rahbariyatidagilarni PA tomondagilar tartibga chaqirib qoʻymasa boʻlmayapti. Albatta, bu tizimli chora emas, yogʻligina yerlarni berib yuboradiganlarning bir emas, sakkiz boshi bor.Ekologiya vazirligi, siz ne deysiz? 🙌🏻@mirzodanmaktub


Mirzodan maktub
22 Sept, 01:26
forwarded from @uzbekonomics
Алишер Навоий номидаги миллий кутубхонанинг орқа ҳудудида
Mirzodan maktub
21 Sept, 14:37
Yashavoringlar, yigitlar 🇺🇿🇺🇿🇺🇿@mirzodanmaktub


Mirzodan maktub
21 Sept, 12:43
Muhtaram Ali Qahhor TAF'da ham chiqish qiladilar. 10-oktyabr faqat oʻsha ma’ruzaga borsam kerak xolos 😃
Mirzodan maktub
21 Sept, 12:42
Какими я вижу 30-45 летних корпоративных менеджеров коракузских компаний. Я наблюдаю и жала постоянно спрос килгим келади, Бодомзорлик Сарикни танийсанми, гнать килгим келади, раз стрелками жалла, давай хамма узини торпедасини обкеп положняк решать килийлу
Mirzodan maktub
21 Sept, 12:42
forwarded from @korakozolog
Какими я вижу 30-45 летних корпоративных менеджеров коракузских компаний.Я наблюдаю и жала постоянно спрос килгим келади, Бодомзорлик Сарикни танийсанми, гнать килгим келади, раз стрелками жалла, давай хамма узини торпедасини обкеп положняк решать килийлу, укаам, муомиллани тугри кигин.Это жалла последствия Каримовской политики образования и низкой образованности, где ушлость и гон с чесом показатель чего-то.Шустрый булгин укам
Mirzodan maktub
21 Sept, 03:59
Yangi hafta samarali va barakali bo‘lsin, azizlar. Bugungi pleylistda — Maks Rixter. Tinglab ko‘ramiz.@mirzodanmaktub


Mirzodan maktub
18 Sept, 13:40
forwarded from @hashtag_gashtak
🎙Yangi Gashtak podkasti!Bu safargi mehmonimiz - jurnalist, Kun.uz asoschisi, Daryo saytining sobiq bosh muharriri, Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik.Suhbat mavzularidan: - Asosiy ishidan nega ketdi? - Gazeta.uz dagi ish faoliyati - Qanday media loyihasini boshlash ma'qul? - Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar! - Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi? - Ijodda moliyaviy erkinlik bormi? - "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida - O'zbekistonga protestlar kerakmi?🔥 To’liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling!


Mirzodan maktub
18 Sept, 10:09
Bir jihatni ko‘p yillik tajribaga ega akalar-u opalar, ukalar-u singillar ham hayotining qaysidir davrida tushunib yetgan yoki endi yetadi. Yozganlarim balki ertaroq fikr qilishga sabab bo‘lar.Odam borki, ba’zan, ehtimol tez-tez manmanlikka, kibrga, ko‘z pardasi xiralashishiga, cheksiz kimo‘zar poygalarida tabiati o‘zgarishiga yuzlanib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar va ayniqsa, gumanitar sohalarda (jurnalistlik, marketing, PR, siyosat va boshqalar) bu ko‘proq uchraydi deb o‘ylayman. Marraga kim ildam ketayotganini qiyoslash, taqqoslash ayni viruslashgan.O‘zingizga chetdan qarashga vaqtingiz, imkoningiz, umuman toqatingiz bo‘lmagan paytda xatolaringiz ko‘payadi, ko‘p narsalarni payqamaysiz. Kaminadan qiyos — ko‘p marta keraksiz gaplarni keraksiz vaqtda aytaman, so‘zlarim va energiyamni taqsimlashda xatolarim bor. Kuzda yoki bahorda esa iqlim sabab allergiyam qo‘zib qoladigan bo‘lgan. Bu
Mirzodan maktub
17 Sept, 04:13
Bahorda Toshkentga borganimda, Darxon atrofida shunday ko‘chaga kirib qoldim. Bu chor Rossiyasining bizning yurtlarni mustamlaka qilgan vaqtlarida qurgan binolari.Rossiya davlatining siyosatiga qarshi bo‘lish O‘zbekiston milliy tarixidan Rossiya izini o‘chirib tashlashni anglatmaydi. Tarix shunisi bilan qiziq, sizga yoqishi yo yoqmasligining unga farqi yo‘q. Uning har bir davri, buyugi ham, hunugi ham — bizniki. Mana shu binolar ham.Biz faqat Shohi Zinda yo Registon emas, mana shunday me’morchilik namunalari bilan ham boymiz. Bu noyob me’morchilik asarlarini albatta asrab qolish kerak.Deputat Alisher Qodirovning bugun ziddiyatga sabab bo‘lgan gaplarida “qandaydir rus rassomining uyi” tilga olinibdi. “Buzib tashasa ham bo‘ladigan” deyapti uni bu deputat. Qachon bu shafqatsiz buzishlardan charchaymiz? Samarqandda qanchasi yer bilan yakson qilindi, nikolay g‘ishtlari bilan.Toshkentd




Mirzodan maktub
16 Sept, 11:46
forwarded from @azamov_com
London -- dunyoning reklamalar poytaxti. Har safar borganimda u yerdagi reklamalarning ham matni, ham vizualiga qoyil qolaman.Toʻgʻrisi, men qisqa vaqtga borganimda birinchi marta koʻrayotgan joylarimdan baxra olib ketaveraman, telefonimni olib suratga tushiravermayman.Shunda ham hafsala qilib olgan rasmlarimni ulashyapman. Qanchasini hali suratga olmaganmam ham.


Mirzodan maktub
11 Sept, 07:14
forwarded from @uzbekonomics
Oqibatlardan yana biri nafaqat kirilda yozish ko'payadi balki o'zbek zabon ota-onalar tomonidan farzandlari uchun maktabda rus tilida dars o'tadigan sinflarga va universitetlarda rus tilidagi potoklarga talab oshadi. Ingliz tilidagilarga ham.Qoidasi, va yozuvi tez-tez, asossiz va palapartish o'zgarmaydigan til bo'lsa, kitoblari mavjud bo'lgan til bo'lsa, farzandlarimiz 1-sinfda ham, 11-sinfda ham bitta yozuvda o'qishini, savodli bo'lishini, uzluksiz ta'lim olishini istayman desa kerak istalgan ota-ona.@uzbekonomics
Mirzodan maktub
10 Sept, 13:30
De-fakto uchta alifboli o'zbek tiliga ega bo'lganimiz va uchta yozuvda yozadigan avlodlarga bo'linganimiz bilan tabriklayman. Umrimiz davomida alifbo yana qachonlardir yana va yana o'zgartirilishini ko'rishga yo'l ochilibdi. @uzbekonomics
Mirzodan maktub
10 Sept, 13:25
forwarded from @uzbekonomics
De-fakto uchta alifboli o'zbek tiliga ega bo'lganimiz va uchta yozuvda yozadigan avlodlarga bo'linganimiz bilan tabriklayman.Umrimiz davomida alifbo yana qachonlardir yana va yana o'zgartirilishini ko'rishga yo'l ochilibdi.@uzbekonomics
Mirzodan maktub
10 Sept, 07:24edited
Şaraf-şonli, şavkatli yurtimiz — Özbekistonda alifboni takomillaştiriş işlari jadal ketmoqda. Söm yozilişi, Toşkent yozilişi va boşqa-boşqa ismlar, nomlar, sözlar çirpirak qilib özgartiriladi.Bu xuddi tumanlarda peşlavhalar nomlarini buzdirib, olib taşlaş, keyin yana xato qaror qilinganini anglaşga öxşaydi.Şu va quyidagi matnni yozgunimça 15 daqiqa ketdi:“Özbegimni pastga urib, şarmanda qilayotgan ayrim bir qöştirnoq içidagi insonlarga murojaat qilmoqçiman. Bas qillaring. Yetar. Faqat Özbekistondami kamçiliklar? Özbegim uçun jonim fido. Xalqim uçun jonim fido. Özbegim yuragidan, özbegim könglidan joy ololmaysanlar senlar. Senlarga aslo bizning könglimizda joy yöq. Mening qalbimda joy yöq senlarga.…Oddiy özbek öğloni öz fikrimni bildiryapman……Mening qalbimga ğarazli, qöpol qilib aytganda, hitrlik yöllari bilan qalbimga kira olmaysan”.#QipQizilTakomillaşuv@mirzodanmaktub


Mirzodan maktub
8 Sept, 03:19
Baxt yana ne desalar, shunday tonglarni oʻz koʻzing bilan koʻrish, qushlarni tinglash, nafas olish degan boʻlardim…Shukur ☀️@mirzodanmaktub

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
