gram news
Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi channel avatar

Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

@mmtbkasbi

ProjectsUZEducation

1,880subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    22 Sept, 11:04

    🔔Maktab faoliyati — e’tibor markazida!!!🔹Bugun, 22-sentabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Kamolov tumandagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.🔰 Tashrif davomida 9-“A” sinf o‘quvchilari bilan mazmunli va motivatsion suhbat tashkil etilib, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, kelajakdagi maqsadlari va tanlagan kasblari haqida fikr almashildi. Hayotiy misollar asosida bilim olish, o‘z ustida ishlash va kasb tanlashda mas’uliyatli yondashishning ahamiyati ta’kidlandi. 📍Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy bilim va tarbiya berish, pedagog mas’uliyati hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram | Instagram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    22 Sept, 05:34

    🔔Maktab faoliyati va yoshlar bilan ochiq muloqot!!!🔹 Joriy yilning 21-sentabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Kamolov tumandagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.♻️Tashrif davomida 10-sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, fanlarga bo‘lgan munosabati, kelajakdagi maqsadlari hamda kasb tanlash borasidagi rejalari haqida fikr almashildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ham fikrlarini bildirdilar. 📍Shuningdek, maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda maktab jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram |
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    21 Sept, 11:00

    🔔Kelajak soati!!!🔹Bugun, 21-sentabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Men O‘zbekistonlikman” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.📚Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat va o‘zligini anglash kabi tushunchalar haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yurtimizning kelajagi uchun bilimli va faol yosh bo‘lib voyaga yetish muhimligini angladilar. 🔰 Bunday mashg‘ulotlar yosh avlod qalbida Vatanga daxldorlik, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram | Instagram
    43811Open in Telegram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    21 Sept, 04:50

    🔔Kasbi tumanidan yana bir sport yutug‘i!🔹Namangan shahrida dzyudo bo‘yicha kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.🔰Unda Kasbi tuman sport maktabi sportchisi, 41-maktab o‘quvchisi Panjiyeva Mushtariy 32 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. ✅ Ushbu natija yosh sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar, murabbiylarning fidokorona mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi samarasidir. Mushtariyning ushbu yutug‘i bilan maktab rahbariyati, ustozlari, ota-onasi hamda uning sportdagi muvaffaqiyatiga yaqindan ko‘maklashgan barcha mas’ullarni samimiy muborakbod etamiz.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram | Instagram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    20 Sept, 11:43

    https://www.instagram.com/reel/DaR11VduSe1/?stkn=NWVrYm16MzlpdmR1
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    20 Sept, 03:44

    forwarded from @kasbi_tumani_16

    🧹 Bugun — Butunjahon tozalik kuni! 16-sonli Jasorat maktabida “Hayot uchun joy ajrating” shiori hamda eko-volontyorlarimizning “Bizning maqsad: Toza maktab, toza o‘lka, yorqin kelajak!” ezgu shiori ostida navbatdagi tozalik va obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi. Dunyo bo‘ylab nishonlanadigan ushbu sana munosabati bilan maktabimizning tashabbuskor va faol eko-volontyorlari o‘quv dargohimiz hududida hamjihatlik bilan tozalash ishlarini olib borishdi. 🌿 Aksiya doirasida: Maktab hovlisi va atrofi chiqindilardan tozalandi; Yillik va ko‘p yillik daraxtlar, yashil hududlar parvarish qilindi; Atrof-muhitni ozoda tutish, tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Atrof-muhit sofligi — har birimizning kundalik burchimizdir. Tozalikni o‘zimiz yashayotgan va ta’lim olayotgan maskandan boshlasak, yurtimiz obod, kelajagimiz esa sofdan sofdan bo‘ladi!#Butun
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    19 Sept, 11:01

    🔔“Ochiq eshiklar kuni” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar🔹Joriy yilning 18-sentabr kuni Kasbi tuman “Kelajak” markazida yoshlarni markaz faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.✅Tadbir davomida yoshlar markazdagi to‘garaklar va yo‘nalishlar bilan tanishib, ustoz va mutaxassislardan turli sohalar bo‘yicha foydali ma’lumot hamda tavsiyalar oldilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashdilar. 🔰 Har bir yosh — yangi imkoniyat va katta salohiyat egasi. “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish, iste’dodini rivojlantirish va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biridir.Axborot xizmati Bizni kuzatib boring!!! Telegram | Instagram
    49611Open in Telegram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    19 Sept, 07:24

    🔔“Maqom” — bebaho ma’naviy merosimiz!!!🔹Bugun, 19-sentabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maqom” festivalining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda tashkil etildi.📍Tadbirda Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Kamolov ham ishtirok etib, festivalni ochib berdi. 🔰Tadbirni ochib bergan Aziz Kamolov ishtirokchilarni festival bilan qutlab, milliy musiqa va maqom san’atini asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish hamda iste’dodli tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. ✅ Maqom — xalqimizning bebaho ma’naviy merosi. Mazkur festival milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yosh iste’dodlarni namoyon etish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram |
    656111Open in Telegram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    18 Sept, 10:38

    forwarded from @uzedu

    Variativ sinf – o‘quvchilarga qanday imkoniyat beradi?✅ Variativ o‘quv rejasi — bu o‘quvchilarning individual qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda, maktabning o‘zida oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat yaratish tizimidir.Bundan ko‘zlangan maqsad — o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni o‘rgatish, tanlangan oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlariga tayyorlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishdan iborat.⏰ Jumladan, 2025-2026 o‘quv yilida maktab o‘quvchilarini qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra 7-11-sinflarda variativ o‘quv rejalar asosida 439 ta maktabda 18 ta yo‘nalishda tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitildi.📊 Unda 1 070 ta sinfda 30 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.🔹2026-2027 o‘quv
    405video1Open in Telegram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    18 Sept, 10:24

    🔔“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI”🔹Bugun,18-sentabr kuni, Kasbi tumanining 20-maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.🌐Unda Kasbi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi rahbari M. Amirov maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 📚 Muloqot davomida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi. 🔰 Uchrashuv davomida yoshlarni o‘z qiziqish va salohiyatlarini rivojlantirish, kelajakdagi maqsadlari sari intilish hamda zamonaviy kasblarni puxta egallashga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Axborot xizmati!!! 📲Bizni kuzatib boring. Telegram Instagram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    17 Sept, 08:01

    🔔“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI”🔺Bugun,17-sentabr kuni, Kasbi tumanining 52-maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.🔹Unda Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Aminovich Kamolov maktabning 1–11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotda bo'ldi. ⭕️Muloqot davomida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, kitobxonlik madaniyati, iqtidor va qobiliyatlarni rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi. ⭕️ Shuningdek, pedagoglar bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va samarali ta’lim muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi.🌍
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    17 Sept, 01:41

    forwarded from @kasbi_tumani_16

    📢 16-SONLI JASORAT MAKTABIDA RADIOUZEL TASHKIL ETILDI🎙️ Maktabimizda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muhim yangilik va e’lonlarni tezkor yetkazish, shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida maktab radiouzeli tashkil etildi.📻 Endilikda maktab radiouzeli orqali: 🔹 muhim e’lonlar; 🔹 kun yangiliklari; 🔹 ma’naviy-ma’rifiy ma’lumotlar; 🔹 o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari; 🔹 turli tadbirlar va tanlovlar haqida axborotlar muntazam yoritib boriladi.✨ Maktabimiz hayotidagi har bir yangilik — o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyat!🇺🇿 16-sonli Jasorat maktabi — bilim, intizom va vatanparvarlik maskani!#16SonliJasoratMaktabi #Radiouzel #MaktabHayoti #Yangilik #madebygulsanamxojiyevs
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    16 Sept, 18:34

    🌟🌟🌟🌟🔔31 YIL — TA'LIMGA BAG'ISHLANGAN UMR🔺Kasbi tumani 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani oliy toifali o‘qituvchisi Zamon Shaniyozov Qashqadaryo viloyati bo‘yicha master-trener sifatida faoliyat yuritmoqda.🔺Ilmiy-uslubiy maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida chop etilgan. 2024-yilda o‘quvchilarda kreativ fikrlash va amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan metodik qo‘llanmasi respublika miqyosida ommalashgan.🔺2021-yilda matematika fani o‘qituvchilari olimpiadasida faxrli 1-o‘rin sohibi. O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti laureati.
    519video1Open in Telegram
  • Kasbi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

    14 Sept, 12:26

    🔔“Kelajak soati” — ma’naviyat va vatanparvarlik saboqlari!!!🔺Joriy yilning 14-sentabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.✅ “Kelajak soati” mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga “Yagona Vatan — yagona xalq” hamda “Ona Vatan qayerdan boshlanadi?” mavzulari asosida tushunchalar berilib, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, vatanparvarlik va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida mavzuga oid videoroliklardan foydalanildi. ⭕️Dars jarayonida milliytarbiya.uz platformasidan samarali foydalanilib, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Mashg‘ulotlar yosh avlodni ma’naviy barkamol,
    79411Open in Telegram