gram news
Mom & Me | onalar blogi channel avatar

Mom & Me | onalar blogi

@momme_onalarblogi

Eng asosiy ta’lim maktabgacha bo’ladi

ProjectsUZFamily

2,850subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Mom & Me | onalar blogi

    22 Sept, 11:05edited

    Savdoda ish ko’pligi, tug’ruqdan keyingi tiklanish ehtiyoji, 4ta polaponing bilan dam olish tugul ovqatlanishga ham zo’rg’a ulgurasan odam.Shunday ‘yugurib’ yashashdan charchabman, kortizolim oshayotgani, asabim chatoqlashganini sezish qiyin emas.Davolanish o’rniga alamimni piyoda yurishdan olyapman. Undan ham yaxshi foyda beradigan terapiyalarim “yo’q” deyish kuchi, har ishda sekinlashish, sekiiiiiin va sokiiiin bo’la olish kuchi bebaho ekan! Gapirmaymiz, hech narsani izohlamaymiz, so’zdan ro’za tutamiz, qarabsizki shukur hissini tuyish uchun bo’sh joy ochiladi!Yana yangi kuchlarni ishga solishim kerak, shakar va nonsiz hayot, donli urug’lar, ko’katlar va sabzavotlar bilan do’stlashish qoldi:)Haftada 1 marta tozalash xizmati kuchi yordamga kelsa bormi, ehheeee…. yaxshisi bu ishlarni dadamiz bilan bolalarga qoldiraman, endi men ham dam olamaaaaan😀
    477613520Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    20 Sept, 05:41edited

    Bir ayol shoshib doktorga ketayotgan yo’limda to’xtatib salomlashdi.— Sizga havasim keladi, sizni, bollarizni kuzataman, yaxshi ta’lim bergansiz….Meni esa unga havasim keladi, har kun soatlab ko’chada shunchaki sayr qiladi, hech qayerga shoshmaydi, eng katta o’yi bugun nima ovqat qilish… bu naqadar baxt, va men bunday baxtni topsam qo’yvormagan bo’lardim🥹
    66884236Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    17 Sept, 09:57edited

    Ohiratda bankrot bo’lmaylikKechadan beri ustoz Mahmud Usmonning intervyularini ko’rib chiqyapman.Moliya sohasi uchun kuzatardim, bu kishining ilmi keng ekan, bizga bir ne’mat ekanlar, Alloh rozi bo’lsin!https://t.me/momme_onalarblogi
    1,220video2817Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    16 Sept, 20:17edited

    Hamma “narkamania” desa nimani tasavvur qilishi aniqLekin men hozir siz bilgandan ham xavfliroq “narkamania” shakllarini aytaman.Nima bo’layotganiga tushunmasdan telefon so’rab talvasaga tushayotgan bolajonlarHojatgacha telefoni bilan kirib chiqayotgan visual dopamin qullariShakarli mahsulotlarga “o’tirib” qolgan asssli “oqsil gadolari”Topganini yeb yuboradigan meshqorinlar, bolasi ham o’zidek, rohatni faqat ovqatdan oladigan oilalarRohatlanayotgan manbangizga boqing, u sizni keyingi 1 yil ichida kim bo’lishingizni belgilaydihttps://t.me/momme_onalarblogi
    TelegramMom & Me | onalar blogiEng asosiy ta’lim maktabgacha bo’ladi
    1,290621010Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    16 Sept, 15:58edited

    Men Toshkentda talaba edim, oyimning bank kartasi menda turardi, 3 yil oyim kartasidagi pulni meni o’qishimga sarfladi, har oy mehnatni qilgan oyim-u, uni rohatini ko’rgan men bo’ldim…oyim ham meni rohatimni ko’rsinda deb duodaman endi.Yana bir alam qilgan joyi, mehnatlari bebaho bo’lsayam oyimning maoshi poytaxtning “berahm narxlari” oldida arzimas bo’lib qolardi.Men shunga yarasha o’qidimmi, yo’qmi, 3ta diplomni tokchaga qo’yib, uyda kitob sotayotganimdan oyim rozi bo’lsin ilohim.
    1,180video4643Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    14 Sept, 15:30edited

    Sizdayam bormi shunaqasi Uyda hamma bilan osongina kelishaman, lekin shu o’g’limga ba’zan gap topib berolmay qolamandaaa:) Isteroid tip, xolerik bola — ohhh, bu bola menga oyna tutyaptimi bilmadim, o’zim ota-onamni qanchalar qiynaganimni eslatadi-da, oyijonim
    1,0001056Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    14 Sept, 15:03edited

    Sizdayam bormi shunaqasiUyda hamma bilan osongina kelishaman, lekin shu o’g’limga ba’zan gap topib berolmay qolamandaaa:)Isteroid tip, xolerik bola — ohhh, bu bola menga oyna tutyaptimi bilmadim, o’zim ota-onamni qanchalar qiynaganimni eslatadi-da, oyijonim ham “ha bolangdan top “ deganmikinlar-a😀
    95157165Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    12 Sept, 17:45edited

    Ha, nafsimizdan qattiq sinaladigan davrda yashayapmiz. Nafsi jilovlangan odamlar nasiya, qarz, kreditni qanchalik oson qilib qo’ysa ham tanlamaydilar. Ba’zan majburlikdan emas, havasdan qarzga mashinasi-yu uyini yangilaydiganlar ham topiladi. Alloh o’zi holimizni isloh qilsin.Farzand tarbiyasida ham eng qiyini nafsni tarbiyalash ekan. Eng qizig’i yo’qchilikda emas, to’qchilikda nafsni tiyish qiyin. Har so’raganini olib berolsak-da, jonu-jahonimiz bo’lgan bolalarimizga yo’q deyishni uddalashimiz kerak!https://t.me/momme_onalarblogi
    1,540video23198Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    11 Sept, 09:53

    Homeschooling va erta ta’lim haqida ovozli chatga nima deysiz?Suhbatni 13-sentabr, yakshanba kuni soat 15:30da Reading Club sahifamizda https://t.me/+IgtkEcxxS-diMTgy o’tkazamiz.Mavzu: maktab bu umumta’lim beruvchi maskan, daholarni esa onalar yetishtiradi!✈️ Mom & Me | Bookshop
    Image from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogi
    1,12030125Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    8 Sept, 05:52edited

    Bugun yana Oisha opamladan tabiiy sovunlar xarid qildim, bu 4-marta qayta olishim, lab balzam ham rejada bor edi, unutibman keyingi safarga qoldi❤️Terisi allergiya beradiganlarga ayniqsa tavsiya qilaman tabiiysi baribir yaxshidaHavola https://t.me/Softabiyy
    Image from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogi
    1,66031Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    8 Sept, 05:50

    KANAL XARITASI45 yoshda boshlagan yo‘lim… 🌹 45 yoshda boshlagan yo‘lim 2-qism 🌹 Nega sog'lom hayot 🌹 Bu kanal nimaga xizmat qiladi ?Sotuvda mavjud mahsulotlar :Sulili va pushti glinali sovun Kalendulali krem balzami Lablar uchun balzam Tabiy olma sirkasi haqida bu yerdan boshlangan Lavandali sovun haqida Asalli sovun Romashkali bolalar sovuni Tabiiy Xoʻjalik sovuni Zaytun yogʻli sovun Tabiiy kir yuvish kukuni Suli va asalli sovun
    TelegramYashil Nuqta45 yoshda boshlagan yo‘lim… Assalomu alaykum tabiiylikka oshiqlarim 🌹 Bugun sizlarga mahsulot emas, o‘zim haqida gapirmoqchiman , baribr kimdan mahsulot harid qilyotkaningiz , kimni kuzatyotkaningizni bilishingiz kerak🫠 Ismim Oisha Ro‘ziyeva. 45 yoshdaman…
  • Mom & Me | onalar blogi

    7 Sept, 11:36edited

    raqamli dunyomizga moslashgan maqollar: kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan. instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi. brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman. do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting
    1,17011103Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    7 Sept, 11:36

    forwarded from @azizrakhimov_blog

    raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan.instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi.brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman.do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi.yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi.yigit kishiga 40ta app kam.akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz.yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos.ko'zoynakning ham kamerasi bor.
    1,2703165Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    5 Sept, 17:53edited

    Qizimni xususiy maktabga berdik degandim. Asosiy maqsad ta’limgina emas, 2 ta yosh bolam bilan maktabga olib-borib kelolmasligim ham sabab bo’lgandi. Endigina 2 kun maktabga chiqqan bo’lsa ham ba’zi xulosalarni chiqarishga ulgurdik. Qizim ertalab 6da uyg’onadi
    1,4106329Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    5 Sept, 17:33edited

    Qizimni xususiy maktabga berdik degandim. Asosiy maqsad ta’limgina emas, 2 ta yosh bolam bilan maktabga olib-borib kelolmasligim ham sabab bo’lgandi.Endigina 2 kun maktabga chiqqan bo’lsa ham ba’zi xulosalarni chiqarishga ulgurdik.Qizim ertalab 6da uyg’onadi, yuvinib kiyinib 7:30da maktab mashinasiga chiqadi (maktabga olib borib qo’yish xizmatidan foydalanyapmiz). Maktabda nonushta qilib 9dan 16:30gacha darsda bo’ladi. Kecha uyga kirib kelganda soat 18:00 edi. Xullas 8 yoshli bola bitta kiyimda 10 yarim soat ko’chada bo’ldi va men shu yerda bolamni qancha qiynab qo’yadigan qaror chiqarganimni tushundim.Xususiy maktabga erta yoshda, 0-1-sinfga borayotganlarga yanayam achinib ketdim:(O’rganib ketadi deysiz, bilaman. Lekin immunitet ancha kurashadi, bu kurashda yengilmasa bo’ldi. Eng yomoni bola uyga kelishi bilan kotlet qibering, go’shtli nimadir bormi deganidan bildimki, bola
    1,67053358Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    4 Sept, 04:11edited

    https://t.me/momme_onalarblogi
    Image from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogi
    1,8404711Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    3 Sept, 17:04edited

    A’lochi bo’lishimga qaramay men uchun maktab mas’uliyatlar, cheklovlar maskani edi go’yo, erkinlikni yoqtirganim uchunmi, yoki yopiq xarakterim sababmi, o’zimni jiddiy bir jangga kirgandek his qilardim o’shanda. Sababi menga maktabni shunday tasvirlashgan ekan.Qizim yangi maktabda o’qishga otlanarkan, bugun unga aytgan gaplarim yaxshi o’qish, xarajatlarni oqlashni eslatish bo’lmadi, balki, xato qilish oddiy holat, hamma ham adashadi, xatoni tuzatish va tan olish bizni o’stiradi, yana biz bilan hammayam do’stlashavermasligi tabiiy, hamma bilan do’st bo’lishning iloji yo’q, yaqin do’stlar sanoqli ekanini eslatish bo’ldi. Yana, muammo hammada bo’ladi, shunday bo’lganda hatto ayb o’zida bo’lsa ham ustozga va ota-onasiga aytish muhimligini eslatdim. Menga qizim muhimroq, a’lo baholar emas, u ham a’lochi sindromidan qiynalib yurishini istamayman.Hozir esa ta’ssurotlari bilan
    1,1703920Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    18 Aug, 22:43

    forwarded from @yaqinozbek

    Bir kun farzandingiz o‘z dini haqida qaror qabul qiladi va o‘sha paytda siz uning yonida bo‘lmaysiz.«Namoz o‘qidingmi?» deb telefon qilmaysiz. «Alloh seni kuzatib turibdi», deb eslatma yubora olmaysiz.Faqat farzandingiz va uning butun umriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qaror qoladi.Bu fikr har bir ota-onani bir zum to‘xtab, jiddiy o‘ylashga majbur qilishi kerak.Biz ko‘pincha farzandlarimiz uyimizda yashayotgan paytda bizga qanchalik itoatkor ekanini muvaffaqiyat mezoni deb bilamiz.Boshqalarga: «U kuniga besh mahal namoz o‘qiydi», — deymiz. Ammo har safar namoz o‘qishi uchun eslatishimizga to‘g‘ri kelishini aytmaymiz.«Qizim hijob o‘raydi», — deymiz. Ammo har kuni ertalab bu borada tortishuv bo‘lishini aytmaymiz.«O‘g‘lim haftasiga olti kun Qur’on darslariga qatnashadi», — deymiz. Ammo uni u yerga olib borish uchun majburlashimizga to‘g‘ri kelishini aytmaymiz.Lekin
    TelegramYAQINAyollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling. Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
    1,6205253Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    17 Aug, 09:51edited

    Mom and Me loyihasining eng kichik a’zosidan salomlar.Samimiy tilaklaringiz uchun behad minnatdormiz. Ha, nihoyat 42 haftani to’ldirib polvonimiz keldilar. Yozmasam bo’lmaskan, qalbi yaqinlar ko’p ekansiz, shaxsiyda so’rab bezovta bo’lyapsiz.Xullas, biz yaxshi, biroz ta’til olib undan keyin yana ishga qaytamiz, oktabrda 2 yoshga to’ladigan Aisham va chaqalog’imiz Abdurohman bilan yana kitob savdosi va erta ta’lim bilan band bo’lamiz.8-6 yoshli farzandlarimdan farqli ravishta, bu kichkintoylar bilan boshqacha erta ta’lim olib borishimiz aniq.Oxirgi yillarda qarashlarim ham tajribam ham kengaydi, Alloh kuch quvvat berguncha, sizga ham foydali postlar ulashish nasib qilsin!E’tiboringiz uchun tashakkur!https://t.me/momme_onalarblogi
    Image from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogi
    1,5801643011Open in Telegram
  • Mom & Me | onalar blogi

    16 Aug, 13:32edited

    Azızanıng 2026, yanvarda yozılgan rejası bajarılganı munosabatı bılan yangı o’quv yılı uchun yangı rejalar tuzısh vaqtı keldı. (Rasmdagilarni 1-sinf davomida uyda ta’lim rejasi o’rnida bajardi)Har safar shunday rejalar bajarılganını sarhısob qılganımızda bajaruvchınıng xohıshıga ko’ra nıshonlaymız.Inglız tılı bo’lımı 5 hıssa ko’p bajarıldı, arab tılı esa kutılgandan orqada, sababı ustoz yo’qlıgıda. Arab tılı qısmıdagı kamchılıklarını 10 kun ıchıda tugatıb olgach qızımnıng ıstagını amalga oshıramız, nıma so’radı deb o’ylaysız?
    Image from a post by Mom & Me | onalar blogiImage from a post by Mom & Me | onalar blogi
    1,4406683Open in Telegram