Latest posts

Muhrim / Муҳрим
22 Sept, 08:50
Saida Mirziyoyeva 2023-yili BMTning Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida nutq o‘qigan edi. 2026-yil iyunida esa Venada BMT komissiyasi sessiyasida odil sudlov, ayollar va bolalar himoyasi, jinoyatchilik profilaktikasi va yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy hisobot taqdim etgan edi.U endi, Gazeta’ning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqadi. Bungacha BMT Bosh assambleyasining Yuqori darajadagi haftaligida O‘zbekiston nomidan faqat yo prezident, yo tashqi ishlar vazirlarimiz chiqish qilgan edi.Saida Mirziyoyeva ayni damda Nyu-Yorkda, kuni kecha BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish bilan ham uchrashgan. Ular uchrashuv vaqtida O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi birgalikda rivojlantirib kelinayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama


2,750Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
22 Sept, 06:23
Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh archa o‘rnatilayotgan, har bahorda Gullar bayrami o‘tkazilayotgan, boshqa paytda aholi sayr qilishi, dam olishi, vaqtini chog‘ o‘tkazishi mumkin bo‘lgan maydon.Har faslda minglab, yuz minglab aholiga xizmat qilayotgan qarichi tilloga teng shu yerni davlatimiz (shahar hokimligi ham shu davlatning bir qismi-ku axir) bir necha yuzlab avtomobil ertalabdan kechgacha chang bosib yotishi uchun berib yubormoqchi. Endi, bilmasam, bu qaysi shishirilgan tashkilot xodimlari uchun xizmat qilarkin: yonidagi G‘aznachilikkami, ortidagi Zarbxonagami, yo yo‘lning narigi tarafidagi hukumatgami, yo “Gazeta korpusi” yonidagi “yerosti avtoturargohlari4,320Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
21 Sept, 11:31
O‘zbekistonda 2012-yil 17-iyulida bo‘lgan voqeani eslasam, hayron qolaman: davlat bir kunda 10 millionmikin abonenti bor, mamlakatdagi eng katta mobil aloqa operatorning faoliyatini to‘xtatib qo‘ygandi. Millionlab odamlar mobil aloqasiz qolib ketgan (hisoblardagi pullar haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay), odamlar bir-birini yo‘qotib qo‘ygan, tavba, lekin davlat hammasiga tupurgan — o‘lib ketmaysanlarmi, degandek. Na kompensatsiya, na ogohlantirish, na boshqa — operatorni tarmoqdan shartta uzgan-qo‘ygan, tamom-vassalom.Xudoga shukr, hozir zamon boshqa, qadriyatlar ham boshqacharoq, bitta odamning aybi uchun millionlab iste’molchini bunchalik ommaviy jazolash amaliyoti ham yo‘q. Masalan, shu kunlarda bir xususiy bankning bir aksiyadori qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrimlar darhol bankning ham janozasini “o‘qib yubordi”. Lekin, ne baxtki, hozir 2012-yil emas. Bankning o‘zi3,520Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
20 Sept, 10:12
Toshkentning qadimiy Kallaxona mahallasi haqida ma’lumotlar izlab o‘tirgandim, pochtamga FIFAdan xat kelib qoldi. Ekranning yon tomonida ko‘ringan bildirishnomada ko‘zim ilg‘agani “Mamelodi Sandauns”, “Aziya” degan yozuvlar bo‘ldi. “Mamelodi” Janubiy Afrikaning klubi edi, shekilli, Osiyoda nima qilibdi”, deb xatni ochsam, FIFAdagi soqqakash kaldan (albatta, men uchun) yangilik — Qit’alararo kubokni yangi formatdagi musobaqaga aylantirib yuboribdi-ku.Biz kichkinaligimizda Qit’alararo kubok har yilning oxirrog‘ida Yaponiyada bo‘ladigan va g‘olib jamoaning eng yaxshi futbolchisiga “Toyota” moshinasi topshiriladigan bir o‘yinli musobaqa edi. Keyinroq soqqakash tepakal bu musobaqani kengaytirib, olti qit’aning g‘oliblari o‘rtasidagi musobaqaga aylantirgandi va unda olti jamoa bir joyga yig‘ilib, bir haftada musobaqani o‘tkazib, uyiga qaytardi.Soqqakash kal yanada qiziqroq qilibdi:3,640Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
19 Sept, 16:05
Bundan 100 yil avval Bo‘zsuvda O‘zbekistondagi birinchi gidroelektr stansiya (GES) ishga tushgan. 1939-yili Quvasoyda mamlakatdagi birinchi yirik issiqlik elektr stansiya (IES)lari qurilgan. 2021-yili Navoiyda O‘zbekistonning sanoat miqyosida energiya beruvchi birinchi quyosh (QES), 2023-yil oxirida esa shamol elektr stansiya (ShES)lari foydalanishga topshirilgan. Hali u kunlarni ko‘ramizmi-yo‘qmi, bilmadimu, ikkita atom elektr stansiyasi (AES) ham qurmoqchimiz.Agar okeanga chiqish joyimiz bo‘lganida, allaqachon ko‘tarilish elektr stansiyalari (KES)ni ham qurgan bo‘lardik. Chunki biz endi elektr quvvatiga aylantirish mumkin bo‘lgan har qanaqa kuch va vositani uvol qilmaslik yo‘liga o‘tyapmiz. Mana, yaqqol misol: Surxondaryo, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda 395 mln dollarga yiliga 454 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan chiqindi yoqish zavodlari (shartli qilib aytganda,
Muhrim / Муҳрим
18 Sept, 13:20
forwarded from @hashtag_gashtak
🎙Yangi Gashtak podkasti!Bu safargi mehmonimiz - jurnalist, Kun.uz asoschisi, Daryo va Gazeta.uz saytining sobiq bosh muharriri Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik.Suhbat mavzularidan: - Asosiy ishidan nega ketdi? - Qanday media loyihasini boshlash ma'qul? - Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar! - Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi? - Ijodda moliyaviy erkinlik bormi? - "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida - O'zbekistonga protestlar kerakmi?🔥 To’liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling!
2,540Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
18 Sept, 02:55
35 yil avvalgi toshkentliklar qo‘llab-quvvatlamagan miting haqidaVideoning to‘lig‘i
Muhrim / Муҳрим
18 Sept, 02:51
138 yil avvalgi o‘xshamagan boykot haqidaVideoning to‘lig‘i
Muhrim / Муҳрим
15 Sept, 08:05
forwarded from @iqtisod4i
Лев Толстойнинг «Уруш ва тинчлик» романида француз тилидан жуда кенг фойдаланилган. Китоб матнининг сезиларли қисми французчада ёзилган ва буюк ёзувчи бу орқали аниқ мақсадларни кўзлаган.Сабаби, ўша даврнинг тарихий ҳақиқати аслида ҳам айнан шундай эди. Рус империясининг аристократияси учун француз тили амалда асосий мулоқот тили эди. Саройдагилар ва уларга яқин бўлган, уларни севадиган ва уларга тақлид қилишга уринадиганлар болалигидан француз тилида фикрлаган, хат ёзган ва суҳбатлашган.Табиийки, ёзувчи ўз даври воқеаларини максимал даражада холис ва реал кўрсатиш учун қаҳрамонларни айнан ўша давр аристократияси гаплашган тилда сўзлатган.Балки, қайсидир маънода Толстой бу орқали сарой ва унинг атрофидагилар ҳамда оддий халқ ўртасидаги узилишни кўрсатишни ният қилгандир. Балки романдаги асосий ғоявий зиддиятлардан бири рус элитасининг ўз халқидан, тилидан ва илдизларидан узилиб5,390Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
12 Sept, 01:51
forwarded from @gazetauz_ozb
2001-yil 11-sentabr kungi teraktlar ortidan AQSh havo hududi yopilgach, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkent-Nyu York yo‘nalishidagi 101-reysi Kanadaga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi.Gazeta ekipaj komandiri va yo‘lovchilar xotiralari hamda arxiv suratlarni taqdim etadi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/11/9-11-memories/Telegram | Instagram | YouTube
5,710Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
10 Sept, 08:21
35 yil qila olmagan ishlarini endi qila olisharmish. Ishqilib, alifboni qo‘ya turaylik — o‘zbek tili to‘liq davlat tili bo‘lib ulgurdi-ya? To‘liq, barcha sohalarda, barcha bo‘g‘inlarda, barcha idoralarda, barcha kabinetlarda davlat tiliga aylandi-a o‘zbek tili? Davlat ishlari to‘liq davlat tilida olib borilyapti, yuritilyapti, e’lon qilinyapti, to‘g‘rimi? Agar shu ish rostan ham uddalangan bo‘lsa, unda, ha, balki endi alifboni ham yagona qila olishar. Barcha davlat organlari, davlat nashrlari kirill alifbosidan voz kechishni boshlaganini ko‘rsam, o, ana, eplashyapti, qilsa bo‘lar ekan-ku, deb qo‘yaman, albatta (#)
7,230Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
8 Sept, 06:18
Tadbirkorlarga qarzni “qarz ustiga qarz qo‘shmasdan” yopib olish uchun yil oxirigacha vaqt berilyaptiO‘zbekistonda 315,2 mingta tadbirkorning 9,5 trillion so‘m soliq qarzi bor. Unga qo‘shilgan penyaning o‘zi 1,5 trillion so‘mga yetgan.Prezidentning PF–175-sonli farmoni bilan kichik va o‘rta biznes uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, tadbirkor soliq qarzini 2026-yil 31-dekabrgacha to‘liq to‘lasa, shu qarz bo‘yicha hisoblangan penya bekor qilinadi.Tadbirkor avvalgi soliq hisobotidagi xatoni o‘zi tuzatib, qo‘shimcha soliqni yil oxirigacha to‘lasa, bunda ham penya hisoblanmaydi.Bu yengillikning muhim joyi boshqa. 2026-yilning birinchi yarmida 172 ming tadbirkor soliq hisobotini o‘zi qayta topshirgan. Oqibatda ularga qo‘shimcha 3 trillion so‘m soliq bilan birga 140 milliard so‘m penya ham yozilgan. Xatosini yashirmay, o‘zi to‘g‘rilagan tadbirkor
Muhrim / Муҳрим
4 Sept, 11:23
forwarded from @xushnudbek
TalabaPay (tp.uz) sayti ishga tushdi — saxiylikda bellashing✅ Loyiha haqida qisqacha: kompaniyalar va tadbirkorlar, shuningdek, blogerlar va media vakillari tp.uz saytidagi reytingda yuqorida turish uchun badal to‘laydi, tushgan 100% mablag‘ ehtiyojmand talabalarning kontraktini to‘lash uchun sarflanadi (soliqlardan tashqari).📝 Loyiha haqida batafsil: Meni uzoq vaqtdan buyon kuzatadigan insonlar biladiki, imkonim bo‘ldi deguncha, talabalarni har tomonlama, xususan, moddiy qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. TalabaPay loyihasi ham shu yo‘ldagi navbatdagi qadam.Yaqinda outbid.lol manzilida bir platforma ishga tushdi. Unda kompaniyalar shunchaki reytingda o‘rin egallash uchun badal to‘lashni boshladi. Hozirgacha loyiha 255 ming AQSh dollari mablag‘ yig‘di. Keyinroq shunday loyiha bizda ham sindr.uz manzilida ishga tushdi. Qisqa vaqtda 30 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ yig‘ildi.Bu ka
5,390Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
1 Sept, 05:35
forwarded from @chnizomiddinova
#аёл“Қамоқхонада 'бу аёл-ку, айбсиз-ку' деган муносабат бўлмаган — эркаклар қандай қийноққа солинган бўлса, аёллар билан ҳам худди шу ҳолат бўлган. Зўравонлик асосида болалар ҳам дунёга келган. Айримларининг кўзи ёриганидан кейин чақалоқлари тортиб олинган. Болаларга бир маҳал 80 граммдан сут берилган — жуда кўп болалар вафот этган. Эри, боласининг тақдири номаълум ва яна тазйиқларга учраган маҳкум аёлларнинг руҳий ҳолати қандай бўлганини бир тасаввур қилиб кўринг”."Дарё", кейинчалик "Gazeta.uz"да бирга ишлаган ҳамкасбим Гулираъно Мусаеванинг "Катта қирғин" машинаси ямламай ютиб юборган аёллар ва болаларнинг аянчли қисмати ҳақидаги катта материалини ўқишни тавсия қиламан.Газета.uz“Katta qirg‘in”dagi qatag‘on. Unda ayollar nima uchun qamalgan, bolalarning taqdiri qanday kechgan?1930-yillardagi “Katta qirg‘in”da 18 mingdan ortiq — ziyoli-yu uy bekasigacha bo‘lgan xotin-qizlar Sovet hokimiyati tomonidan surgun qilingan. Ayrimlari qamoqxonalarda homilador bo‘lib qolgan, ba’zilari qaytgach farzandini topolmagan bu mahbuslar orasida…6,350Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
31 Aug, 13:16
forwarded from @latipovuzb
Hozir Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning «Tor yo‘lak» kitobini o‘qiyapman. Ular erkinlikni jamiyat bir marta erishib, keyin undan shunchaki foydalanib yashayveradigan holat sifatida tasvirlamaydi.Erkinlik juda tor yo‘lak ichida mavjud bo‘ladi – kuchli davlat va kuchli jamiyat bir-birini doimiy ravishda muvozanatda ushlab turgan joyda.Zaif davlat xavfsizlikni, qonun ustuvorligini va barcha uchun teng qoidalarni ta’minlay olmaydi. Ammo jamiyatdan ancha kuchli bo‘lib ketgan davlat asta-sekin uning erkinligini cheklay boshlaydi.Kitobda qiziq bir metafora bor – «Qizil Qirolicha effekti». Bu nom «Alisa sehrli oyna ortida» asaridan olingan: unda Qizil Qirolicha hech bo‘lmasa o‘z joyingda qolish uchun ham bor kuching bilan yugurish kerakligini aytadi.Shuning uchun mualliflar bu jarayonni cheksiz poygaga qiyoslaydi: davlat o‘z institutlarini kuchaytiradi – jamiyat ham yanada yetuk,6,290Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
26 Aug, 16:53
Shu kunlarda Xitoyda o‘zbekistonliklar rosa ko‘p, menimcha. Kamida to‘rttasi — bizning jamoadan. “Lolazor”ning yangi soni uchun Xitoyning u chekkasidan bu chekkasiga safar qilib yuribmiz. Safarimiz bir hafta avval poytaxt Pekindan boshlangan edi.Bugun esa Pekinga Saida Mirziyoyeva ham kelibdi. Endi, bizdan farqli o‘laroq, u kishi Xitoyga bizga o‘xshab ko‘ngil yozish uchun emas, muhim ishlar, dolzarb vazifalar bilan kelgan — tashrif qanchalik muhimligi mezbonlardan kimlar peshvoz chiqqaniga qarab bilsa ham bo‘ladi.Saida Mirziyoyeva safar davomida Xitoy parlamenti spikeri, amalda Xitoy rahbariyatidagi uchinchi shaxs hisoblangan Chjao Letszi bilan, undan keyin esa Xitoy tashqi siyosatining eng asosiy ustuni hisoblangan Van I bilan uchrashibdi. Bular dunyo siyosatiga ta’sir qiladigan odamlar.“Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta'lim va madaniyat




Muhrim / Муҳрим
24 Aug, 06:05
Endi farzandingiz Jalaliddin International Schoolda 100% gacha GRANT asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinAgar farzandingiz: — matematika va ingliz tiliga qiziqsa; — iqtidorli, izlanuvchan va maqsadli bo‘lsa; — kelajakda dunyoning TOP universitetlarida tahsil olishni istasa, unda grant imtihonida o‘zini sinab ko‘rish vaqti keldi.Jalaliddin International School’da farzandingizni:— Xalqaro standartlarga mos Cambridge ta’lim tizimi; — A-Level dasturi asosida tayyorgarlik; — xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlari; — tajribali chet ellik va professional ustozlar; — do‘stona va rivojlantiruvchi ta’lim muhiti kutmoqda.O‘quvchilar Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh va Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarning jahon bosqichlarida ishtirok etib, qator medallarni qo‘lga kiritmoqda.IELTS topshirgan o‘quvchilarning 60% dan ziyodi 7.0 va undan yuqori ball
6,960Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
21 Aug, 13:38
Buxoroni yiliga 10 mln turistni qabul qila oladigan turizm makoniga aylantirishmoqchiMay oyida Buxoro viloyatidagi 21-bolalar bog‘chasi va 9-poliklinikani qayta qurish, shuningdek, oJo‘yzar kanalining 22,5 kilometrini betonlashtirish rejalari e’lon qilingandi. Shu ishlar qanday ketayotgani bilan tanishish uchun Saida Mirziyoyeva Buxoroga boribdi.Xabar berishlaricha, Jo‘yzar kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Betonlashtirilgan qismida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan. “Shayxoncha” mahallasida esa 240 o‘rinli yangi bog‘cha qurilgan.“Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas,


6,990Open in Telegram
Muhrim / Муҳрим
21 Aug, 09:02
forwarded from @agrobankbiznes
Biznesni boshlang, bank xarajatlarini esa keyinga qoldiring📗 Agrobankning yangi mijozlar uchun “Zero” tarifi biznesni ortiqcha bank xarajatlarisiz boshlash imkonini beradi.💲 Tarif narxi — 0 so‘m, amal qilish muddati — 180 kun.📌 Dastlabki 6 oy davomida:🔵 hisobvaraq ochish va Internet-bankingga ulanish bepul; 🔵 bitta korporativ karta taqdim etiladi; 🔵 hisobvaraqlar va korporativ karta o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya olinmaydi; 🔵 ish haqi va boshqa maqsadlar uchun naqd pul yechish bepul.📗 Agrobank “Zero” tarifi — biznesni noldan boshlayotganlar uchun bank xizmatlari 0 so‘mdan.
Muhrim / Муҳрим
21 Aug, 08:10
2016-yil kuzida birinchi marta Xitoyda bo‘lgandim. Oradan 10 yil o‘tib, yana shu yerdaman. 10 yilda bir Pekinga keladigan odam sezadigan birinchi farq — Pekin osmoni ochiq, quyosh ko‘rinyapti. Shungamikin, yashillik ham ko‘paygandek; ehtimol, 10 yil avval5,070Open in Telegram
Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
