Latest posts

Muslimbek Abdurahimov
12 Nov, 13:06edited
🎒 O‘zbekistonda 6 yoshli bolalar bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadiPrezident 10-noyabr kuni inson qadrini ulug'lashga qaratilgan milliy dasturlar to'g'risidagi farmonni imzoladi.📌 2027-yildan boshlab 6 yoshli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrash 100 foizga yetkaziladi.📌 Tayyorlov maktabgacha ta'lim tizimida, ya'ni bog'chalarda o'tadi.📌 Xususiy bog'chalar ochish uchun berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.Farmonda yana nimalar bor: -barcha maktablar bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlariga qamrab olinadi; -2030-yilgacha kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritiladi; -10 million yosh raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilinadi.Bir aniqlik: "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga ko'ra, 6-7 yoshli bolalar uchun bir yillik tayyorlov hozir ham majburiy. Farmondagi yangilik qamrovni 2027-yildan 100 foizga yetkazish.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
12 Nov, 12:02
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida milliy pavilyonga tashrif buyurdiAntaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP31) doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva mamlakatimiz milliy pavilyoniga tashrif buyurdi.“Uzumzor – o‘tmish merosi, bugungi yechim, kelajak uchun ilhom” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan pavilyonda O‘zbekistonning ekologik loyihalari va tashabbuslari namoyish etilmoqda.Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ushbu loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi ishtirokchilari maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi uzluksiz ekologik ta’lim tizimini taqdim etdilar.O‘zbekiston milliy pavilyoni mamlakatdagi ekologik islohotlarni namoyish etish, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
11 Nov, 17:10
Saida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdiO‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.U Fransiya rahbariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi.Uchrashuvda mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar, sun’iy intellekt, shuningdek, iqtisodiy va gumanitar sohalarda strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
11 Nov, 14:13
Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan Parij tinchlik forumida Saida Mirziyoyeva bolalarning xotirjam ta’lim olish huquqini xalqaro muhokama markaziga olib chiqdi.Forum jarayonlarida ko‘plab hududlarda bolalarning ta’lim olish imkoniyati cheklangani dunyo yetakchilarini eng ko‘p tashvishga solayotgan masalalardan biri ekani ayon bo‘ldi. Xalqaro jamoatchilik birlashib, bolalarga qayerda tug‘ilganidan qat’i nazar, to‘laqonli va xotirjam o‘qish sharoitini yaratib berishi zarur. Bu borada u quyidagi fikrni bildirdi: «Aslida tinchlik degani — har bir bolaning... xotirjam o‘qishi, bexavotir ulg‘ayishi va o‘z kelajagiga ishonishidir».👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
10 Nov, 17:10edited
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Antaliya shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim va Turkiyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
10 Nov, 15:27
Yog‘ingarchilik sababli Toshkentda YPX xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat o‘tamoqda❗️Haydovchilardan oraliq masofani saqlagan holda, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib harakatlanish va xodimlar ishoralariga rioya qilish so‘raldi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
9 Nov, 11:53edited
🔵 Qonunchilik palatasi yonidagi ko‘l qayta tiklanadi🔵Ilgari bo‘lgan ko‘l qurilish ishlarini bajarish uchun 2020-yilda quritilgan edi. Loyihaga ko‘ra, yangi sun’iy ko‘lda ikkita favvora hamda ramziy darvoza bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘l maydoni 16 700 metr kvadrat suv sig‘imi 37 400 metr kub bo‘lishi rejalashtirilgan.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
8 Nov, 13:39edited
🔵 Ayrim OTM rektorlarining lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladiTa’lim va ilm, fan vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat oliygohlarining 2026-yilgi 13,8 ming nafar bitiruvchisi hali ishga joylashmagani ma’lum qilindi. Ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.🔵 Shuningdek, 29,7 mingta o‘quv adabiyotining 5,5 mingtasi 20 yildan eski ekani, ayrim fanlar bo‘yicha darsliklar yo‘qligi aniqlandi. Talabalar turar joylari va murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar ham tanqid qilindi.🔵 Yig‘ilishda ayrim oliygohlar rahbarlarining lavozimga loyiqligini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzish, rektorlarga esa 15 kun ichida talabalar va o‘qituvchilar muammolarini hal qilish topshirildi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
10 Sept, 12:01
O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada yana bir bor g‘olib chiqdiKvangju shahrida o‘tkazilgan “III Xalqaro merganlar musobaqasi”da 8 ta davlatdan 28 ta jamoa ishtirok etdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi jamoasi 678.4 ball bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Vyetnam, uchinchi o‘rin esa Turkiyaga nasib qildi.O‘zbekiston jamoasi 2025-yilda ham birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
8 Sept, 16:32
O‘zbek oshini dunyoga tanitgan rekordga 9 yil bo‘ldi2017-yil 8-sentabr kuni Toshkentda o‘zbek oshining tarixidagi unutilmas voqealardan biri yuz bergan edi. “O‘zbegim” festivali doirasida 7 tonna 360 kilogramm palov tayyorlanib, Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.Ulkan qozonda tayyorlangan osh uchun qariyb 2 tonna guruch, 2,7 tonna sabzi va 1,5 tonna mol go‘shti ishlatilgan. Uni tayyorlashda 50 dan ortiq oshpaz qatnashgan.Komil Allamjonov o‘zining Telegram sahifasida mazkur voqeani eslab post qoldirdi.“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9-yil bo‘libdi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”, – deb yozadi Allamjonov.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
7 Sept, 13:15
Tadbirkorlik subyektlariga huquqbuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati berildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–175-son Farmoniga muvofiq, biznes sohasida mutlaqo yangi tartib-taomil amaliyotga joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, birinchi marotaba yo‘l qo‘yilgan ayrim turdagi qoidabuzarliklar uchun bevosita moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi.Ushbu amaliyotning mazmun-mohiyati va qulayliklari xususida “Dodo Pizza” rahbari Dinara Islomova oddiy chek misolida tushuntirib berdi.“Mazkur qonunchilik hujjatining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ish jarayonida kamchiliklar yuzaga kelishi tabiiy holat bo‘lib, ularni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatining berilishi alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish har bir tadbirkorning ustuvor mas’uliyati bo‘lib qoladi,” – dedi u.👉 @Mu
Muslimbek Abdurahimov
6 Sept, 14:56
O‘zbekistonda madaniyat sohasidagi islohotlar xalqaro bosqichga ko‘tarilmoqdaO‘zbekistonda san’at va ijodni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga chiqdi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan “CCA Tashkent” Zamonaviy san’at markazining ochilishi buning yaqqol isbotidir. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bevosita tashabbusi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan amalga oshgan ushbu loyiha o‘zbekistonlik iste’dod egalarining xorijiy sahnalarda e’tirof topishiga zamin yaratadi.Saida Mirziyoyeva loyihaning strategik ahamiyatiga to‘xtalib, shunday ta’kidladi: “Bugungi yutug‘imiz madaniyatni milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida belgilab bergan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasidir.”Milliy madaniyatni ijtimoiy ne’mat sifatida qadrlash yo‘lidagi
Muslimbek Abdurahimov
5 Sept, 22:34
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildiBu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
4 Sept, 17:15edited
Tavsiya❗️Toshkentdan 1 soatlik yo'l... ⛰Chotqol📞 +998707000233 📞 +998955120060 📞 +998955120040
Muslimbek Abdurahimov
4 Sept, 08:52
forwarded from @press_secretary_uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.Facebook|Instagram|X
Muslimbek Abdurahimov
3 Sept, 15:20
Saida Mirziyoyevaning Qatarga tashrifi — yuqori darajadagi uchrashuv va O‘zbekiston merosiSaida Mirziyoyeva Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbus va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Tashrif doirasida Qatar Islom san’ati muzeyida “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasi ham ochildi. Unda mamlakatimizning turli tarixiy davrlariga oid noyob eksponatlar, milliy hunarmandchilik va to‘qimachilik namunalari namoyish etilmoqda.Shuningdek, “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasida Toshkent, Samarqand va Buxorodan ilhomlangan qatarlik hunarmandlarning zargarlik buyumlari, xattotlik asarlari, gilam va fotosuratlari taqdim etildi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
3 Sept, 11:32
Poytaxtdan chekka hududlargacha: murakkab bolalar operatsiyalari joylarda ham o‘tkazilmoqdaO‘zbekistonda joriy qilingan yangi tizim tufayli Bolalar milliy tibbiyot markaziga yillik rejadan tashqari yana qo‘shimcha 10 000 nafar bolaning operatsiyasi uchun davlat tomonidan maxsus mablag‘ ajratildi.Joriy yilda markazda 7 000 ga yaqin eng murakkab yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 1000 dan ortig‘i oldin umuman O‘zbekistonda qilinmagan noyob amaliyotlardir. Eng quvonarlisi, markaz shifokorlari faqat poytaxtda o‘tirmasdan, chekka tumanlarga guruh bo‘lib borib, joylarning o‘zida ham qiyin jarrohlik muolajalarini o‘tkazmoqda.Kelajak avlod uchun qilingan har bir sarmoya o‘z mevasini beradi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
1 Sept, 06:58
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladiPrezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.Saida Mirziyoyeva o‘z tabrigida Vatanni sevish — uning havosi, tuprog‘i va suvini asrab-avaylash, inson qadrini yuksak tutish hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish ekanini ta’kidladi.“Bugun O‘zbekiston jadal o‘zgarib, jahon maydonida o‘z o‘rni va ovoziga ega ekanini ishonch bilan ko‘rsatmoqda”, — dedi Saida Mirziyoyeva.Shuningdek, Administratsiya Rahbari yangilanish sur’atini yo‘qotmasdan, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmay, kelajak sari dadil harakat qilishni tiladi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Muslimbek Abdurahimov
1 Sept, 05:35
Oksford talabalari o‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keldi“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun O‘zbekistonda yozgi maktab boshlandi. Dastur ishtirokchilari bir oy davomida o‘zbek tilini bevosita jonli muloqot muhitida o‘rganib, mamlakat tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.Mazkur dastur 2025-yil oktabr oyida Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yo‘lga qo‘yilgan edi. Loyiha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Saida Mirziyoyeva dastur izchil yo‘lga tushib, o‘zining amaliy natijalarini berayotganidan mamnunligini bildirdi.“Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga
Muslimbek Abdurahimov
31 Aug, 15:58
Oʻzbekiston BMT bilan hamkorlikni kengaytiradiBishkek shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
