gram news
muyassarzoda_fayzieva channel avatar

muyassarzoda_fayzieva

@muyassarzoda_fayzieva

🎥 Xalqaro ilmiy bazalar, xalqaro ilmiy jurnallar, tadqiqot metodologiyasi va ImRaD formatida maqola yozish bo‘yicha video darslar va qo‘llanmalar. Murojaat un: @muyassarzoda87 📚 Shaxsiy akademik manbalarim: linktr.ee/muyassarzoda_fayzieva

ProjectsUZEducation

2,160subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • muyassarzoda_fayzieva

    21 Sept, 17:45

    📊 Descriptive Statistics: natijalarni qanday izohlash kerak?Oldingi videoda Stata'dan Word'ga natijalarni qanday chiqarishni ko'rsatgan edim. Endi navbat — eng muhim savolga: bu raqamlar nimani anglatadi va ularni qanday izohlash kerak?Yangi videoda quyidagilarni ko'rib chiqdim: 🔹 Descriptive statistics jadvalida qaysi ko'rsatkichlarni izohlashimiz lozim — Obs, Mean, Std. Dev., Min, Max; 🔹 Mean, median va mode — bular nimani bildiradi, bir-biridan nimasi bilan farq qiladi; 🔹 Range (min-max) ko'rsatkichi nima haqida gapiradi va nega uni e'tiborsiz qoldirmaslik kerak; 🔹 Results bo'limida qanday yozish kerak — bu yerda faqat faktlarni neytral tasvirlash o'rinli, chuqur izoh emas; 🔹 "Descriptive statistics — bu nima?" degan savolga javob.📌 Keyingi video: Correlation jadvalini Stata'da ishlash va izohlash.Foydali bo'lsa, boshqa ilmiy izlanuvchilarga ham ulashing!🎓 @muyassarzo
    492video432Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    21 Sept, 05:01

    🎉 2200+ obunachi!Assalomu alaykum hurmatli ilmiy izlanuvchilar!Bugun kanalimiz 2200 nafar obunachiga yetdi — bu men uchun juda qadrli va ilhomlantiruvchi voqea. Har biringizning shu yerda bo'lishingiz, ishonchingiz va fikr-mulohazalaringiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.Ilmiy izlanish yo'lida yolg'iz emasligimizni his qilish — bu eng katta motivatsiya. Kelajakda ham foydali, sifatli va amaliy kontent bilan sizlar bilan bo'lishni davom ettiraman.Yangi bosqichlarga birga qadam qo'yamiz! 🙏
    63417944Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    20 Sept, 12:17edited

    📊 Stata'dan Word'gacha: panel data misolida Descriptive Statistics qanday ishlanadi va izohlanadi?Ko'pchilik yosh va yangi boshlagan tadqiqotchilar "men buni yoza olmayman", "bu men uchun juda murakkab" deb o'ylashadi — ayniqsa Stata, statistik jadvallar va ularning ingliz tilidagi izohi haqida gap ketganda.Aslida bu murakkab jarayon emas, va bu ko'nikma sizda allaqachon bor! Bakalavr yoki magistratura bosqichida, IELTS, TOEFL yoki CEFR imtihonlarida grafik/jadvallarni tasvirlab yozgan bo'lsangiz — descriptive statistics jadvalini izohlash ham xuddi shu mantiqda ishlaydi: mean, std. dev., min, max — shunchaki raqamlarni so'zga aylantirish.Yangi videoda men butun jarayonni boshidan oxirigacha ko'rsatdim: 🔹 Stata'da descriptive statistics buyrug'ini ishga tushirish; 🔹 asdoc orqali natijalarni to'g'ridan-to'g'ri Word hujjatiga eksport qilish; 🔹 Natijalarni ingliz tilida yozish; 🔹
    697video641Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    18 Sept, 05:40

    Assalomu alaykum, hurmatli izlanuvchilar!Sizlarga Scopus va Web of Science bazalaridan foydalanish uchun tavsiyam: bu bazalarga obunasi bor OTM yoki ilmiy muassasalarga (masalan, ularning kutubxonasiga) shaxsan borib foydalaning.Shu bilan birga, iltimos, mendan shaxsiy login va parolimni so'ramang! Men umuman tanimaydigan, ilgari muloqotda bo'lmaganim insonlardan "login-parolingizni bering, hech kimga bermayman" mazmunidagi xabarlar kelib turibdi. Balki rostan ham bu insonlarning bazadan foydalanishga ishtiyoqi balanddir, ammo boshqa tomondan — mazax qilingandek taassurot qoldiradi.Yana bir vaziyat: ilmiy izlanuvchilar orasida hurmatsizlik bor. Xabar yozilsa — javobsiz qoladi. Savol berishadi, javob bersangiz — na "rahmat", na biror javob, faqat jimlik. Ilgari menga savol yuborilganida, o'sha kishi mustaqil o'rganib olishi uchun 10-15 daqiqalik video yozib, batafsil ko'rsatib
    9223219972Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    16 Sept, 14:56edited

    📢 Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan yangi Telegram bot ishga tushirildi!!!Oliy attestatsiya komissiyasi tadqiqotchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot uchun "OAK. Onlayn maslahat" botini ishga tushirdi.Endi bot orqali quyidagi masalalar bo'yicha savol va murojaat yuborish mumkin: — dissertatsiya himoyasini tashkil etish; — dissertatsiya ishlarini ekspertizadan o'tkazish tartibi; — ilmiy daraja berish tartibi; — attestatsiya sohasiga oid boshqa savollar.Barcha murojaatlar OAK mutaxassislari tomonidan ko'rib chiqilib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida javob beriladi.🤖 Bot: @oakonlaynmaslahatbot🔗 Manba: oak.uz/pages/32128🔔 Foydali bo'lsa, boshqa ilmiy izlanuvchilarga ham ulashing!🎓 @muyassarzoda_fayzieva
    oak.uzЎзбекистон Республикаси Фанлар академияси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясиOliy attestatsiya komissiyasi, OAK, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi, ilmiy daraja, ilmiy unvon, dissertatsiya himoyasi, dissertatsiya ishi, ilmiy ma'ruza shaklida himoya, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc), professor, dotsent…
    1,570642Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    15 Sept, 10:50

    Assalomu alaykum hurmatli tadqiqotchilar!Sizlar bilan o'z ilmiy va professional profillarimni bo'lishmoqchiman:1. Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57610021800 2. Web of Science (ResearcherID: MGT-8620-2025): https://www.webofscience.com/wos/author/record/MGT-8620-2025 3. ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8019-6001 4. Google Scholar: https://scholar.google.co.in/citations?user=fdoedQEAAAAJ&hl=ru 5. ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Muyassarzoda-Fayzieva 6. LinkedIn: https://uz.linkedin.com/in/muyassarzoda-fayzieva-74449619a 7. Telegram (ta’lim kanali): https://t.me/muyassarzoda_fayzieva 8. YouTube (ta’lim kanali): https://youtube.com/@MuyassarzodaFayzievaUshbu profillar orqali ilmiy maqolalarim, tadqiqotlarim va faoliyatimni doimiy kuzatib borishingiz mumkin — bu ayniqsa yosh va yangi tadqiqotchilar uchun mustaqil ravishda ilmiy yozish,
    1,36011871Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    14 Sept, 11:30

    📊 3 soatlik tadqiqot tahlili jarayoni — yangi boshlagan maqolamni Results bo'limi tayyor!Oldingi video qo'llanmada maqolam Introduction bo'limini CARS modeli asosida qanday qurish kerakligini, shuningdek qisqacha Literature Review va Methodology bo'limlarini ko'rib chiqqan edik. Bugun esa yana qisqacha Literature Review, Methodology va to'liq Results bo'limlarini ko'rib chiqamiz:✅ Literature Review — tugallandi.✅ Methodology: 🔹 O'zgaruvchilar jadvali (Variables table) — har birining o'lchov birligi va transformatsiyasi; 🔹 Research model (diagramma); 🔹 Model specification (ekonometrik tenglama).✅ Results — Stata dasturida to'liq ishladik: 🔹 Barcha pul o'zgaruvchilari GDP deflyatori orqali real qiymatga o'tkazildi (2017-yil bazasida); 🔹Tegishli o'zgaruvchilar aholiga nisbatan (ratio) hisoblandi; 🔹 Foiz ko'rinishiga o'tkazildi (internet users va urbanisation o'zgaruvchilari);
    1,080video522Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    13 Sept, 07:07

    📌 Jurnalga maqola yuborayotganda nashr to'lovi (Article Processing Charge - APC) uchun chegirma/waiver so'rashni unutmang!Ko'p tadqiqotchilar bunga e'tibor bermaydi — natijada minglab dollarlik to'lovdan qochish imkoniyatini qo'ldan boy beradi.Vaziyat: Ko'pgina xalqaro jurnallar (Emerald, Elsevier, Springer va boshqalar) hybrid turga kiradi — ya'ni ular maqolalarni ham oddiy (bepul) obuna asosida, ham Open Access (OA) rejimida chop etadi.Agar siz OAni tanlasangiz, Article Processing Charge (APC) deb ataluvchi to'lov talab qilinadi — bu odatda $2,000–$4,500 atrofida bo'ladi (ba'zan bu narxdan ham ko'p bo'lishi mumkin).Nima qilish kerak — qadamma-qadam: 1-qadam. Cover letter oxiriga, minnatdorchilik jumlasidan oldin, quyidagi so'rovni qo'shing: "Given that Uzbekistan is classified by the World Bank as a lower-middle-income economy, and that this manuscript is single-authored
    2,9701054Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    12 Sept, 17:08

    1,620621Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    12 Sept, 17:04

    1,610621Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    12 Sept, 17:01edited

    TADQIQOT METODLARI TURLARI (kechagi postning davomi)QUANTITATIVE METODLAR (miqdoriy) Experimental Research (eksperimental tadqiqot) — sabab-oqibat bog'liqligini aniqlash uchun o'zgaruvchilarga ta'sir ko'rsatish → Ko'proq: pedagogika, tibbiyot, psixologiya;Surveys & Questionnaires (so'rovnoma) — respondentlardan struktura qilingan savollar orqali ma'lumot yig'ish → Ko'proq: iqtisodiyot, marketing, ijtimoiy fanlar;Cross-sectional Study (kesma tadqiqot) — tadqiqot ob'ektidan bitta vaqt nuqtasida olingan ma'lumotni tahlil qilish → Ko'proq: iqtisodiyot, tibbiyot, sog'liqni saqlash;Longitudinal Study (uzoq muddatli tadqiqot) — bir xil sub'ekt(lar)ni vaqt davomida kuzatib, o'zgarishlarni aniqlash→ Ko'proq: iqtisodiyot, demografiya, ta'lim;Descriptive Research (tavsifiy tadqiqot) — hodisa yoki tadqiqot ob'ektining xususiyatlarini bog'liqlikni sinamasdan tavsiflash → Ko'proq: barcha
    1,710742Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    11 Sept, 17:09

    QUALITATIVE vs QUANTITATIVE: qaysi metodni tanlash kerak?PhD/DSc tadqiqotida eng muhim qarorlardan biri — to'g'ri tadqiqot metodini (research method) tanlash. Bu tanlov sizning tadqiqotingiz muammosi (research problem), ilmiy bo'shliq (research gap), tadqiqot savoli (research question), tadqiqot maqsadi (research aim) va o'rganilayotgan hodisaning tabiatiga asoslanishi kerak.QUALITATIVE (sifatli) tadqiqot — ma'no, tajriba, idrok va kontekstga qaratilgan. U hodisaning "nega" va "qanday" ekanini tushunishga yordam beradi.Asosiy metodlar: interview, focus group, classroom observation, case study, ethnography, document analysis.Masalan: agar siz o'qituvchilarning sun'iy intellektdan darsda foydalanish tajribasini o'rganmoqchi bo'lsangiz — interview va observation orqali chuqur, batafsil ma'lumot olasiz.QUANTITATIVE (miqdoriy) tadqiqot — raqamli ma'lumot, o'lchov, bog'liqlik va
    1,1208421Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    9 Sept, 18:52

    📚 Chuqur intervyu (In-depth Interview) — nazariyadan amaliyotgacha: "Qualitative Interviewing"Ko'pchilik "intervyu — bu shunchaki savol-javob-ku" deb o'ylaydi. Aslida, sifatli intervyuning har bir turi (strukturali, yarim strukturali, strukturasiz) ortida alohida falsafiy pozitsiya va metodologik mantiq turadi — va aynan shu farqni tushunmaslik ko'p tadqiqotchining metodologiya bobida "nega aynan shu turdagi intervyu?" degan savolga javob bera olmasligiga sabab bo'ladi.📖 Rosalind Edwards, Janet Holland — "What is Qualitative Interviewing?", Bloomsbury Academic, 2013.Kitob 8 ta qisqa bobda intervyuning butun hayotiy doirasini qamrab oladi: 1️⃣ Asosiy tushunchalar — subject/respondent/informant/participant atamalari nimani anglatadi va nega bu tanlov falsafiy ahamiyatga ega; 2️⃣ Tarixiy rivojlanish — pozitivizmdan interpretivizm, feministik va postmodern yondashuvlargacha; 3️⃣ Inte
    1,280file832Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    8 Sept, 14:36

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman 🙏😊.
    1,2702310774Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    8 Sept, 10:43

    📌 Nega OTMlar sizdan "Scopus ID" so'raydi?Oxirgi paytda universitetlar professor-o'qituvchilardan Scopus ID so'raganini payqagansiz. Bu bejiz emas👇📄 Manba 1: Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining 28.02.2026-y. buyrug'i (Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan, №3783) bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to'g'risidagi nizom", 8-band (https://lex.uz/uz/docs/-8067678).Unga ko'ra, ta'lim tashkiloti har yili 1-fevralgacha maxsus platformaga (ixtiyoriy tartibda) quyidagini kiritishi kerak: ▪️ asosiy shtatda yoki ichki o'rindosh professor-o'qituvchilarning Scopus ma'lumotlar bazasidagi ID raqamlari.⚠️ "Ixtiyoriy" — degani "shart emas" degani emas: Nizomning 9-bandiga ko'ra "1-fevralga qadar kiritilmagan ma'lumotlar milliy reytingni shakllantirishda hisobga olinmaydi". Ya'ni bu ma'lumot to'g'ridan-to'g'ri "Xirsh (h-index)
    1,4505433Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    6 Sept, 15:45

    1,640file711Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    6 Sept, 13:42

    📚 Sifatli (Qualitative) tadqiqot metodologiyasi — qaysi ixtisosliklar uchun zarur va qaysi kitobdan boshlash kerak?Ko'pchilik ilmiy izlanuvchilar "mening ixtisosligimda qualitative research kerakmi?" va "qaysi kitobni o'qishim kerak?" degan ikki savolda chalkashadi. Quyida ikkalasiga ham javob bor.1️⃣ Qaysi OAK ixtisosliklari sifatli metodlardan foydalanadi? 🔹 13.00.00 – Pedagogika fanlari — case study, action research, hujjat/kontent tahlili; 🔹 19.00.00 – Psixologiya fanlari — chuqur intervyu, fenomenologik tahlil, narrativ tahlil; 🔹 22.00.00 – Sotsiologiya fanlari — fokus-guruh, grounded theory, etnografik kuzatuv; 🔹 23.00.00 – Siyosatshunoslik fanlari — diskurs tahlili, hujjat tahlili, case study; 🔹 09.00.00 – Falsafa fanlari — kontseptual/matn tahlili, diskurs tahlili; 🔹 07.00.00 – Tarix fanlari — arxiv/hujjat tahlili, og'zaki tarix (oral history); 🔹 10.00.00 – Filologiya
    1,190951Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    5 Sept, 13:23

    📝 XALQARO JURNAL TIZIMIDA RO'YXATDAN O'TISHMaqola yuborishdan oldingi birinchi bosqich — tizimda akkaunt yaratish. Emerald Publishing nashriyoti misolida (ScholarOne Manuscripts platformasi) bu jarayon qanday kechishini ko'rsataman:🔹 1-qadam: E-Mail / Name — Prefix (Dr., Prof. va h.k.), ism-familiya, primary e-mail manzili kiritiladi; — ORCID iD ulash talab qilinadi (req) — agar hali yo'q bo'lsa, "Create an ORCID iD" orqali shu yerning o'zida ochish mumkin; — Web of Science akkaunti ham shu bosqichda bog'lanishi mumkin (ixtiyoriy).🔹 2-qadam: Address — Primary Address: Institution, Department, Address, Country/Region, City — barchasi req (majburiy); — Secondary Address — ixtiyoriy, zarurat bo'lmasa bo'sh qoldirsa bo'ladi.🔹 3-qadam: User ID & Password — Login uchun User ID (odatda e-mail) va parol o'rnatiladi (kamida 8 belgi, ichida 2+ raqam bo'lishi kerak); — ResearcherID
    1,170video621Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    4 Sept, 18:05

    🎥 Meni YouTube kanalim!🔗 youtube.com/@MuyassarzodaFayzieva
    1,03011322Open in Telegram
  • muyassarzoda_fayzieva

    4 Sept, 12:54

    Ilmiy seminar slaydiBugungi "Scopus va Web of Science bazasidan ilmiy jurnal tanlash va maqolani chop etishga topshirish tartiblari" mavzusidagi seminarning to'liq taqdimotini ulashmoqchiman.Taqdimotda: ✅ Xalqaro nashrning ahamiyati; ✅ Scopus va WoS: umumiy farqlar jadvali; ✅ Jurnal tanlash mezonlari; ✅ Foydali onlayn vositalar ro'yxati (havolalar bilan); ✅ Yirtqich jurnal belgilari; ✅ Tezkor checklist — maqolani topshirishdan oldin tekshirish uchun.🔔 Foydali bo'lsa, boshqa ilmiy izlanuvchilarga ham ulashing!🎓 @muyassarzoda_fayzieva#Scopus #WebOfScience #ilmiynashr #PhD #DSc
    1,420file872Open in Telegram