Latest posts

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
22 Sept, 12:28
forwarded from @ssvuz
🔴🟦🟦🟦🟦🟦❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi: 30 million so‘mdan 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiriting!👨⚕️ Bemorlaringiz sizga ishonch bilan qaraydimi? Kechalari uxlamay navbatchilik qilasizmi? Kasbingizni sevasizmi? Bemorlaringiz sog‘ayganida ich-ichingizdan quvonib ketasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o‘tkazmoqda.🏅 Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:⬇️ Respublika darajasida 🔴“Eng yaxshi respublika
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
21 Sept, 03:00
Inson hayoti — eng oliy qadriyat. Uni asrash esa katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida bemorlarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga, ular uchun qulay va munosib sharoit yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.Bemorlarning davolanishi, ovqatlanishi, murojaatlari va fikr-mulohazalarigacha — barchasi e’tiborda.Eng muhimi, bu yerda har bir sa’y-harakat ortida bitta ezgu maqsad bor — inson hayotini asrash va bemorni sog‘-salomat yaqinlari bag‘riga qaytarish.
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
19 Sept, 13:26
Bundan ikki yil avval Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududda yangi ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar bergan edi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida o‘tgan qisqa vaqt ichida Nukus shahrida zamonaviy tibbiy muassasa barpo etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Kecha davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida mazkur ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.SSV Matbuot xizmati.🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
18 Sept, 07:04
GIYOHVANDLIK — ASR VABOSI: YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDIUchqo‘rg‘on tumanining Yangi Obod mahallasida joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida targ‘ibot-seminari o‘tkazildi.Tadbirda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, viloyat narkologiya va psixiatriya markazi mutaxassislari hamda tuman tibbiyot birlashmasi vakillari ishtirok etdi.Ochiq muloqot davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligiga zarari, uning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzi va zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.Seminar yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.@namanganssb
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
18 Sept, 05:27
#Infografika@namanganssb
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 Sept, 14:35
YANGI NAMANGANBir yil avval boshlangan katta yangilanish — bugun butunlay yangi qiyofada!Davlat rahbari tashrifidan bir yil o‘tib, Norin tumani Yangi Namangan mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallada barcha sohalar qatori ijtimoiy infratuzilma ham yangilanib, aholi uchun munosib sharoitlar yaratildi.Ayniqsa, aholining salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — yangi oilaviy poliklinikaning bunyod etilishi bo‘ldi.Zamonaviy tibbiyot muassasasi mahalla aholisi uchun munosib tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, inson qadri va salomatligiga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasiga aylandi.
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 Sept, 13:19
Sog‘lom avlod — kelajak poydevoriNamangan shahrida Vazirlar Mahkamasining 257-sonli qarori ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, erta nikoh hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish maqsadida “Sog‘lom avlod — kelajak poydevori” nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda viloyat ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi akusher-ginekologlari, mahalla yettiligi vakillari, xotin-qizlar faollari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari hamda Olvalizor, Yakka tut, Yangi asr va Sanoat MFYlarining faol ayol-qizlari ishtirok etdi.@namanganssb1,680Open in Telegram
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 Sept, 12:25
DMED tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminariSog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida hududlar kesimida mas’ul xodimlar ishtirokida DMED axborot tizimidan samarali va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.Uzluksiz davom etayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining bu galgi bosqichida imtiyozli yo‘llanma shakllantirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, tizimdagi ayrim amaliyotlardan qulay va samarali foydalanish usullari o‘rgatildi.Shuningdek, DMED tizimida ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, texnik jihatdan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.Seminar davomida savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tizimdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.@namanganssb
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 Sept, 07:09
GIYOНVANDLIKKA QARSHI KURASH — SOG‘LOM HAYOT UCHUN MUHIM QADAMYangiqo‘rg‘on tumani chegara hududida joylashgan Nanay qishlog‘idagi 62-oilaviy poliklinikasida «Biz narkotik vositalari iste’moliga qarshimiz!» shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Tadbirda mahalla ahli va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot hamda tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tibbiyot markazlari mutaxassislari, mahalla aholisi hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.@namanganssb
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 Sept, 05:02
BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!Yoshlar ishtirokida targ‘ibot yurish marafoni o‘tkazildiNamangan shahrining Davlatobod tumanida, Yangi O‘zbekiston massivining City chorrahasidan Yuksalish chorrahasigacha “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.Marafonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi vakillari, viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, yoshlar, sog‘liqni saqlash tizimidagi soha vakillari hamda turli tashkilot va idoralar xodimlari ishtirok etdi.Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlarni ushbu illatdan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Yurish marafoni ishtirokchilari sog‘lom va farovon kelajak, giyohvandlikdan xoli jamiyat uchun birdamliklarini namoyon etdilar.@namanganssb
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
16 Sept, 18:01
AHOLI UCHUN YANGI QULAYLIK: LOR YO‘NALISHIDA TUNGI SHOSHILINCH YORDAM YO‘LGA QO‘YILDIViloyat aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning uzluksizligini ta’minlash maqsadida otorinolaringologiya (LOR) yo‘nalishida tungi navbatchilik xizmati tashkil etilmoqda.Avvallari kechki va tungi vaqtlarda LOR yo‘nalishida shoshilinch holatlar bilan murojaat qilgan bemorlarga o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishda qiyinchiliklar mavjud edi. Jumladan, yuqori nafas yo‘llari obstruksiyasi, burundan kuchli qon ketishi, halqum va hiqildoqdagi shoshilinch holatlar, yot jismlar hamda jarohatlarda tezkor tibbiy yordamga ehtiyoj yuqori bo‘lgan.Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda “LOR ACADEMY MEDICAL” MCHJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
16 Sept, 14:15
DMED axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminarSog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida hududlar kesimida mas’ul xodimlar ishtirokida DMED axborot tizimidan samarali va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.Seminar davomida DMED axborot tizimida ishlash, tibbiy ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish, elektron tibbiy hujjatlarni shakllantirish hamda «Elektron retsept» modulidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.Shuningdek, hududlarda tizimdan foydalanish jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.O‘quv-seminar yakunida savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, DMED axborot tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.@namanganssb
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
