gram news
NamDU xabarlari channel avatar

NamDU xabarlari

@namdu_tadbirlar

Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirlar ushbu sahifada joylab boriladi. Murojaat uchun: @Namdu_pressa

ProjectsUZEducation

3,220subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • NamDU xabarlari

    22 Sept, 06:09

    #Sport #Futbol #Voleybol👍 Namangan davlat universitetida talabalar o‘rtasida mini-futbol va voleybol (o‘smir qizlar) sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” doirasida universitet ligasi musobaqalari bo‘lib o‘tadi.📍 Oʻtkazish joyi: NamDU sport majmuasi (Lola binosi) mini futbol maydoni va universitet sport o‘yinlari zali. ⏰ Oʻtkazish vaqti: 2026-2027-o‘quv yili mobaynida.Musobaqalarni ochilish marosimi joriy yilning 28-sentyabr kuni, soat 10:00 da.📑Musobaqa nizomi (mini-futbol | voleybol (o‘smir qizlar))📝 Bellashuvlarda ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishingiz mumkin.Namangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib
    33311Open in Telegram
  • NamDU xabarlari

    19 Sept, 15:57

    #Zakovat #Besh_tashabbus #Yoshlar #Fizika_matematika😀 ZAKOVAT — BILIM, TAFAKKUR VA ZUKKOLIK MAYDONI!📚 Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.📂Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollar orqali o‘zlarining bilimi, tezkor fikrlashi, topqirligi va mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatini namoyon etdilar. Har bir savol jamoalardan nafaqat bilim, balki birgalikda fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab qildi.💡 Bunday intellektual tadbirlar Besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlik, ilm-ma’rifat va intellektual faoliyatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • NamDU xabarlari

    18 Sept, 18:50

    forwarded from @namdu_xabarlari

    #verified✅ NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETINING RASMIY TELEGRAM KANALI TASDIQLANDI🕊 Namangan davlat universitetining rasmiy Telegram kanali — @Namdu_xabarlari tasdiqlanganlik (verified) belgisiga ega bo‘ldi.Mazkur tasdiqlangan nishon universitetning rasmiy Telegram kanalini boshqa sahifalardan ajratib olish va Telegram qidiruvida Namangan davlat universitetining haqiqiy rasmiy sahifasini oson topish imkonini beradi.So‘nggi yillarda Namangan davlat universiteti Axborot xizmati tomonidan universitetning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini zamonaviy talablar asosida, mazmunan boy va yuqori saviyada yuritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Universitet hayotidagi muhim yangiliklar, ta’lim jarayonlari, ilmiy faoliyat, tadbirlar va rasmiy axborotlar keng jamoatchilikka tezkor va ishonchli tarzda
  • NamDU xabarlari

    18 Sept, 11:59

    Talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildiNamangan davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan muloqot amalga oshirildi.Shuningdek, tyutorlar tomonidan talabalarga xonalarda tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish, yashash joylaridan oqilona foydalanish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda umumiy hududlarda ozodalikka e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning qulay, xavfsiz va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarda istiqomat qilishini ta’minlashga xizmat qiladi!Namangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
  • NamDU xabarlari

    18 Sept, 11:35

    #ichkiturizmJahon tillar fakulteti tyutori G.Dadajanova va fakultet 1-bosqich talabalari ishtirokida Namangan shahrida joylashgan o‘lkashunoslik muzeyiga tashrif tashkil etildi.Namangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
  • NamDU xabarlari

    18 Sept, 10:56

    forwarded from @namdu_xabarlari

    #Qonunchilik_yangiliklar❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.✅ 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va
  • NamDU xabarlari

    16 Sept, 18:06

    Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildiNamangan davlat universiteti Filologiya fakulteti Jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda viloyatning tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayohat tashkil etildi.Mazkur sayohatni guruh tyutori N. Boymirzayev boshchiligida Jurnalistika yo‘nalishining 1-bosqich talabalari birgalikda amalga oshirdilar.Tashriflar davomida talabalarga obyektlarning tashkil topish tarixi, madaniy-ma’rifiy ahamiyati va bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy taassurotlar bilan boyitish, ularning jurnalistik kuzatuvchanligini oshirishga xizmat qiladi.Namangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy
    687111Open in Telegram
  • NamDU xabarlari

    16 Sept, 05:02

    #Mustaqilyurt #istiqlol35 #yangioʻzbekiston #renessanspoydevoriNamangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
  • NamDU xabarlari

    15 Sept, 11:25

    #Mustaqillik_darslari #35yoshingmuborak“35 yoshing muborak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.Universitet Fizika-matematika, Tabiiy fanlar hamda Ijtimoiy fanlar fakultetlarida "35 yoshing muborak!" mavzuida davra subati tashkil etildi. Davra suhbatida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan talabalarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.Talabalar zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, ilmiy va ijodiy izlanishlarda faol ishtirok etishi zarurligi ta’kidlandi.Namangan davlat
  • NamDU xabarlari

    15 Sept, 10:27

    #Mustaqillik#HuquqO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan 2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universiteti Yuridik fakultetida davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida talabalarga vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshga mos huquq va burchlar mazmunini anglash, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat ruhini shakllantirish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.Shuningdek, davra suhbatida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda jamiyat hayotidagi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga
  • NamDU xabarlari

    15 Sept, 10:19

    #Mustaqillik#teatrUniversitetda talabalar teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirish hamda mustaqilligimizning qadr-qimmatini ulug‘lash maqsadida universitetimizda navbatdagi badiiy-sahna ko‘rinishi namoyish etildi.🎭 Sahnalashtirilgan asar markazida: Behbudiy– (Dramatik kompozitsiyasi namyish etildi) — Millat va Vatan erki yo‘lida jon fido qilgan Mahmudxo‘ja BehbudiyTalabalar tomonidan ijro etilgan ushbu sahna ko‘rinishi tomoshabinlarga: Ajdodlarimiz merosiga ehtirom ko‘rsatish, Tinchlik va mustaqillikning bebaho ne’mat ekanligini his etish, Vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmatiBizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube