Latest posts

Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
22 Sept, 11:37
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan📢 “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi uchun adabiyotlar ro'yxatini e'lon qilamiz!🤐 Xabar berganimizdek, umumiy oʻrta taʻlim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o'tkaziladigan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.⚡️ Tanlov nizomiga ko'ra, ishtirokchilar 3 bosqichda (tuman-shahar, hududiy, respublika) jadidlar hayoti va ijodini o'rganishga doir shartlar bo'yicha o'z bilimini sinovdan o'tkazadilar.🔗 Adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing📚 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
21 Sept, 14:06
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.JadiMuhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi" pinned a photo
21 Sept, 13:38

Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
19 Sept, 02:39
📚 “Birgalashib, buyuk tarix yaratamiz” kitobi taqdimoti o‘tkazildiMuhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasida xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan “Birgalashib, buyuk tarix yaratamiz” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.📖 Taqdimot davomida kitobda aks etgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlar haqida fikr almashildi.Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrash, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🎥 Tadbir
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
18 Sept, 11:55
#bolalar_kutubxonasiABDULLA QAHHOR TAVALLUDINING 119 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRMuhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasida Uychi tumani 35-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining atoqli adibi, mohir hikoyanavisi va dramaturgi Abdulla Qahhor tavalludining 119 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi, ijodiy faoliyati hamda boy adabiy merosi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Adib asarlarida ilgari surilgan ma’rifat, vatanparvarlik, ezgulik va insoniylik kabi g‘oyalar haqida fikr almashildi.Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qahhorning ijodiy merosiga oid asarlaridan namunalar o‘qildi hamda adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi ijro etildi. Ishtirokchilar
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
18 Sept, 10:40
#bolalar_kutubxonasi #uslubiy_yordamMAKTAB KUTUBXONASIGA AMALIY-USLUBIY YORDAM KO‘RSATILDIMuhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan Chortoq tumani 28-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.Jarayon davomida maktab direktori bilan uchrashilib, kutubxonani zamonaviy talablarga mos tashkil etish va namunali maktab kutubxonasiga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, kutubxonada yuritiladigan jamlama (summariy) va inventar hisob daftarlari, kundalik, oylik hamda yillik ish rejalari ko‘rib chiqildi.Kutubxonaga kelib tushgan badiiy adabiyotlarni hisobga olish, ularga bibliografik va texnik ishlov berish, kitob fondini tartibga keltirish hamda saqlash yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.Mazkur amaliy-uslubiy yordam M. Soibjanova va G. Majidova tomonidan amalga oshirildi.📍Bolalar
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
17 Sept, 10:10
#bolalar_kutubxonasiYOSHLAR KUNI VA SAIDA ZUNNUNOVA TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRMuhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasida Yangiqorgon tumani MMTBga qarashli 36-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda Yoshlar kuni hamda atoqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ta’lim olishi, bilim va salohiyatini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr yuritildi.Tadbirda Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva hamda O‘zbekiston Yozuvchilar
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
16 Sept, 04:43
📚 KITOBLAR TAQDIMOTI O‘TKAZILDI.📖 “Nodirabegim” nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazida ona tilimiz va buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.📚 Tadbirda: 🔹 “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” 🔹 “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” 🔹 “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kabi muhim va fundamental nashrlarning taqdimoti o‘tkazildi.🎙 Tadbir davomida yangi nashrlarning mazmun-mohiyati, o‘zbek tilshunosligi rivojidagi o‘rni hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.🤝 Tadbirda Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.🎭 Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, o‘quvchi-yoshlar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’rlar
Muhammad Sharif So'fizoda nomidagi viloyat "Bolalar kutubxonasi"
11 Sept, 05:53
“Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildiNamangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yosh xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon — 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.Tadbir “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasida “Muhammadsharif So‘fizoda” nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tanlovda Namangan viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari ishtirok etib, o‘zlarining kitobxonlik saviyasi, badiiy asarlar haqidagi bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati hamda buyuk mutafakkir adiblar ijodidan xabardorligini namoyon etdilar.Bunday tanlovlar xodimlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash,
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
