Latest posts

NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 16:01
👍 Navoiy kon-metallurgiya kombinati yoshlari shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydi!🗣16–28-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda! Tarixda ilk bor Markaziy Osiyoda tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Shaxmatchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston! ♟Olg‘a, shaxmatchilar!😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 14:03
📚 Eng ko‘p o‘qilgan va qalblarda yashaydigan kitoblarKitobni o‘qibgina qolmaymiz, balki qahramonlari bilan birga yashaymiz, quvonamiz, yig‘laymiz, orzu qilamiz. Mana siz uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng mashhur asarlari:🇺🇿 O‘zbek adabiyotidan: ↪️O‘tkan kunlar – Abdulla Qodiriy ↪️Sarob – Abdulla Qahhor ↪️Otamdan qolgan dalalar – Tog‘ay Murod ↪️Kecha va kunduz – Cho‘lpon ↪️Olabo‘ji – Shukur Xolmirzayev🌍 Jahon adabiyotidan: ➡️Urush va tinchlik – Lev Tolstoy ➡️Jinoyat va jazo – Fyodor Dostoyevskiy ➡️Uch mushketyor – Aleksandr Duma ➡️Garri Potter turkumi – J.K. Rowling
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 13:00
🇺🇿 Yoshlar korrupsiyaga qarshi!Halollik – taraqqiyot, adolat va ishonchning mustahkam poydevoridir. Korrupsiyaga qarshi kurash esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.☑️Har bir halol qaror, har bir qonuniy harakat va har bir mas'uliyatli yondashuv korrupsiyasiz jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik! Halollikni tanlaylik, kelajakni asraylik.#YoshlarKorrupsiyagaQarshi #KorrupsiyagaYoq😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 11:03
JAHON KUBOGIDA NAVOIYLIK SPORTCHILAR MUNOSIB ISHTIROK ETDI🔺Joriy yilning 18–20-sentabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida sambo va jangovar sambo bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.🔺 Nufuzli xalqaro musobaqada Navoiy viloyati sharafini munosib himoya qilgan sportchilar qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.Jumladan, jangovar sambo bo‘yicha:🥉 3-o‘rin-Amirxon Qudratillayev-98 kg vazn toifasida 🥉3-o‘rin-Mohinur Jamilova-59 kg vazn toifasida 🥈2-o‘rin-Gulasal Oblaqulova-65 kg vazn toifasida 🥈2-o‘rin-Zuhra Ahmedova-50 kg vazn toifasida🏆 Sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, kelgusidagi musobaqalarda ularga
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 10:33
forwarded from @yoshlaragentligi
⚡️ “2+6”: Yoshlar uchun xorijiy til o‘rganishga yangi imkoniyatYoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “2+6” loyihasi o‘z natijalarini bermoqda.Loyiha doirasida yoshlar dastlabki 2 oy davomida sinov va saralash bosqichidan o‘tadi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga keyingi 6 oy davomida ta’lim xarajatlarini davlat tomonidan qoplash imkoniyati taqdim etiladi.Loyiha orqali yoshlar: • Xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi; • Ta’lim xarajatlarini qoplash uchun davlat subsidiyasidan foydalanadi; • Bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi; • Keyingi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarga tayyorgarlik ko‘radi.Xorijiy til o‘rganishni istagan yoshlar, siz ham “2+6” loyihasi taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalaning!🕊Telegram
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 10:00
YOSHLAR YETAKCHILARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI🟢Bugun Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Karmana, Navoiy shahri hamda Qiziltepa tumanida yangi faoliyatini boshlagan yoshlar yetakchilari ishtirokida ularning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.🟢Seminarda viloyat boshqarmasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan yoshlar yetakchilari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, KPI ko‘rsatkichlari va ularning mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish, shuningdek, faoliyat natijadorligini oshirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.tib,🟢Shuningdek, yoshlarning muammo va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, har bir yosh bilan individual ishlash, hududlardagi ilg‘or
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 08:04
🚨 Tungi profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi⚫️Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida Navoiy shahridagi kompyuter o‘yingohlari, billiard klublari hamda yoshlar ko‘ngilochar maskanlarida tungi profilaktik reyd tadbiri tashkil etildi.⚫️Reyd davomida mazkur maskanlarda jamoat tartibining holati, yoshlarning tungi vaqtdagi faoliyati hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq vaziyatlar o‘rganildi.⚫️Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.😎Telegram 📱Facebook
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 07:08
🇺🇿 Mamlakatimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatdan oqilona foydalanayotgan yana bir qahramonimiz Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Galabek mahallasida yashovchi Egamberdiyev Bektosh✅Rahmatov Bektosh imtiyoz asosida yer olib sabzavot yetishtirib bugungi kunda yaxshigina daromadga ega bo’lmoqda.📝 U hayotidan va qilayotgan mehnatidan, qolaversa yoshlar uchun berilgan imkoniyatdan mamnun.😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 06:04
🇺🇿 Navoiy viloyati yoshlari shaxmatchilarimizga ulkan zafarlar tilaydi!♟ Har bir yurish — zafar sari tashlangan qadam! 🇺🇿 Har bir g‘alaba — yurtimiz faxri!😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 05:07
forwarded from @yoshlaragentligi
⚡️22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kunBugun dunyo bo‘ylab insonlar bir kun davomida shaxsiy avtomobildan foydalanishni kamaytirib, piyoda yurish, velosiped va jamoat transportini tanlash orqali ekologik tashabbusga qo‘shiladi.Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga, imkon qadar avtomobildan voz kechib, ekologik toza harakatlanish usullarini tanlashga chorlaydi.Bu orqali atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va ekologik mas’uliyatni kundalik odatga aylantirishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.Bugun bir kun avtomobilsiz harakatlaning. Tabiat uchun foydali tanlovni o‘zingizdan boshlang!🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin
NAVOIY YOSHLARI
22 Sept, 04:27
🎓 Talabalik davridayoq daromad topishni xohlaysizmi?Ish qidirasiz - tajriba so‘rashadi. Yangi kasb o‘rganmoqchisiz - nimadan boshlashni bilmaysiz.Aslida esa bugun telefon yoki kompyuter orqali SMM va AI kabi zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rganib, masofadan ishlash mumkin. 💻SMM AI Savodxon kursida: • SMM va Targeting • Vizual dizayn • AI orqali rasm va video yaratish • Kontent tayyorlashni o‘rganasiz.🏆 Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kontent markazi va AloqaBank tomonidan tashkil etilgan “SMM AI Savodxon” kursida bepul, online o‘rganing hamda kurs yakunida sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ling!🚀 Yangi mavsumga qabul ochiq!👉 Kursga qo‘shilish uchun havolani bosing.📱 Tel
NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 15:35
🇺🇿 Viloyatdagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud holatni o‘rganish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Konimex tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.🔹 O‘rganishlar davomida tumandagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash jarayoni atroflicha ko‘rib chiqilib, har bir hududning mavjud muammolari, ehtiyojlari va sharoitidan kelib chiqib tahlil qilindi.✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 15:03
🇺🇿 Navoiy viloyati yoshlari shaxmatchilarimizga ulkan zafarlar tilaydi!♟16–28-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bu oddiy musobaqa emas — har bir shaxmat yurishida Vatanga bo‘lgan sadoqat, xalqimiz ishonchi va g‘alabaga bo‘lgan mustahkam iroda aks etadi.♟ Har bir yurish — zafar sari tashlangan qadam! 🇺🇿 Har bir g‘alaba — yurtimiz faxri!😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 14:30
forwarded from @alisher_sadullaev

NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 12:44
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta’minlash, aholi o‘rtasida beg‘araz donorlikning ahamiyati va inson salomatligini asrashdagi o‘rni haqida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, shuningdek, donorlik aksiyalarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7–19-sentabr kunlari davomida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, tuman (shahar) Yoshlar ishlari bo‘limlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan jamoat joylari, savdo shoxobchalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida donorlik aksiyalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.✅ O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida 700 nafardan ortiq aholi bilan suhbatlar, tushuntirish
NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 11:11
🎓 Navoiylik 10-sinf o‘quvchisi IELTS'dan 8,5 ball oldi!Navoiy shahridagi 18-maktab o‘quvchisi Behruz Jo‘rayev xalqaro IELTS imtihonida yuqori 8,5 ball (C2 daraja) natijani qo‘lga kiritdi.Behruz, shuningdek, Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan viloyat jamoasi a’zosi hisoblanadi.👏 Iqtidorli o‘quvchimizni ushbu ulkan zafar bilan tabriklaymiz!😎Telegram 📱Facebook 📱Instagram
NAVOIY YOSHLARI
21 Sept, 09:50
forwarded from @alisher_sadullaev
O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang!Birozdan so‘ng 6-tur va biz orziqib kutgan O‘zbekiston – Hindiston o‘yini boshlanadi.Hindiston misolida Olimpiadadagi jamoaviy taktika qanday ishlashini kuzatish juda qiziq. Bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh bu yerda Hindistonning 4-taxtasida o‘tiribdi. Avvaliga g‘alati tuyuladi. Jahon chempioni nega to‘rtinchida?Oddiy turnirda shaxmatchi o‘zi uchun o‘ynaydi. Olimpiadada esa to‘rtta shaxmatchining natijasi qo‘shilib, jamoaning umumiy natijasiga aylanadi. Hindiston Gukeshni 4-taxtaga qo‘yib, nazarimizda, aynan shu taxtada ustunlik qidirmoqda.Hindiston shu paytgacha Gukesh orqali izlagan ustunlikni bugun Shamsiddin to‘xtatishi kerak.Vohidovning kuchiga shubha yo‘q, u Olimpiadada 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘argan. Gukeshda ham shunday. Demak, bu taxtada jiddiy jang
NAVOIY YOSHLARI
20 Sept, 17:38
forwarded from @alisher_sadullaev

NAVOIY YOSHLARI
20 Sept, 10:38
forwarded from @alisher_sadullaev

NAVOIY YOSHLARI
20 Sept, 03:56edited
⚡️ Tariximizda ilk bor O‘zbekistonda, go‘zal Samarqand shahrida 15–27-sentyabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!✅ Biz, Konimex tumani yoshlari milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz va barcha yurtdoshlarimizni shaxmatchilarimizga muxlislik qilishga chorlab qolamiz!♟ Olg‘a, shaxmatchilar! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
