Latest posts

Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
15 Sept, 10:58
Bilim amaliyotga, amaliyot esa bolalar hayotidagi real o‘zgarishlarga aylanishi kerak.Bolalar neyroxirurgi Nazarova Liliya Aleksandrovna faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — kraniosinostoz bilan tug‘ilgan bolalarni davolash.Bunday holatlarda har bir qaror katta ahamiyatga ega: aniqlik, tajriba va to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi bolaning salomatligi va kelajagiga bevosita ta’sir qiladi.Ammo zamonaviy tibbiyot faqat amaliyot bilan cheklanmaydi. Ilmiy izlanishlar, klinik holatlarni tahlil qilish, konferensiyalarda ishtirok etish va tajriba almashish davolash usullarini yanada samarali va xavfsiz qilishga yordam beradi.Har bir operatsiya, tadqiqot va ilmiy ma’ruza ortida esa eng muhim narsa turadi — aniq bir bola va uning kelajagi.Shu sababli o‘rganish, izlanish va rivojlanish hech qachon to‘xtamaydi.
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
15 Sept, 10:53
KIMS Hospitals bilan xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindiBolalar Milliy Tibbiyot Markazida Hindistonning yetakchi xususiy tibbiyot muassasalaridan biri — KIMS Hospitals vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Markaz direktori B.Y. Umarov hamda KIMS Hospitals vakillari ikki tibbiyot muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.Asosiy e’tibor mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, onlayn seminar va videokonferensiyalar o‘tkazish, murakkab klinik holatlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar tashkil etish, shuningdek KIMS Hospitals mutaxassislarining Markazga tashriflarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.Bundan tashqari, BMTM mutaxassislarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, alohida tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim tadbirlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.🤝 Uchrashuv yakunida
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
15 Sept, 05:35
📢 Расмий эълонҲурматли фуқаролар! Самадов Фурқат Насибович ўқишда бўлиши муносабати билан 2026 йил 12 октябрьгача қабул ўтказмайдилар. Қабул Доктор ўқишдан қайтганидан сўнг белгиланган тартибда давом эттирилади. Тушунганингиз учун раҳмат!
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
14 Sept, 10:37
⚠️ Muhim ma’lumotHurmatli ota-onalar!Ma’lum sabablarga ko‘ra, quyidagi shifokorlarimiz shu hafta konsultatsiya qabulini amalga oshirmaydi:• Talat Aliyev — ortoped-vertebrolog • Mansur Nasirov — neonatal va pediatr xirurg • Iskandar Shamakov — infeksionist • Muxammadxusan Ismailov — pulmonologKeltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tashrifingizni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz. 🙏📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 95 341 00 03Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
8 Sept, 13:41
Хурматли хамкасблар хамда ота оналар!Болалар Миллий Тиббиёт Маркази хамда Корея халқаро соғлиқни сақлаш жамғармаси (KOFIH) хамкорлигидаги лойиҳа доирасида дориларга чидамли (фармакорезистент) эпилепсияси бор болалар ва уларнинг ота оналари учун бепул генетик текширув (WES +Sanger) ўтказиш бошланган.Беморларни лойиҳа доирасида текшириш учун махсус танлов мезонлари мавжуд. Бемор маълумотлари кўриб чиқилади ва белгиланган мезонларга мос келса танлаб олинади ва бепул текширилади.Қўшимча маълумот олиш ва беморларни йўналтириш учун куйидаги ракамларга мурожаат килишингиз мумкин:Доктор Шахбоз Telegram: @ketogen_diet_uzb Тел.: 88 067 75 07Доктор Шоҳжаҳон Telegram: @Doc_Shohjahon Тел.: 90 656 64 69
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
8 Sept, 10:27
🔹 Advanced MIS Course 2026 — Toshkentda 5 kunlik amaliy kurs14–18-sentabr kunlari Bolalar Milliy Tibbiyot Markazida bolalar jarrohligi bo‘yicha Advanced MIS Course 2026 bo‘lib o‘tadi.Kursni AQShdan tashrif buyuradigan bolalar minimal invaziv va torakoskopik jarrohligi bo‘yicha mutaxassis Prof. Ashwin Pimpalwar, MD olib boradi.5 kun davomida ishtirokchilar: • jonli laparoskopik va torakoskopik operatsiyalarni kuzatadi; • real klinik holatlarni ekspert bilan birgalikda tahlil qiladi; • trenajyorlarda amaliy ko‘nikmalarni mashq qiladi; • ilmiy tadqiqot va maqola yozish bo‘yicha master-klassda qatnashadi; • minimal invaziv jarrohlik bo‘yicha ekspert ma’ruzalarini tinglaydi.📍 14–18-sentabr — Toshkent, Bolalar Milliy Tibbiyot MarkaziKursning keyingi qismi Nukusdagi “Orol bo‘yi” klinikasida davom etadi. U yerda bemorlar ko‘rigi, klinik holatlar tahlili va mahalliy jarrohlar uchun
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
4 Sept, 04:57
forwarded from @bmtm_samadov
📌 Қабулга қандай ёзилиш мумкин?Қабулга ёзилиш учун @@bmtmmurojaat Telegram манзилига қуйидаги маълумотларни битта хабар кўринишида юборинг:Боланинг Ф.И.Ш. Туғилган санаси. Яшаш ҳудуди (вилоят/шаҳар). Ота-она ёки қонуний вакилнинг телефон рақами. Бирламчи қабулми ёки такрорий қабул.📩 Барча мурожаатлар келиб тушган вақти бўйича кетма-кет рўйхатга олинади.🕘 Масъул администратор душанба куни қабул бошлангунга қадар келиб тушган барча мурожаатларни қабул қилиб, навбатни шакллантиради.✅ Қабулга ёзилиш фақат мурожаат келиб тушган кетма-кетлик асосида амалга оширилади.❗️Илтимос, бир хил мурожаатни бир неча марта юборманг. Бу навбатни ўзгартирмайди ва қабулни тезлаштирмайди.📞 Навбатингиз келганда қабул санаси ва вақти ҳақида сиз билан алоҳида боғланилади.
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
4 Sept, 04:43
📢 Nevrolog-epileptolog Furqat Samadov qabuliga yozilish ochildi!Doktor ta’tilda edi va 14-sentabrdan qabulni boshlaydi.Qabulga yozilmoqchi bo‘lganlar Telegram-kanalimizga o‘ting. U yerda qabulga yozilish tartibi va barcha kerakli ma’lumotlar batafsil ko‘rsatilgan.👉 https://t.me/BMTM_Samadov📢 Открыта запись на приём к неврологу-эпилептологу Фуркату Самадову!Доктор был в отпуске и с 14 сентября возобновляет приём пациентов.Все, кто хочет записаться на консультацию, переходите в наш Telegram-канал. Там опубликованы правила записи и подробная инструкция, как записаться на приём.👉 https://t.me/BMTM_Samadov3,220Open in Telegram
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
1 Sept, 17:03
🇺🇿 Mustaqillik — yurtimiz bilan birga, uni rivojlantirayotgan insonlarning mehnatini ham qadrlashdir.O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bolalar Milliy tibbiyot markazida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Markazimiz rivojiga o‘z mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar e’tirof etildi. Bu kun biz uchun nafaqat bayram, balki yonma-yon mehnat qilayotgan insonlarga yana bir bor rahmat aytish uchun ham yaxshi sabab bo‘ldi.Barcha hamkasblarimiz va yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabriklaymiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, farzandlarimiz sog‘lom bo‘lsin. 🇺🇿Mustaqilligimiz muborak!
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
1 Sept, 08:17
forwarded from @shmirziyoyev
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti — Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
28 Aug, 04:27
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIDA DAM OLISH KUNLARIMustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha:🟡 29-avgust — dam olish kuni 🟢 30-avgust — dam olish kuni 🟢 31-avgust — qo‘shimcha dam olish kuni 🟢 1-sentabr — Mustaqillik bayrami - dam olish kuni📌 2-sentabrdan Bolalar Milliy tibbiyot markazi odatiy ish tartibida faoliyatini davom ettiradi.Barchangizga bayram kunlarini oila davrasida maroqli o‘tkazishingizni tilaymiz! 🇺🇿Bolalar Milliy tibbiyot markazi
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
20 Aug, 13:53
🇺🇿🤝🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga tashrif buyurdi.Tashrif Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan press-tur dasturi asosida bo‘lib o‘tdi.Markaz direktori Baxtiyorjon Yatgarovich Umarov mehmonlarni kutib olib, Markaz faoliyati, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari, yuqori texnologik tibbiy jihozlar hamda noyob jarrohlik amaliyotlari bilan tanishtirdi.Mehmonlar bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishib, iliq taassurotlarini bildirdilar.💙 Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
20 Aug, 08:31
🇺🇿🤝🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari Bolalar Milliy tibbiyot markazidaOzarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan press-tur dasturi asosida Ozarbayjon OAV vakillari Bolalar Milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.Markaz direktori Baxtiyorjon Yatgarovich Umarov mehmonlarni kutib olib, Markazning faoliyati, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari, yuqori texnologik tibbiy jihozlari hamda noyob jarrohlik amaliyotlari bilan tanishtirdi.🏥 Tashrif davomida mehmonlar Markazda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan yuqori malakali tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining iliq taassurotlarini bildirdilar.🤝 Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tibbiyot va axborot sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
20 Aug, 06:39
forwarded from @ssvuz
#Ogohlik 🔴 🟦🟦🟦❓ Kiberjinoyatchilarni qaysi belgilaridan bilib olish mumkin?Oxirgi yillarda insoniyat taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bugun raqamli texnologiyalar sharofati bilan barcha narsani birgina kompyuter yoki telefon orqali nazorat qilish mumkin bo‘lib qoldi.Albatta, bu katta qulayliklar yaratdi. Ammo u kiberjinoyatchilar uchun qo‘l kelayotgani ham sir emas.❓Xo‘sh, kiberjinoyatchilarni qaysi belgilaridan bilib olish mumkin?⬇️ Asosiy belgilari:➡️ O‘zaro so‘zlashuv va yozishmalarni asosan “Telegram” yoki “WhatsApp” messenjerlari orqali davom ettiradi, ularni sir saqlashni (hatto,
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
5 Aug, 12:23
🇺🇿🤝🇰🇷 Koreya Respublikasi delegatsiyasi Bolalar Milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdiBugun Bolalar Milliy tibbiyot markaziga Koreya Eksport-Import banki (KEXIM), Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) hamda Koreya Respublikasi Hukumat siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillaridan iborat rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.🏥 Tashrif davomida delegatsiya Markazning zamonaviy infratuzilmasi, yuqori texnologik diagnostika va davolash imkoniyatlari, shuningdek, “XXI asr O‘zbekiston–Koreya Do‘stlik bolalar shifoxonasi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.🤝 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.💙 Mazkur tashrif ikki davlat
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
29 Jul, 13:08
🤝 KOFIH PREZIDENTI BOLALAR MILLIY TIBBIYOT MARKAZIGA TASHRIF BUYURDIBugun Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga Koreya Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Jamg‘armasi (KOFIH) O’zbekiston vakili Mr.Yang Hee Manboshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.🏥 Mehmonlarni Markaz hamda mas'ul xodimlar kutib oldi.💬 Tashrif davomida tomonlar Bolalar milliy tibbiyot markazi va KOFIH o‘rtasida ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayotgan hamkorlik natijalari, xususan, bolalar neyroxirurgiyasi yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalar hamda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.⭐️ KOFIH delegatsiyasi Markazda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro standartlarni joriy etish borasidagi ishlar va erishilgan natijalarni yuqori baholadi. Tashrifning asosiy maqsadi bolalar neyroxirurgiyasi yo‘nalishida yangi hamkorlik tashabbuslarini ko‘rib chiqish hamda kelgusidagi
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
24 Jul, 11:30
🇺🇿 Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!Bolalar Milliy tibbiyot markazi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaydi.Sizning bevosita tashabbusingiz va doimiy e’tiboringiz bilan bunyod etilgan, eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan Bolalar Milliy tibbiyot markazi bugungi kunda minglab bolajonlarga sifatli va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.🏥 Markazimizning muhim yutuqlari: 🔹 100 dan ortiq murakkab yuqori texnologik operatsiyalar, jumladan jigar va suyak iligi transplantatsiyasi; 🔹 Nukus shahrida Orolbo‘yi klinikasining tashkil etilishi; 🔹 Tibbiyot sohasidagi eng nufuzli xalqaro e’tirof — JCI akkreditatsiyasi.Muhtaram Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
24 Jul, 05:45
📢 ЭЪЛОН‼️📣 БОЛАЛАР МИЛЛИЙ ТИББИЁТ МАРКАЗИДА КЛИНИК ОРДИНАТУРА УЧУН ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ!Болалар миллий тиббиёт маркази 2026-2027 ўқув йили учун Клиник ординатура (резидентура) га қуйидаги йўналишлар бўйича қабул бошланганлигини эълон қилади.Марказда мавжуд ихтисослик йўналишлари ва квоталар сони: 1️⃣ Болалалар анестезиология ва реаниматологияси – 12 та; 2️⃣ Болалар неврологияси – 6 та; 3️⃣ Болалар онкологияси, гематологияси ва иммунологияси – 6 та; 4️⃣ Болалар хирургияси – 6 та; 5️⃣ Болалар нефрологияси гемодиализ билан – 6 та; 6️⃣ Нейрохирургия – 3 та; 7️⃣ Оториноларингология – 6 та; 8️⃣ Педиатрия – 6 та; 9️⃣ Аллергология ва клиник иммунология – 4 та; 1️⃣ Терапия 1️⃣1️⃣ Кардиология 1️⃣2️⃣ Офталмология 1️⃣3️⃣ Травматология ва ортопедияYandex XaritaBolalar Milliy Tibbiyot Markazi, bolalar shifoxonasi, Toshkent, Parkent koʻchasi, 294 – Yandex Maps⭐️ Reyting 5,0. 360 отзывов, 55 фото. Koʻrish telefon raqami, ish vaqtlari, xaritadagi kirish va tuzish mumkin.
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
15 Jul, 06:26
forwarded from @ssvuz
🔴 ✅✅✅✅📍 Yaqinda Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari yurtimizning olis manzillari — Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida bo‘lib qaytdi.🩺 Shu jarayonda Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasidagi tegishli qarori ijrosi doirasida tibbiy tekshiruvlar hamda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.❓ Buni aholi qanday kutib oldi?❓ Qancha bola tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi?❓ Joylarda yuqori texnologik amaliyotlar ham bajarildimi?📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi
7 Jul, 03:59
forwarded from @uzbekistan24_tvnews
#Axborot24 | 06.07.2026Poytaxtda “Bolalar neyrojarrohligi va nevrologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
