gram news
NeoJadid channel avatar

NeoJadid

@neojadids

Dunyoga o'zbekona nazar. Aloqa: @NeojadidBot

ProjectsUZOther

1,870subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • NeoJadid

    19 Sept, 02:45

    Sobiq ittifoq qulaşidan keyingi davrni faqat liberallaştiriş, demokratlaştiriş, modernizatsiyalash, bozor iqtisodiyotiga ötiş va şu kabilar orqali tahlil etiş zamonaviy özbek davlatining vujudga kelişidagi (va buguniga ta’sir qilayotgan) kolonial va imperial tuzilmalar ahamiyatini yetarliça inobatga olmaslikka olib kelmoqda. Özbek ongi dekolonizatsiyaga muhtoj. Postkolonial nazariya mustaqillik nega koloniallik masalasini hal qilmaganini tuşuntirib bersa, dekolonial nazar koloniyalliklni yengib ötiş yöllarini körsatişi mumkin.
  • NeoJadid

    11 Sept, 04:20edited

    Kompartya shinelidan chiqqan post-koloniyal elita jumladan, rusparastligi deb yillarcha sabotaj qilib kelgan alifbo islohoti bugun meteorit tezligida o‘tkazilayotgani ortida maktab darsliklari (yangi alifbo = darsliklar yangilanishidan millionlab dollar) monopolistlarining qulog‘i ko‘rinyapti degan taxminlar bor.Taxminlar rost bo‘lsa, korrupsiyonerlar rusparastlar qarshiligini osonlikcha sindirib, (ziyolilar eplolmagan) xayrli ishlarga sababchi bo‘lyaptimi shunda? :)
  • NeoJadid

    10 Sept, 09:31edited

    Bir banan respublikasining prezidenti davlati nega heç rivojlanmayotganini, samaradorlik tuşib, qaşşoqlik köpayganini anglamoqçi bölibdi. Muammoga yeçim qidirişni öz oilasidan boşlabdi.Birinçi bölib, ayolidan sörabdi, u nima iş bilan şuğullanayotganini. "Men falon biznes sohani butunlay egallaganman", debdi ayoli.Öğlidan sörabdi, u nima iş bilan şuğullanayotganini. "Men falon davlat idorasining rahbariman, offşorlarim bor", debdi öğli. Qizlaridan sörabdi, ular nima iş bilan şuğullanayotganini. Bittasi falonçi davlat idorasining rahbariman desa, qolganlari katta bizness egalari ekanini aytipti.Kuyovlaridan sörabdi, ular nima iş bilan şuğullanayotganini. Bittasi falonçi davlat idoraning rahbariman desa, qolganlari avto, moliya, klaster sohasida monopolistligini, katta bizness egalari ekanini aytipti.Aka-uka, opa-singil, quda-anda, jiyan-piyanlari ham huddi şunday javob beribdi.Şu
  • NeoJadid

    4 Sept, 04:54

    forwarded from @kunuz

    Kitob o‘qimay qo‘ygan jamiyat qanday o‘zgaradi? — Ilm, tarbiya va ziyolilik haqida suhbatKitob o‘qishdan voz kechgan jamiyatning kelajagi qanday bo‘ladi? Insonga yaxshi yashash uchun faqat kasbiy bilimning o‘zi yetarlimi? Gumanitar fanlar, badiiy adabiyot va falsafa jamiyat hayotida qanday o‘rin tutadi?Ilk suhbatda iqtisodchi Jamshid Muslimov va shifokor Odilxon Alimxonov noshir va faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev bilan kitobxonlik madaniyati, ilmga munosabat va bola tarbiyasi haqida suhbatlashdi.Suhbat davomida bolalar va kattalarning kitob o‘qishga qiziqishi nega pasaygani, ota-onaning farzand taʼlimidagi o‘rni, kasbiy bilim bilan umumiy bilim o‘rtasidagi farq, aniq va gumanitar fanlarning ahamiyati, jamiyatdagi etik standartlar hamda «yaxshi hayot kechirish uchun yaxshi o‘qishning o‘zi yetarlimi?» degan savollar muhokama qilindi.PS: Podkastning maqsadi — ilm, kitobxonlik va
  • NeoJadid

    30 Aug, 04:47

    forwarded from @najmiddinturon

    КИМ НИМАНИ ЯХШИ КЎРАРЭҳтимол, бизнинг халқ илму маърифатни, тарбия ва таълимни, ҳунар ва саноатни яхши кўрар, деб ўйлайдурғондурсиз? Йўқ, бу фикрингиз ёнглиш.Эшонларимиз тоат ва ибодат, панду насиҳат, зикру тасбеҳ ўрниға тўйлардан тўн киюб, кўб ошаб, кўп ухлашни яхши кўрурлар.Уламоларимиз дарсу таълим ўрниға, бир-бирлари ила ўрун талашиб, мукаррир ва мударрис бўлишни, ўзлари бўлолмай қолсалар, эшикма-эшик юруб сайловни бузишни яхши кўрурлар.Имомларимиз, халойиқға ваъз ва насиҳат ўрниға, тўй ва жанозаларда юруб, жома кийишни яхши кўрурлар.Бойларимиз орқа-ўнглариға қарамасдан, фойда ва зарарларини ойирмасдан бир-бирлариға рақобат қиламан деб, "бонка" ва "кридит"ларини кўпайтуруб, дўффилари тор келганда рус ва яҳудийларнинг молларини букуб-синишини яхши кўрурлар.Мўйсафидларимиз намоз ва ниёз ўрниға, масжид эшигига йиғилуб ўтуруб, ҳар кимни ғийбат ва шикоят қилишни яхши кўрурлар.
    TelegramNajmiddin TuronDilda darding bo‘lmasa, Dardisarimni kovlama. Mashrab
  • NeoJadid

    28 Aug, 07:24

    Chegaradan "toza telefon" bilan o'tish yo'riqnomasi.На границе могут сделать полную копию вашего телефона — и точечная чистка переписок в этом случае не поможет. А что поможет? Исчерпывающая инструкция «Медузы» для всех, кто едет в Россию
  • NeoJadid

    24 Aug, 09:36

    Jadidlarning o'zbek va boshqa tillarga munosabati, o‘sha paytdagi til siyosati haqida yaxshi podkast bo'libdi.
    YouTubeO‘zbek tili va jadidlar | Mahmudxo‘ja Behbudiy va til islohoti masalasi @QURULTOYBugun mehmonimiz Zaynobiddin Abdurashidov. U kishi bilan jadidlar haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugun bu mavzuni davom ettiramiz. Aynan jadidlarning ona tiliga, qardosh tillarga, boshqa tillarga munosabatini, o‘sha paytdagi til siyosatini o‘rganamiz. Jadidlar…
  • NeoJadid

    21 Aug, 11:09edited

    Turkiston Muxtoriyatining mag'lubiyatga uchraganining asosiy sababi, Shavkat Mirziyoyev kabi ZABARDAST yetakchisi bo'lmaganidir. Akademik Azamat Ziyo.
  • NeoJadid

    20 Aug, 07:12edited

    Hatto bizning milliy valyutamizga imzosini tushuribdi bu yaramas Trump.
  • NeoJadid

    20 Aug, 07:04edited

    AQSh - Kelajagi buyuk davlat. Donald Trump Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Donald TrumpThe Atlantic jurnali prezident Donald Trump, mayda diktatorlar kabi, hamma narsani o'z nomi bilan bog'lashni sevishi haqida yozibdi.Trump o'z prezidentlik vakolatlaridan foydalanib, pasport va yangi banknotalardan tortib hukumat binolari yoki katta infrastrukturaviy loyihalarga o'z nomi, rasmi yoki kamida imzosini muhrlab qolishga urinayotgan ekan. Masalan, - 14-iyun (AQSh bayrog'i kunini) "AQSh bayrog'i kuni/Prezident Trump tug'ilgan kuni"ga o'zgartirgan. - John Kennedy San'at Markazini "Donald Trump va John Kennedy San'at Markazi" deb qayta nomlagan. - Trump ko'prigi.. - Trumpdan Afg'on xalqiga yordam 😆 va hokazo.
  • NeoJadid

    20 Aug, 05:31edited

    Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?” Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi.Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati” (A Rulebook for Arguments). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir.Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” (Thinking in Systems) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan
  • NeoJadid

    19 Aug, 16:13

    O‘lgan sherni eshak ham tepa oladi. Afrika maqoli. O'lgan prezidentni "chempion tadbirkorlar" ham tepa oladi. O'zbek maqoli.
  • NeoJadid

    18 Aug, 10:26

    Ўзи тақиқнинг бир хусусияти бор — у ёлғиз юрмайди. "Мана кичик нарсаларга тақиқ қўйиляпти, сиёсатга/динга/яна бир нарсага тақиқ йўқ" деб ўзингни тинчлантирасан, эртага энг майда нарсагача тақиқ етиб боради. Тақиқлаш имконини топган инсон ўзини тийиб тура олмайди — ҳар ердан камчилик топиб, тақиқлашади.
  • NeoJadid

    18 Aug, 09:13edited

    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga bu yil kirgan talabalari soniga ko'ra top 3 o'quv markazi (tartibsiz):- Nexus - Inspiring Education - Qorako'l Ziyo.Reklama emas, shunchaki shaxsiy kuzatuvim.
  • NeoJadid

    16 Aug, 06:09

    forwarded from @latipovuzb

    Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi qonunda umrbod immunitet fonida unchalik ko‘zga tashlanmaydigan, ammo baribir tilga olishni istagan yana bir nechta jihatlar bor. Postlar ko‘payib ketgani uchun uzr, lekin bunday qonunlar har kuni ham qabul qilinmaydi.1) Birinchi masala – to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlar, aniqrog‘i, ushbu yondashuvdan chekinish. Muayyan tartib-taomilni bevosita qonunning o‘zida belgilash o‘rniga, uni prezident hujjati bilan belgilash taklif etilmoqda.Masalan, shu paytgacha «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunda vazirlar va ularning o‘rinbosarlarini prezident lavozimga tayinlashi va ozod qilishi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar rahbarlarini prezident, ularning o‘rinbosarlarini esa prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tayinlashi belgilangan edi. Endi o‘rinbosarlar
  • NeoJadid

    15 Aug, 16:43

    forwarded from @khurshidyuldosh

    “Mutlaq hokimiyat odamni mutlaq buzadi” Avliyosini ham, farishtasini ham buzvoradi. Bu tarix o‘giti. Achchiq tajribalar xulosasi. Shuning uchun ham konstitutsiya bor – xalqni emas, hukmifarmolarning hokimiyat ishqi alangasini bosib turish uchun bor. Hokimiyatlarning bo‘linishi va o‘zaro tiyib turish tamoyili oltinga teng qoida. Qonun oldida shohu gado tengligi adolatning o‘q tomiri. Kuni kecha Prezident Adminstratsiyasi haqida qonun qabul qilingani e’lon qilindi. Mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, aslida Konstitutsiyaga bitta alohida bob sifatida kirishi kerak bo’lgan, ahamiyatiga nisbatan olganda asronomik tezlikda qabul qilingan qonun bo’ldi bu. Adminstratsiyaga misli ko’rilmagan vakolatlar berildi (de facto bor edi, de jure mustahkamlab qo‘yishdi), ammo bu dargohi oliyni nima tiyib turishi, mas‘uliyati, javobgarligi nimadan iboratligini ko‘rmadim. Idora mansabdorlariga berilgan
    Ўзбекистон Республикаси ПрезидентиЎзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси тўғрисидаЎзбекистон Республикасининг Конституциявий Қонуни
  • NeoJadid

    15 Aug, 14:17

    forwarded from @latipovuzb

    Kecha Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi yangi konstitutsiyaviy qonun menda uyg‘otgan shubhalar haqida yozgandim. Uni qanchalik ko‘p o‘qisam, menda shunchalik kuchli bir savol tug‘ilyapti: endi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi hokimiyat organi sifatidagi mustaqil rolidan nima qoladi?Konstitutsiyaning 114-moddasiga ko‘ra, ijro etuvchi hokimiyatni aynan Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. U iqtisodiy va ijtimoiy siyosat, vazirlik va idoralar faoliyati, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradi.Hukumat qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi va natija uchun javobgar bo‘lishi kerak.Ammo yangi qonun hukumat ustidan Prezident Administratsiyasi tomonidan kuchli nazoratni belgilayapti — nafaqat qarorlar qabul qilingandan keyin, balki ular
  • NeoJadid

    14 Aug, 11:42

    Avraam oldiga qonga belangan Moshe yugurib kelibdi: - Avraam, qochdik bu yerdan... Pogrom boshlandi, olomon yahudiylarni tutib uryapti. Avraam: - Bizga nima, biz pasport bo‘yicha rusmiz-ku. Moshe: - Ey ahmoq, pasportga emas, yuzinga qarab tushurishyapti.Prezident Administratsiyasi mansabdorlariga deputat va sudyalar tushida ko‘rmagan dahlsizlik va immunitet berilganini ko‘rib, shu anekdot esimga tushib ketdi. O‘zbekistonda kimnidir urgisi kelib qolsa, hech qachon pasport, Konstitutsiya yoki Qonunga qarab o‘tirishmagan.
  • NeoJadid

    14 Aug, 09:12edited

    Prezident Administratsiyasi haqidagi qonunga negativ munosabat bildirilgan yoki shunchaki qonun noqulay joylaridan (masalan, Administratsya mansabdorlariga hatto deputat va sudyalarda yo'q dahlsizlik va immunitet berilgani haqidagi) iqtibos keltirilgan postlar o'chirilyapti. Mana shu skrinshotda nima bor edi, o'chirtiriladigan?
  • NeoJadid

    4 Aug, 07:47

    forwarded from @farengeyt_press

    O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda.Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi.Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi.Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.