gram news
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali channel avatar

O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

@npu_uz

Website : https://npuu.uz Facebook: Facebook.com/ Instagram: Instagram.com/npuu_uz YouTube: https://www.youtube.com/@Npuu_uz

ProjectsUZEducation

10,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    22 Sept, 10:53

    Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi⚡️YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilan SmartEd loyihasi doirasida pedagogik amaliyotni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.😄 Tadbir davomida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 4+2 tartibidagi pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi.Model talabaning universitetda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘lash, pedagogik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.✅ Shuningdek, xalqaro ekspert Eleyn Sharplin boshchiligida pedagogik amaliyot yo‘nalishda universitetimiz va 12 ta pedagogika oliygohlari mutaxassislari, shuningdek, ularga biriktirilgan maktab o‘qituvchilari ishtirokida mashg'ulotlar tashkil etiladi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube
    6,28015126321Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    21 Sept, 16:28edited

    Universitetimiz talaba-qizlari diqqatiga!“IT queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika innovatsion tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.📌 Unda O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talaba-qizlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.Axborot texnologiyalari (IT): 🔹 Dasturiy ta’minot; 🔹Veb-ishlanmalar; 🔹Mobil ilovalar; 🔹Sun’iy intellekt; 🔹Kiberxavfsizlik; 🔹Raqamli ta’lim. Mexatronika va robototexnika: 🔹Avtomatlashtirilgan tizimlar; 🔹Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari.📍 Tanlov sanasi: 29-sentabr, soat: 14:00da. Manzil: Artel xona
    5,43016532Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    19 Sept, 08:15

    Buyuk Britaniyaning yetakchi oliygohlaridan biri bilan hamkorlik muhokama qilindi👍Universitetimiz vakillari hamda dunyo reytingida 203-o‘rinda turuvchi Loughborough University professori, Tabiiy fanlar maktabining ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Wael Bahsoun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.✅ Muzokaralar davomida matematika va matematika ta’limi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan:🔹bakalavriat va magistratura talabalari uchun Loughborough University'da bir yil tahsil olish imkoniyatini nazarda tutuvchi qo‘shma dasturlar; 🔹matematika va matematika ta’limi bo‘yicha qo‘shma doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.✨ Professor Bahsoun Loughborough University universitetimiz bilan bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida uzoq
    4,17011103Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    18 Sept, 12:56

    Professorimizdan bilim olish uchun kelgan amerikalik talaba bilan tanishing📖 “Ilm izlab bormaydi, ilmni izlab keladilar”, degan gapning mazmunini bugun universitetimizda yana bir bor his qilish mumkin.🌟Bunga O'zbek tili va madaniyatini o'rganish maqsadida Amerikadan kelgan Kelly Kroeger yaqqol misol bo'la oladi.🇺🇿 Kelly 2 yildan buyon professorimiz Saodat Adilovadan O'zbek tilini o'rganib kelmoqda. U O'zbek tilini Amerikaning Arizona davlat universitetida o'rganishni boshlagan.🤐 Bugun esa Kelly o'z o'rganganlarini ko'rish va O'zbek tilini yurtimizda o'rganish maqsadida universitetimizga keldi.✨ U hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida tasvirlangan muhitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, asar qahramonlari kechmishini his qilish uchun
    4,990video1312963Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    18 Sept, 11:50

    Milliy qadriyatlarimiz ma’naviyatimiz ko‘zgusi🇺🇿Bugun talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimizni milliy liboslarda ko‘rish juda iliq taassurot uyg‘otdi.🎩 Kimningdir libosidagi nafis naqshlar, kimningdir do‘ppisi, yana kimningdir milliy atlas va adraslari universitetimizga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.🖼 Aslida, milliylik ham shunday — bizni birlashtiradigan, bir-birimizga yaqinlashtiradigan qadriyat.🔸Milliyligimiz bizning faxrimiz. Birdamligimiz kuchimiz.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    6,86014107431Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    16 Sept, 12:00

    Universitetimizda tahsil olish xorijiy tajribani ham egallashga yo'l ochadi👍 Hozirda universitetimizning bir guruh talabalari xalqaro ta’lim dasturi asosida Xitoyning Shenyang pedagogika universiteti Xalqaro ta’lim institutida tahsil olib, xorijiy ta’lim muhiti va yangi akademik tajribani o‘zlashtirmoqda.🌏 Xorijda tahsil olish, yangi muhitni kashf etish va xalqaro tajriba orttirish talabalik davrining muhim imkoniyatlaridan biri.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    6,280video21137651Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    16 Sept, 11:12

    forwarded from @hilola_umarova

    #auditoriyamiz_afsonalari“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan videolarimizni koʻrib boryapsizmi, sizlarga ma’qulmi?Bugungi qahramonimiz – adabiyotshunos, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Natan Mallayev. Bugun olimning ilm yo‘lidagi xizmatlari, shogirdlar bilan munosabati, ibratli hayot yoʻlini eslaymiz.Universitetimizda tahsil olgan, keyinchalik uzoq yillar talabalarga dars bergan olimning ilm-fanga xizmati katta. Birgina misol: uning maktablar uchun yozgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligi 30 marotaba qayta chop etilgan. Shuningdek, olim oliy o‘quv yurtlari uchun birinchi “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligini yozgan, o‘zbek mumtoz adabiyoti va folklori boʻyicha qimmatli tadqiqotlar olib borgan.Umid qilamizki, Natan Mallayevning yaqin shogirdlaridan biri Hamidjon Homidiy tilidan aytilgan xotiralar, voqealar sizlarga ham qiziq, ibratli.Il
    3,480video1377611Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    15 Sept, 13:44

    Yangi o‘quv yilining dolzarb masalalari muhokama qilindi👍 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yilining dastlabki jarayonlari, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.✅ Yig‘ilishda:🔹 o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi; 🔹 2026/2027-o‘quv yilida ilmiy faoliyat bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va fakultet hamda kafedralar oldidagi vazifalar; 🔹 talabalar turar joylarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari; 🔹 pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “4+2” tartibidagi amaliyotni joriy etishga tayyorgarlik; 🔹 dual ta’limning “5+1” dasturi bo‘yicha o‘quv jarayonining boshlanishi; 🔹 Career.edu.uz tizimi orqali bitiruvchilar faoliyatini ish
    6,440261211211Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    14 Sept, 08:52

    Yaponiya bilan hamkorlik: Hokkaydo universiteti vakillarining universitetimizga tashrifi yakunlandi👍 Yaponiyaning Hokkaydo universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida bo‘lishdi.✅ Tashrif davomida yaponiyalik vakillar universitetimiz hayoti, ta’lim jarayoni va O‘zbekistonning boy madaniy muhiti bilan tanishish, tajriba almashish hamda yangi do‘stona aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldilar.✨ Bugun tashrifning yakuniy tadbiri o‘tkazilib, unda Hokkaydo universiteti vakillariga faol ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    13,3001865431Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    12 Sept, 10:12

    Sog‘lom muhit to‘g‘ri muloqotdan boshlanadi👍 Universitetimiz tyutorlari uchun “Talaba xulq-atvoridagi tashvish belgilarini erta payqash” hamda “Muomala madaniyati va guruhdagi nizolarni boshqarish” mavzularida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.✅ Mazkur tadbir davomida tyutorlarga talabalardagi yashirin xavotir, emotsional zo‘riqish hamda tushkunlik belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish usullari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.🔻 Shuningdek, akademik guruhlarda sog‘lom va ijobiy psixologik muhitni saqlab qolish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinch va konstruktiv yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalari amaliy misollar yordamida tushuntirildi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    8,8101786443Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    11 Sept, 11:12

    Magistratura natijalari e’lon qilindi!👍 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilindi.👉 Natijalar bilan tanishish✨ Barcha talabalikka tavsiya etilgan magistrantlarni samimiy muborakbod etamiz! Yangi bosqichdagi ta’lim va ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    2,6401355211Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    10 Sept, 14:37

    STEAM va akademik mobillik bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlik kengaytiriladiShanxay pedagogika universiteti hamda YUNESKO ta’lim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda pedagoglar tayyorlash, STEAM ta’limi, magistratura va doktorantura, akademik mobillik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, transformatsiya jarayonidagi oliy ta’lim tashkilotlari dekanlari uchun malaka oshirish hamda akademik liderlik kurslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    3,51014631Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    9 Sept, 11:32

    Talabalarimiz xorijiy hamkor oliygohda o'qishni boshladi👍Universitetimiz Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabining 3-bosqich talabalari 3+1 dasturi doirasida Qozog‘istondagi A.E. Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetida tahsil olishmoqda.✅Talabalar universitetda kutib olinib, o‘quv binolari, talabalar turar joyi va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirildi.✨ Mazkur dastur talabalarga xorijiy ta’lim muhitida tajriba orttirish, yangi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ikki universitet diplomini olish imkonini beradi.🔻 Talabalarga ta’lim jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    4,190186633Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    8 Sept, 12:07

    Yaponiyalik professor-o'qituvchilar va talabalar universitetimizda👍 Akademik mobillik dasturi doirasida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari universitetimizga tashrif buyurishdi.✅ Bugungi uchrashuv davomida ikki universitet vakillari ta’lim va ilmiy-pedagogik sohalarda tajriba almashib, zamonaviy ta’lim metodikalari, raqamli texnologiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash tizimi bo‘yicha fikr almashdilar.🔻 Shuningdek, ikki universitet talabalari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etilib, ular ta’lim tizimi, akademik imkoniyatlar, talabalar hayoti va madaniy an’analar haqida muloqot qildilar.✨ Mehmonlar uchun O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan dastur ham tashkil etilgan.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    4,0402873Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    8 Sept, 07:19

    Talaba xotin-qizlar uchun ajoyib imkoniyat!👍Ijtimoiy ehtiyojmand talaba-xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summalari davlat tomonidan qoplab berilishi mumkin.✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori asosida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba-xotin-qizlarning bazaviy to‘lov-kontrakt summasi tegishli hudud hokimliklari tomonidan to‘lab berilishi mumkin.Kimlar foydalanishi mumkin?🔹Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar; 🔹yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba-xotin-qizlar; 🔹boquvchisini yo‘qotgan, voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.✅ Saralashda ijtimoiy holat, ehtiyojmandlik, ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabaning tahsil olayotgan bosqichi kabi mezonlar inobatga olinadi.✉️ Batafsil ma'lumot uchun universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi @feruza_imomali yoki fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilariga murojaat qilishingiz mumkin.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    4,990153221Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    7 Sept, 15:16

    Ikkinchi uyingizga xush kelibsiz, aziz talabalar!Bugun universitetimizga 1-bosqichga qabul qilingan talabalarimiz uchun talabalik hayotining ilk kuni boshlandi.Ishonamizki, universitetimiz siz uchun nafaqat bilim va tajriba maskani, balki oʻzingizni erkin his qiladigan, orzularingiz sari dadil qadam tashlaydigan ikkinchi uyingizga aylanadi.Xush kelibsiz, aziz birinchi bosqich talabalari!Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
    6,740video42124432Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    7 Sept, 06:56

    Talabalikning ilk kuni bilan barcha birinchi bosqich talabalarimizni tabriklaymiz! 👍Bugun birinchi bosqich talabalari uchun hayotning yangi va unutilmas sahifasi ochilmoqda. Yangi muhit, yangi doʻstlar, yangi bilimlar va katta maqsadlar sari ilk qadam aynan bugundan boshlanadi. 🎉 Aziz
    9,89043148643Open in Telegram
  • O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

    5 Sept, 11:09

    O‘zMPU talabalari Xitoy ta’lim muhiti bilan tanishmoqda 🇺🇿🇨🇳 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari ayni kunlarda Xitoyda — Shenyang pedagogika universiteti Xalqaro ta’lim institutida tahsil olmoqda. 📌 O‘qish bilan birga ular uchun munosib yashash sharoitlari ham