Latest posts

Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 16:09
Chorvador mahallasida ko‘tarinki kayfiyat ulashgan madaniy konsertNurobod tumanining Chorvador mahallasida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ishtirokida aholi uchun ko‘tarinki ruhdagi madaniy konsert dasturi tashkil etildi.Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.🎤 Konsert davomida ijro etilgan mazmunli va xushnavo qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashib, mahalla ahli uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.✨ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir aholining mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishi hamda madaniy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.✅@nur_press
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 14:19
E’LON!Shu yilning 24-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda Samarqand viloyat sudi raisi - D.Radjabov va sud raisining o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha sud tizimiga tegishli mas’ullari ishtirok etadi.Agar sizda fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlariga doir murojaatlar, sizni qiynayotgan muammolar, taklif yoki mulohazalar boʻlsa, ushbu sayyor qabulda ishtirok etib, oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin.📅 Sana: 24-sentabr. 📍Manzil: Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi 32-uy. 📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229-10-00.✅@nur_press
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 13:18
🔴 SAMARQAND VILOYATIDA “XORIJDA ISH” MEHNAT YARMARKASIXorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimizni joriy yil 23-sentabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xorijda ish” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilamiz!Yarmarkada xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etiladi.➡️ “Common Sense” xususiy bandlik agentligi MChJ — 500 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Youth Globe” xususiy bandlik agentligi MChJ — 5 500 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “SKD Man Power” xususiy bandlik agentligi MChJ — 2 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Workline” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Mora Work Group” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 200 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Aimjob” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 610 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Imkon” xususiy bandlik
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 12:45
🌱 Yer — bebaho ne’mat, undan samarali foydalanish — muhim vazifaBugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ishtirokida tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda, avvalo, suvli va lalmikor yer maydonlaridan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hamda yerlarning hosildorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, tumanda zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, iqlim va hudud sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Fermerlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar tinglanib, ularni hal etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish yuzasidan1,480Open in Telegram
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 11:45
Yangi O‘zbekiston: yangi marralar, ustuvor vazifalar va ulkan maqsadlarBugun Nurobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridagi ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Unda Nurobod tumani hokimi o‘rinbosari A.Ziyatov, Samarqand davlat chet tillar instituti professori R.Komilov, Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasi viloyat mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Ibragimov, Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi H.Muhammadiyevlar ishtirok etib, belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning mazmuni, ularning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar qildilar.Targ‘ibot tadbirlarida tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar mas’ullari,
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 11:27
🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI!«EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyatiSerbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda.💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari:💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro 🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi; 🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida.✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:▪️Yoshi: 18–45 yosh; ▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish; ▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish;Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 09:45
📢 #EʼLONHurmatli fuqarolar!Nurobod tumani hokimi hamda sohalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari jadvali bilan tanishing.Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.✅ gov.uz/nurobod🧡@nur_press1,500Open in Telegram
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 07:13
Xalqobodda oilalar holati, qurilish-bunyodkorlik va yer resurslaridan samarali foydalanish o‘rganildiBugun Nurobod tumanining Xalqobod mahallasida tuman hokimi M.Buranov va tuman prokurori J.Abdixakimov mas’ullar ishtirokida hududdagi bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks o‘rganishlar olib bordi.O‘rganish davomida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning holati, ularning yashash sharoiti, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari xonadonbay ko‘rib chiqildi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, obyektlarda ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Bundan tashqari, qishloq
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 02:07
— BIZNESNI RO'YXATGA OLISH NIMA UCHUN KERAK?— INFOGRAFIKA ORQALI MA'LUMOT OLISHINGIZ MUMKIN!✅@nur_press
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 01:56
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
Nurobod tumani hokimligi
22 Sept, 01:01
🇺🇿 Assalomu alaykum, Nurobod!🌅 Yangi kun — yangi imkoniyatlar demakdir.Bugun ham Nurobodimizda bunyodkorlik, obodonlashtirish, tadbirkorlik va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ishlar davom etadi.✨ Kuningiz xayrli va barakali o‘tsin!Nurobod — yangilanishlar va bunyodkorliklar maskani!✅@nur_press
Nurobod tumani hokimligi
21 Sept, 15:00
♟G‘ALABA MUBORAK!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!✅@nur_press
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
