gram news
OCHUN.UZ | Rasmiy kanal channel avatar

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

@ochun_uz

🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali Murojaat va takliflar uchun: @Ochun_Uzgamurojaat Facebook facebook.com/profile.php?i Instagram instagram.com/ochunuz YouTube youtube.com/channel/UCPh4

ProjectsUZOther

12,051subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:22

    Farg‘onada 5-sinf o‘quvchisi mashina haydayotgani aniqlandiUning otasiga chora ko‘rildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.bizga obuna bo‘ling
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:33

    Samarqandda o‘quvchilar eshakda maktabga qatnayotganiga izoh berildiViloyat MMTBga ko‘ra, videoda Kattaqo‘rg‘on tuman markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan maktabga ketayotgan o‘quvchilar aks etgan.“Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu olis va tog‘li hududlarda o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnashlarini ta’minlash, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar dasturi ko‘rib chiqilayotgani”,aytilmoqda. bizga obuna bo‘ling
    275video31111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    22 Sept, 05:12

    Buxoroning eski shahar qismida elektroskuter va elektrosamokatlarda yurish cheklanadiCheklov Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambli, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi hovuz ansambligacha bo‘lgan hududda amal qiladi. Mazkur hududda riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham cheklov joriy etiladi.bizga obuna bo‘ling
    808411111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    21 Sept, 16:15

    ❗️Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni taslim etdiSamarqand shahrida davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy bahslardan birida O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi — Hindiston terma jamoasiga qarshi dona surdi.bizga obuna bo‘ling
    20661111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    21 Sept, 10:41

    Namanganda talonchilik qilgan bir guruh talabalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildiUlar texnikumning birinchi bosqich talabalari bo‘lib, shu texnikumda o‘qiyotgan ayrim talabalarning pul, soat va telefonlarini zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan olib qo‘ygan.bizga obuna bo‘ling
    860video91111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    21 Sept, 04:17

    Polshada tramvay haydash mahorati boʻyicha Yevropa chempionati boʻlib oʻtdiEng qiziqarli shartlardan biri “tramvay boulingi” boʻldi: unda haydovchilar tramvay bilan katta koptokni yumalatib oldinga qoʻyilgan ulkan kegllarni urib yiqitdi.bizga obuna bo‘ling
    241video811111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    20 Sept, 16:26

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga endi davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladiAliment undirish, nikohdan ajratish, otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish, shuningdek, mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi hamda boshqa bir qator ishlarda yuridik yordam beriladi.bizga obuna bo‘ling
    967731111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    20 Sept, 12:07

    Qoraqalpog‘istonlik pedagog “Yil o‘qituvchisi” tanlovida 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdiQonliko‘l tumanidagi 2-sonli maktab o‘qituvchisi Nigora Allambergenova yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasida bugungi kunda u “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib bo‘lganini hamda 50 ming dollar bilan mukofotlanganini ma’lum qildi.Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.bizga obuna bo‘ling
    940video1021111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    20 Sept, 04:57

    Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi2027-yil 1-yanvardan boshlab magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari, bakalavriatni tamomlaganlarga esa 1 baravari miqdorida har oylik ustama olishi mumkin bo‘ladi.bizga obuna bo‘ling
    200821111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    19 Sept, 17:00

    Yangiyo‘lda 48 tup kannabis va 12 kg dan ortiq marixuana aniqlandiHolatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.bizga obuna bo‘ling
    248video72111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    19 Sept, 12:59

    Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 mlrd so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandiEndi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 mln so‘mgacha subsidiya qilinadi.bizga obuna bo‘ling
    1,03062211Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    19 Sept, 08:56

    💡Nukusda bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilish masalasiga bagʻishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi🔰Bolalar internetdan tobora ko‘proq foydalanayotgan bugungi raqamli davrda ularni zararli axborotdan himoya qilish muhim masalaga aylandi. Buning uchun axborot makonida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va axborot tarqatuvchilarining mas’uliyatini oshirish zarur. Shu maqsadda Nukus shahrida “Axborot makonida milliy qonunchilik talablari, kontent mas’uliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida hududlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.📎Unda mahalliy hokimliklar, ommaviy axborot vositalari, noshirlik sohasi hamda tegishli tashkilotlardan 200 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi. Xorazm va Buxoro viloyatlari mutaxassislari esa mazkur muloqotga
    250611111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    19 Sept, 08:03

    Qoraqalpog‘istonda Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi va yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadiMo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga to‘lanayotgan 200 foizgacha oylik ustama 1-yanvardan Bo‘zatov va Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.bizga obuna boʻling
    660511111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    18 Sept, 12:21

    Toshkent viloyatida obyektni biriktirib bergani hamda qolgan qarzdorlikni to‘lab berish evaziga ta‘sischidan 83,5 ming dollar talab qilgan MCHJ rahbari ushlandiHozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.bizga obuna bo‘ling
    929video5221Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    18 Sept, 07:20

    100 DAN ORTIQ AHOLI MUROJAATI KADASTR RAHBARIYATI E'TIBORIDA💠Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi raisi v.v.b. Behzodjon Karimov boshchiligida Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.Sayyor qabulda quyidagi masalalar bevosita ko‘rib chiqildi: 🛜 yer uchastkalari va ko‘chmas mulkka oid masalalar; 🛜 kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 🛜 kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va yangilash; 🛜 davlat kadastr xizmatlaridan foydalanish; 🛜 tadbirkorlik faoliyatiga oid kadastr masalalari; 🛜 murojaat, taklif va muammolar. 🔵 Qabul davomida 111 nafar fuqaroning
    1,000video92111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    18 Sept, 05:28

    Endi ota-onalar farzandining maktabdagi baholari haqida my.gov.uz orqali ma’lumot olishi mumkinXizmat orqali o‘quvchining har bir fan bo‘yicha joriy baholari va o‘rtacha ko‘rsatkichlari, shuningdek, sinf va umumiy baholar statistikasi bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.bizga obuna bo‘ling
    1,030711111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    17 Sept, 14:37

    Misr Arab Respublikasiga amaliy tashrif doirasida Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov Misr Cho‘l hududlarini o‘rganish markazi prezidenti Hisam Shavqiy bilan uchrashdi.Uchrashuvda cho‘l hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni chuchuklashtirish, yerlarni o‘zlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Ochun.uz
    1,110611111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    17 Sept, 10:15

    4–5-fevral kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Tashkent Content Market xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi5 500 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.bizga obuna bo‘ling
    239video521111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    17 Sept, 07:52

    O‘zbekistonda tibbiyotda “5+1” bakalavriat yo‘nalishi joriy etilib, tor soha mutaxassislari uchun magistratura bekor qilinadiPrezident farmoniga muvofiq, Davolash ishi bakalavriat yo‘nalishi negizida “5+1” shaklidagi 6 yillik umumiy tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi. Bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladi va oilaviy shifokor lavozimida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi.bizga obuna bo‘ling
    1,090422111Open in Telegram
  • OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

    17 Sept, 05:04

    Yevropa Ittifoqi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni, 15 yoshgacha bo‘lganlarga esa shaxsiy akkaunt ochishni taqiqlaydi.Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 13 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lganlar ota-ona nazoratida va 1 soatlik limit bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi mumkinligini aytdi. Tegishli reja qonunga aylanishi uchun uni Yevropa Parlamenti va YIga a’zo 27 davlat ma’qullashi kerak.bizga obuna bo‘ling
    218video4211Open in Telegram