Latest posts

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
22 Sept, 16:53
Gender tenglik, ayollar bandligi va xalqaro hamkorlik🇺🇿🇺🇳O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova BMTning O‘zbekistondagi vakili Sabine Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda sohadagi dolzarb masalalar — gender siyosatini raqamlashtirish, xotin-qizlar bandligi, zo‘ravonlikka qarshi kurashish, mamlakatning gender profili va boshqa masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, BMT tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faollik” kampaniyasiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish, jamiyatda xabardorlikni oshirish hamda bu boradagi amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
22 Sept, 06:11
Marg‘ilonda “Atlas bayrami”Marg‘ilon shahridagi turizm majmuasida yettinchi xalqaro an’anaviy to‘qimachilik — “Atlas bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi.Mazkur festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli hunarmandlar, dizaynerlar, soha mutaxassislari, san’at namoyandalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida majmua atlas va adrasning betakror tarovati, hunarmandlar mahorati hamda bayramona kayfiyatga burkandi.Shuningdek, “An’anaviy bozor” maydonida Innovatsion dizayn bo‘yicha mentorlik dasturi doirasida tayyorlangan yorqin moda namoyishi bo‘lib o‘tdi.Festival doirasida an’anaviy to‘qimachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash, an’anaviy san’atni kreativ sanoatga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, AQSH, Gruziya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
22 Sept, 04:55
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
22 Sept, 04:00
#Xotinqizlar_huquqiAyollar qanday holatda muddatidan oldin pensiyaga chiqishi mumkin?✅Korxona tugatilishi yoki shtat qisqarishi sababli kutilmaganda ishsiz qolish har kimni xavotirga soladi. Ammo qonunchiligimizda bunday vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun muhim “ijtimoiy kafolat” belgilangan.Agar ayol xodim ish joyidagi texnologik o‘zgarishlar, ishlar hajmining qisqarishi yoxud korxona yopilishi sababli ishdan bo‘shatilib, rasman ishsiz deb topilsa, u muddatidan avval pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.Buning uchun ayol kishi 53 yoshga to‘lgan hamda kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ushbu qoida kutilmaganda daromadsiz qolgan xotin-qizlarni “moddiy qo‘llab-quvvatlash” va ularning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.✅Manbaa: lex.uz🔹Telegra
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
21 Sept, 14:20
Zamonaviy yondashuv va xorij tajribasi🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan ochiq muloqotda yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim maqsadlar belgilab berilgan edi.Shu maqsadda, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tizimda yuqori natijalarga erishayotgan malakali yosh xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish maqsadida maxsus dastur yo‘lga qo‘yildi.Dastur doirasida 33 nafar xotin-qiz Turkiyadagi nufuzli muassasalarda, jumladan, Istanbul Aydin universiteti, Istanbul tijorat universiteti, Kuchukchekmeje tumani hokimligi va “Yangi ta’lim” fondida 15 kun davomida o‘z malakalarini oshiradi.Xalqaro darajadagi bu kabi amaliy tajriba
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
19 Sept, 14:00edited
Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi? ⠀ ✅ Ha, mumkin. ⠀ Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi.Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan bo‘lishi kerak: ⠀ ✔️ ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi; ⠀ ✔️ ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak. ⠀ Muhim shart: Dekret puli olish uchun ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida to‘langan bo‘lishi, shundan oxirgi 6 oy uzluksiz bo‘lishi lozim. ⠀ 💵 Nafaqa miqdori qanday belgilanadi? Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
19 Sept, 08:41
🇺🇿Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonda bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
19 Sept, 07:22
⚡️2027-yil Qoraqalpog‘istonga yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi.Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi.Cho‘l hududlarida ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish uchun Misrdan mutaxassislar va texnologiyalar jalb etiladi. Chorvachilik uchun Osiyo taraqqiyot bankidan olinayotgan 60 million dollar kredit va 8 million dollar grant birinchi navbatda shu loyihaga yo‘naltiriladi.Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
19 Sept, 06:45
🇺🇿Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi.Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
18 Sept, 14:05
🇺🇿Bugun Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safarini mamlakatimiz yetakchisi, marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrifdan boshladi.Yurtboshimiz Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘i hamda “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tumanda tashkil etilgan issiqxona majmuasi bilan ham tanishdi.🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
