Latest posts

Oliy ta’limga oid xabarlar
24 Sept, 03:51
⚡️Rasman: Milliy sertifikat oʻrinlari endi cheklangan — yangi cheklovlar eʼlon qilindi!2026-yilning sentabr–dekabr oylari uchun jami 496 303 ta oʻrin ajratildi: 🗓 Sentabrda — 125 753 ta oʻrin 🗓 Oktabrda — 129 535 ta oʻrin 🗓 Noyabrda — 112 335 ta oʻrin 🗓 Dekabrda — 128 680 ta oʻrin📊 Shuningdek, endi imtihonlar soni ham koʻpaytirilib, 2025-yilning shu davridagi 11 ta oʻrniga 15 ta imtihon tashkil etiladi.⚖️ Agentlikning maʼlum qilishicha, mazkur cheklovlar infratuzilmaga tushayotgan yukni kamaytirish hamda natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qilishni taʼminlash maqsadida joriy etildi.Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
Oliy ta’limga oid xabarlar
24 Sept, 03:51
forwarded from @kuaf_edu
🎓 Проводите свободное время с пользой вместе с KUAF!🏫 Для студентов доступны пианино, шахматы, волейбол, тхэквондо, муай-тай, настольный теннис и языковые курсы. ⚠️ Всё это БЕСПЛАТНО для студентов KUAF! 📍 За подробной информацией обращайтесь в кабинет № 213. ✔️ KUAF rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’limga oid xabarlar
24 Sept, 03:51
🎉 Xushxabar: KUAF o‘qituvchisi nufuzli xalqaro dastur g‘olibi!🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali O‘zbek va rus filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Sotvoldiyeva Mohinur Xazratullo qizi nufuzli Oxus Society for Central Asian Affairs tashkilotining (AQSH, Vashington) Markaziy Osiyo yoshlari uchun "O‘zbekiston kelajagi" 10 oylik stipendiya dasturida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi! 🔴 Mazkur dastur O‘zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlarni hamda muammolarni siyosatga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi tadqiqotlar orqali o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, akademiklar, faollar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Dastur qatnashchilarining offline uchrashuvi boʻyicha barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Eng yaxshi tadqiqot natijalari uchun stipendiya toʻlanishi belgilangan. 📌Mohinur Sotvoldiyevani ushbu yuksak e'tirof va muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Ilmiy-tadqiqot ishlarida va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!✔️ KUAF rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



Oliy ta’limga oid xabarlar
23 Sept, 07:33
⚡️ Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi; ➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak; ➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi; ➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi; ➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin; ➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?Har oy uchun:➖ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m); ➖ Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m).3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shartKompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar; — o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.5️⃣ Ariza qanday beriladi?Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:
Oliy ta’limga oid xabarlar
23 Sept, 07:33
forwarded from @tiuedu
🔴✅✅ #orientationweek 🇺🇿 Toshkent International University Andijon kampusida🎓ZAMONAVIY TA’lIM VA KELAJAK IMKONYATLARI MAVZUSIDA🇺🇿 Rahbar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 🔴 Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. 🔴Bunday ochiq muloqotlar talabalar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. ✔️ rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Oliy ta’limga oid xabarlar
23 Sept, 07:33
forwarded from @tiuedu
🔴✅✅ 🇺🇿 Toshkent International University Andijon kampusida🇺🇿 Rahbar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 🔴 Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. 🔴Bunday ochiq muloqotlar talabalar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. ✔️ rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram




Oliy ta’limga oid xabarlar
23 Sept, 03:30edited
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📌Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.✔️26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:⚫️1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar ⚫️2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar✔️ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:⚫️1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar ⚫️2-smena uchun: 12:30 dan 14:00 ga qadarHar bir talabgor ushbu ma’lumotlarni o‘z ruxsatnomasidan ham ko‘rishi mumkin.🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.✈️Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
Oliy ta’limga oid xabarlar
23 Sept, 03:30
forwarded from @kuaf_edu
⚡️⚡️ #Chorshanba_Sport_Kuni🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialida an’anaviy “Chorshanba — sport kuni” loyihasi doirasida navbatdagi badantarbiya mashgʻuloti tashkil etildi.✔️ KUAF rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 11:56edited
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladiPrezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari,
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 11:56
forwarded from @tiuedu
🇺🇿 Universitetimiz talabalariga “Qaysi sport turiga qiziqasiz?” degan savol bilan yuzlandik. 💬 Siz ham o‘z javobingizni izohlarda yozib qoldiring! 📞Murojaat uchun: +998940011135 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 11:56
forwarded from @tiuedu
🇺🇿 TOSHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY ANDIJON KAMPUSIDA “ORIENTATION WEEK” HAFTALIGI BOSHLANDI! 🔴 Shuningdek, talabalar bilan qisqacha suhbat o‘tkazib, ularning universitet haqidagi ilk taassurotlari, kayfiyati va yangi o‘quv yilidan kutayotgan natijalari bilan qiziqdik. 📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 11:56
forwarded from @tiuedu
🔴✅✅ #orientationweek➡️OTA-ONALAR VA RAHBARIYAT UCHRASHUVI🇺🇿 Ayni damda Toshkent International University Andijon kampusida ota-onalar va universitet rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 08:46edited
⚡️Perevod imtihonidan o‘tgan talabalarni qanday sun’iy ushlab qolish mumkin?Hammasi oddiy: tegishli hujjatlarini so‘rab kelgan talabani “otangga bor, onangga bor” deya sarson qilinadi.Hujjatlarni o‘qishini ko‘chirgan OTMga yetkazish muddati o‘tgach esa, talaba ilojsiz o‘sha “sevimli” xususiy universitetida o‘qiyveradi.ManbaDo'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari


Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 08:46
forwarded from @kuaf_edu
🎭 “REKTOR KUBOGI” QVZ BELLASHUVI O‘TKAZILADI🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialida joriy yilning 8-oktyabr kuni “Rektor kubogi” QVZ bellashuvi bo‘lib o‘tadi.Bellashuvda 3 ta fakultetdan 2 tadan, jami 6 ta jamoa o‘zaro bahs olib boradi.📌 Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakulteti dekaniga murojaat qilishlari so‘raladi.🏆 Bellashuv g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.✔️ KUAF rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 08:46
forwarded from @kuaf_edu
🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filiali Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Mitillayev Ibroximjon Tursunpulatovich bilan talabalarimizdan ta’lim krediti bo‘yicha kelib tushayotgan savollarga javob olamiz. ➡️ Ta’lim kreditini olish tartibi, zarur hujjatlar va talabalarni qiziqtirayotgan boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi. ✔️ KUAF rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 03:22edited
⚡️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanmaTalabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:— kontrakt; — nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; — ipoteka kreditlari.❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 03:21
forwarded from @tiuedu
🎓 ORIENTATION WEEK BOSHLANMOQDA🇺🇿 Toshkent International University Andijon kampusida “Orientation Week” haftaligi boshlanmoqda. 🗓 Ertaga soat 07:30 da “Orientation Week” haftaligining ochilish marosimi boshlanadi.👥 Unda kunduzgi va boshqa ta’lim shakllarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.📍 Barcha talabalarni belgilangan vaqtda universitetimizda kutib qolamiz. 📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegr
Oliy ta’limga oid xabarlar
21 Sept, 03:21
forwarded from @tiuedu
🎓TALABALAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV🇺🇿 Toshkent International University Andijon kampusida talabalar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. 🔵 Uchrashuvda xorijiy til sertifikatiga ega talabalar uchun grant dasturlari mezonlari, shuningdek, “2+2” ta’lim dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi. 📞Murojaat uchun: +998-74-200-55-55 📍Manzil:Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 3-uy.😀Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 💬Telegram
Oliy ta’limga oid xabarlar
20 Sept, 04:20
⚡️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; ➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; ➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbariOliy ta’limga oid xabarlar pinned «⚡️RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan hamda tahsil…»
19 Sept, 12:21
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
