gram news
Oliy sud | Rasmiy kanal channel avatar

Oliy sud | Rasmiy kanal

@oliysuduz

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanali _________ Официальный канал Верховного суда Республики Узбекистан

ProjectsUZLaw

19,900subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 12:04

    Ma’muriy sud nima uchun kerak?Davlat organiga yuborgan arizangiz asossiz rad etildimi yoki murojaatingiz qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmadimi? Bunday holatlarda o‘z huquqlaringizni qanday himoya qilishingiz mumkin? Ma’muriy sudning vazifasi nimadan iborat?Bu savollarga Navoiy tumanlararo ma’muriy sudining sudya yordamchisi Yoqubov Shahzod batafsil javob berdiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 11:45

    SUDYA TUSHUNTIRADIIqtisodiy sudlarda sud majlisida tanaffus e'lon qilinishi mumkinmi?Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Botirjon Abdullayev huquqiy tushuntirish beradiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 11:38

    Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 11:15

    SUDYA TUSHUNTIRADIOilada 4 nafar farzandmiz. Men ota-onam bilan birga yashab kelganman. Ota-onam vafot etgan, biroq vasiyatnoma qoldirmagan. Bunday holatda kimlar qonun bo‘yicha merosxo‘r hisoblanadi?Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'rg'ontepa tumanlararo sudining sudyasi Shohruh Ravshanov huquqiy tushuntirish beradiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 11:05

    Fuqarolik ishlari bo'yicha Sirdaryo tumanlararo sudi xodim foydasiga ustama haqini undirish to'g'risida qaror chiqardiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 10:58

    Xorazm viloyat sudida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «Odil sudlov – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan seminar o'tkazildiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 10:32

    SUDYA TUSHUNTIRADISudda vakillik tushunchasi va turlariNamangan tumanlararo ma'muriy sudining sudyasi Ulug'bek Muhiddinov huquqiy tushuntirish beradiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    23 Sept, 10:14

    #oqlovISHONCHLI DALILLAR – QONUNIY VA ADOLATLI QAROR TAYANCHIXalqimiz sog'liq uchun koni foyda hisoblangan ma'danlarga boy issiqxona ne'matlarini hamisha sevib iste'mol qiladi. Buxorolik Mels Sayidov va uning tanishlari aka-uka Shomurod hamda Sharif Rahmonovlar (ism-shariflar o'zgartirilgan) ancha yillar muqaddam xalqimizning ana shu mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojini zamonaviy va xorijiy texnologiyaga asoslangan yangi issiqxona majmualarini barpo etish orqali qondirishni niyat qilishgandi.Ezgu niyat amaliy ishlarda ijobatini topdi. Bir qator issiqxona majmualari buyurtma asosida ular tomonidan yetkazib berilgan asbob­uskunalar bilan jihozlandi. Safarlar va o'zaro muloqotlar chog'i orttirilgan tanish-bilishlarning ko'pi keyinchalik hamkor va buyurtmachiga aylanishdi. Bu holat Xorazm viloyatiga safar asnosida ham namoyon bo'ldi.Shovot tumanida istiqomat qiluvchi ishbilarmon aka-ukalar – “Mikrokreditbank”ning tuman filiali boshlig'i Jamshid Ismatov, mahalliy klaster idorasi rahbari Ramil Ismatov ayni ularbop hamkorlar bo'lib chiqdi. Mehmonlar o'zlarini issiqxona majmualari qurish bilan shug'ullanuvchi Janubiy Koreyaning nufuzli “SUN ENGINEERING Co LTD” kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy vakili sifatida tanishtirdi. Arzon narxda sifatli issiqxona jihozlarini yetkazib berish majburiyatini zimmaga olishdi.Mazkur kompaniya hamda aka-uka J. va R. Ismatovlar ta'sischi bo'lgan “CHO’QLI AGRO INJINERING” mas'uliyati cheklangan jamiyat o'rtasida 2020 yil 14 iyunda tuzilgan import shartnomasi, shuningdek, “Mikrokreditbank”ning Shovot filiali tomonidan mazkur jamiyatga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) loyihasi hisobidan mablag' ajratish yuzasidan 2020 yil 20 iyulda imzolangan kredit shartnomasi bu borada erishilgan ahdlashuvning mantiqiy ifodasi bo'ldi. Bu mablag' evaziga Shovot tumanida sahni 5 gektardan iborat yangi va zamonaviy issiqxonaning har bir gektarini 396 ming, butun boshli majmuani esa, 1 million 980 ming AQSH dollari hisobiga barpo etish nazarda tutildi.👉 BatafsilVeb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:54

    ❗️Sud qarorini bajarmagan mansabdor jarima to'lab ham qutilmaydiEndilikda mansabdor shaxs ma'muriy sudning qarorini ijro qilmasa, sud avval jarima qo'llaydi, keyinchalik esa qonuniy chora ko'rish uchun prokurorga xabar beradi. Maqsad – sud qarori qog'ozda qolib ketmasdan, fuqaroning huquqi amalda tiklanishini ta'minlash hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:52

    ❗️Davlat idorasi o'zi bilganicha ta'sir chorasini qo'llay olmaydiDavlat idorasining fuqaro yoki tadbirkorga nisbatan qo'llagan chorasi ko'zlangan qonuniy maqsadga mos va mutanosib bo'lishi kerak. Endilikda ma'muriy sudlarga davlat idorasi bir nechta qarordan birini tanlash vakolatidan qonuniy va asosli foydalanganini tekshirish vakolati berilmoqda. Bunda sud qo'llangan ta'sir chorasi zarur chegaradan chiqib ketmaganligiga baho beradi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:49

    ❗️Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob beradiHokimiyat qabul qilgan noqonuniy normativ-huquqiy hujjat o'sha hududdagi ko'plab fuqarolarning huquqlarini buzishi mumkin. Hozir bunday hujjat ustidan ma'muriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas. Endilikda fuqarolarga bunday hujjatlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:44

    ❗️Davlat organi huquqingizni buzgan, ammo sudga murojaat qilish muddati o'tib ketganmi? Endi buning yechimi bor...Qonunbuzilishni tan oldirish uchun sudga muddatsiz murojaat qilish taklif etilmoqda. Davlat organi tomonidan qo'pol qonunbuzilish sodir etilganini tan olishni so'rab, sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu imkoniyat odamlarni yillar davomida qiynab kelayotgan “da'vo qilish muddati” muammosining hal qilinishiga xizmat qiladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:39

    ❗️Huquq buzilishini kutmasdan ham sud himoyasidan foydalanish mumkin bo'ladiFuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini buzilishidan oldin himoya qilish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda. Buning uchun ma'muriy sudga huquqni himoyasini ta'minlashning proaktiv shakli joriy etiladi. Asosiy maqsad – huquq buzilganidan keyin uni tiklash emas, balki qonunbuzilishning oldini olish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 17:32

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag'ishlab o'tkazilgan taqdimot yuzasidan bayonotVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:47

    Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Image from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanalImage from a post by Oliy sud | Rasmiy kanal
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:46

    Xorazm viloyati sudlarining rahbariyati Yangiariq tumanida aholining sudga doir murojaatlarini o'rganishga qaratilgan sayyor qabul o'tkazdiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:39

    ❗️Shaxsning sog'ligi tufayli huquqbuzarlik fakti inkor etilgan hollarda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatilishi lozim🔹Viloyat MAB inspektorining 2025 yil 3 iyundagi qaroriga ko'ra, I. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi bilan BHMning 1/2 qismi miqdorida ma'muriy jarimaga tortilgan.🔹Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining 2025 yil 1 iyuldagi qaroriga ko'ra, qaror o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasining 2025 yil 29 avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Sud qaroriga ko'ra, I. 2025 yil 24 mayda avtotransport vositasini xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan boshqargan.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarorining 9-bandida, homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:28

    Jinoyat ishlari bo'yicha Oltiariq tuman sudida voyaga yetmagan farzandlarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlagan shaxslarga nisbatan yuritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqildiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:21

    INSON HUQUQLARI SUD HIMOYASIDAFuqaro M. Matchanova oʻz buvisi tomonidan hadya etilgan uy-joy hamda yer maydoniga nisbatan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilgan edi. Mazkur fuqarolik ishi fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqildi.Sud fuqaroning arizasini toʻliq qanoatlantirdi. Natijada uning qonuniy mulk huquqi tiklandi.Oʻz huquqlari sud tomonidan tiklangani va adolat qaror topganini taʼkidlab, M. Matchanova ishning adolatli koʻrib chiqilgani uchun sudyalarga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 Sept, 07:49

    INSON QADRIGA EHTIROMYangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi odamlarning kundalik turmushida, ertangi kunga ishonchida yorqin namoyon bo'lmoqda.Ayniqsa, xotin-qizlarning ta'lim olishi, kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ayol qadriga munosabatni yangi mazmun bilan boyitmoqda.Ana shu e'tiborning ma'naviy davomi o'z davrida xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilgan ayollar xotirasini e'zozlashda ham ko'rinadi.Ularning ibratli hayotini, keng qamrovli va samarali faoliyatini chuqur o'rganish orqali bugungi imkoniyatlarning qadrini teranroq anglaymiz, yoshlarimizga ishonchli hayotiy namunalarni taqdim etamiz.Mashhur sudya ayol, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist Halima Muhitdinova tavalludining 110 yilligi keng nishonlanayotganini ana shu insonparvar siyosatning amaldagi namunasi