Latest posts

Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
22 Sept, 16:25
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
22 Sept, 14:04
🛡 Murojaatdan natijaga: mehnat huquqlari tiklandi, bolaning ta’lim olish huquqi va aliment mablag‘lari undirilishi ta’minlandiOmbudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilib, qator masalalar bo‘yicha amaliy natijalarga erishildi.🟢 Fuqaroga to‘lanmay kelgan mehnatga layoqatsizlik nafaqasi 1019 kunga kechiktirilgani inobatga olinib, uning foydasiga qariyb 17 mln so‘m mablag‘ undirildi. 🟢 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning farzandi umumta’lim maktabiga qabul qilindi. 🟢 Aliment to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinib, aniqlangan qarzdorlik undirildi va mablag‘ murojaatchining bank kartasiga o‘tkazildi.📎batafsil🗣kiril yozuviga


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
22 Sept, 08:03
forwarded from @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
21 Sept, 13:25
❤️“Tenglik va hurmat” platformasi: Qoraqalpog‘istonda zo‘ravonlik sodir etgan va sodir etishga moyil shaxslar bilan individual ish olib borildiNukus shahrida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil 18 nafar shaxs ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Muloqot davomida ishtirokchilarga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, himoya orderi talablari, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari va himoya choralari tushuntirildi. Shu bilan birga, oilaviy nizolarni zo‘ravonliksiz hal etish, o‘zaro hurmat, mas’uliyat va muloqot madaniyati masalalari muhokama qilindi.📎batafsil🗣kiril yozuviga🔴 Платформа «Равенство




Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
19 Sept, 13:47
🔐 Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalar o‘rganildiOliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Monitoringlarda Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi aʼzolari ham ishtirok etdi.17 sentyabr kuni Muborak tumanidagi 33-son manzil-koloniyasi, Koson tumanidagi 10-son jazoni ijro etish koloniyasi, Koson tumani Ichki ishlar bo‘limining vaqtincha saqlash hibsxonasi, hamda Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasi o‘rganildi.18 sentyabrdagi monitoring Qarshi shahridagi 35-son manzil
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
18 Sept, 08:28
💬 “Tenglik va hurmat” platformasi: Farg‘onada zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan individual ish olib borildiFarg‘ona viloyatida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashga qaratildi. Viloyat IIB hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvga probatsiya hisobida turgan, zo‘ravonlik sodir etgan 25 nafar shaxs jalb etildi.Muloqot davomida ishtirokchilarga oilaviy nizolarni zo‘ravonliksiz hal etish, o‘zaro hurmat va muloqot madaniyati, oila oldidagi masʼuliyat, shuningdek zo‘ravonlikning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.Ayniqsa, har bir ishtirokchi bilan individual suhbat o‘tkazilib, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatildi. Suhbatlarda oiladagi nizolarning sabablari, g‘azab va hissiyotlarni boshqarish, turmush o‘rtog‘i va farzandlar bilan munosabatlarni




Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
16 Sept, 07:38
📣 Ombudsmanga yo‘llangan murojaatdan so‘ng IIB xodimlariga intizomiy chora ko‘rildi🔺Ombudsmanga Sirdaryo viloyatidan fuqaro D.A. murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. 💬Murojaatda qayd etilishicha, Xovos tumanidagi xonadonlardan biriga profilaktika inspektori boshchiligida ichki ishlar organlarining xodimlari kirib kelgan va murojaatchining turmush o‘rtog‘ini olib ketishga uringan. Murojaatchi xodimlar mazkur harakatlar sababini tushuntirmagani hamda tegishli hujjat ko‘rsatmaganini bildirgan. 📎batafsil🗣kiril yozuviga➡️После обращения к Омбудсману к сотрудникам органов внутренних дел применены дисциплинарные меры


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
15 Sept, 11:07edited
Yangi o‘quv yilidagi ilk “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildiBola o‘z huquqlarini qanchalik erta anglasa, ularni himoya qilish, o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilish va turli xavf-xatarlarga nisbatan to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari shunchalik mustahkam shakllanadi. Shu bois huquqiy bilimlarni maktab davridan boshlab berish muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘ylab umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ilk “Ombudsman soati” darslari tashkil etildi.📎batafsil 🗣kiril yozuviga🖥Sayt |🔵Telegram | 🔵Facebook |📷Instagram | 🌐X | 🎞Youtube
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
15 Sept, 06:01
Ombudsman mintaqaviy vakili tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan mahkumlarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildiOmbudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 4, 5 va 11-son jazoni ijro etish koloniyalarida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari hamda monitoring tashriflari davomida mahkumlarning ijtimoiy himoyaga oid ehtiyojlari o‘rganildi.Mahkumlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga 9 ta nogironlik aravachasi, ko‘zi ojizlar uchun 8 ta maxsus hassa, 5 ta yurish moslamasi, 9 ta qo‘l hassasi, 13 ta qo‘ltiq tayog‘i hamda 2 ta protez zarurligi aniqlandi.Ombudsman mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati bosh boshqarmasi ko‘magida mazkur texnik reabilitatsiya vositalari jazoni ijro etish koloniyalariga to‘liq yetkazib berildi.Mazkur choralar nogironligi bo‘lgan
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
14 Sept, 16:16
🔽Ayollar koloniyasida mahkumalar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi“Ombudsman maktabi” platformasi doirasida 21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalar uchun tadbir tashkil etildi. Unda 180 nafar mahkuma ishtirok etdi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning o‘z huquqlari, Ombudsmanga murojaat qilish tartibi, qiynoq va boshqa shafqatsiz muomalalarning oldini olish bo‘yicha kafolatlar, shuningdek, ozodlikka chiqqanidan so‘ng ular uchun mavjud ijtimoiy, huquqiy va mehnatga oid imkoniyatlar haqidagi xabardorligini oshirishdan iborat.💬Tadbir yakunida sayyor qabul o‘tkazilib, 20 nafarga yaqin mahkumaning murojaatlari qabul qilindi.📎batafsil🗣kiril yozuviga




Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
14 Sept, 11:08
😇 Ombudsman xodimlar huquqlarini himoya qildi: masʼulga 41,2 mln so‘m jarima🔺Ombudsmanga “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushdi. 💬Murojaat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. Tekshiruvda xodimlarning tushuntirish xatlari, Telegram tarmog‘idagi videolar hamda ishga chiqishga chaqirilgan audioyozuvlar o‘rganildi. Natijada xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb qilingani o‘z tasdig‘ini topdi. 📎batafsil🗣kiril yozuviga➡️ Омбудсман защитил трудовые права работников: ответственное лицо оштрафовано на


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
11 Sept, 12:37
🔎Ombudsman boshchiligida Angren shahridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi🔐Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida Angren shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH), Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyat filiali va mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Angren shahridagi shaharlaro punktiga (xushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.🔺Monitoring doirasida ushbu muassalarda ushlab turilgan shaxslar bilan jamoaviy hamda xoli suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilindi.VSH binosi 2022 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 51 nafar shaxsni saqlashga mo‘ljallangan. Monitoring o‘tkazilgan kuni muassasada 38 nafar
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
10 Sept, 16:11
Angrenda Ombudsmanning sayyor qabuli o‘tkazildiJoriy yilning 10 sentyabr kuni Angren shahri fuqarolari uchun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan, ijtimoiy yordam olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar hamda sud-huquq yo‘nalishidagi murojaatlar ko‘tarildi.📎batafsil 🗣kiril yozuviga🔵На основе анализа обращений в Ангрене проведена «Школа Омбудсмана»🔵Ombudsman School Held in Angren Based on Analysis of Appeals🖥Sayt |🔵Telegram | 🔵Facebook |📷Instagram |
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
10 Sept, 14:18
📈Murojaatlar tahlili asosida Angrenda “Ombudsman maktabi” o‘tkazildiToshkent viloyatining markazdan nisbatan olis hududlaridan biri — Angren shahrida navbatdagi “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi. Ochiq muloqotda Angren shahrining “Mirzo Ulug‘bek”, “Obod”, “Navbahor”, “Yangiobod”, “Oppartak” mahallalari fuqarolari ishtirok etdi.Tahlillar Angren shahridan Ombudsmanga murojaatlar oqimi oshganini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2025 yil davomida shahardan 106 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026 yilning birinchi yarmidayoq ular soni 99 taga yetgan. Yaʼni yarim yillik ko‘rsatkich o‘tgan yilgi jami murojaatlarning qariyb 93 foizini tashkil etgan. Mazkur dinamikaning sabablarini joyida o‘rganish, aholini eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita eshitish va ularga yechim topishda tegishli idoralar ishtirokini taʼminlash maqsadida Angren shahrida ochiq muloqot
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
9 Sept, 07:32edited
📣 Pedagoglarning mehnat huquqlari Ombudsman himoyasidaOliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.S. murojaat qilib, Sirdaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida xodimlar majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘radi.Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, holat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi jalb etilgan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bir necha xodim tashkilot binosi va hovlisida qurilish ishlari yakunlari bo‘yicha tozalash ishlariga jalb qilingani va xodimlarni “Open budget” portalidagi tashabbusga majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilish holatlari ma’lum bo‘ldi.Holat yuzas


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
8 Sept, 10:55
#XorijiyEkspertFikri #RaqamliTransformatsiya #InsonHuquqlariGeorgios Katrugalos, BMTning demokratik va adolatli xalqaro tartibotni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha mustaqil eksperti, professor, Gretsiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri:"Ko‘p yillardan so‘ng Toshkentga qaytganimdan mamnunman. Bu vaqt ichida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va parlament diplomatiyasi sohalarida sezilarli yutuqlarga erishilganini ko‘rish mumkin. Menimcha, Ombudsman inson huquqlarini milliy darajada himoya qilish bilan birga, ularni xalqaro hamkorlik doirasida ilgari surishda ham muhim o‘rin tutadi."▶️ Ekspertning O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, sun’iy intellekt, internet texnologiyalarining bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, raqamli muhitda bolalar huquqlari va so‘z erkinligini qanday himoya qilish kerakligi haqidagi fiklarini
Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
8 Sept, 08:13edited
🛡Ombudsman talabnomasidan so‘ng, fuqarolarni noqonuniy ushlab turgan inspektorlarga chora ko‘rildiQoraqalpog‘iston Respublikasidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda Ombudsman boshchiligida Jamoatchilik guruhlari bilan o‘tkazilgan monitoringda Nukus tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktida qonunbuzilish holati aniqlangan edi.Xususan, mastlik holatida bo‘lmagan uch nafar shaxs punktda yetarli asoslarsiz ushlab turilgan. Ushbu holat o‘rganilganida, mazkur shaxslar maxsus qabulxonaga joylashtirish to‘g‘risidagi sud qarori chiqarilgunga qadar profilaktika inspektorlari tomonidan punktga olib kelingan va ushbu punktda ushlab turilgani maʼlum bo‘ldi.Mazkur holat yuzasidan ...📎batafsil


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
7 Sept, 13:50
💬Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng mahkum murojaati ijobiy hal etildiOmbudsmanga 13-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum K.B.ning advokatidan murojaat kelib tushdi. Unda mahkum moddiy zararning ancha qismini qoplagani, intizomiy jazoga tortilmagani va rag‘batlantirilganiga qaramay, unga tuzalish yo‘liga o‘tganligi haqida ijobiy xulosa berilmagani bayon qilingan. Murojaat asosida mahkum bilan uchrashilib, unga nisbatan berilgan xulosa va uning asoslari Ombudsman Devoni xodimlari tomonidan o‘rganildi. Xulosada moddiy zarar va qoplangan mablag‘ miqdoriga oid maʼlumotlar rasmiy hujjatlarga muvofiq emasligi, shuningdek, mahkumga avval eʼlon qilingan rag‘batlantirish inobatga olinmagani aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdimnoma


Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
7 Sept, 13:25
➡️Murojaatlar tahlili asosida eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildiMurojaatchilar bilan manzilli ishlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar hududlar kesimida muntazam tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p yuborilayotgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.Tahlillarga ko‘ra, Nukus shahridagi Do‘stlik va Qattag‘ar mahallalaridan Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar soni nisbatan yuqori ekani sababli shu mahallalarda Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.Masalalarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, mahalliy hokimlik, profilaktika inspektorlari va boshqa masʼul




Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman)| Расмий канал
4 Sept, 14:22
#XorijiyEkspertFikri #RaqamliTransformatsiya #InsonHuquqlariAzamat Shambilov, Xalqaro Taraqqiyot va Adolat Markazi (CDJI) xalqaro nohukumat tashkiloti vakili (Ispaniya):“Men so‘nggi 10 yil davomida O‘zbekistonga muntazam kelib turaman va mamlakatdagi o‘zgarishlarni kuzatib kelyapman. Har safar kelganimda yangi o‘zgarishlarni ko‘raman va eng muhimi, ular ijobiy tomonga yuz bermoqda. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Ombudsmani faoliyatini ham ko‘p yillardan beri kuzataman”.▶️ Ekspertning O‘zbekistondagi islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash hamda raqamli transformatsiya sharoitida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyat va xavflar haqidagi fikrlarini videoda tinglang.🖥Sayt |🔵Telegram | 🔵Facebook
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
