gram news
O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026 channel avatar

O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

@oquvmarkazlarforumi

Respublikamizdagi barcha o’quv markazlarni bir joyga birlashtiruvchi rasmiy forum. Biz bilan O’quv markazingizni yangi darajaga olib chiqasiz. Murojaat uchun : @Dilshodbek_Mirzayeev

ProjectsUZEducation

2,380subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026 pinned a photo

    9 Sept, 12:36

  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    9 Sept, 12:35edited

    ⚡️O‘quv markazlari uchun katta imkoniyat!Yoshlarning zamonaviy kasblar, IT, xorijiy tillar, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.“Kelajak kasblari” loyihasi: Yoshlarning IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya asosida qoplanadi.Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishi: Ijtimoiy reyestrdagi 14–30 yoshli iqtidorli yoshlar uchun o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.Ushbu yo‘nalishlar doirasida ishtirok etmoqchi bo’lgan o’quv markazlarini hamkorlikka chorlaymiz!Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlar.gov.uz/auth/e-imzo🕊@oquvmarkazlarforumi
    37821Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    5 Sept, 13:48edited

    ❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun XushnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildiBir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan Metsenat.uz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Bugunga qadar loyihamizda salkam 7 mlrd so’mlik grant va stipendiyalar e’lon qilindi.Allohga shukr, mamnuniyat bilan navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilmoqchimiz.Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 100 nafar talabaga 10 mln so‘mdan, jami 1 milliard so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Ko‘mak, Yoshlar
    1,79021Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    4 Sept, 12:33

    🤩O’tgan yilgi forum yodingizdami?O‘quv markazlar forumi — ta’lim va biznes sohasi vakillarini birlashtirgan yirik professional maydon⚡️O’tgan yilgi forumda 700 dan ortiq o‘quv markazlari, startap loyihalar, biznes va ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, yangi hamkorliklar o‘rnatish va sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.Kuchli ekspertlar ishtirokidagi chiqishlar, amaliy tajribalar va networking uchrashuvlari Forumni shunchaki tadbir emas, o‘quv markazlari rivoji uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylantirdi.O‘tgan yilgi Forum qanday o‘tganini videoda tomosha qiling.✅Bu yilgi Forum esa yanada katta miqyos va yangi imkoniyatlar bilan davom etadi.Siz qaysi o’quv markazdan bizni kuzatyapsiz? Komentariyada yozib qoldiring👇Telegram | Instagram
    1,000video92211Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    2 Sept, 06:30

    🤩Biz qaytdik…🔥Bu yil sizlar uchun yanada foydali, eng muhim bilimlarga boy forum uchun tayyorgarlikdamiz.Bizni kuzatishda davom eting tez orada sizga ajoyib yangiliklarimiz borBu yilgi O’quv markazlar forumini kutayotganlar bormi?Javobingizni reaksiyalar bilan qoldirib keting👇
    1,150238511Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    19 Aug, 07:21edited

    📈Yosh tadbirkorlar! O‘quv markazingiz bormi? Bino ijarasi va jihozlar xarajatini davlat hisobidan qoplang!Yoshlar ishlari agentligi nodavlat o‘quv markazlari va ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.Endi siz my.gov.uz orqali noturar joy ijarasi hamda yangi jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish xarajatlarigan “Yoshlar daftari” hisobidan BHMning 50 baravarigacha subsidiya olishingiz mumkin.📝 Talab qilinadigan asosiy me’zonlar: O‘quv markazingiz olis va chekka hududda joylashganligi; Ijara shartnomasi va hozirda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning kamida 20 foizi Ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolari (14–30 yosh) bo‘lishi.Ariza topshirish tartibi:1. my.gov.uz portaliga kirib, OneID orqali avtorizatsiyadan o‘ting. 2. Kerakli xizmatni tanlab, o‘quv markazi va Ijtimoiy reyestrdagi o‘quvchilar ro‘yxati bo‘yicha hujjatlarni yuklang. 3.
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    15 Aug, 06:35

    ❗️Kontraktdagi 100 nafar talabalar uchun 1 mlrd so’mlik grant e’lon qildikYoshlar ishlari agentligining bir qator loyihalari, jumladan, Ibrat farzandlari, Mutolaa, Ustoz AI, UzChess, UzCombinator, Ko‘mak, Yoshlar Ventures bilan o‘tgan yilgi qiziq kelishuvimizni davom ettiradigan bo‘ldik.Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalar haqida obunachilarimizga yangiliklar, ma’lumotlar berib boraman. Boshqacha aytganda targ’ib qilaman.Evaziga esa ulardan 100 nafar ehtiyojmand, intiluvchan va bilimli talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishlarini so’radim.Shunday qilib, kelishuvimiz miqdori jami naq 1 milliard so’mni tashkil qildi.Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xuddi shunday kelishuv asosida 52 nafar talabaga 8 mln so‘mdan, jami 416 mln so‘mlik grant to‘lab bergan edik.Qayerdadir men Yoshlar ishlari agentligi loyihalari haqida post yoki video qo’yganimni ko’rsangiz,
    1,870video51Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    24 Jul, 05:46edited

    1,5005211Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    9 Jun, 15:51

    forwarded from @alisher_sadullaev

  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    3 Jun, 14:20

    forwarded from @alisher_sadullaev

    2,3609431Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    25 May, 10:08edited

    Siz uchun yaratilayotgan yana bir maydon🌏Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!👉yoshlar.gov.uz
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    16 May, 14:52edited

    130 million so‘mgacha foizsiz qarz: “Ko‘mak” loyihasiga ariza topshirish yo‘riqnomasiChekka hududlarda o‘quv markazi ochish yoki kengaytirish uchun “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Bugungacha 400 dan ortiq o‘quv markazlari moliyalashtirildi va raqamlar kundan-kunda o’sib bormoqda.Ssuda olish uchun ariza topshirishni 3 ta oddiy qadamda tushuntiramiz:1️⃣ Hujjatlarni shakllantirish Platformaga kirishdan avval quyidagi hujjatlarni tayyorlang: • Jamg‘arma rahbari nomiga ariza; • Yuridik shaxs guvohnomasi; • Biznes-reja; • Garov ta’minoti hujjatlari; • Dastlabki monitoring xulosasi.Muhim insayd: Ko‘pchilik aynan biznes-reja tuzishda xatolikka yo‘l qo‘yadi. Arizangiz tasdiqlanishi uchun loyihani imkon qadar sodda, real raqamlarga asoslangan va hudud ehtiyojiga mos qilib tayyorlang.
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    12 May, 13:42edited

    📚 “Yangi kitob” — kitoblarning shou-taqdimotiga marhamat!Bu oddiy kecha emas, bu har bir kitobning teatrlashtirilgan taqdimoti, kitoblar premyerasi, muallifning shaxsan o’zidan dastxat olish hamda tarjimonlar nutqini eshitish imkoni.• Sana: 14-may • Vaqt: 17:00 • Manzil: Yoshlar ijod saroyi👇 Taqdimotga roʻyxatdan oʻtib, taklifnoma olish uchun: @yangikitobbot✨ Keling "Yangi kitob" bilan yangi marralarni birga zabt etaylik!@oquvmarkazlarforumi
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    30 Apr, 11:12edited

    "2+6" dasturini eshitdingizmi?O'quv markazlarida tahsil olayotgan o'quvchilarga yana bir yengillik.Endi 2 oylik kursni o'quv markazida o'qib tugatganingizdan so'ng, qolgan 6 oylik kurs pulingiz davlat tomonidan to'lab beriladi.Buning uchun esa "Ibrat Academy" mobil ilovasidan B2 darajadagi sertifikatni qo'lga kiritishingiz lozim.Imkoniyat kerakmi? Hoziroq ilovani yuklab oling.To'liq ma'lumot: +998 55 515 73 91 @ibratadmin@oquvmarkazlarforumi
    2,680video21Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026 pinned a video

    29 Apr, 03:27

  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    29 Apr, 03:27edited

    O'quv markazlariga ko'makchi dasturlarO'quv markazida tahsil olayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!Yoshlar darslardan so'ng olgan bilimini mustahkamlash, so'zlashuv ko'nikmasini “Suhbatdosh” dasturi bilan bepul oshirishi mumkin.😎Dastur bilan har kuni tasodifiy yoki taklif qilingan do’st bilan suhbatlashish oson…Dasturdagi yana bir BEPUL imkoniyat bu - So'zlashuv klubi bo'lib, unda soha mutaxassislaridan foydali maslahatlarni olish mumkin.Dasturdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma⛓“Suhbatdosh” dasturi va "So'zlashiv klubi"dan foydalanish uchun ilovani yuklab oling.📱23 ta tildan birini chuqur o'rganish, IELTS darajangizni oshirish uchun hoziroq biz bilan bog’laning: +998 55 515 73 91 @ibratadmin@oquvmarkazlarforumi
    3,940video211Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    28 Apr, 08:18edited

    ⚡️So‘nggi yillarda Farg‘onada IT xizmatlari 4 karra o‘sdi, eksport 23 million dollardan oshdi.Bu yil Farg‘ona shahrida jami maydoni 30 ming kvadrat metr bo‘lgan IT-Park ishga tushirildi. Yaqinda Quvadagi 1-sonli texnikumda “IT-klasteri” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur klasterda yiliga 100 nafar yoshlar dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tilga o‘qitiladi.Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan Quva tajribasi asosida yana 16 ta tumanda 1 tadan texnikumda bunday kadrlar tayyorlashni boshlash topshirildi.Farg‘ona shahrida IT-Park universiteti, Marg‘ilonda INHA universitetining filiali ochilib, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yo‘nalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.@oquvmarkazlarforumi
    1,49032Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    28 Apr, 08:04edited

    🇺🇿Ayni vaqtda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.Farg‘ona viloyati davlat idoralari, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiya, raqamli yechimlar va sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.“Besh million sun’iy intellekt yetakchisi” dasturi bo‘yicha sertifikat olgan eng ko‘p yoshlar Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.“Mana shunday yoshlarimiz buyuk ajdodimiz Al-Farg‘oniy bobomizning munosib davomchilari bo‘ladi deb ishonaman”,– dedi Prezidentimiz. Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman hokimi bunday iqtidorli yoshlarni yoniga olib, davlat idoralaridagi har bir xizmatni, har bir jarayonni raqamlashtirib, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratishi zarurligi qayd etildi.Mahall
    1,35021Open in Telegram
  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026 pinned a video

    24 Apr, 16:23

  • O‘zbekiston o’quv markazlar forumi 2026

    24 Apr, 16:23edited

    ⚡️“Ko‘mak” loyihasi haqida “Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasi taqdimotidanStrategiyada “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m olib, o‘quv markazi tashkil etgan va yaxshi natija erishgan yoshlarga yangi infratuzilmalar ochish va ularni kengaytirish uchun yana 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda berilishi belgilab qo‘yilgan.“Ko‘mak” loyihasi telegram kanalini kuzatib boring 👉https://t.me/komak_loyihasi@oquvmarkazlarforumi
    7,820video322Open in Telegram