Latest posts

Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
22 Sept, 14:40
Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
22 Sept, 09:22
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 13:41
Toshkent viloyatidagi texnikumlarda yozma imtihonlar o‘tkazildi.2026/2027-o‘quv yilida mahalliy va xalqaro ta’lim dasturlarida tahsil olish istagini bildirgan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan (11-sinfni tamomlagan) talabgorlarni saralash maqsadida viloyatidagi quyidagi ta’lim muassasalarida yozma imtihonlar tashkil etildi:Angren shahar 4-son texnikumi;Qibray tuman texnikumi;Toshkent viloyati “Yashil” texnikumi;Toshkent viloyati ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi;Olmaliq shahar 1-son texnikumi;Olmaliq shahar 2-son texnikumi;Olmaliq shahar 3-son texnikumi;Ohangaron shahar texnikumi;
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 08:32
forwarded from @press_secretary_uz
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 07:19
Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtiriladiKelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 07:08
forwarded from @press_secretary_uz
Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi.Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi.Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 07:08
forwarded from @press_secretary_uz
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.Facebook|Instagram|X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 05:40edited
Toshkent viloyatidagi texnikumlarda yozma imtihonlar o‘tkazilmoqda.2026/2027-o‘quv yilida mahalliy va xalqaro ta’lim dasturlarida tahsil olish istagini bildirgan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan (11-sinfni tamomlagan) talabgorlarni saralash maqsadida yozma imtihonlar tashkil etildi.Imtihon jarayonlari belgilangan tartibda o‘tkazilib, talabgorlarning bilim, ko‘nikma va tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan.Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash jarayonlari yoshlarning zamonaviy kasbiy ta’lim olishi, xalqaro standartlar asosida bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelgusida yangi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun muhim qadam bo‘ldi.Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.Bizni kuzating✅Telegram✅Facebook🌐Instagram📹YouTube🌐Web sayt
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 02:48
Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldiDavlatimiz rahbarining joriy yil 17-iyuldagi “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.Dunyoning 70 ta mamlakatida qo‘llanilayotgan ushbu dastur O‘zbekistonda ilk bor mazkur texnikumda yo‘lga qo‘yildi.Natijada 240 o‘rinli zamonaviy ustaxonalar yaratildi. Texnikumda jami 1 ming 203 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.Bu yerda dual ta’limni yo‘lga qo‘yib, hudud iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan. Xalqaro dastur bitiruvchilariga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.Asosiy fanlar ingliz tilida o‘qitilib, o‘quv-uslubiy
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
19 Sept, 02:48
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью техникума № 1 города Нукуса.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #texnikumBizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
18 Sept, 17:00
❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
18 Sept, 14:16
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Каракалпакской научно-практической медицинской академии.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #tibbiyotPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
18 Sept, 10:55
#Qonunchilik_yangiliklar❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
18 Sept, 04:07
#Yoshlar_kuniKuboklar, musobaqa va yuqori kayfiyat — yoshlar maydonda!Bekobod shahar 1-son texnikumida «Payshanba — yoshlar kuni» doirasida o‘tkazilgan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi sport, shijoat va ko‘tarinki kayfiyatga uyg‘unlashdi.Bir maydonda — rahbarlar va yoshlar. Bir maqsadda — faollik, sog‘lom turmush va yoshlar bilan ochiq muloqot.Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.Bizni kuzating✅Telegram✅Facebook🌐Instagram📹YouTube🌐Web sayt
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
17 Sept, 15:27
#Yoshlar_kuniBugun Angren shaharida joylashgan 2 va 3-sonli texnikumlarda Raxbar va yoshlar uchrashuvi hamda yoshlar orasida kitobxonlik bo‘yicha musoboqa tashkil etildi.Mazkur tashabbus doirasida hududdagi yoshlarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, iqtidorli yoshlarni saralab olish, ular uchun qulay mashg‘ulot muhitini yaratish va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutiladi.Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi va zamonaviy kasblarni egallashi masalasiga katta ahamiyat berildi. Bugungi tezkor rivojlanish davrida yoshlarning bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan va tashabbuskor mutaxassis bo‘lib yetishishi muhimligi ta’kidlandi. Yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganish, axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, hunarmandchilik va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.Tos
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
16 Sept, 15:19
forwarded from @ipi_uz
#qabul✍️ Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!🔂Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:Ixtisosliklar shifri🔺13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha)🔺13.00.05-Kasb-hunar ta’lim nazariyasi va metodikasi🔺13.00.07- Ta’limda menejment (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha )Eslatma!Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
16 Sept, 13:47
forwarded from @eduuz
#7_MilliyDastur #35_yil_35_natija“Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Raqobatbardosh kadrlar Kuchli universitetlar Ilm-fanga tayangan iqtisodiyotYangi O‘zbekiston — yoshlar kelajagi uchun!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
16 Sept, 10:12
Texnikumlarda yozma imtihonlar boshlandi!2026/2027-o‘quv yili uchun mahalliy va xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish istagini bildirgan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun yozma imtihonlar 17–19-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda.Mahalliy ta’lim dasturlari: ⚫️ 375 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi ⚫️ 29 170 ta qabul kvotasi ⚫️ 37 471 ta arizaXalqaro ta’lim dasturlari: ⚫️ 64 ta texnikum ⚫️ 4 060 ta qabul kvotasi ⚫️ 7 829 ta ariza📝 Imtihonlar belgilangan tartib asosida, shaffof va adolatli tarzda tashkil etilmoqda.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
16 Sept, 06:29
“9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
15 Sept, 16:15
Men tanlagan kasbBugun qadimiy kasblar zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi va zargarlik kabi kasblarni o‘rganayotgan yoshlar o‘z qo‘llari bilan san’at asari yaratib, tajriba orttirmoqda va kelajakdagi faoliyatiga poydevor qo‘ymoqda.📹 Yoshlarning kasb o‘rganish jarayoni, ustoz-shogird an’anasi haqidagi videoni tomosha qiling!Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
