gram news
"O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi channel avatar

"O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

@ozqurilishmateriallari

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining rasmiy (uzsm.uz) Telegram-kanali Официальный Telegram-канал Ассоциации "Узпромстройматериалы" (uzsm.uz) The official Telegram channel of the "Uzbuildmaterials" Association (uzsm.uz)

ProjectsKKBusiness

1,110subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    22 Sept, 12:54edited

    Qurilish materiallari sohasi rivoji Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida!“COALS KS” korxonasi quvvati: – yiliga 300 ming kub metr gazoblok – 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish.Loyiha qiymati $16,3 mln.Budjetga tushum – 1,5 mlrd so‘m. Eksport rejasi – $3,1 mln (Qozog‘iston🇰🇿, Turkmaniston🇹🇲) Yangi ish oʻrni – 200 ta.Korxona ta’sischisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qiymati 200 mln dollarlik 5 ta loyiha ishga tushirildi hamda 40 mln dollarlik yana 4 ta loyihaning qurilish ishlari boshlangan.Prezident “COALS KS” korxonasi rahbari Anvar Shukurovni fidokorona xizmatlari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan mukofotladi.🌐 Veb-sayt | 📱Instagram | 📱Telegram
    223video3Open in Telegram
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    22 Sept, 10:38

    forwarded from @uzchamber

    Тошкентда халқаро қурилиш кўргазмаси🛠️ 24–26 ноябрь кунлари Тошкент шаҳрида Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) — Марказий Осиёдаги қурилиш асбоблари, ускуналари, маҳкамлаш буюмлари ва DIY маҳсулотларига бағишланган халқаро B2B кўргазма бўлиб ўтади.Кўргазмада қўл, электр ва аккумуляторли асбоблар, қурилиш ускуналари, DIY маҳсулотлари ҳамда соҳанинг энг сўнгги янгиликлари намойиш этилади.📍 “Ўзэкспомарказ” МКК АЖ 📞 +998 95 143 59 23 🌱 www.hardwareexpo-centralasia.com———Международная выставка строительных инструментов в Ташкенте🛠️ 24–26 ноября в Ташкенте пройдет Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) — международная B2B-выставка строительных инструментов, оборудования, крепежа и товаров
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    22 Sept, 04:17edited

    AFG‘ONISTONDA “MADE IN UZBEKISTAN” — YANGI BOZOR, YANGI IMKONIYAT!Hurmatli tadbirkorlar! 7–13-oktyabr kunlari Kobul shahrida bo‘lib o‘tadigan “Imom Abu Hanifa nomidagi 5-milliy va xalqaro ko‘rgazma hamda savdo yarmarkasi”da “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida ishtirok etishga taklif qilamiz.📦 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ⚡️ Elektrotexnika 🏗 Qurilish 🚛 Transport va logistika 🧴Gigiyena va sog‘liqni saqlash 🧵 To‘qimachilik va boshqa yo‘nalishlar‼️ Joylar soni cheklangan!⏳ Ro‘yxatdan o‘tish: 25-sentyabrgacha📞 +998 97 707 67 07
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    10 Sept, 15:49edited

    Qurilish materiallari sohasi rivoji Toshkent viloyati misolida!Nurafshon shahridagi $120 mlnlik sarmoya evaziga tashkil etilgan texnoparkda bugun 30ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda, 300dan ziyod aholi ish o‘rniga ega bo‘lgan.Texnoparkda asosan qurilish materiallari korxonalari o‘rin olgan. Ushbu ko‘rsatuvda: – Markaziy Osiyo davlatlariga eksportni amalga oshirib kelayotgan shisha mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi; – Qurilish sohasida keng qo‘llaniladigan ichki va tashqi bo‘yoqlar, gidroizolyatsiya, kafel, yelimlar va dekorativ qoplamalar ishlab chiqarish loyihalari; – Eshik-rom ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ko‘rsatilgan.🌐 Veb-sayt | 📱Instagram | 📱Telegram
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    9 Sept, 16:08

    #xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida qurilish materiallari sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.Joriy yil 9-sentabr Toshkent shahrida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Uyushma boshqaruvi raisi Ilyos Raximov tomonidan sohadagi salohiyat haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston qurilish sanoati korxonalari va Xitoy kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, deraza va eshik tizimlari, eshik furnituralari, avtomatik tizimlar hamda fasad oynalash yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish hamda eksport-import
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    7 Sept, 16:08

    ҲУРМАТЛИ ТАДБИРКОРЛАР! Жорий йилнинг 22–25 сентябрь кунлари Ироқнинг Эрбил шаҳрида “CONSTRUCT IRAQ 2026” халқаро кўргазмаси бўлиб ўтади.Кўргазма доирасида “Ўзсаноатқурилишматериаллари” уюшмаси Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси билан ҳамкорликда қурилиш материаллари, озиқ-овқат ва электротехника соҳаларидаги тадбиркорлар учун бизнес-миссия ташкил этмоқда.Иштирокчилар учун: ✅ Ироқнинг йирик импортёр ва дистрибьюторлари билан B2B учрашувлар; ✅ маҳсулотларни тақдим этиш; ✅ янги харидор ва ҳамкорлар топиш; ✅ экспорт ва кооперация бўйича музокаралар ўтказиш имконияти яратилади. Кўргазмада 400 дан ортиқ халқаро компания иштирок этиши кутилмоқда.🔗 Рўйхатдан ўтиш: https://subsidiya.epauzb.uz/events?p_slug=business&ch_slug=business_seminars_abroad 📞 Маълумот учун: 88 079 00 79
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    3 Sept, 15:21

    🇮🇷🇦🇿 “Navoiy marmarlari Eron, Ozarbayjondagi tarixiy obidalarda ishlatilmoqda!”📺Qurilish materiallari sohasi rivoji Navoiy viloyati misolida!Hududda necha yillar foydalanilmagan salohiyatni bugun ishga solish evaziga pardozbop toshlar ishlab chiqarish hajmi 20 karradan koʻproqqa ortdi.🇮🇷🇦🇿🇰🇿🇹🇷🇹🇯🇰🇬🇷🇺 Turkiya, Eron, Qozogʻiston, Tojikiston kabi davlatlardagi tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda, Sankt-Peterburg, Moskva, Boku, Bishkek kabi shaharlardagi bir qator majmualarning qurilishida aynan Navoiyda ishlab chiqarilgan marmarlar foydalanilmoqda.Shuningdek, ko‘rsatuvda viloyatdagi xorijiy investitsiya evaziga ishga tushirilgan va yiliga 3 mln metr kv granit mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati haqida ham so‘z borgan. Ushbu korxona bugun Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga mahsulot eksport qiladi. Hozirda Afgʻoniston va
    555video1Open in Telegram
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    2 Sept, 06:46

    Afg‘onistonga biznes-missiya: qurilish materiallari sohasidagi korxonalarni taklif etamiz2026-yil 19–22-sentyabr kunlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Eksportchilar uyushmasi boshchiligida, qurilish materiallari sohasida faoliyat yurituvchi manfaatdor korxonalar ishtirokida Afg‘onistonga biznes-missiya tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.Biznes-missiya Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida bo‘lib o‘tadi.Mazkur biznes-missiyadan asosiy maqsad - Afg‘oniston bozori imkoniyatlarini o‘rganish, mahalliy hamkorlar va salohiyatli xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, B2B uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston qurilish materiallari eksportini kengaytirishdan iborat.Afg‘oniston bozoriga chiqish va afg‘on hamkorlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor barcha korxonalarni ushbu biznes-missiyada ishtirok etishga taklif etamiz.Ishtirok
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    28 Aug, 05:58

    Ҳурматли тадбиркорлар!🇺🇿🇦🇿 Сизни 31-Озарбайжон халқаро қурилиш кўргазмаси — “BakuBuild 2026” доирасида “Made in Uzbekistan” миллий стенди остида иштирок этишга таклиф қиламиз.“BakuBuild 2026” қурилиш соҳасидаги энг йирик халқаро кўргазмалардан бири бўлиб, қурилиш материаллари, муҳандислик ечимлари, архитектура, қурилиш техникаси, интерьер ва замонавий қурилиш технологияларини қамраб олади.🤝 Кўргазма доирасида B2B ва B2G учрашувлари ташкил этилиб, халқаро ҳамкорликни кенгайтириш ва янги ишбилармонлик алоқаларини имконияти яратилади.🗓 14-16 октябрь 📍 Baku Expo Center, Боку шаҳри, ОзарбайжонҚўшимча маълумотлар: +998880790079
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    26 Aug, 10:12

    forwarded from @platformauzb_live

    БОЖХОНА ИМТИЁЗЛАРИ ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИМПОРТ ТОВАРЛАРИ РЎЙХАТИНИНГ КОМПЛЕКС ЭКСПЕРТИЗАСИ ОНЛАЙН ШАКЛДА АМАЛГА ОШИРИЛАДИҲурматли тадбиркорлар ва импорт фаолияти иштирокчилари!Президентимизнинг “Лойиҳаолди ва харид ҳужжатларини комплекс экспертиза қилиш тизимининг самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 104-сон қарорига мувофиқ, 2026 йил 1 сентябрдан божхона тўловлари бўйича имтиёзлар қўллаган ҳолда импорт қилинадиган товарлар рўйхатини комплекс экспертизадан ўтказиш функцияси “Ўзбекэкспертиза” АЖга ўтказилади.Мазкур жараёнларни қулай, тезкор ва шаффоф ташкил этиш мақсадида 2026 йил 2 сентябрдан app.expertiza.uz электрон платформасида янги йўналиш ишга туширилади.🌐 Электрон платформа: app.expertiza.uz📞 Қўллаб-қувватлаш хизмати: +998 71 230 23 55📹 Фойдаланиш бўйича видеоқўлланмаШунингдек, расмийлаштирилган хулосалар бўйича тегишли маълумотлар божхона қўмитаси
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    24 Aug, 06:03

    #fakt_va_tahlil🇺🇿🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yangi qo‘shma loyihalarga start berildi!Shunday loyihalardan biri “Matanat A” kompaniyasi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida gips va quruq qurilish aralashmasi ishlab chiqarish korxonasi.Qiymati $20 million bo‘lgan bu loyihaning ishga tushirilishi ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish, investitsiyalar jalb qilishdagi muhim hamkorlikni ifodalaydi.O‘z navbatida, O‘zbekistonning ham Ozarbayjon bozoriga qurilish materiallari eksporti yildan yilga oshib boryapti.2024-yilda $17,3 mln, 2025-yilda $18,2 mln (2024-yilga nisbatan 5,5%ga ko‘p).2026-yilning 7 oyida Ozarbayjonga qurilish materiallari eksporti $17,5 mlnni tashkil etdi.Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 63,2%ga o‘sish yoki joriy yilning 7 oyida Ozarbayjonga eksport hajmi 2025-yil yakunidagi umumiy eksport hajmining qariyb 96%ga
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    24 Aug, 06:03

    🇺🇿🇦🇿O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yangi qo‘shma loyihalarga start berildi!
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    19 Aug, 15:56

    Xorazm viloyatida qurilish materiallari sohasidagi yana bir yangi loyiha ishga tushirildi.Prezidentimiz Xorazm viloyatiga tashrifida hududdagi bir nechta loyihalarni ishga tushirdi. Shulardan biri $16 mlnlik gazablok ishlab chiqarish korxonasi. Uning quvvati yiliga 200 ming metr kub mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega. Rejaga ko‘ra, 25-30% mahsulot MDH davlatlariga eksport qilinadi.Loyiha ishga tushishi bilan: – 120 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi; – Import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilishi boshlandi; – Hudud eksport salohiyati uchun qo‘shimcha quvvat yaratildi. – Yuqori texnologiyalar kirib keldi. – Hududning salohiyatidan foydalanish imkoniyati oshdi.Ushbu reportajda mazkur korxona haqida so‘z boradi.
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    18 Aug, 05:17edited

    🇩🇪🇺🇿 Гранты на развитие испытательных лабораторий: софинансирование до 50% от Германии!Агентство по техническому регулированию Узбекистана в рамках сотрудничества с Федеральным министерством экономического сотрудничества и развития Германии предлагает новые механизмы поддержки для предприятий в сфере строительных материалов. Программа направлена на развитие современной испытательной инфраструктуры, внедрение передовых технологий, а также улучшение экологических и социальных стандартов. Немецкая сторона готова профинансировать до 50% стоимости вашего проекта за счет грантовых средств.💰 Условия финансирования: - Общая стоимость проекта может варьироваться от 100 тысяч до 2 миллионов евро. - Предприятие должно профинансировать оставшиеся 50% за счет собственных средств. 📋 Основные требования к участникам: - В программе могут принимать участие только частные компании. - Годовой
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    18 Aug, 05:14edited

    🇩🇪🇺🇿 Sinov laboratoriyalarini rivojlantirish uchun grantlar: Germaniya tomonidan 50% gacha moliyalashtirish!O'zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi bilan hamkorlikda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar uchun yangi qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini taklif etmoqda.Dastur zamonaviy sinov infratuzilmasini rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ekologik va ijtimoiy standartlarni yaxshilashga qaratilgan. Germaniya tomoni loyiha umumiy qiymatining 50 foizigacha boʻlgan qismini grant mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga tayyor.💰 Moliyalashtirish shartlari: - Loyihalarning umumiy qiymati 100 ming yevrodan 2 million yevrogacha boʻlishi mumkin. - Korxona loyiha qiymatining qolgan 50 foizini o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirishi lozim.📋 Ishtirokchilarga qo'yiladigan asosiy
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    18 Aug, 05:14

  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    17 Aug, 05:37

    🇺🇿 🇨🇳 Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston–Xitoy” investisiya forumi bo‘lib o‘tdiForum doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi Ilyos Rahimov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining investisiya va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.Taqdimot davomida mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasi, tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport geografiyasi hamda logistika salohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda sinov va sertifikatlash infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.Forumda Afg‘oniston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga ham urg‘u berildi.Uyushma Xitoy va Afg‘oniston hamkorlari bilan yangi
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    14 Aug, 08:00edited

    📎 Batafsil ma’lumot — ilova qilingan materiallarda
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    14 Aug, 07:58edited

    📢 Investorlar diqqatiga! Ohangaron tumanidagi “Telov” kichik sanoat zonasida yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqdaQurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Telov” kichik sanoat zonasi 50 gektar maydonda 42 ta lotni o‘z ichiga oladi.Hudud zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan: elektr va ichimlik suvi tarmoqlari, oqova suvlarni tozalash inshooti hamda tabiiy gaz tarmog‘i mavjud.📌 2026–2027-yillarda infratuzilmani rivojlantirish uchun: 50 mlrd so‘m — 22 000 kVA quvvatli yangi nimstansiya qurilishiga; 4 mlrd so‘m — sanoat zonasiga kirish avtomobil yo‘lini ta’minlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.“Telov” kichik sanoat zonasi qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini joylashtirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun istiqbolli sanoat hududi hisoblanadi.📍 Obyekt joylashuvi
  • "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

    13 Aug, 15:17

    🇺🇿 🇹🇯Душанбе шаҳридаги Ўзбекистон Савдо уйи айни пайтда очилиш арафасида бўлиб, унда «Made in Uzbekistan» бренди остида маҳаллий қурилиш материаллари учун доимий савдо-кўргазма майдони ташкил этилмоқда.Мазкур майдонда Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган қурилиш материалларини намойиш этиш ва сотиш, Тожикистон бозорида тарғиб қилиш, маҳаллий импортёрлар, дистрибьюторлар ва қурилиш ташкилотлари билан тўғридан-тўғри алоқаларни йўлга қўйиш имконияти яратилади.Манфаатдор корхоналар ўз маҳсулотлари учун зарур майдонни танлаши ҳамда савдо уйида доимий ишлаш учун ўз вакилини жойлаштириши мумкин.Қизиқиш билдирган корхоналардан қуйидаги масъул ходим билан боғланишларини сўраймиз: М. Ризаев Тел.: +998 88 079 00 79