gram news
Paiziev24 channel avatar

Paiziev24

@paiziev24

Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.

ProjectsENBusiness

12,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Paiziev24

    20 Sept, 19:57

    3,780video5620852Open in Telegram
  • Paiziev24

    20 Sept, 15:20edited

    O’tgan kuni rus do’stim Ilmir bilan uchrashdik. U avval RosNeftda ishlagan va Venesuelada qazish ishlari bilan shugullangan. U sherigi bilan minerallarni qidirish va AI bilan qayerni qazish kerakligini bashorat qiluvchi startap ustida ishlayapti. Komandada 2 odam edi bir necha yil, yaqinda 2 ta odam ishga olishibdi. 2 ta odamlik startap 12 million dollar investitsiya ko’tarishgan. Ular pulni Mining (qazish) joylari sotib olish va qazuvchilarga ishlatishar ekan. Modelligi qayerni sotib olishni bashorat qiladi, Wyoming shtatida usha joyni 200-300 ming dollarga qazish uchun sotib olishadi, kuniga $30000 to’lab qazitishadi. Dastur va algoritm xato qilgan bo’lsa yana yangi joy sotib olib, qazishadi. Xatolar yer narhi + kunlik qazish harajatlari.Nima demoqchiman, 2 ta odam ham Mining (qazish) sohasida startap qilishi mumkin. AQSh venchur bozori, bunday eksperimentlarga millionlab pul
    4,55072321981Open in Telegram
  • Paiziev24

    19 Sept, 20:54edited

    Yozda, Toshkentda bo’lganimda Asoschilar podcastiga mehmon sifatida chaqirishgan edi. Podcastni YouTube da ko’rishinguz mumkin.https://youtu.be/X6yrVO6qxOU?is=SzumarTBgq-_x1lc@paiziev24
    YouTubeAI hammani ortda qoldiradi, lekin sizni boy qilishi mumkinPodkast mehmoni — Akmal Paiziev Telegram: https://t.me/paiziev24 Instagram: https://www.instagram.com/akmalpaiziev Asoschilar Consulting biznesingizni 1:1 razbor qilib berishi uchun aloqaga chiqing: 👉 https://asoschilar.uz ———————————————— 🎙️ Mezbonlar…
    4,98047216311Open in Telegram
  • Paiziev24

    18 Sept, 15:55edited

    Shu kunlarda barcha AI atrofidagi kompaniyalar Jev ni muhokama qilishayotgan bo’lsa kerak.https://x.com/completeskeptic/status/2099925682726002904?s=46@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,260166Open in Telegram
  • Paiziev24

    16 Sept, 04:35

    Innovatsiyaning chegarasi yo‘q. 10 yil avval har kuni ishlatadigan tish cho‘tkamda AI, Bluetooth, Wi-Fi va kamera bo‘ladi deyishsa, ishonmas edim.Dyson - soch quritish fenlari, uy ventilyatorlari va havo tozalagichlarini texnologiya va dizayn bilan qayta ixtiro qilgan kompaniya. Endi ular CameraJet tish cho‘tkasini taqdim etishdi. 500 mingta tish rasmi va videosi asosida o‘rgatilgan AI kerakli joyga bosimli suv yuborib, tishdagi kirlarni tozalaydi.https://youtu.be/IuP4jZOs4sY?is=eQamnKrkE2GJbgRY@paiziev24
    YouTubeDyson CameraJetJames Dyson reveals Dyson CameraJet™, the only toothbrush with a camera that precision-flosses as you brush.¹ Discover how Dyson engineers approached oral care from a different angle, and explore the problem-solving and engineering behind the device’s development.…
    7,23026187764Open in Telegram
  • Paiziev24

    14 Sept, 17:01edited

    Bizga juda tanish holat: raqobat qilish qiyinlashsa, davlatga borib, boshqalarga chegara qo‘yishni so‘rash.Michael Burry AI xavfsizligi bahonasida rivojlanishni sekinlashtirishga chaqirayotgan yirik o‘yinchilarni aynan shunda ayblayapti.Yann LeCun yaqinda Dario Amodeini ochiqchasiga tanqid qilib, uning AI xavfsizligi haqidagi pozitsiyasi ustidan kulishga chaqirdi.Uning fikricha, OpenAI va Anthropic rahbarlari AI rivojini sekinlashtirishni insoniyat xavfsizligi uchun emas, raqobatchilar ularga tez yetib olayotgani uchun xohlashmoqda.Burryning asosiy argumenti - bugungi LLM’lar hali AGI emas va hozircha rivojlanishni keskin to‘xtatishni talab qiladigan ekzistensial xavf yo‘q. Ammo “AI xavfsizligi” narrativi orqali yangi regulyatsiyalar kiritilsa, bu bozorda oldinda turgan kompaniyalar uchun juda qulay kirish to‘sig‘i - moat yaratadi.Texnologiyada eng kuchli lobbying
    6,87040129Open in Telegram
  • Paiziev24

    14 Sept, 05:27

    Dunyodagi aksariyat muammolar yechimsiz qolmoqda, chunki ular haqida chuqur o‘ylash qimmat.Konstantine Buhler@paiziev24
    LinkedinKonstantine Buhler - Sequoia Capital | LinkedInExperience: Sequoia Capital · Education: Stanford University · Location: Palo Alto · 500+ connections on LinkedIn. View Konstantine Buhler’s profile on LinkedIn, a professional community of 1 billion members.
    6,22023141Open in Telegram
  • Paiziev24

    13 Sept, 18:04edited

    Behzod Hoshimovning navbatdagi intervyusini ko‘rdim. Futbolchilar haqida zo‘r misol keltirishibdi: gol urishni va muxlislarning olqishini yaxshi ko‘rishning o‘zi yaxshi futbolchi bo‘lish uchun yetmaydi. Futbol o’ynash bu butun ular ishining 2% ni tashkil qilar
    15,100564011432Open in Telegram
  • Paiziev24

    13 Sept, 16:14edited

    SpaceXAI 15–17-sentabr kunlari uch kishilik jamoa Grok Bot yordamida noldan boshlab to‘liq kompaniya qurish jarayonini jonli efirda namoyish qiladi.Mattyp, Poteto va Roshan_s g‘oyadan boshlaydi va tomoshabinlar ko‘z o‘ngida biznes-reja tuzish, mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda dasturlash va texnik ishlanmalarni amalga oshirishadi. Butun jarayonni jonli kuzatish mumkin bo‘ladi.AI yordamida 0 dan biznes qurishni bepul o’rganing.Tadbirga onlayn qo‘shilish yoki San-Fransiskodagi sessiyalarda shaxsan qatnashish mumkin. Har ikkala variant uchun ham oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.https://x.com/tetsuoai/status/2098233797745725882?s=46&t=XzCshuJI5j-ZzR-Q7uq_-whttps://luma.com/3ifrgttw@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    6,760241912Open in Telegram
  • Paiziev24

    13 Sept, 07:00

    forwarded from @founderdotio

    🤔@founderdotio
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,4001602416542Open in Telegram
  • Paiziev24

    12 Sept, 19:21

    All-in podcastini eshitmoqdaman. David Sacks AQSh Venesuelaga bostirib kirib neft bitimini bosim ostida imzolaganini sog’lom biznes bitim dedi.U Trump maslahatchisi, unga ham oson emas.Shu o’rinda bir qancha tadbirkorlarning o’zlari ichlaridan qarshi bo’lgan fikrlarni, siyosiy maqsadda omma oldida quvvatlashlarini ko’rib achinardim. Hozir esa qabul qilaman, bu ular tanlagan yo’l.@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,69018532Open in Telegram
  • Paiziev24

    12 Sept, 19:14edited

    Postimga izohlarda shunday savol so’rashibdi. Mening fikrim - podcast strukturasi va tayyorgarlik bo’lishi kerak. Boshlovchi o’zining auditoriyasini yaxshi his qilishi kerak. Qo’shimcha savollar struktura ustiga, holatdan kelib chiqib berilishi kerak.Bekzodning ohirgi podcastida boshlovchi AI agentlardan foydalangan deb o’yladim. YouTube da qachon nima degani, Telegram postlarini analiz qilish juda ko’p vaqt oladi. Buni turli hil AI agentlar bugungi kunda juda yaxshi bajaradi. Boshqa podcastlar olib boruvchilar uchun ham shuni tavsiya qilardim, agar ular o’z savollari strukturasi sayoz deb hisoblasalar.@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,200253Open in Telegram
  • Paiziev24

    12 Sept, 16:27

    Muhammadayub do’stimiz Mountain Viewdagi podcast studuyasiga taklif qildi. Suhbat bilan ulashayapman.🎙 Ayubrecords #21 — Akmal Payziev 📍 Kremniy Vodiysi, KaliforniyaStartup qurish, AI agentlar va Kremniy Vodiysi haqida gaplashdik:– SpeechSense AI nega to'xtadi – Market fit qanday topiladi – AI agentlar xodimlar o'rnini egallay oladimi? – Bugun AI agentlar bilan nima qurgan bo'lardingiz? – Kremniy Vodiysida aslida nimalar bo'layaptiTo'liq suhbat efirda 👇 Youtube’da tomosha qiling@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,25021872Open in Telegram
  • Paiziev24

    12 Sept, 16:24edited

    Behzod Hoshimovning navbatdagi intervyusini ko‘rdim. Futbolchilar haqida zo‘r misol keltirishibdi: gol urishni va muxlislarning olqishini yaxshi ko‘rishning o‘zi yaxshi futbolchi bo‘lish uchun yetmaydi. Futbol o’ynash bu butun ular ishining 2% ni tashkil qilar ekan. Futbolchining asosiy hayoti har kungi mashg‘ulotlar, yugurish, rejim va bir xil mashqlarni qayta-qayta bajarishdan iborat. Maydondagi gol shu mehnatning hammaga ko‘rinadigan qismi.Kompaniya asoschilarida ham shunday. Tashqaridan qaraganda investitsiya jalb qilish, sahnaga chiqish, intervyu berish va kompaniyani katta pulga sotish ko‘rinadi. Bular ko‘pchilikka yoqadi.Ammo kundalik hayot boshqacha: mijozga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilish, nega mahsulotingni ishlatmayotganini tushunish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri xodimni topish, pul oqimini boshqarish. Ba’zan oylar davomida ishlab, kutilgan natijani ko‘rmaslik. Ertasiga esa
    YouTubeNega aqlli odamlar kambag‘al bo‘lib qoladi?Yana kimlar bilan podcast tashkillashtirishimizni xohlaysiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring. ► Humoyun Sabirov ijtimoiy tarmoqlarda: Instagram — https://www.instagram.com/humoyunsabirov Telegram — https://t.me/humoyunsabirov YouTube — https://w…
    5,67045743Open in Telegram
  • Paiziev24

    11 Sept, 16:28edited

    Bending Spoons kompaniyasi Miro kompaniyasini 1.35 milliard dollarga sotib olmoqda. Miro bir vaqtlar 17 miliard dollar baholangan. Bugungi kunda 600 million dollar ARR qilmoqda. 2x ARR multiplikatorda sotilishi SaaS vaqti o’tgani xaqida signal.@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    5,6404118652Open in Telegram
  • Paiziev24

    11 Sept, 14:06

    forwarded from @latipovasamira

    Muhandisdan Product Engineer’gachaNumeo’ga Growth bilan shug‘ullanish uchun qo‘shilganimda, avvalo odamlar e’tiborimni tortdi. Hamma juda juda tez ishlaydi, yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi va umumiy atmosfera growth oriented.Ko‘pchilikda product va growth’ga qiziqish borligini payqab, bir fikr keldi: muhandislarga Product Engineer bo‘lib o‘sishga yordam bersak-chi?G‘oya oddiy: muhandis foydalanuvchining muammosini o‘zi o‘rganadi, yechim ishlab chiqadi va natijasini kuzatadi. Bu mahsulotni tezroq rivojlantirishga yordam berishi mumkin.Oldingi urinishlarimiz o‘xshamagan bo‘lsa ham, yana sinab ko‘ryapmiz. Bollar bilan foydalanuvchilarni tushunish va mahsulot ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida ishlayapmiz. Ularning bunga ishtiyoq bilan kirishgani meni quvontiryapti.Hamkasbim Bekzodbek Turgunov kanalida shu jarayon va o‘rganganlari haqida yozib boryapti. Qiziqsangiz, kuzatib
    5,30019119442Open in Telegram
  • Paiziev24

    10 Sept, 01:18edited

    Tez rivojlanayotgan sohalardan biri bu arxitektura uchun 3D-printing. Italiyaning WASP kompaniyasini kuzatib boraman. Ular sopol va beton 3D-printerlar yordamida uylar, tashqi mebellar va interyer elementlarini chop etishadi. O‘zbekistonda ham bunday mahsulotlar uchun katta bozor bor. Printerlar narxi $75 000 dan boshlanadi.https://www.3dwasp.comhttps://www.instagram.com/reel/C79GjSKIggT/?stkn=MXU2ZG1lamt1anY1Ng==@paiziev24
    Stampanti 3D | WASPStampanti 3D | WASP | Azienda leader nel settore della stampa 3DWASP Stampanti 3D. Leader nel settore della stampa 3d, progetta, produce ed effettua la vendita di stampanti 3d interamente made in Italy.
    6,3102051Open in Telegram
  • Paiziev24

    9 Sept, 21:51

    Menimcha, bu islohotning asosiy maqsadi - ko‘chmas mulk solig‘ini uyning real bozor qiymatiga yaqinlashtirish.Avval soliq yuklamasi past bo‘lgani uchun investitsiya sifatida uy olib, bo‘sh saqlash uncha xarajat talab qilmasdi. Agar islohotdan keyin soliq sezilarli oshsa, bo‘sh uylarni, ayniqsa katta va qimmat uylarni ushlab turishning jozibasi kamayadi.Natijada ko‘proq uy sotuvga yoki ijaraga chiqishi mumkin. Bu katta uylar narxi pasayishiga olib keladi. Lekin hammasi oxirida belgilanadigan soliq stavkalariga bog‘liq.@paiziev24
    Газета.uzМассовую оценку жилья провели в Ташкенте. Что это значит и что изменится для собственниковВ Ташкенте провели массовую переоценку кадастровой стоимости недвижимости. Зачем она нужна, почему стоимость выросла в разы и приведёт ли переоценка к росту налогов? На эти вопросы ответили в Национальном центре по массовой оценке недвижимого имущества.
    6,15036211Open in Telegram
  • Paiziev24

    8 Sept, 06:12

    10 yil avval Amerika taksi bozorida Uber va Lyft urushi edi, yangi to’lqinda ular yo’q. Tesla va Waymo asosiy o’yinchilar.Bozor shavqatsiz.@paiziev24
    Image from a post by Paiziev24Image from a post by Paiziev24
    11,20052491931Open in Telegram
  • Paiziev24

    8 Sept, 04:29edited

    Mehr ham obunaga aylanmoqda.Xitoylik 27 yoshli Yu Miao vafot etgan do‘stiga o‘xshatib AI suhbatdosh yaratgan. U bilan ba’zan kuniga 8–9 soat gaplashgan.Kompaniya bu funksiyani yopishini eshitgach, shunchalik tushkunlikka tushganki, ishini tashlagan. Suhbatdoshini saqlab qolish uchun oyligining yarmini to‘lashga ham tayyorligini aytgan. Bu voqea The Economistning AI bilan romantik munosabatlar haqidagi maqolasida keltirilgan.Kimdir uchun oddiy ilova yangilanishi, boshqa birov uchun eng yaqinini yo‘qotishdek kechishi mumkin.Xitoy nega xavotirda?2026-yil 15-iyuldan Xitoyda yangi qoidalar kuchga kirdi. Voyaga yetmaganlarga virtual sevgili va boshqa virtual yaqin munosabat xizmatlarini taklif qilish taqiqlandi. Kattalar uchun esa odamni hissiy qaramlikka undashga, uning haqiqiy munosabatlariga zarar yetkazishga cheklovlar qo‘yildi.Nikohlar va tug‘ilish kamayib borayotgan
    The EconomistChina wants to end AI romancesThey are having too much impact on young people’s lives
    6,72022137511Open in Telegram