gram news
Diplomat (Sobirov) channel avatar

Diplomat (Sobirov)

@pan_diplomat

Tarix, siyosat va ideologiya. Muallif: @Tarix_tasvirlarda Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov

ProjectsUZPolitics

4,460subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Diplomat (Sobirov)

    22 Sept, 04:17edited

    O‘ng partiyalar katta va’dalar beradi, tez ommaviylashadi, lekin ularda ham muammolarni hal qilib yuboradigan “sehrli tayoqcha” yo‘q.Masalan, hozir eng ko‘p muhokama qilinayotgan “Germaniya uchun muqobil” (GUM) partiyasi. Partiya federal saylovda ham yutib, Alis Veydel kansler bo‘ldi deylik. Ular birinchi navbatda Ukrainaga yordamni to‘xtatib, Rossiyadan arzon gaz olishni tiklaydi. Va shu bilan qila oladigan yagona katta ishi tugaydi.GUM migratsiya masalasini baribir hal qila olmaydi. Birinchidan Germaniya qonunchiligi, jamiyati bunga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan o‘nglar bilan birga so‘llar obro‘si ham oshyapti. Die Linke kabi so‘l partiyalar ham ommaviylashgan. GUM migratsiyaga qarshi qonunlarni parlamentdan o‘tkazishi juda qiyin bo‘ladi, chunki u yerda unga qarshi so‘llar va markazchilar turadi.Iqtisodiy muammolar ham hal bo‘lib qolmaydi. Germaniya tugul, AQSH yoki
    79420741Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    21 Sept, 04:11edited

    Ikki yil ichida butun Arabiston yarimoroli va Yaqin sharq qip-qizil hududga aylandi.Isroil Falastin, Livan, Suriyaga hujum qilyapti. Suriyada tuzum ham almashdi. AQSH Eronni bombalayapti. Eron esa Iroq va butun Arab ko‘rfazi davlatlarini raketalayapti. Yaman Saudiyani, Saudiya Yamanni o‘qqa tutmoqda. Faqat Ummon tinchlik oroli bo‘lib turibdi.Netanyahu qaysidir ma‘noda o‘z maqsadiga erishdi. Mintaqada xaos yaratdi.@pan_diplomat
    1,0602314422Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    21 Sept, 03:58

    Germaniyaning yana bir federal hududida o‘ta o‘nglar partiyasi – Germaniya uchun muqobil (GUM) g‘alabaga erishibdi. Bu GUM’ning ikkinchi hududiy g‘alabasi. Biroq bu safar o‘nglar mutlaq g‘alaba erishmay, so‘llar bilan yaqin natija ko‘rsatgan.Eng qizig‘i esa, Ikkinchi jahon urushidan beri Olmoniyaning yetakchi partiyasi bo‘lib kelayotgan Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) o‘z tarixidagi eng sharmandali natijani ko‘rsatgan – Meklenburg-Old Pomeraniya mintasida partiya 5 foiz ham ovoz yig‘olmagan, ya’ni XDI hududiy parlamentda bironta o‘rin ololmagan.Berlinda esa so‘llar XDIni ortda qoldirgan va endi shaharning yangi meri etnik turk Elif Eralp xonim bo‘lishi mumkin.Bir nemis eksperti vaziyatni yaxshi tushuntiribdi. “GUM Ukrainaga yordamni qisqartirish va Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashni va‘da qilmoqda va shu va’dalar orqali ovoz yig‘yapti”. GUM yutgan ikkala mintaqa ham sobiq
    1,03097332Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    18 Sept, 09:59edited

    Qonun nega kerak?“Bizga ma’lumki, odamlar qayerda qavm yoki qabila bo‘lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar.Aks holda o‘rtalarida tartibsizlik ro‘y bergan zahoti nizom-u qoida yo‘qolib, darhol nobud bo‘ladilar yoki e’tiborsiz va xor bo‘ladilar. Aslida bu tabiiy va zarur bir hodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g‘arazli bo‘ladi. Bir nechta odam jam bo‘lib qolsa, har biri o‘z manfaatlariga asir bo‘lib, boshqalarning huquqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo‘ladi.Buning natijasi notinchlik va intizomsizlik bo‘lib, oqibati yana o‘sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim” – Abdurauf Fitrat.Fitrat qiyin savolga juda oddiy va tushunarli izoh bergan.@pan_diplomat
    1,59021921Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    18 Sept, 04:30

    Kanadaning Yevropa ittifoqi bilan yaqinlashishi ajoyib. Ursula xonim hozircha ittifoqchilar bilan kelishmay katta va‘dalar beryapti. Assosiatsiyalangan a‘zo davlat tushunchasi nimaligi ma‘lum emas, lekin qandaydir ustunliklar bor sherik bo‘lishi aniq.Yevropa ittifoqi unga necha yillardan beri qo‘shilishga intilayotgan Moldova, Gurjiston, Armaniston, Qoratog‘, Albaniya, Serbiya va nihoyat Ukrainaga hech qanday o‘zgacha taklif bermadi va ularning a’zoligini cho‘zib kelyapti. Yirikroq Kanadaga esa o‘zi taklif bilan chiqdi.Shubhasiz, bu geosiyosiy jihatdan AQSHga javob sifatida ham qilinmoqda. Biroq YI katta va rivojlangan (demokratik ham, chunki Turkiya shu borada farq qiladi) davlatlar uchun yengilroq yo‘l borligini ham ko‘rsatyapti.@pan_diplomat
    1,4701264Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    17 Sept, 07:24edited

    Behbudiyning Quddusga safari xotirasidan yana bir parcha:“Harami sharifning (Al Aqso va Qoya gumbazi) uchdan ikki hissasi iflos, chaqir-chuqur, har yergʻa oʻt chiqib, oʻzi qurub churub ketmoqdadur. Haram ichigʻa bir necha yerda suv bor ekan. Ammo mundagi sarv, zaytun va boshqa daraxtlar suvsizlikdan qurumoqdadur.Mana marmar yo‘lakning bir tarafinda mundagi talaba va mashoyix va dalillarning (yo‘lboshlovchilarning) dasturxonidan chiqg‘on suyaklar va shiprindilar yillardan beri to‘dalanib yotibdi.Shularni sugʻorib va yovvoyi oʻtini oʻrub, chaqir-chuqurini tekislab, shiprindi va axlatlarini besh yuz qadam tashqaridagi soygʻa chiqarib toʻkmoqgʻa Quddusi sharifda odam topilmaydur”.@pan_diplomat
    1,7803261Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    17 Sept, 06:43edited

    Behbudiyning Quddusga safari xotirasidan parcha:“Dedim: ‘Xudo uchun, munda yotgan anbiyo uchun so‘zumni tinglangiz. O‘zingizg‘a ma’lum, bu harami muhtaramda Masjidi al-Aqso bo‘lub, “Subxon al-azi asru...” oyati sharifasi muning haqqig‘a nozil bo‘lgandur. Bu maqomi muqaddasning sha’nidagi hadislar, albatta, ma’lumingizdur. O‘z nafsingiz uchun bu qadar zillati tama’ni qabul qilarsiz va besh yuz qadamdagi hujrangizdan chiqib ziyoratchidan nazr (pul) olmoquchun yugo‘rib, man-imom, man-xatib, man-ansordan va sayyid... dersiz.Bu vayronalar va bu harami muhtaram ichindagi shu muzbalalarni (hammadan pul so‘raydigan bolalarni) ko‘rmaysizmi? Ushbu bolalaringizdek axloqsiz bolalarni hech yerda ko‘rmadim. Ziyoratchi pul bermasa, so‘kar, yahudiy der. Bu na holdur?Munday ketsa, amin bo‘lingki, apqaribi haramni va arzi muqaddasni nasoro va yahud sizdan olar!..’ So‘z tamom bo‘lmasdan
    1,75026123Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    17 Sept, 04:06edited

    Ahmoqona gaplar gapirib tursa-da, Lukashenko postsovet makonidagi eng yaxshi dipomatlardan baribir. Hech nima yo‘qotmay yon berishga erishyapti. Yana bir yon berish kerak bo‘lsa, yana 3-4 ta muxolifatni hibsga olib, keyin ozod qilib yuboradi. Hech narsa yutqazgani yo‘q amalda.Batya necha yillardan beri Putinni “ana bugun birlashamiz, mana bugun birlashamiz” deb ahmoq qilib yuribdi, Prigojinni muqarrar g‘alabadan qaytardi. Odamlarni ishontirishni yaxshi eplaydi.@pan_diplomat
    1,540461432Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    16 Sept, 08:44

    Davlat o‘zi nima, u qanday paydo bo‘lgan?“Insonlar tabiat tomonidan ularga berilgan tabiiy huquqlarni buzmasdan bir-biri bilan tinch-totuv yashay olmaydi. Har bir inson yashash va erkin bo‘lish huquqiga ega, biroq bu boshqa insonning tabiiy huquqlariga daxl qilmasligi lozim, zero tabiiy huquqlar o‘zbilarmonlikni, xohlagan narsa qilish mumkinligini anglatmaydi.Majburlashning uyushgan elementi bo‘lmasa, odamlar o‘zlarining tabiiy huquqlarini o‘z qo‘llari bilan boshqa odamlardan himoya qilishga majbur bo‘ladi. Barcha insonlarning huquqlarini yanada samarali himoyalash uchun odamlar birlashgan va o‘zaro ijtimoiy shartnoma tuzgan.Ushbu shartnoma ularni himoya qilish uchun qonunlar ishlab chiquvchi va bu qonunlar bajarilishini kuzatib boruvchi davlat barpo etish orqali insonlarning tabiiy huquqlarini ta’minlashni nazarda tutadi.Qonunlarning maqsadi — erkinlikni yo‘q qilish yoki
    1,48022101Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    16 Sept, 08:18edited

    Bunaqa qarashda Hindistonda Boburiylar qurgan barcha obidalarni buzish kerak, boburiylar — turkiylar, hindlar bilan bir millatda emas, demak ular qurgan, yashagan saroylar ham milliy emas.Turklar esa Ayo Sofiyani buzib tashlashi kerak. Uni ham turklar bilan bir millatdagi odamlar qurib, unda yashamagan. Umuman turklar butun Istanbulni tozalishi lozim, agar umuminsoniy emas, faqat milliy merosni asrasa.Bunaqa misollar juda ko‘p, har birini aytib, maydalashish shartmas.Qodirov “bizni bosib olgan o‘rislar merosini asramaylik” demoqchidir balki, qandaydir mantiq bor. Unda Toshkentdagi o‘sha o‘ris askarlari yodgorligi haqida ham gapirsalar bo‘ladi. Mustaqillik maydoni ro‘parasida ham “o‘ris shahzodasi yashagan qandaydir uy” bor…Deputatimizni hurmat qilaman va Qodirov nazarda tutgan Bobur ko‘chasidagi “o‘ris rassomi yashagan qandaydir uy”ni sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev qurilish
    TelegramKainbekАлишер Қодировдан Маданий мерос агентлигига эътироз
    1,5601575Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    15 Sept, 05:27edited

    Mayli, kunni endi yaxshi video ko‘rish bilan boshlanglar. O‘zi 35 yillikni eng voqealarga boy, afsuski og‘riqli voqealar ham ko‘p qismi ilk 10 yillik bo‘lgan.Respublikaning keyingi kelajagiga ta‘sir qiluvchi juda ko‘p hodisalar yuz bergan. Karimov Vashingtondek yo‘l tutmagan.To‘liq video — https://youtu.be/nDgpMvRwBRY
    1,570video954Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    15 Sept, 05:02edited

    O‘zbek mediasiga tapir-tapirlik va noprofessionllik xos odat. Mana shu xabarni fakt-cheking degan narsani bilmaydigan odam yozgan, qolganlar tarqatyapti. Ushbu pul to‘la seyf rasmi ancha oldin tarqalgandi. Shu uchun darrov xato ma‘lumotligini sezish mumkin.
    1,35012953Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    14 Sept, 11:48

    O‘zbek mediasiga tapir-tapirlik va noprofessionllik xos odat. Mana shu xabarni fakt-cheking degan narsani bilmaydigan odam yozgan, qolganlar tarqatyapti.Ushbu pul to‘la seyf rasmi ancha oldin tarqalgandi. Shu uchun darrov xato ma‘lumotligini sezish mumkin. O‘zim yozsam ham bo‘lardi, lekin qani shunday katta kanal egalari hech bo‘lmasa AI orqali fakt-chek qilar ekanmi deb sinab ko‘rdim. Yo‘q, o‘zbeklar doim boshini qotirgisi kelmaydi.Ukrain nashrlari seyf Kravchenkoning yaqin odami, departament rahbari xonasidan topilganini yozgan. O‘ris nashrlar esa darrov Bosh prokuror degan. Nega unday qilgani, tushunarli.@pan_diplomat
    1,5502431Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    14 Sept, 07:54edited

    Xitoyda yoshlar orasida Mao Szedun shaxsi ommalashayotgan ekan. “Ustoz” deb nomlanuvchi Szedun brendi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘layotgan ekan.Szedun Xitoyda millionlab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan “Katta sakrash” va “Madaniy inqilob” loyihalari asoschisi, shafqatsiz qatag‘on muallifi va 33 yil Xitoyni boshqargan odam.Rossiyada ham hozir Stalin shaxsi ommaviylashtirilyapti. 2015-yildan keyin Stalinning 100 dan ortiq haykali o‘rnatildi. Uning “buyuk sovet ittifoqi”ni qurish yo‘lidagi harakatlari ijobiy bo‘yoqlar bilan o‘rgatilyapti.Stalin ham SSSRda qatag‘onlar uyushtirgan, “sanoatlashtirish”, “quloqlashtirish” kabi kelajakda salbiy oqibatlar chiqargan loyihalar asoschisi. U SSSRni 29 yil boshqargan.Uzoq muddatga shafqatsiz rahbar bo‘lishni istagan odam o‘zidan oldingi shunday rahbarlarni qidiradi.@pan_diplomat
    2,34045742Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    11 Sept, 07:04edited

    Yamanning Eron qo‘llovchi husiylari Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi yaqindagi Moxa (yoki Mokka) portini egallabdi. Bab al-Mandeb — Hind okeandan Qizil dengizga, u orqali Suvaysh kanaliga olib o‘tuvchi yagona tor bo‘goz. Osiyo (Xitoy, Hindiston) va Yevropa o‘rtasidagi
    2,1501991Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    11 Sept, 06:41edited

    Yamanning Eron qo‘llovchi husiylari Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi yaqindagi Moxa (yoki Mokka) portini egallabdi.Bab al-Mandeb — Hind okeandan Qizil dengizga, u orqali Suvaysh kanaliga olib o‘tuvchi yagona tor bo‘goz. Osiyo (Xitoy, Hindiston) va Yevropa o‘rtasidagi asosiy savdo Suvaysh orqali o‘tishi hisobga olinsa, bu bo‘g‘oz ahamiyati tushunarli.O‘zi G‘azo urushi boshlangandan beri husiylar hujumi tufayli bu bo‘g‘ozdan o‘tadigan kemalar hajmi kamaygandi, ammo shunda ham ko‘p edi baribir. Qolaversa, Hormuz yopilgani uchun Saudiya neftini shu bo‘g‘ozdan eksport qilayotgandi.Biroq Bab al-Mandeb Hormuzdan keskin farq qiladi. Bu yerda ko‘pchilikning manfaati borligi uchun o‘yinchilar ko‘p. Bo‘g‘ozning bu tarafidagi Jibuti davlatida Fransiya-Germaniya-Ispaniya, Italiya, AQSH, Xitoy va hatto Yaponiyaning harbiy bazasi bor. Ular bo‘g‘ozdan o‘tuvchi kemalari xavfsizligini jiddiy nazorat qiladi.
    2,10012322Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    11 Sept, 04:27edited

    “1926-yilgi Turkistonda aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalliy aholining yoshini aniqlash qiyin kechgan. Chunki Turkistonning musulmon aholisi 12 yillik davriy yil hisobidan foydalangan. Ya’ni turkistonlik musulmonlar qadimiy turkiy muchal hisobi an’anasini yuritgan.Har bir yil bir hayvon nomi (muchal) bilan atalgan. Odamlarning yoshini aniqlash uchun ro‘yxatga oluvchilari respondentning qaysi muchal yilida tug‘ilgani va o‘shandan beri nechta to‘liq 12 yillik davr o‘tganini so‘ragan.Shundan so‘ng ro‘yxatga oluvchi 12 ni o‘tgan davrga ko‘paytirgan. Keyin oxirgi ot yilidan hozirgi kungacha o‘tgan yillar sonini qo‘shib chiqqan. Shu orqali fuqaroning yoshi taxminiy aniqlangan. Bu yoshni aniqlashning yagona usuli edi” – Sergey Abashinning tadqiqotlaridan.Turkistonda hijriy til taqvimi ham yuritilgan, biroq aholining katta qismida savodi bo‘lmagan va ular turkiy ota-bobolari kabi
    2,000246421Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    10 Sept, 06:52

    Kimdir jiddiy foyda ko‘tarmoqchi shekilli, bunaqa o‘zgarishlar odatda ancha sekin qabul qilinardi, juda tezlashib ketdi bu safar. Hech kimning fikrini pisand qilishmadi.Nimayam derdik, xush kelibsan 3-yangiroq, duragay o‘zbek alifbosi. Mana biz ham eskiroq alifbodan foydalanadigan avlodga aylandik.Lekin bir necha yildan keyin bu o‘zgarishlarni ham bekor qilishadi deb o‘ylayabman negadir.@pan_diplomat
    2,10039861Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    9 Sept, 12:02edited

    “Zalil hindilar “as’hobi fil” kabi, o‘z fillariga mag‘rur bo‘ldilar.Hammalari ajal tunidek xunuk va shum, tundan qora va yulduzlardan ko‘proq edilar. Hammalari xuddi olovdek, lekin tutun kabi kekkayib, ko‘m-ko‘k osmonga bosh tortgan edilar. Otliq va yayov, xuddi chumolidek ming-minglab o‘ng va so‘ldan keldilar” – “Boburnoma”dan.Yoshlikda o‘qib uncha e’tibor bermagan ekanman, Bobur va beklari qora satirani ancha yaxshi bilgan ekan.@pan_diplomat
    2,23025181Open in Telegram
  • Diplomat (Sobirov)

    8 Sept, 10:30edited

    Tojikistonlik obunachilar yuboribdi. Xo‘janddagi Mustaqillik kuniga tayyorlanish ekan. Balkim yangi filmni ham qo‘yib berishar.Tuzuk, biz o‘quvchi, talabalarni massovkaga chiqarish davrlaridan o‘tib oldik. O‘zimizda ham oldingi epoxada o‘quvchilarni shunaqa quyoshga, massovkaga olib chiqishardi.Lekin xo‘jandliklar, sizlar baribir oftob ostidagi stadionga odam yig‘ib, ularni quyoshda qoq qilish bo‘yicha Andijonning Ginnesini yangilay olmaysizlar!@pan_diplomat
    2,330581571Open in Telegram