gram news
Parviz Yakhyayev channel avatar

Parviz Yakhyayev

@parvizyakhyayev

Kreativ tadbirkor. 2012-yildan beri brendlar yarataman va kreativ industriyani rivojlantiraman. Hayot, biznes, tajriba va fikrlar.

ProjectsENBlogs

15,080subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Parviz Yakhyayev

    11 Nov, 12:28

    Nega do‘stlarimiz layk bosmaydi? 😁E’tibor berganmisiz, ba’zida begona insonlar yaqinlarimizdan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. Aslida bitta layk yoki izoh yozish uchun bir necha soniya kifoya.Biz allaqachon ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning bir qismiga aylangan davrda yashayapmiz. Menimcha, yaqin kelajakda har bir inson o‘z shaxsiy brendini rivojlantirishga harakat qiladi.Bugun faqat yaxshi foto yoki video joylashning o‘zi yetarli emas. To‘g‘ri strategiya, sifatli kontent va eng muhimi, odamlar Sizni yaxshiroq tanishi kerak. Shunda auditoriya ham, ko‘rishlar soni ham, Sizga bo‘lgan ishonch ham oshadi.Aytgancha, biz hozir aynan shu yo‘nalishda yangi loyiha tayyorlayapmiz. Shaxsiy brendingiz uchun strategiya ishlab chiqish, Sizni kengroq auditoriyaga tanitish, kontent yaratish va ijtimoiy tarmoqlarni professional darajada yuritish. Hammasi bir joyda, to‘liq xizmat.Sizga shunday xizmat qiziqmi? Qiziq bo‘lsa, izohlarda + qoldiring. 😊Va yaqinlaringizdan laykni qizg‘anmang. Balki Siz uchun oddiy bo‘lgan bitta layk kimdir uchun katta motivatsiyadir. ❤️@parvizyakhyayev
    437117Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    2 Nov, 14:28

    Sizdan biror narsa kerak bo‘lsa, odamlar vaqt topadi. O‘zingizga biror narsa kerak bo‘lganda esa, ayrimlar juda band bo‘lib qoladi. Shunaqa paytda kim bilan qanday masofada turishni bilib olasiz.@parvizyakhyayev
    543852Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    15 Oct, 16:13

    Yillar o‘tib, odam qancha narsaga erishganini emas, qanday inson bo‘lib qolganini o‘ylarkan.(Bitta 🔥 qoldirsangiz ham xursand bo‘laman. Rahmat!)@parvizyakhyayev
    6623674Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    14 Oct, 08:59

    Necha marta o‘zimizga sport bilan shug‘ullanishni va’da berganmiz? Dushanbadan boshlayman, oyning boshidan boshlayman, keyingi oydan boshlayman. O‘zim ham bunaqa gaplarni ko‘p aytganman. Goh vaqt yo‘q, goh ish ko‘p, goh boshqa bahona. Xullas, doim bir sabab topilgan.Bir narsani tushundim. Inson o‘zi xohlamaguncha, unga qancha gapirsangiz ham foydasi yo‘q ekan. Sport bilan shug‘ullanish kerakligini yuz marta eshitishingiz mumkin. Lekin o‘zingiz chin dildan tushunib yetmaguningizcha hech narsa o‘zgarmaydi.Yoshim 35 da. Xudoga shukur, sog‘lig‘im yaxshi. O‘zimni semiz ham deb hisoblamayman. Shunchaki bir kuni o‘ylab qoldim. Ish, uchrashuvlar, mashina, yana ish. Kunlar o‘tib ketyapti, o‘zimga esa vaqt juda kam ajratyapman.Hech kimga hech narsa demadim, katta rejalarimni ham e’lon qilmadim. Bir kuni ertalab turdim-u, yurishni boshladim. Ertasi kuni yana chiqdim. Keyingi kuni ham.Bugun yettinchi kun. Har kuni 8–10 kilometr yurishni maqsad qildim. Ba’zida yuguryapman ham. Yangi yilgacha 15 kilogramm tashlash niyatim bor.Lekin men uchun eng muhimi kilogramm emas. Sport hayotimning oddiy bir qismiga aylanishini xohlayman. Ikki hafta shug‘ullanib, keyin tashlab qo‘yadigan odatlardan biri bo‘lishini istamayman.35 yoshda ham o‘zingizni o‘zgartirishni boshlash mumkin ekan. Muhimi, bu safar gap bilan emas, amal bilan davom ettirish.Qani, ko‘ramiz, o‘zimga bergan va’damning ustidan qanchalik chiqa olarkanman 😁@parvizyakhyayev
    77485Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    11 Oct, 06:20

    Kecha CAEx majmuasida Mira Developments kompaniyasining yangi Mira Golf Estates loyihasi taqdimotida bo‘ldik.Loyiha O‘zbekistondagi ilk multibrend master-community sifatida taqdim etildi. Golf maydonlari, zamonaviy turar joylar va yuqori darajadagi infratuzilmani birlashtirgan katta loyiha.Tadbirga turmush o‘rtog‘im bilan tashrif buyurdik. Ko‘plab tanish insonlarni ko‘rdim, yangi tanishuvlar va qiziqarli suhbatlar ham bo‘ldi.O‘zbekistonda shunday katta loyihalar amalga oshirilayotgani quvonarli.Taklif va chiroyli kecha uchun Mira Developments jamoasiga rahmat!@parvizyakhyayev
    792123Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    1 Sept, 10:40

    Sizning xabarlaringizga soatlab javob bermaydigan odamlarga hech qachon ishonmang.Lekin ular bilan birga vaqt o‘tkazganingizda, telefonini har daqiqada tekshirib o‘tiradi.@parvizyakhyayev
    5,2101774Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    31 Aug, 12:55

    Men odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘raman. Lekin bir narsani tushundim: qilgan yaxshiligingizni sanab yurmaslik kerak, lekin sizga yordam kerak bo‘lgan paytda kim qanday munosabat qilganini eslab qolish kerak. Odamlar aynan shunday paytda bilinadi.Sizning qiyin kuningizda kim yoningizda qolgan?@parvizyakhyayev
    7,1302684Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    29 Aug, 13:19

    Bugun qiziq futbol bo‘ldi. Yuqoridan pas berildi, pastda esa o‘yin davom etdi. Men esa kun bo‘yi to‘p qayerga tushishini kutdim.@parvizyakhyayev
    10,8001462Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    28 Aug, 09:10

    Agar hozir hayotingizda faqat bitta narsani o‘zgartirish imkoniyati bo‘lsa, nimani o‘zgartirgan bo‘lardingiz?@parvizyakhyayev
    12,8002191Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    26 Aug, 04:30

    Bir paytlar bu shunchaki orzu edi…@parvizyakhyayev
    13,7003299Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    25 Aug, 11:50

    Kun temasi: chichqoq odamlardan uzoq bo‘ling. Chichib, keyin hamma joyni sasitib yuradi, o‘zini donodek ko‘rsatib.@parvizyakhyayev
    13,2001995Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    25 Aug, 05:30

    Meni bir xarakterim bor, yomon.Odamlarga ishda, hayotda ko‘p yordam beraman. Keyin meni ishim tushganda nimagadir noqulay bo‘lib, «maylimi?», «mumkinmi?» deb so‘rayman.O‘sha odamlar bilsa kerak, qancha yordamim tekkanini. Ko‘r bo‘lmasa kerak.Yoki o‘zlaridan kim-kimni yasab olib, ishimni cho‘zishga harakat qiladi.@parvizyakhyayev
    13,40028116Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    21 Aug, 19:15

    1 dan 10 gacha baho bering, qanday chiqibdi? 👀@parvizyakhyayev
    16,20057128Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    11 Aug, 10:03

    Javoblarning qariyb 80 foizi pul haqida edi.Kimdir hozir: «Pulingiz bor, gapirish sizga oson», deb o‘ylashi mumkin.Lekin 16 yoshimda men yuk tashuvchi bo‘lib ishlaganman. Yana juda ko‘p turli ishlarni qilganman. Inson uchun eng og‘ir holatlardan biri pulsiz qolish. Men shunaqa kunlarni ham ko‘rganman.Sizlarga qanday yashashni o‘rgatolmayman. Faqat o‘z yo‘lim, qanday ishlayotganim, yiqilib yana qanday turganim haqida aytib berishim mumkin. Chunki men ham sizlar kabi oddiy odamman.Bir paytlar qishloqda katta kanalda cho‘milish men uchun juda qiziq va zavqli edi. Hozirgacha qishloqlarga boraman, o‘sha oddiy hayotni yaxshi ko‘raman. Bugun atrofimda juda ko‘p kuchli va muvaffaqiyatli insonlar bor. Lekin ularning hammasi ham samimiy emas. Shuning uchun men uchun pul va mavqedan oldin insoniylik turadi.Pul kerak. U oilaga qulaylik, erkinlik va imkoniyat beradi. Lekin pul hayotdagi
    25,600301918Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    8 Aug, 06:26

    Bitta savol.Hozir hayotingizda sizga eng ko‘p nima yetishmayapti?Pul, vaqt, xotirjamlik, sog‘liq, sevgi yoki boshqa narsa?Faqat bittasini yozing. Rostini.@parvizyakhyayev
    23,90026137Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    6 Aug, 19:01

    Bugun deyarli har bir rahbar biroz marketolog.Zavod egasi rolik qanday bo‘lishini biladi. Fabrika direktori rakurs tanlaydi. Biznes egasi Reels qanday olinishi, qaysi shrift va qaysi musiqa kerakligini aytadi.Bu yomon emas. Rahbar o‘z biznesining ichida bo‘lishi kerak. Lekin bitta «lekin» bor.Siz 15 yil zavod qurdingiz va ishlab chiqarishni mendan yaxshi bilasiz. Kimdir esa 15 yil reklama, marketing, prodakshn, dizayn, foto va video sohasida ishlagan. U ham bu yo‘lni bekorga bosib o‘tmagan.Men sizning fabrikangizga borib, mebel qanday ishlab chiqarishni o‘rgatmayman. Unda nega gap marketingga kelganda birdan hamma marketolog, rejissyor va kreativ direktorga aylanadi?Muhokama qilish kerak. Bahslashish mumkin. Vazifa qo‘yish shart. Lekin professionalni taklif qildingizmi, unga o‘z ishini qilishga imkon bering.Yana menga ko‘p aytishadi: «Sizning xizmatlaringiz qimmat».Ha, balk
    30,30028187Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    6 Aug, 15:06

    Noldan boshlashdan qo‘rqmang. Ba’zan eng kuchli hikoyalar aynan noldan boshlanadi.@parvizyakhyaev
    20,2002164Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    4 Aug, 05:37

    Texnologiyalar masofalarni qisqartirdi.Lekin negadir odamlar bir-biridan uzoqlashib bormoqda.Hayot haqida bemalol gaplasha oladigan insonlarni asrang.Chunki bunday insonlar kundan-kunga kamayib bormoqda.@parvizyakhyaev
    19,000208Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    19 Jul, 08:45

    2026-yilda bir narsani sezdim.“Erkak” degan so‘z kamayibdi. O‘rniga “firibgar” degan gapni ko‘proq eshityapmiz.Hazilga o‘xshaydi… Lekin obro‘ bilan hazillashib bo‘lmaydi.@parvizyakhyayev
    15,30022123Open in Telegram
  • Parviz Yakhyayev

    5 Jul, 07:24edited

    So‘nggi paytlarda ko‘p eshitaman:“Oilani ko‘rsatma.” “Farzandlaringni ijtimoiy tarmoqqa qo‘yma.” “Baxt sukunatni yaxshi ko‘radi.”Har kimning o‘z fikri bor va men buni hurmat qilaman.Lekin barchangizga bitta tilagim bor.Yaqinlaringizni qadrlang. Ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Baxtni ertaga qoldirmang.Chunki hech kim ertaga nima bo‘lishini bilmaydi.Bugun yashang. Bugun qadrlang. Bugun shukr qiling. ❤️@parvizyakhyayev
    12,000208Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot