gram news
•𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲• channel avatar

•𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

@peaces_pg

Viqooor bilan ilm oling! ©️ qamar xodimasi yozadi.. Reklama uchun : @peacespg_reklama

ProjectsUZOther

5,450subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    22 Sept, 17:20

    https://t.me/boost/peaces_pgReaksiyamiz ochilishi uchun ovoz bering🌷
    Telegram•𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•Bu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    22 Sept, 17:12

    Gul kabidir ayrim ko’ngillar… osmoni moviy, zamini yashil, hislari huzur…@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    20 Sept, 11:16

    Eng alam qiladigani — insonlarning siz rostini bilgan yolg‘onlarni qasamlar ichib aytishidir..!@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    17 Sept, 14:20edited

    Bilasizmi, avvallari ota-onamning erkatoy farzandi emasman deb o'ylardim. Lekin vaqt o'tib, yoshim ulg’ayib, hayotdan nima xohlasam shuni olayotganimni, fikrimni qo'rqmay bildira olishimni sezib tushundimki, biz har doim ota-onamizning erkatoyi bo’lgan ekanmiz.Qizlarining jamiyatda o’rni borligini, uni qadrli ekanini bildirgan ota-onalardan Alloh rozi bo’lsin.@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    16 Sept, 17:21

    Allohga maktub💕Robbim! Bu men — bugun Sening yo‘lingda yuraman, deb so‘z berib, ertasi kuni gunohni niyat qilgan bandangman.Odamlarning ko‘zida Senga juda ham muhabbatli bo‘lib ko‘ringan, ammo qalbini dunyo sevgisi bilan to‘ldirgan o‘sha quling menman, Robbim.Ey Allohim! Axir odamlar yomonlikni niyat qildi, o‘g‘rilikni niyat qildi, odam o‘ldirishni niyat qildi, faxshni niyat qildi. Sen esa niyatiga yetkazding.Men Senga munosib, Rasuling yo‘lida yuradigan, solih bandalaringga o‘xshagan, dunyodan zohid, ilmiga amal qiladigan, taqvoda sobit turishni niyat qildim.Axir Sen bularni bilarding-ku! Nega meni gunohlar ichida qoldiryapsan, nega meni ulardan qutqarmaysan?Robbim, men Seni sevishimni ba’zilarga o‘xshab faqat tilim bilan aytishni xohlamayman. Men Seni haqiqiy sevishni xohlayman, Seni qalbim bilan sevishni istayman. Yolvoraman, bunga izn ber!Qalbimda shunday g‘amlarim
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    16 Sept, 10:06

    Sen qaysi zamondansan deyishsa meni javobim: “Учительский dan jurnal olib kelgan, shanba kuni ham maktabga borgan, mehnat darsida salat tayyorlagan, maktabda navbatchilik qilgan, o'quv yili oxirida uyga gul olib ketgan, parda bilan dasturxon yuvib kelgan, kundalikka ota- onasi nomidan imzo qo'ygan…” ^_^@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    15 Sept, 09:14

    Modomiki bu dunyoda baribir charchab, qiyinchilik ko'rar ekansiz, u holda sharafli va to'g'ri narsalar uchun charchang…!@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    14 Sept, 17:22

    Ey Allohim! Meni meniki bo'lmaydigan narsalar ortidan choptirma... Meni suymasni menga sevdirma... Qismatimga bitilmagan narsalarni orzu qildirma... Peshonamga yozilgan narsalarning orzusini qildir...@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    14 Sept, 15:20

    forwarded from @myspace_pg

    Koʻngil olish qiyin ish, ammo koʻngil bermoq undan ham mushkuldir
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    13 Sept, 16:21

    Koʻzlarimni kuldiradigan insonlarni yoʻqotishdan qoʻrqaman….)@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    13 Sept, 14:19

    Bir kishi aytadi: "Qur'ondan bir surani yodlash uchun uch soat o'tirdim, lekin yodlay olmadim. Buni bir kishiga shikoyat qilib aytganimda, u menga shunday dedi: Naqadar baxtlisanki, bizdan ko'ra ko'proq Qur'on bilan birga o’tiribsan! Ehtimol, sen tanlanganlar orasidadirsan-u, lekin buni o'zing sezmayotgandirsan. Zero, bularning barchasi rizqdir."@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    12 Sept, 20:24

    Tun...01:24... Kimlardir shirin uyquda... Ba'zilar ibodatda.. Ba'zilar esa aysh-ishratda... Kimlardir joni omon qolishi uchun kurashmoqda... Kimlardir esa bu oxirgi tuni bo'lishi istagida... Kimlardir uchun tong otmaydigandek, yana kimlarnidir tong otishini kutib sabri yetmaydigandek.. Va yana kimlardir shunchaki orzularining va hayollarining o'zidan mast bo'lib ko'zlariga uyqu kelmay giron go'yo...@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    12 Sept, 18:03

    📖Qalbimni isloh qilishni tanladim va Qur'on yodlash bu yo'lning boshi bo'ldi…@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    12 Sept, 13:18

    🖇️Turmushga chiqish arafasida bo'lsangiz ushbu eslatmalar siz uchun muslimam:Nikoh - inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biridir. U shunchaki ikki insonning birlashuvi emas, balki Alloh huzurida tuziladigan ulug' ahddir. Shuning uchun nikoh arafasidagi har bir qiz quyidagi nasihatlarni yodda tutishi foydali. 1. Solih juft tanlash Avvalo juft tanlashda uning mol-dunyosi yoki mavqeiga emas, balki dini va xulqiga qaraladi. Faqat dunyoviy narsalarga aldanib qolmaslik, avvalo solihlikni tanlash kerak. 2. Nikohdan oldingi hushyorlik Nikohdan oldin qaror chiqarishda shoshilmaslik, istixora qilish va ishonchli insonlar bilan maslahatlashish lozim. Chunki to’g’ri tanlov - baxtli oilaning boshlanishidir. 3. Nikoh shariat asosida bo’lishi Islom nikohni tartibga solib qo'ygan. Uning asosiy ruknlari: • Valiy (qizning otasi/ akasi) • Ikki adolatli guvoh • Mahr (Mahr ayolga beriladigan hurmat
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    12 Sept, 08:13

    ✨Keyingi bob “ijobat bo’lgan duolar” deb atalsin…🥹@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    12 Sept, 06:11

    Men hofiza bo'lishga ahd qilganman, Ey Robbim, ushbu orzuimni amalga oshirishda menga O'zing yordam ber...@peaces_pg
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    11 Sept, 09:24

    🫶Agar yodingdan chiqqan bo‘lsa, eslatay…Sen oddiy emas, qalbiga omonat yuklangan bandasan. Ilming bor — faqat kitoblarda emas, hayotdan o‘rganganing. Mas’uliyating bor — har bir qadamni o‘lchab bosishingda. Yaxshi tarbiya ko‘rgansan — sukutingdagi hayo, nigohingdagi iffat shundan.Har tong ko‘zingni ochganingda hech kim ko‘rmaydigan kichik janglarni yutasan. Charchasang ham jilmayasan. Og‘irsang ham sabr qilasan. Vazifalaringni birma-bir ado etib, yana shukr aytishni unutmaslikka harakat qilasan.Sening yuraging… Ha, o‘sha mehrga to‘la, nozik, ammo mustahkam yuraging. U sadoqatni biladi. U sevishni biladi. U Alloh rizosini hamma narsadan ustun qo‘yishni biladi.
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    8 Sept, 06:32

    Kanal faoliyati oldingidek aktivligiga qaytishi uchun fikrlaringiz muhim qadrli peace kanali obunachilari✨Kanaldan ko’proq qanday mavzudagi postlarni kutasiz?
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    7 Sept, 13:18

    🤍Hayotimning mazmunisan jonim o’g’lim, Sen dunyoga kelganingda baxtga to’ldim. Seni bergan Allohimga hamdlar aytay Endi men ham Muhammadga ona bo’ldim.Sensan mening duolarim ijobati Allohimning eng mukammal inoyati. Sengacha men qanday yashaganman ekan?! Endi esa sen onangning halovati.Kulgularing yuragimga taskin berdi, Jajji qo’llaringni onang juda sevdi. “Qiz bolalar otasiga mehribondir, O’g’il bola onasiga yo’ldosh” derdi.Shukur deyman ko’zlaringga qarab turib, Baxtli yasha davru-davroningni surib. Bir nasihat: qur’on o’qi, ilm o’rgan
  • •𝗽𝗲𝗮𝗰𝗲•

    7 Sept, 10:15

    Yetib keldim hamd…qaysi manzilga deysizmi? Duolarim bekatiga…📚✨Universitetlarda bugun birinchi kun@peaces_pg