gram news
PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) channel avatar

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

@pediatric_uz

Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz! Reklama👉 @tibbiy_reklama1

ProjectsUZHealth

11,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    22 Sept, 10:43

    Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi?Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi.Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi.Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi.Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    20 Sept, 11:27

    Bolalarda statikaning rivojlanishiStatika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan.1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak.2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi.3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi.4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi.© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    1,71062Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    18 Sept, 15:40

    Chaqaloqlarda galant refleksiGalant refleksi — bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan muhim spinal (orqa miya) reflekslardan biridir. Bu refleks ilk bor nevrolog Yohan Galant tomonidan tasvirlangan. Refleksni tekshirish uchun chaqaloq qorin bilan yotqiziladi yoki qo‘lda ushlab turiladi. Shifokor yoki tekshiruvchi barmog‘i bilan chaqaloq umurtqa pog‘onasining bir tomonini (paravertebral sohani) yuqoridan pastga qarab yengil silaydi. Natijada chaqaloq tanasi silangan tomonga egiladi yoki son qismi shu tomonga buriladi.Galant refleksi odatda tug‘ilgandan boshlab mavjud bo‘ladi va 3–6 oylikgacha saqlanib turadi. Bu refleks chaqaloqning markaziy nerv tizimi yetilishini baholashda muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Agar refleks tug‘ilgandan keyin aniqlanmasa yoki juda sust bo‘lsa, bu orqa miya shikastlanishi, perinatal gipoksiya yoki boshqa nevrologik muammolarni ko‘rsatishi
    1,940video5311Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    18 Sept, 03:27

    MONGOL DOG‘IMongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    17 Sept, 15:50

    ❓Savol: Bolalarda sut tishlari chiqishida gel surtish qanchalik yordam beradi?✅ Dr. Muxtorov javobi:Sut tishlari chiqishi davrida go'daklarda milk og‘rishi, qichishish bezovtalik, ko‘p so‘lak ajralishi va ishtahaning pasayishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ko‘plab ota-onalar og‘riqni kamaytirish maqsadida maxsus gellardan foydalanishadi. Bu gellar qisqa muddatli simptomatik yengillik berishi mumkin, ammo ularning samarasi cheklangan.Ko‘pchilik gellar tarkibida lidokain, benzokain yoki o‘simlik ekstraktlari (romashka, aloe) bo‘ladi. Mahalliy og'riq qoldiruvchilar vaqtincha og‘riqni kamaytiradi, biroq Amerika Pediatriya Akademiyasi va FDA benzokain va lidokain saqlovchi gellarni chaqaloqlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni tavsiya etadi. O‘simlik asosidagi gellar nisbatan xavfsizroq hisoblanadi, ammo ularning klinik samaradorligi yuqori darajada isbotlanmagan.JSST va APA
    2,30052Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    16 Sept, 16:33

    💊Bolalarda shamollashni antibiotik bilan davolash qanchalik to'g'ri?📜Ishonchli manbalardan qarab ko'ramiz.1. Mayo Clinic - "Bakterial infeksiya borligi isbotini topmaguncha, antibiotiklarni shamollashda ishlatish kerak emas".2. JAMA(Amerika tibbiyot assotsatsiyasi jurnali) - "Antibiotiklar shamollashni davolashda foyda bermaydi, chunki ular viruslarni emas, faqatgina bakteriyalarni o'ldiradi".3. CDC(AQSH kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi) - "Shamollash chaqiradigan viruslarga qarshi antibiotiklar ta'sir qilmaydi va holatingizni yaxshilamaydi".© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    2,07053Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    16 Sept, 15:26

    Hurmatli doktorlar, Boladoc akademiyasi "Zamonaviy pediatr" kursiga qabul boshlandi!Tibbiyot shiddat bilan rivojlanmoqda, demak, yondashuvlar ham yangilanishi shart. Buni 4 moduldan iborat amaliy va chuqur bilim beruvchi darslarda eng zo'r mutaxassislardan o'rganing.Kurs modullari: • Vaksinatsiya va profilaktik pediatriya • Pediatriyada shoshilinch holatlar • Bolalarda respirator infeksiyalar • Bolalar gastroenterologiyasi va ovqatlanishi🎯 Kurs kimlar uchun? • Pediatriya yoʻnalishidagi ordinator va magistrlar; • Bilimlarini soʻnggi xalqaro protokollar va dalillarga asoslangan tibbiyot (EBM) boʻyicha yangilamoqchi boʻlgan pediatr va oilaviy shifokorlar (UASH).Nega aynan ushbu kurs? - Chet elda malaka oshirgan tajribali amaliyotchi shifokorlar; - Yuzaki dori tayinlash emas, chuqur klinik fikrlash va real keyslar tahlili.Start: 3-oktyabr
    1,65022Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    16 Sept, 08:14

    Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin.© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    3,050611Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    15 Sept, 11:51

    ❓Chaqaloqlar bir vaqtning o'zida ham nafas olib, ham yuta oladimi?Ha, bu muhim hayotiy funksiya hisoblanadi. Yosh organizm uchun ona suti va nafas havosini navbat bilan qabul qilish qiyinchilik tug'diradi.7 oylikkacha bo'lgan bolalarda hiqildog'i yuqoriroq joylashgani sababli, suyuqlik nafas yo'llariga emas, oshqozonga yo'naltiriladi, nafas yo'llari ochiq bo'lganligi sababli, shu paytni o'zida chaqaloq bemalol nafas ham olaveradi.Bu xususiyat tufayli, chaqaloqlar hatto chalqancha yotganda ham bemalol yutinishi mumkin.© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    2,42074Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    13 Sept, 07:20

    🍌🍐 Banan va nok pyuresi #6oylikdan #qoʻshimchaMahsulotlar: • nok - 1 dona. • banan - 1/2 dona. • suv - 30 ml.Tayyorlanishi: 1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring. 2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.Kanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    2,36011Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    12 Sept, 04:32

    Qizamiq kasalligining klinik belgilariKataral davri belgilari: ▪️konyuktivit ▪️isitma 37,5 dan 39,5 °C gacha ▪️holsizlik ▪️bosh og'rig'i ▪️tumov ▪️quruq yo'tal ▪️tomoq qizarishiToshma toshishidan 1-2 kun oldin lunjlar shilliq pardasida oq rangli qizil halqa bilan o'ralgan Koplik dog'lari(chapdagi rasm) paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi.Toshma toshish davri: Qizamiq toshmasi kasallikning 4-5 kunidan 3 kun davomida toshadi. ▪️1-kun toshmalar dastlab quloq orqalariga bir kecha-kunduz davomida davomida yuz, bo'yin va ko'krak yuqori qismi yelkagacha toshadi. ▪️2-kun tana(o'ngdagi rasm) va qo'llarning yuqori qismiga toshadi. ▪️3-4 kun qo'l va oyoqning barcha qismiga toshadi. Dog' va papulalar kattalashib bir-biriga qo'shilib ketadi.© Doctor Muxtorov
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    3,69071Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    10 Sept, 10:10

    Bolalar virusli Gepatit Aga qarshi necha yoshdan boshlab emlanadi?Virusli Gepatit Aga qarshi emlash bolalarda 1 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.Bizda 1 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga asosan Gepatit Aga qarshi vaksinatsiya uchun "Havriks"(720TB/1 doza) qo'llaniladi.Preparat 2 yoshdan katta bolalarning yelka mushaklariga, 2 yoshdan kichik bolalar sonining old-lateral yuzasiga inyeksiya qilinadi.Bolalarda gepatit Aga qarshi vaksinatsiya qilish sxemasi bo'yicha preparat ikki dozada yuboriladi. Birinchi dozadan 6-12 oy vaqt o'tib ikkinchi doza kiritiladi. Dozalar orasidagi interval 5 yildan oshmasligi kerak.❗️Eslatma: Vaksinatsiya pediatr ruxsati va nazorati ostida amalga oshiriladi! Gepatit Aga qarshi emlash respublika profilaktik emlashlar kalendarida mavjud emas.© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    10 Sept, 08:58

    ❓Bolani qizamiq kasalligidan qanday himoya qilish kerak?‼️ Mutaxassisning yosh onalarga tavsiyalariKanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    7,650video1Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    10 Sept, 02:19

    🍑 Shaftoli va kabachki pyuresi #6oylikdan #qoʻshimchaMahsulotlar: • kabachki - 1 dona. • shaftoli - 2 dona.Tayyorlanishi: 1. Kabachkini sovuq suv bilan yuvib tashlang, qobig'ini tozalang, mayda bo'laklarga bo'ling, qaynoq suv quying, pishganicha mahkam yopiq qopqoq ostida qaynating. 2. Sabzavotlarni suzgichdan o'tkazing, yana qaynatib oling. 3. Yaxshi pishgan shaftolini tanlab, uni yaxshilab yuving, po'stini yupqa qatlam bilan olib tashlang, qirg'ichdan ingichga qilib o'tkazing. Shaftoli va kabachkini pyure ko'rinishida aralashtiring.Kanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    2,54052Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    9 Sept, 04:28

    7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga yordam beruvchi Orlova jadvali.Hali maktabga bormagan bolalar harflarni tanimagani uchun mana shunday shakllardan foydalaniladi.Kanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    8 Sept, 15:44

    Sutli kokteyl - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun #taomnoma #desertMahsulotlar: • sut - 200 g • o‘rmon mevalari - 1 choy qoshiq • banan - 1 dona • shakar - 1 choy qoshiq(shakarsiz tayyorlasa ham bo‘ladi)Tayyorlanishi: 1. Blenderda sut, shakar, banan bo‘laklari va o‘rmon mevalari aralashtiriladi. 2. Agar bolangiz katta yoshli bo‘lsa, 1 osh qoshiq muzqaymoq qo‘shish mumkin. Kokteylda olinadigan rang unga qo‘shiladigan mahsulotlarga bog‘liq.Kanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    8 Sept, 14:18

    Chaqaloqlar reflekslari👶Xartum refleksi. Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.👶Robinson refleksi. Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4- oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi(yuqoridagi suratda ko'rsatilgan).👶Moro refleksi. Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik bo’lgunicha kuzatiladi.👶Bauer refleksi. Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.© Doctor MuxtorovKanalga ulanish👉@Pediat
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    7 Sept, 16:18

    Guruchli bo‘tqa qovoq bilan - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun #taomnoma #nonushtaMahsulotlar: •Sut - 2 stakan •Guruch - 3 osh qoshiq •Qovoq - 5 osh qoshiq •Shakar - 2 choy qoshiq •Tuz - ta‘bga ko‘raTayyorlanishi: 1.Guruch sovuq suvda yuviladi, kub shaklida kesilgan qovoq va sut qo‘shiladi, olovga qo‘yiladi. 2.Qachonki sut qaynashni boshlagandan keyin shakar va tuz qo‘shiladi. Past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi, ora-orada kovlab turiladi. 3. Tayyor bo‘lgan bo‘tqaga saryog‘ qo‘shish mumkin.Kanalga ulanish👉@Pediatric_uzTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    2,81062Open in Telegram
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    7 Sept, 07:21

    🥗7-9 oylik bolaga qo'shimcha ovqatQanday mahsulotlarni bu davrda berish foydali va mumkin?🥑Avakado 🍌Banan 🍎Olma 🥕Sabzi 🍆Kabachok 🍠Qovoq 🥔Kartoshka pyuresi 🍚Kasha 🥨Pechene 🍐NokQanday ko'rinishda berish mumkin?Yetti-to'qiiz oylik bolalarning ko'pchiligida faqat oldi tishlari chiqqan bo'ladi. Shuning uchun berilayotgan taom pyure shaklida bo'lishi lozim. Tishi chiqayotgan payti qattiq pechenelarni qo'liga berib qo'yish mumkin. Ko'pchilik butilkani o'zi ushlab choy icha oladi.Yetti-to'qqiz oylik bola uchun taomlar misoli:
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
  • PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

    5 Sept, 15:09

    🍎Olmaning bolalar organizmi uchun foydali jihatlari🍏Ichakda foydali bakteriyalar miqdorini oshiradi. Dizbakterioz paytida pektin prebiotik vazifasini bajaradi va mikroflorani normallashtiradi. Ich kelishini yaxshilaydi. 🍏Immunitetni oshiradi va astma xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar oʻpkani oksidlovchilar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Tez-tez olma yeyish astmaga boʻlgan xavfni 10%gacha kamaytiradi. Kversetin flavonoidi immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi. 🍏Kislotali reflyuksni kamaytiradi. Gastroezofagial reflyuks kasalligida ovqat ratsioniga olmani kiritish kasallik simptomlarini kamaytiradi. 🍏Suyaklarning mustahkamligi va zichligini oshiradi. Olmadagi kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi. 🍏Turli xil preparatlardan oshqozonni himoya qiladi. Xlorogen kislota va katexin oshqozonni yemirilishdan saqlaydi. 🍏Miya kasalliklarini oldini oladi. Olma sharbati miyadagi zararli
    Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)Image from a post by PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
    3,95061Open in Telegram