Latest posts

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
22 Sept, 17:43
📚✨ YOSHLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV! ✨📚 🌟 Maxsus mehmon — Qo‘chqor Norqobil 🖋️ Yozuvchi, jurnalist, tarjimon 📖 Mavzu: “Adabiyot, inson va hayot” 🎙️ Samimiy suhbat 💬 Ochiq muloqot ❓ Savol-javob 📚 Ijod va adabiyot haqida fikrlar ✅Yoshlar uchun ilhom va motivatsiya 📅 Sana: 23-sentabr 2026-yil 📍 Manzil: 10-son talabalar turar joyi 🤝 Barcha talabalar va yoshlarni ijodiy uchrashuvga taklif etamiz!https://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
22 Sept, 02:09
forwarded from @uzmpu_kozgusi
Diqqat, Aziz talaba-yoshlar va bitiruvchilarimiz! Siz uchun ajoyib imkoniyat!Yetakchi xususiy bog'cha va maktablar talaba-yoshlarni o'z jamoasiga ishga taklif qilmoqda!🗣Agar siz o'qish bilan birga o'z mutaxassisligingiz bo'yicha amaliy tajriba orttirishni, dars berish ko'nikmalarini rivojlantirishni va barqaror daromad topishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.💬 Afzalliklari: 🔴Qulay ish grafigi (o'qish vaqtingizga moslashtirilgan holda). 🔴Ahil va professional jamoa. 🔴Pedagogik mahoratingizni oshirish imkoniyati. 🔴Munosib oylik maosh.🎓 Pedagogikani tanlagan va kelajakda o'z kasbining ustasi bo'lishni istagan har bir Nizomiy talabasi bu
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
21 Sept, 17:49
✅2026-yil 21-sentabr kuni Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi A.A. Ismoilova, Oligofrenopedagogika kafedrasi mudiri N. Abidova hamda fakultet tyutorlari tomonidan 9-sonli TTJga tashrif amalga oshirildi. 🔎Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, ozodalik, tartib-intizom masalalari o‘rganildi. 📌Shuningdek, talabalar bilan mazkur mavzular yuzasidan davra suhbati tashkil etilib, ularga TTJda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni ozoda va tartibli saqlash, umumiy hududlarda tozalikni ta’minlash hamda intizomga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.🌏https://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
21 Sept, 17:48
✅Nizomiy nomidagi O'zMPU Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta'lim fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasiga tanlovga qatnashadigan professor-o'qituvchilarning ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. ✅Ochiq dars mashg'ulotini Xasanova Nozima A'zamjon qizi "Oligofrenopsixologiya" fanidan "Aqli zaif o'quvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirish xususiyatlari mavzusida ochiq ma'ruza mashg'ulotini olib bordi.
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
21 Sept, 17:37
✅Nizomiy nomidagi O'zMPU Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta'lim fakulteti Amaliy psixologiya kafedrasiga tanlovga qatnashadigan professor-o'qituvchilarning ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. ✅Ochiq dars mashg'ulotini Yakovleva Anna Andreevna "Umumiy psixodiagnostika" fanidan "Umumiy psixodiagnostika faniga kirish" mavzusida ochiq ma'ruza mashg'ulotini olib bordi.https://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
19 Sept, 16:43
✅Nizomiy nomidagi O'zMPU Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta'lim fakulteti Logopediya kafedrasiga tanlovga qatnashadigan professor-o'qituvchilarning ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. ✅Ochiq dars mashg'ulotini Alimova Pokizaxon Qayumjon qizi "Erta tashxis va abilitatsiya" fanidan "Erta aralashuv modeli" mavzusida ochiq amaliy mashg'ulotini olib bordi.https://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
19 Sept, 16:41
✅Nizomiy nomidagi O'zMPU Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta'lim fakulteti Pedagogika kafedrasiga tanlovga qatnashadigan professor-o'qituvchilarning ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. ✅Ochiq dars mashg'ulotini Munavvarova Mahliyo Muzaffarxon qizi "Sinf boshqaruvi. O'quv dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish fanining o'quv dasturi" fanidan "Sinfni boshqarishda zamonaviy texnologiyalar" mavzusida ochiq amaliy mashg'ulotini olib bordi. ✅ Akramjanova Zulxayo Kadirjanovna "Pedagogik mahorat" fanidan Pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativ rivojlanishi" mavzusida ochiq ma'ruza mashg'ulotini olib bordihttps://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
19 Sept, 16:39
#TTJga_tashrif🌷 “XOTIN-QIZLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida “Xotin-qizlar haftaligi” doirasida 10-sonli talabalar turar joyida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh. Tuychiyeva, tyutorlar Sh. Xoliqulova va D. Hamrayeva, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazildi. 📊Tadbir davomida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, zo‘ravonlik va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. 🌏https://t.me/PedPsixologiya_UzMPU
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
19 Sept, 16:35
forwarded from @npuu_yi
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Green Games” respublika plogging musobaqasi, “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni hamda “Ekologiya va velosport” musobaqalari bo'lib o'tdi.🚴🏻Sport ruhi, do‘stlik va yuqori kayfiyat ulashgan ushbu yugurish bahslarida talabalarimiz matonat va jipslik ko‘rsatib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda namuna bo‘lishdi.🔹Matonatli va g‘ayratli yoshlarimizga keyingi sport musobaqalarida ham ulkan zafarlar va yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!⏺Bizni kuzatishda davom eting: 🚀Telegram 📱Instagram
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
18 Sept, 12:49
🏛️ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv taʼlim fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Tuychiyeva, tyutorlar F.Botirova ,N.Amirqulova rahbarligida fakultetdagi faol na'munali 4 nafar 2-kurs talabalari hamda 101 va 102-kurs talabalari jami 55 nafar talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboni,va Oʻzbekiston Davlat drama teatriga tashrif buyurdilar. ✅ Tashrif davomida talabalar A.Avloniy haykali poyida sportning arqon tortish hamda stol tennisi musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa davomida talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga qaratilgan sport oyinlari tashkil etildi. ✨ Tadbir yuqori kayfiyat va faol ishtirok ruhida o'tdi.
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
18 Sept, 02:55
#tadbirO‘ZINGGA VA KELAJAGINGGA ISHONFavqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida e’lon qilingan "Psixologik sog‘lomlashtirish" oyligi hamda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi" kuni doirasida vazirlik Akademiyasida kursantlar va shaxsiy tarkib ishtirokida "O‘zingga va kelajagingga ishon!" mavzusida ochiq muloqot va seminar-trening oʻtkazildi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘lajak ofitserlarning kasbiy barqarorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda o‘z kuchi va kelajagiga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.Uchrashuvga maxsus taklif etilgan ekspert — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti "Amaliy psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari doktori (PhD) Ashurov Ramzidin Ramazonovich o‘zining qiziqarli va ta’sirchan ma’ruzasi bilan ishtirok
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA INKLYUZIV TA'LIM FAKULTETI
17 Sept, 17:32
🎓 DIQQAT, AZIZ TALABA-YOSHLAR! «REKTOR STIPENDIYASI» UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!🤩 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashabbuskor, faol va ilmiy izlanishdagi talabalar uchun «Rektor stipendiyasi» tanlovini boshlaydi!🌟 Agar siz o‘qishda yuqori natijalarga erishib, ilmiy-ijodiy va jamoat ishlarida faol bo‘lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!📌Kimlar qatnashishi mumkin? Universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-kursdan boshlab bakalavriat (ikkinchi oliy ta’lim bundan mustasno) hamda 2-kurs magistratura talabalari.💬Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyasi sohiblari ushbu tanlovda qatnasha olmaydi.📋Asosiy talablar (Mezonlar): O‘zlashtirish: Oxirgi ikki semestr davomida barcha fanlardan faqat «a’lo» (reyting tizimida 90 ball va undan yuqori) baholarga o‘qigan bo‘lishi. Xorijiy
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
