Latest posts

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
22 Sept, 14:42
forwarded from @piimauz
#Yil_oʻqituvchisi🖌 “YIL O‘QITUVCHISI” G‘OLIBI — MIRZANAZAR XOLMADJONOV🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Mirzanazar Xolmadjonov “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 616 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.“Bunday tanlovlar pedagog mehnatini munosib qadrlash, fidoyi ustozlarni rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda. Biz, pedagoglarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Bu e’tibor bizni yanada ko‘proq izlanishga, yangilik yaratishga va farzandlarimizga sifatli ta’lim berishga undaydi”, — deydi Mirzanazar Xolmadjonov.Bizni kuzating
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
22 Sept, 13:04
forwarded from @piimauz
#Rahbar_kubogi🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, muhandislik va ixtisoslashtirilgan maktablarining 8-9-10-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning mini-futbol hamda shaxmat turlari bo’yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqalariga start berildi!Ushbu musobaqaning sektor bosqichida 248 ta maktabdan jami 2480 nafar o’quvchi ishtirok etdi.✅ Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, jamoaviy o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashdan iborat.Musobaqaning hududiy (viloyat) bosqichini joriy yilning 1-10-oktyabr kunlari, Respublika bosqichini esa 5-7-noyabr kunlari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida o’tkazish rejalashtirilgan.Bizni kuzating 💻web
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
22 Sept, 05:29
forwarded from @xtmavloniy
📣 PISA 2025: O‘zbekiston natijalari endi interaktiv dashboardda!A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy veb-saytida PISA 2025 natijalari interaktiv dashboard shaklida taqdim etildi.📌 Natijalarni xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, grafiklar orqali ko‘rish va turli omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish mumkin.🔵 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/pisa2025
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
22 Sept, 04:36
forwarded from @uzedu
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
21 Sept, 13:16
forwarded from @piimauz
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:#Ustozim
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
21 Sept, 11:34
#Hamkorlik #Prezident_maktabi #IT_Park🤝 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi va IT Park Farg‘ona filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi! 💻 Mazkur hamkorlik o‘quvchilarning dasturlash, sun’iy intellekt, muhandislik va zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 🔗 Hamkorlik doirasida IT Park va uning rezident kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, workshoplar, sohaviy uchrashuvlar, amaliy tashriflar va turli IT loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 🚀 Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari uchun Career Day, mentorlik uchrashuvlari, hackathonlar va kasbiy yo‘naltirish tadbirlari orqali zamonaviy IT kasblari va mehnat bozori haqida kengroq tasavvur beriladi. ✨ Ushbu hamkorlik o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, innovatsion fikrlashini rivojlantirish va
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
21 Sept, 08:41
⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yana bir yuksak natija.🎓 Maktabimizning 9-02 Abu Rayhon Beruniy sinfi o‘quvchisi Olimov Hojiakbar ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida yuqori natijani qo‘lga kiritib, 7.5 ball — C1 daraja sohibiga aylandi.🔸 Ushbu natija Hojiakbarning ingliz tilini puxta egallagani, izlanish va mehnatining yorqin ifodasidir. IELTS’dan 7.5 ball — xalqaro miqyosda yuqori baholanadigan natijalardan biri bo‘lib, o‘quvchimizning kelgusidagi ta’limiy maqsadlari sari muhim qadamdir.🔰 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Hojiakbarning ushbu muvaffaqiyatidan faxrlanadi.✅ Ishonamizki, bu natija uning kelgusidagi yanada ulkan marralari uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Hojiakbarga ilm yo‘lidagi barcha ezgu maqsadlari sari omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz.🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
21 Sept, 08:33
forwarded from @piimauz
⚙️ MUHANDISLIK MAKTABI: MAKTABDAN OLIY TA’LIMGACHA UZVIY YO‘L🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Jizzax shahrida Jizzax politexnika instituti bilan integratsiyalashgan Muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Maktabda ta’lim 5 yillik dastur asosida tashkil etilib, dastlabki uch yilda fizika, matematika va xorijiy tillar, keyingi ikki yilda esa muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi.🤝 Jizzax politexnika institutida Muhandislik maktabi o‘quvchilari bilan tashkil etilgan uchrashuvda muhandislik ta’limi, zamonaviy kasblar va oliy ta’lim imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, o‘quvchilar institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.M
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
20 Sept, 16:07edited
⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yana bir yuksak natija.🎓 Maktabimizning 9-02 Abu Rayhon Beruniy sinfi o‘quvchisi Odiljonova Saodat Qodirjon qizi ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida yuqori natijani qo‘lga kiritib, 8.0 ball sohibiga aylandi.🔸Ushbu natija Saodatning ingliz tilini puxta egallagani, izlanish va mehnatining yorqin ifodasidir. IELTS’dan 8.0 ball — xalqaro miqyosda yuqori baholanadigan natijalardan biri bo‘lib, o‘quvchimizning kelgusidagi ta’limiy maqsadlari sari muhim qadamdir.🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Saodatning ushbu muvaffaqiyatidan faxrlanadi.✅Ishonamizki, bu natija uning kelgusidagi yanada ulkan marralari uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Saodatga ilm yo‘lidagi barcha ezgu maqsadlari sari omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz.🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
20 Sept, 13:12
forwarded from @uzedu
‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining FARG‘ONA VILOYATI g‘oliblari🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
20 Sept, 13:03
forwarded from @sbaxodirovna
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
20 Sept, 11:18
forwarded from @piimauz
ONLAYN FIRIBGARLIKDAN QANDAY HIMOYALANISH KERAK?🎓 Agentlik tizimidagi Al-Xorazmiy universiteti talabalari ishtirokida kibergigiyena va internetdagi firibgarliklardan himoyalanish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Xorazm viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari internet firibgarligining keng tarqalgan ko‘rinishlari va ulardan saqlanish yo‘llari haqida ma’lumot berdi.Uchrashuvda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik va internetdan foydalanishda kibergigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
20 Sept, 08:50
forwarded from @piimauz
XALQARO TA’LIM IMKONIYATLARI — HKUST VAKILI BILAN UCHRASHUV🎓“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi ishtirokchilari uchun Renessans oromgohida Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti (HKUST) vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvda HKUST qabul komissiyasi vakili, talabalarni qabul qilish ofisi menejeri Crystal Lui ishtirok etib, universitetga hujjat topshirish jarayoni, qabul talablari va ariza topshirish muddatlari haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, ishtirokchilar universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalar hayoti, kampus imkoniyatlari hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xorijiy universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlari va kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini tanlash bo‘yicha zarur
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
