gram news
Termiz shahridagi Prezident maktabi channel avatar

Termiz shahridagi Prezident maktabi

@pmtermiz

Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot https://www.instagram.com/pmtermiz https://m.facebook.com/pmtermiz https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA

ProjectsUZEducation

2,770subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    22 Sept, 04:41

    forwarded from @uzedu

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    480111Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    21 Sept, 15:06

    forwarded from @piimauz

    #Ustoz_va_murabbiylar_kuni💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:#Ustozim
    4892111Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    21 Sept, 05:51

    #Kelajak_posbonlari #Termiz_shahri #Prezident_maktabiSaf maydonida tashlangan har bir qadam shunchaki harakat emas. U — intizom, iroda, mas’uliyat va jamoaviylik maktabi.📌Maktabimizning 10-11-sinf o‘quvchilari “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani doirasida amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.🔗O‘quvchilar safda harakatlanish, buyruqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarish, jamoa bilan birgalikda harakat qilish orqali o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqdalar.💪Bunday mashg‘ulotlar yoshlarni irodali, intizomli, mas’uliyatli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.Yosh avlod — Vatan kelajagi. Ularning tarbiyasi esa barchamizning mas’uliyatimizdir!Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    730video1443222Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    20 Sept, 12:57

    #Hamkorlik #Prezident_maktabi #IT_Park🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va IT Park Surxondaryo filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!🔗Mazkur hamkorlik doirasida 2026–2027-o‘quv yilida o‘quvchilar uchun IT Park va uning rezident kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida master-klasslar, qisqa muddatli amaliyotlar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini sun’iy intellekt, dasturlash va real muhandislik loyihalariga jalb qilish, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishda mentorlik ko‘magini ko‘rsatish hamda “Career Day” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini oshirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    812video533211Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    19 Sept, 15:50

    forwarded from @uzedu

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
    600431Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    19 Sept, 13:41

    forwarded from @piimauz

    #NASA🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM!🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-05-sinf o‘quvchisi Qahramon Choriyev NASA axborot tizimlarida 10 dan ortiq xavfsizlik zaifligini aniqladi hamda Letter of Recognition — rasmiy e’tirof maktubiga sazovor bo‘ldi.Qahramon ushbu natijaga NASA’ning Vulnerability Disclosure Program (VDP) dasturi doirasida erishdi. U aniqlagan zaifliklar orasida P5, P4, P3 va P2 darajasidagi holatlar mavjud bo‘lib, yuqori darajadagi P2 zaiflik NASA tomonidan tasdiqlanib, bartaraf etildi. NASA qoidalariga ko‘ra, Letter of Recognition P1–P4 darajasida baholangan, tasdiqlangan va bartaraf etilgan zaifliklar uchun beriladi.🔐 E’tiborlisi
    57713115221Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    19 Sept, 07:02

    forwarded from @piimauz

    #sayyor_qabul #Andijon_viloyatiMUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI🎓 Aholi bilan bevosita muloqotni davom ettirish, murojaat va takliflarni joyida o‘rganish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning navbatdagi sayyor qabuli Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘tkazildi.Sayyor qabulda ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.Muloqot davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, pedagoglar faoliyati hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.Bizni kuza
    7332111Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    18 Sept, 07:31

    forwarded from @piimauz

    TA’LIM MUASSASALARIDAGI JARAYONLAR JOYIDA O‘RGANILDI🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Andijon viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Asaka, Bo‘ston, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida bo‘lib, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning darslarga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.Shuningdek, ta’lim muassasalarining obodonlashtirish holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.Maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.Bizni kuzatin
    892411Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    18 Sept, 04:01

    #OAV_biz_haqimizda #Bizni_shunday_ustozlarimiz_borHUDUD - MY5 TV | O'zbek pedagogining ma'ruzasi xalqaro minbarda tinglandi.Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    947video1092111Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    17 Sept, 10:35

    #Hamkorlik #Preziden_maktabi #Nova_Pharm🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va “NOVA PHARM” QK o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.🔗Mazkur hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun korxona mutaxassislari tomonidan mahorat darslari, amaliy ekskursiyalar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini farmatsevtika sohasi va zamonaviy kasblar bilan tanishtirish, ularning muhandislik va ilmiy-amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.💫Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
    922video655221Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    16 Sept, 15:04

    forwarded from @piimauz

    #xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇫🇷 O‘ZBEKISTON — FRANSIYA: TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Valid Fuk bilan uchrashdi.Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Agentlik tizimidagi muhandislik maktablariga fizika, matematika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, o‘quvchi va pedagoglar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikdagi inklyuziv ta’lim loyihalari, o‘quvchilar uchun Fransiyada yozgi dasturlar va tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr
    91311Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    15 Sept, 14:04

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha,
    93952111Open in Telegram
  • Termiz shahridagi Prezident maktabi

    14 Sept, 06:22

    #SAT #Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.📆Imtihon sanasi: 2026-yil 3-oktabr 📃Imtihon turi: Digital 🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda 📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 18-sentabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.Termiz shahridagi