gram news
PORTAL24 | Rasmiy kanal channel avatar

PORTAL24 | Rasmiy kanal

@portal24_official

O‘zbekiston hayoti haqida yangiliklar OAV sifatida 484302-sonli guvohnoma asosidan rasmiy qayd etilgan. 👉 Tahririyat bilan aloqa: @portal24_murojaat

ProjectsUZNews

17,900subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 11:35

    Rossiya harbiylari O‘zbekistonga keldi: tashrifdan maqsad nima?Rossiya harbiy bo‘linmalari Tojikiston va O‘zbekiston tog‘lari bo‘ylab 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan holda O‘zbekistonning “Termiz” poligoniga yetib borgan.Harbiy tarkibda “BTR-82A” zirhli transport vositalari, “Ural” yuk mashinalari va “KamAZ” bazasidagi maxsus texnikalar ham bor.Batafsil.@portal24_official
    193video2111Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 10:31

    👵 117 yoshli ayol o‘lganga chiqarilib, pensiyadan mahrum qilindiAlbaniyada istiqomat qiluvchi 117 yoshli Kamila Marraning pensiya to‘lovlari rasmiylar uni allaqachon vafot etgan deb taxmin qilgani sababli to‘xtatib qo‘yildi.Ayolning tirik ekanini isbotlash uchun uning oilasi davlat idoralariga ko‘plab hujjatlar va guvohlar ko‘rsatmasini taqdim etishiga to‘g‘ri keldi.@portal24_official
    378221Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 10:00

    🌳 Toshkentning 11 gektarlik “Elbek” bog‘ida 5 mingga yaqin daraxt va xavfli shox-shabbalar yoppasiga ko‘rikdan o‘tkazilmoqdaToshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 11 gektar maydonga ega “Elbek” bog‘ida qariyb 5 ming tup daraxt hamda butalarning holati atroflicha o‘rganilmoqda.Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan o‘simliklarning parvarishga ehtiyoji aniqlanib, hududiy infratuzilmani tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.@portal24_official
    420222Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 09:36

    AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdiAQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlandi. Yuqori martabali mehmonni aeroportda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kuzatib qo‘ydi.Tashrif doirasida o‘tkazilgan sermahsul muzokaralar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.@portal24_official
    44922Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 09:04

    Qozog‘istondagi futbol o‘yinida O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan salbiy banner ko‘targan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildiQozog‘istonning Aqtobe shahri politsiyasi “Aqtobe” va “Ordabasi” jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlangan haqoratli bannerni ko‘targan shaxslarning shaxsini aniqladi.Qonunbuzarlar voyaga yetmagan qizlar bo‘lgani sababli ularning ota-onalariga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.@portal24_official
    48231Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 07:59

    O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarining ilk kunida 23 ta medal qo‘lga kiritdiBobur Toshtemirov O‘zbekiston tarixida ilk bor para velosport bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.O‘zbekistonlik 10 nafar sportchi kumush medal egasiga aylandi. Yetti nafar sportchimiz esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.@portal24_official
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 07:20

    Tojikistonda Rog‘un suv ombori bo‘ylab 50 kilometrdan ziyod yangi avtomobil yo‘li barpo etiladiTojikistonda Rog‘un suv omborining chap qirg‘og‘i bo‘ylab umumiy uzunligi 51,4 kilometr bo‘lgan Sayidon-Labijar avtomobil yo‘li quriladi.Uch yilga mo‘ljallangan ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnoma “Tojikgidroelektromontaj” OAJ bilan imzolangan.@portal24_official
    58021Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    20 Oct, 06:40

    Saida Mirziyoyeva Amerika bilan munosabatlarda bosh maqsad nima ekanini aytdiPrezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha munosabat bildirdi.U erishilgan barcha kelishuvlar qog‘ozda qolib ketmasdan, real iqtisodiy loyihalarga va aholi uchun yangi ish o‘rinlariga aylanishi shartligini ta’kidladi.@portal24_official
    60332Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 13:21

    Namanganda bog‘chaning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi ombor mudiri tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradiNamangan viloyatidagi bog‘chalardan birida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda ombor mudiri gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmanining Portal24.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi K.M. ushlanib, qamoqqa olingan.Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, “Inson” markazi xodimlari bolaning holatini baholab, uni yuqori xavf darajasida deb topgan. Hozirda bola va uning onasiga psixologik, tibbiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bola ota-onasi qaramog‘ida, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.@portal24_official
    64921Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 13:05

    🎣 Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan shaxs tabiatga 62 million so‘mdan ortiq zarar yetkazdiQashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Qizil kitobga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdorlari va boshqa turdagi baliqlarni taqiqlangan qurollar bilan noqonuniy ovlagan fuqaro ushlandi.Viloyat Ekologiya boshqarmasining Ekopolitsiya xodimlari hamda Kasbi tumani inspektorlari hamkorligida Mirishkor hududida navbatdagi nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.@portal24_official
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 12:40

    📈 Markaziy Osiyoda o‘zaro savdo chorak barobarga oshib, 8,1 milliard dollarni tashkil qildiIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 foizga oshib, 8,1 milliard dollarni tashkil qildi.Mintaqa bo‘yicha eng yirik eksportchi mavqeini Qozog‘iston saqlab qoldi.@portal24_official
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 12:20

    ♻️ 5 mingdan ortiq kishi 1 kunda 39 tonna chiqindi yig‘di19-sentyabr kuni “World cleanup day” munosabati bilan Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish agentligi tomonidan respublika bo‘ylab “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.Xalqaro va mahalliy tashkilotlar, hokimliklar hamda vazirliklar hamkorligida o‘tkazilgan ushbu ommaviy tadbirda 5 ming nafardan ortiq ekofaollar, yoshlar va soha xodimlari qatnashdi.@portal24_official
    67532Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:53

    Toshkent dunyo reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarildi: poytaxtning qaysi ko‘rsatkichlari ortda qolmoqda?Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning 1000 ta yirik shahri orasida 343-o‘rinni egalladi. Poytaxt iqtisodiyot bo‘yicha 188-o‘ringa, inson kapitali bo‘yicha esa 108-o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq hayot sifati (644-o‘rin), atrof-muhit (806-o‘rin) va boshqaruv (825-o‘rin) yo‘nalishlarida past ko‘rsatkichlarda qolmoqda.Taqqoslash uchun, Bishkek umumiy reytingda 461-o‘rinda bo‘lsa-da, ekologiya bo‘yicha Toshkentdan 135 pog‘ona yuqorida joylashgan. Oxford Economics tahlilida poytaxtning zaif tomonlari sifatida zararli gazlar chiqarilishi, uy-joy xarajatlarining yuqoriligi va iqlim xavflari qayd etilgan. Shunga qaramay, Toshkent iqtisodiy o‘sishi va investitsiya imkoniyatlari tufayli rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga
    70111Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 10:05

    🚦 Toshkent yo‘llarida svetoforlar sinxronlashtirilib, tirbandliklar jilovlanmoqdaToshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Kichik halqa avtomobil yo‘lining ma’lum qismida svetoforlarni o‘zaro sinxronlashtirishi natijasida haydovchilarning ushbu yo‘nalishdagi harakatlanish vaqti deyarli 2 daqiqaga qisqardi.Tizim O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldidagi piyodalar o‘tish joyidan to Shayx Zayniddin ko‘chasi kesishmasi hamda “Visol” to‘yxonasi qarshisidagi piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan masofada ishga tushirildi.@portal24_official
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 09:50

    🎓 OTMda kontrakt to‘lash va talabalikka qabul qilish muddati uzaytirildiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaroriga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar uzaytirildi.Ushbu imkoniyat oliy ta’lim tizimidagi bir qancha toifadagi abituriyentlar va talabalarga birdek taalluqli hisoblanadi.@portal24_official
    66521Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 08:03

    🐴 Buxoroning eski shahar qismida samokatlar, mopedlar va hatto ot-tuyalar harakati taqiqlandiBuxoro shahar hokimining qaroriga ko‘ra, 1-oktyabrdan e’tiboran shaharning tarixiy markazida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator transport hamda harakatlanish vositalariga qat’iy cheklovlar joriy etiladi.Ushbu taqiq va cheklovlar Ark qal’asidan Poyi Kalon ansambli hamda Haqiqat ko‘chasi orqali Labi Hovuz majmuasigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi.@portal24_official
    713221Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 07:34

    🏠 O‘zbekistonda ijara bozori hajmi 9 trillion so‘mga yetdi, eng yuqori ko‘rsatkich qayerda?Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki yetti oyida mamlakatimizda ijara xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 foizga o‘sib, 9 trillion so‘mni tashkil etdi.@portal24_official
    70221Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 07:01

    Farg‘onada avtomobil boshqargan 5-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildiFarg‘onaning So‘x tumanida 11-sonli maktabning 5-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli avtomobilni boshqargani aniqlandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, YHXB xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.Bolaning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi va 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.@portal24_official
    703video2Open in Telegram
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 06:35

    🇵🇸 G‘azoda urush qurbonlari soni 74 mingga yaqinlashdi, vayronalar ostida minglab odamlar qolmoqdaG‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va Hamas o‘rtasida davom etayotgan urush oqibatida anklavda halok bo‘lganlar soni 73 910 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 174 914 kishini tashkil etmoqda.Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, minglab falastinliklar hanuz vayron bo‘lgan binolar qoldiqlari ostida qolmoqda, shu sababli yakuniy qurbonlar soni keskin ortishi kutilmoqda.@portal24_official
  • PORTAL24 | Rasmiy kanal

    22 Sept, 05:48

    Yevroittifoq Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqchiYevropa Ittifoqining 27 davlati doimiy vakillari rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters Yevropalik diplomatlar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Qaror yaqin vaqt ichida ittifoq a’zolaridan hech biri bunga qarshi chiqmasa, kuchga kirishi mumkin.Usmanovni ro‘yxatdan chiqarish tashabbusini Fransiya va Slovakiya ilgari surgan, keyinchalik Lyuksemburg ham Fridmanga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan.@portal24_official
    722111Open in Telegram