Latest posts

Samarqand bandlik
21 Sept, 11:56edited
SAMARQANDDA "XORIJDA ISH” MEHNAT YАRMARKASI!Xorijda ishlashni xohlaysizmi?💼 Yuqori maoshli, qonuniy va ishonchli ish izlayapsizmi?Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat — "Xorijda ish" mehnat yarmarkasi!Tashkilotchilar: Samarqand viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi.👥 Qatnashuvchilar: Xususiy bandlik agentliklari va xorijiy ish beruvchilar:COMMON SENSE, YOUTH GLOBE, SKD MAN POWER, WORKLINE, MORA WORK GROUP, AIMJOB, IMKON, THE BEST-STAFF, JOBBRIDGE, HORIZON WORK, MEROS JOB.Yarmarka dasturida:🔹 Yevropa va Osiy davlatlarida ishlash imkoniyatlari bilan tanishasiz.1,000Open in Telegram
Samarqand bandlik
21 Sept, 11:55edited
⚠️ Elektr xavfsizligi.📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
Samarqand bandlik
21 Sept, 11:51
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе реализации крупных проектов в транспортно-логистической сфере.#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistikaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarqand bandlik
21 Sept, 05:59edited
#HAFTA_DAYJESTI 14 -19 sentabr kunlari. Samarqand viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida haftalik faoliyat📎💼Urgut tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi 📎“MENING MAHALLAM” ko’rsatuvi 📎Velosipeddan biznesgacha: Kecha velosipedda go‘ja sotardi, bugun ish beruvchiga aylangan Shahnoz Usmonovaning muvaffaqiyat yo‘li 📎 YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA 📎Viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 📎KATTAQO‘RGʻON TUMANIDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDITelegramSamarqand bandlik💼Urgut tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi 👥Urgut tumanida ishsiz va ish izlayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish…
Samarqand bandlik
18 Sept, 12:47edited
KATTAQO‘RGʻON TUMANIDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDIКattaqo‘rg‘on tumanida ishsiz va ish izlayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman hokimligi, Asakabank viloyat boshqarmasi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Unda 31 ta korxona va tashkilot 189 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.Yarmarkada 250 nafardan ortiq aholi, yoshlar, kasb-hunar va o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari qatnashdi. Shundan 85 nafari mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarni tashkil etdi. Tadbir yakunida 22 nafar fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar, 21 nafar kasb-hunar o‘rganish istagidagi fuqaroga esa vaucherlar berildi.
Samarqand bandlik
18 Sept, 10:35
E’LON!Shu yilning 19-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab Kattaqo'rg'on tumani markazidagi Yoshlik istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarovlar ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etadi.Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin.Agarda sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz
Samarqand bandlik
18 Sept, 08:45
Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga safarini marhum Kallibek Kamalov xonadoniga tashrifdan boshladi. — Президент нашей страны начал поездку в Каракалпакстан с посещения дома покойного Каллибека Камалова.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarqand bandlik
18 Sept, 07:34
Toshkent | sentabr, 2026-yil—Ташкент | сентябрь, 2026 год
Samarqand bandlik
17 Sept, 17:04
📢 Бўш иш ўринлари ярмаркасига марҳамат!Ҳурматли фуқаролар! Иш қидираяпсизми? Ўзингизга муносиб иш ўрнини топишни истайсизми? Унда ушбу имкониятдан фойдаланинг!📅 18 сентябрь 2026 йил 🕙 Соат 10:00 📍 Каттақўрғон тумани, Чароғон МФЙ, 2-сон политехникум биносиБўш иш ўринлари меҳнат ярмаркасида турли ташкилот ва корхоналардаги мавжуд бўш иш ўринлари тақдим этилади ҳамда иш изловчи фуқароларга ишга жойлашиш бўйича амалий кўмак кўрсатилади.Ярмарка Каттақўрғон туман Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими томонидан ташкил этилмоқда.📞 Мурожаат учун: +998 94 180 20 30 👉 Шошилинг! Ярмаркада иштирок этинг ва ўзингизга муносиб иш ўрнини топинг!
Samarqand bandlik
17 Sept, 13:14edited
"DOLZARB MAVZU" KO‘RSATUVIViloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?Muallif: NOZIGUL RUSTAMOVA📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
Samarqand bandlik
17 Sept, 07:21edited
Korrupsiyaning narxi pul bilan emas, umr bilan o‘lchanadi.Bu illat uchun hukm — qatʼiy, jazo —muqarrar, ammo vijdon hukmi undan ham og‘ir va umrbod.Yo‘qotilgan vaqt ortga qaytmaydi, ishonch esa oson tiklanmaydi, pushaymonlik ham ba'zan hech narsani o'zgartirolmaydi.Mazkur hayotiy hikoya ana shu kech anglangan haqiqat haqida. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
Samarqand bandlik
16 Sept, 10:26
KUN XABARLARI | YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA16.09.2026-YILRasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Samarqand bandlik
16 Sept, 09:39
«9 соат»нинг сири нимада?Президентимизнинг Корея Республикасига давлат ташрифи доирасидаги тиғиз иш графиги журналистлар нигоҳи орқали ўзига хос тарзда акс этди.📊 Видеоларда давлат раҳбарининг учрашув ва музокаралари, бизнес вакиллари ҳамда ватандошлар билан мулоқотлари, ташриф давомидаги иш жараёнлари ёритилган.➡️ «9 соат бўлди» деган эслатмага қарамай, давлат раҳбари ватандошлар билан мулоқотни давом эттиргани ташрифнинг тиғиз иш графигини кўрсатади.🇺🇿 🇰🇷 Ташриф доирасида Ўзбекистон ва Корея ўртасидаги ҳамкорликни, жумладан, гидроэнергетика соҳасида хорижий тажриба алмашиш масалаларига ҳам эътибор қаратилди.⚡️ Вақт тиғиз. Учрашувлар кўп. Мақсад — мамлакат тараққиёти ва халқ фаровонлиги учун ҳар бир имкониятдан самарали фойдаланиш.Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Samarqand bandlik
16 Sept, 09:35edited
"MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVIVelosipeddan biznesgacha: Kecha velosipedda go‘ja sotardi, bugun ish beruvchiga aylangan Shahnoz Usmonovaning muvaffaqiyat yo‘li📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
Samarqand bandlik
16 Sept, 09:33
“MENING MAHALLAM” ko’rsatuviRasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Samarqand bandlik
16 Sept, 07:30edited
UNICON SOFT янги ташкил этилган R&D марказига муҳандисларни таклиф қиладиКомпания қуйидаги йўналишларда тажрибага эга профессионал муҳандисларни R&D марказига ишга таклиф қилади: — Embedded Systems Engineer — Hardware Engineer — PCB Schematic Design Engineer — PCB Layout Design Engineer — Electronics EngineerШунингдек, ҳали катта тажрибага эга бўлмаса-да, электроника, embedded systems, PCB/PCBA, микропроцессорлар ва замонавий қурилмалар яратишга жиддий қизиқадиган, тез ўрганишга ва реал лойиҳаларда ишлашга тайёр иқтидорли ёшлар учун ҳам имконият мавжуд.📩 Номзодлар қуйидаги шакл орқали ариза қолдиришлари мумкин: https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58Батафсил маълумот
Samarqand bandlik
16 Sept, 05:48
📌 RASMIY MUNOSABAT🔰Ijtimoiy tarmoqlar “Samarqand Live” Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2026-yil 11-sentabrdagi 707-sonli buyrug‘i qonuniyligiga huquqiy baho berish yuzasidan murojaat yo‘llangan.✅Mazkur murojaat Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.Ayni paytda murojaatda ko‘tarilgan masalalar, jumladan, davlat MTT direktori lavozimiga tayinlashda mehnat qonunchiligi hamda belgilangan maxsus saralash va tayinlash tartiblariga rioya etilganligi tegishli hujjatlar asosida o‘rganilmoqda. ✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy baho beriladi. ❕Qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.Natijalar yuzasidan murojaat muallifiga rasmiy axborot taqdim etiladi.📌 Telegram📌 Instagram 📌
Samarqand bandlik
15 Sept, 05:25
3 ёшга тўлмаган фарзанди борлар учун қисқартирилган иш вақти: қандай имтиёзлар бор?Уч ёшга тўлмаган боласи бор ота-она (ёки васий) учун:✅Буджет ташкилотларида ҳафталик иш вақти 35 соатдан ошмаслиги шарт.✅Қолган ташкилотларда қисқартирилган иш вақти жамоа шартномаси ёки иш берувчининг ички ҳужжатларида келишилган ҳолда белгиланади.✅Иш ҳақи эса тўлиқ иш кунида ишловчилар билан тенг миқдорда тўланади.Олиш тартиби: 📝 Иш берувчига ариза ва боланинг туғилганлик гувоҳномаси тақдим этилади.Ҳуқуқий имтиёз — вақтни тўғри тақсимлаш имкониятидир.Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Samarqand bandlik
15 Sept, 05:24
#vakansiya #Ish_bor #Agromir_building"AGROMIR BUILDING" qurilish firmasi Gazoblok ishlab chiqarish sehiga 👷20 yaqin bo'sh ish o'rinlariga ishga taklif qiladi- Gazablokchi;💵Oylik ish haqqi 5 — 6 mlngacha✅Qulayliklar 🥘3 maxal issiq ovqat 🛏 YotoqxonaMurojaat uchun telefon: ☎️99 312-74-78 ☎️93 339-99-22📍Manzil: Samarqand shahar Qorasuv massivi
Samarqand bandlik
15 Sept, 05:23
📢 DIQQAT, OCHIQ TANLOV!⚖️ Davlat mehnat huquq inspektori lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilindi. 🏢 Tashkilot: Samarqand viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (Davlat mehnat inspeksiyasi) 💼 Lavozim: Bosh mutaxassis – Davlat mehnat huquq inspektori 📍 Ish joyi: Samarqand shahri 🎓 Mehnat staji: Talab etilmaydi 📅 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 11-sentabrdan 15-sentabrgacha. Hujjatlarni ushbu havola orqali yuboring 👉 Davlat xizmatida faoliyat yuritishni istagan nomzodlar uchun yaxshi imkoniyat! 📲 Do'stlaringizga ham ulashing, balki aynan ular izlayotgan imkoniyatdir.#Vakansiya #OchiqTanlov #DavlatXizmati #Samarqand #IshBor #Bandlik
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
