Latest posts

PRESSUZ
22 Sept, 13:50
Toshkent shahar hokimligi Yoshlar ijod saroyi va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasidagi maydonda pulli parkovka qilmoqchi ekan. Bu xabar ijtimoiy tarmoqda tarqagach, hokimlik buni oqlab-koʻklab bayonot berdi. Endi masalaning juda qiziq joylari haqida
PRESSUZ
21 Sept, 20:44
❗️Saida Mirziyoyeva Antoniu Guterrish bilan uchrashdiNyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ish boshladi. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, xalqaro xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.Saida Mirziyoyeva xalqaro munosabatlar tizimi murakkab davrni boshdan kechirayotgan bir paytda global miqyosda yetakchilik qilayotgani va xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Antoniu Guterrishga minnatdorlik bildirdi.Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha faol muloqotni davom ettirish va global chaqiriqlarga birgalikda amaliy yechimlar izlashga intilayotganini
PRESSUZ
21 Sept, 18:47
Toshkent shahar hokimligi Yoshlar ijod saroyi va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasidagi maydonda pulli parkovka qilmoqchi ekan.Bu xabar ijtimoiy tarmoqda tarqagach, hokimlik buni oqlab-koʻklab bayonot berdi. Endi masalaning juda qiziq joylari haqida aytsak.Birinchidan, aynan oʻsha hududda pulli parkovkalar tiqilib yotibdi. Hyatt Regency mehmonxonasi yonida gektarlik pulli parkovka bor. “Broadwey” atrofi ham toʻla pulli parkovka. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Milliy kutubxona oldidagi asfalt yoʻl ham pulli parkovka qilindi. Ya’ni bu yerda tuppa-tuzuk joyni yoʻq qilib, uni yana parkovka qilishga aslo hojat yoʻq.Ikkinchidan, hokimlik rasmiy munosabatini Telegram kanallarga pul toʻlab chiqartirmoqda. Qiziq-a? Kamdan kam uchraydigan holat. Oʻzlarini oqlab, oʻsha joyni pulli parkovka qilishni yoqlab yozilgan bayonotni Telegram kanallatga pul toʻlab chiqarishayotgani har xil
PRESSUZ
21 Sept, 15:04
"Jadidlar izidan" tanlovining 3-mavsumi boshlanmoqdaRespublika "Kelajak" markazi tomonidan tashkil etilayotgan "Jadidlar izidan" respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumiga start berilmoqda. Tanlov 6–8-sinf o‘quvchilari va 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.Ishtirokchilar jadidlar merosini o‘rganadi, asarlarini tahlil qiladi hamda ular ilgari surgan g‘oyalarga bugunning nigohi bilan baho beradi. Bellashuvlar tuman va shahar, hududiy hamda respublika bosqichlarida tashkil etiladi.Finalda eng yuqori natija qayd etgan 14 nafar o‘quvchi xorijiy ta’lim sayohatida ishtirok etadi. Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining kasbiy yoki ijodiy imtihonida sohaga oid fan bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Arizalar 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov nizomi bilan ushbu xavola orqali tanishish mumkin.
PRESSUZ
21 Sept, 12:46edited
Masalaga to‘liqroq oydinlik kiritilayotgani munosabati bilan post vaqtincha berkitildi.
PRESSUZ
20 Sept, 12:13edited
📌 O‘zbekiston ko'plab millat va elat vakillari bir oiladek ahil, tinch-totuv umrguzaronlik qilayotgan bag‘rikeng diyor.Bu samimiy do‘stlik va hamjihatlik muhitini ushbu fikrlar asosida bolalarga saboq berayotgan fidoyi o‘qituvchi siymosida yaqqol ko‘rish mumkin.@pressuz
PRESSUZ
20 Sept, 10:56
Yaqin-yaqingacha bachkana hazillari bilan QVZda chiqib yurgan Muxamedali Dauletmuratov Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori etib tayinlanibdi.Uni bu lavozimga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tayinlagan.@pressuz
PRESSUZ
18 Sept, 14:45
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi.@pressuz
PRESSUZ
18 Sept, 14:16
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida ehtiyojmand oilalarni daromadli qilgan issiqxona majmuasi faoliyati bilan tanishdi.@pressuz
PRESSUZ
18 Sept, 07:51
“Biznes koʻrsin, eshitsin. Imtiyozlarni eʼlon qilamiz. Agar samimiy boʻlsak, albatta, tadbirkor keladi”.Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududiga sarmoya kiritish haqida fikr bildirdi.@pressuz
PRESSUZ
17 Sept, 14:37
Jurnalist Farida Egamberdiyeva Platina.uz saytiga bosh muharrir bo‘ldiFarida Egamberdiyeva 1989-yil 28-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2013-2019-yillarda “Darakchi” gazetasida muxbir, 2019-2025-yillarda darakchi.uz saytida bosh muharrir, 2025-yildan hozirga qadar zamon.uz saytida bosh muharrir bo‘lib faoliyat yuritgan.Farida Egamberdiyeva “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” sovrindori, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi.@pressuz
PRESSUZ
17 Sept, 06:38
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasidagi madaniy dasturda ishtirok etdi.@pressuz
PRESSUZ
17 Sept, 03:45
Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi: samimiy uchrashuvlar va alohida ehtiromPrezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Janubiy Koreyaga tashrifi tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.“Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol namoyon etadi.Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy kechdi. Bu uchrashuv o‘tgan yillarni, O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda amalga oshirilgan ishlarni yodga
PRESSUZ
16 Sept, 17:21
❗️Ota-onalar, buni bilishingiz kerak!Farzandingizni ona suti bilan oziqlantiring, emlashlarni esa o‘z vaqtida qildiring.Turli asossiz gaplarga ishonib ketmang, emlash haqidagi har xil mish-mishlarga quloq solmang. Bola salomatligi masalasida shifokorlar tavsiyasiga amal qiling.Videoni ota-onalarga yuborib qo‘ying!@pressuz
PRESSUZ
16 Sept, 05:50edited
❗️Markaziy bankning garov reestri — garov.uz ishlamay qoldi.Banklar garovdagi vositalarga qo‘yilgan taqiqni yecha olmayapti.@pressuz1,250Open in Telegram
PRESSUZ
16 Sept, 05:30
forwarded from @qurbonova_a
“9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
PRESSUZ
15 Sept, 07:44edited
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva:“Prezident uchun eng muhimi – xalq, inson qadri!”@pressuz
PRESSUZ
14 Sept, 05:22
The Chosun gazetasida Shavkat Mirziyoyevning maqolasi e’lon qilindiJanubiy Koreyaning The Chosun gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi chop etildi.Davlat rahbari O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ko‘p yillik, vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkorlargina emas, balki mustahkam, har tomonlama va o‘zaro manfaatli munosabatlar bilan bog‘langan yaqin do‘st davlatlar ekanini ta’kidladi.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda Prezident Li Chje Myon saylanganidan keyin ilk bor davlat tashrifi bilan Koreyaga kelayotganini qayd etib, mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka yangicha sur’at bag‘ishlash imkonini berishiga ishonch bildirdi.Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi besh barobar
PRESSUZ
10 Sept, 10:07
Takomillaştirilgan özbek alifbosi uçun maxsus bepul servis işga tuşdiSenat lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Kutilayotgan özgarişlarga moslaşişni osonlaştiriş uçun Undov.uz servisi işga tuşirildi.Uşbu servis orqali matnlarni kirill, amaldagi lotin va takomillaştirilgan lotin yozuvi örtasida tez va oson ögiriş mumkin. Şuningdek, hujjat fayllarini ham transliteratsiya qiliş imkoniyati mavjud.Kontent markazi tomonidan taqdim etilgan Undov.uz sayti va @undovbot Telegram-botidan foydalaniş mutlaqo bepul. Foydalanuvçilarning matn va fayllari serverlarda saqlanmaydi.@pressuz
PRESSUZ
10 Sept, 08:22edited
Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildiPrezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Ya’ni Saida Mirziyova Prezident Administratsiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini davom ettirgan holda, Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi vazifasini ham bajaradi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Toshkent xalqaro moliya markazini noldan yo‘lga qo‘yish — ko‘lami va ahamiyati jihatidan juda jiddiy vazifa. Buning uchun katta tajriba, kuchli boshqaruv va doimiy nazorat kerak.Saida Mirziyoyevaning ish
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
