Latest posts

Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:29
Prezident huzurida taqdimot - tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandiSayt | Telegram
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
❗️Sud qarorini bajarmagan mansabdor jarima to'lab ham qutilmaydiEndilikda mansabdor shaxs ma'muriy sudning qarorini ijro qilmasa, sud avval jarima qo'llaydi, keyinchalik esa qonuniy chora ko'rish uchun prokurorga xabar beradi. Maqsad – sud qarori qog'ozda qolib ketmasdan, fuqaroning huquqi amalda tiklanishini ta'minlash hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
❗️Davlat idorasi o'zi bilganicha ta'sir chorasini qo'llay olmaydiDavlat idorasining fuqaro yoki tadbirkorga nisbatan qo'llagan chorasi ko'zlangan qonuniy maqsadga mos va mutanosib bo'lishi kerak. Endilikda ma'muriy sudlarga davlat idorasi bir nechta qarordan birini tanlash vakolatidan qonuniy va asosli foydalanganini tekshirish vakolati berilmoqda. Bunda sud qo'llangan ta'sir chorasi zarur chegaradan chiqib ketmaganligiga baho beradi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
❗️Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob beradiHokimiyat qabul qilgan noqonuniy normativ-huquqiy hujjat o'sha hududdagi ko'plab fuqarolarning huquqlarini buzishi mumkin. Hozir bunday hujjat ustidan ma'muriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas. Endilikda fuqarolarga bunday hujjatlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
❗️Davlat organi huquqingizni buzgan, ammo sudga murojaat qilish muddati o'tib ketganmi? Endi buning yechimi bor...Qonunbuzilishni tan oldirish uchun sudga muddatsiz murojaat qilish taklif etilmoqda. Davlat organi tomonidan qo'pol qonunbuzilish sodir etilganini tan olishni so'rab, sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu imkoniyat odamlarni yillar davomida qiynab kelayotgan “da'vo qilish muddati” muammosining hal qilinishiga xizmat qiladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
❗️Huquq buzilishini kutmasdan ham sud himoyasidan foydalanish mumkin bo'ladiFuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini buzilishidan oldin himoya qilish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda. Buning uchun ma'muriy sudga huquqni himoyasini ta'minlashning proaktiv shakli joriy etiladi. Asosiy maqsad – huquq buzilganidan keyin uni tiklash emas, balki qonunbuzilishning oldini olish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 19:27
forwarded from @oliysuduz
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag'ishlab o'tkazilgan taqdimot yuzasidan bayonotVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:21
Qashqadaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalari tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, kadrlar masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassislari uchun mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan seminar tashkil etildiSayt | Telegram
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 10:46
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 10:42
forwarded from @oliysuduz
❗️Shaxsning sog'ligi tufayli huquqbuzarlik fakti inkor etilgan hollarda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatilishi lozim🔹Viloyat MAB inspektorining 2025 yil 3 iyundagi qaroriga ko'ra, I. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi bilan BHMning 1/2 qismi miqdorida ma'muriy jarimaga tortilgan.🔹Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining 2025 yil 1 iyuldagi qaroriga ko'ra, qaror o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasining 2025 yil 29 avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Sud qaroriga ko'ra, I. 2025 yil 24 mayda avtotransport vositasini xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan boshqargan.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarorining 9-bandida, homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 10:11
"Odil sudlov — 2030": Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasiNavro'z Xamroyev - fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasiSayt | Telegram
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 07:05
Drift oqibati qamoq bo'ldiJinoyat ishlari bo'yicha Qarshi tuman sudida "yo'l bezoriligi"ni sodir qilgan "shovvoz" 15 sutka ma'muriy qamoq bilan jazolandi.Sayt | Telegram
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 05:51
forwarded from @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 05:03
#JarayonQashqadaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari Bahodir Azizov va Sherzod To’xtayev tomonidan Qarshi shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov – 2030: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.Sayt | Telegram




Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 04:40
#IzhorDehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Ergash Bo‘riyev bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan odilona siyosat, Prezidentimiz rahnamoligidagi islohotlar, armiyamiz qudrati, prokuratura, sud va ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o'z izhorlarini bayon qildi.Sayt | Telegram
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 04:25
Sudya va yoshlarYoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyida "Sudya va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.Tadbirda Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Munira Jumayeva hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdi.Uchrashuv davomida sud-huquq tizimidagi islohotlar, yoshlarning huquq va majburiyatlari hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.Shuningdek, “Odil sudlov-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar xususida batafsil to’xtalib o’tildi.Sayt | Telegram




Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 Sept, 04:05
forwarded from @oliysuduz
#IQTIBOSAdolat faqat qonunda emas, balki har bir insonning fikr va harakatida yashashi kerak.Mahmudxo‘ja BehbudiyVeb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 Sept, 15:41
forwarded from @oliysuduz
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 Sept, 13:44
Oliy sud raisining o'rinbosari Sh. Polvanov mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari B. Jeyhan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi ikki tomonlama o'zaro hamkorlik aloqalari tez suratlarda kengayib borayotganligi alohida ta'kidlanib, mamlakatlarimiz o'rtasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar va turizm sohalarida hamkorlik jadal rivojlanayotganligi e'tirof etildi.Qayd etilganidek, mamlakatlarimiz o'rtasida ko'p asrlik do'stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash dolzarb masala bo'lib, ular sirasida sud hokimiyati organlarining o'zaro hamkorligini takomillashtirish alohida o'rin tutadi.Muloqotda mehmonlarga sudlar faoliyatiga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish,
Qashqadaryo viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 Sept, 13:44




Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
