Latest posts

QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 16:30
😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.Mutolaa ilovasini yuklab oling
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 13:21
Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu munosabat bilan 1000kitob loyihasi doirasida o‘zbek tilida nashrga tayyorlanayotgan ilmiy-ommabop asarlardan birini tanishtiramiz.Jeff Spekning “Piyodabop shahar” (“Walkable City”) kitobi shaharsozlik bo‘yicha eng mashhur asarlardan biri. 2012-yilda chop etilgan kitob o‘n yil ichida ushbu yo‘nalishdagi eng ko‘p sotilgan asarga aylangan, 7 tilga o‘girilgan va Green Prize for Sustainable Literature mukofotiga sazovor bo‘lgan.Muallif piyodaboplikning iqtisodiyot, transport, ekologiya va kundalik hayotga ta’sirini tahlil qiladi. Uning fikricha, piyoda yurish qulay bo‘lgan hududlar yoshlar va ijodkor insonlarni ko‘proq jalb qiladi, transport xarajatlarini kamaytiradi va mahalliy iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.“Piyodabop shahar” tez orada o‘zbek tilida nashrdan chiqadi.Piyoda kezishni xush ko‘radigan kitobxonlar uchun munosib tuhfa.#1
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 10:32
⚡️ “2+6”: Yoshlar uchun xorijiy til o‘rganishga yangi imkoniyatYoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “2+6” loyihasi o‘z natijalarini bermoqda.Loyiha doirasida poytaxtimizdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri “IELTS ZONE” o‘quv markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu maskanda 150 nafardan ortiq yoshlar davlat tomonidan ajratilgan subsidiya asosida xorijiy tillarni o‘rganmoqda.Yoshlar dastlabki 2 oy davomida sinov va saralash bosqichidan o‘tadi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga keyingi 6 oy davomida ta’lim xarajatlarini davlat tomonidan qoplash imkoniyati taqdim etiladi.Loyiha orqali yoshlar: • Xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi; • Ta’lim xarajatlarini qoplash uchun davlat subsidiyasidan foydalanadi; • Bilim va
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 10:00
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 04:29
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 7-tur juftliklari (Erkaklar turniri)!7-turda erkaklar terma jamoamiz o‘ta xavfli Xitoy jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bungacha mag‘lubiyatsiz kelayotgan Germaniyani ishonchli tarzda taslim etgan Xitoyga qarshi bu o‘yin chempionlik poygasida ulkan ahamiyatga ega!Asosiy juftliklar:🇺🇿O‘zbekiston — 🇨🇳Xitoy 🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇫🇷Fransiya 🇺🇿O‘zbekiston-3 — 🇿🇦Janubiy Afrika 🇦🇲Armaniston — 🇺🇸AQSh 🏴Angliya — 🇮🇳Hindiston🕊Telegram 📱I
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 04:19
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 7-tur juftliklari (Ayollar turniri)!Ertaga barchamizni haqli ravishda dam olish kuni kutmoqda! Dam olish kunidan so‘ng boshlanadigan 7-turda ayollar terma jamoamiz Sloveniyaga qarshi bahs olib boradi. Qizlarimiz ushbu turda bor imkoniyatlarini ishga solib, muhim g‘alaba uchun maydonga tushadilar.Asosiy juftliklar:🇺🇿O‘zbekiston — 🇸🇮Sloveniya 🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇹🇯Tojikiston 🇺🇿 O‘zbekiston-3 — 🇵🇪Peru 🇨🇳 Xitoy — 🇰🇿Qozog‘iston 🇩🇪 Germaniya — 🇮🇳Hindiston🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube
QASHQADARYO YOSHLARI
22 Sept, 04:08
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-turdan keyingi turnir jadvali (Erkaklar)6 ta turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston jamoasi ta’qibchilardan yaqqol o‘zib ketib, turnirda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
QASHQADARYO YOSHLARI
21 Sept, 20:01
forwarded from @alisher_sadullaev

QASHQADARYO YOSHLARI
21 Sept, 13:02
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 🇺🇿O'zbekiston vs 🇮🇳Hindiston!🔴jonli efir🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
QASHQADARYO YOSHLARI
21 Sept, 10:13
O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang!Birozdan so‘ng 6-tur va biz orziqib kutgan O‘zbekiston – Hindiston o‘yini boshlanadi.Hindiston misolida Olimpiadadagi jamoaviy taktika qanday ishlashini kuzatish juda qiziq. Bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh bu yerda Hindistonning 4-taxtasida o‘tiribdi. Avvaliga g‘alati tuyuladi. Jahon chempioni nega to‘rtinchida?Oddiy turnirda shaxmatchi o‘zi uchun o‘ynaydi. Olimpiadada esa to‘rtta shaxmatchining natijasi qo‘shilib, jamoaning umumiy natijasiga aylanadi. Hindiston Gukeshni 4-taxtaga qo‘yib, nazarimizda, aynan shu taxtada ustunlik qidirmoqda.Hindiston shu paytgacha Gukesh orqali izlagan ustunlikni bugun Shamsiddin to‘xtatishi kerak.Vohidovning kuchiga shubha yo‘q, u Olimpiadada 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘argan. Gukeshda ham shunday. Demak, bu taxtada jiddiy jang
QASHQADARYO YOSHLARI
21 Sept, 03:31
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-tur!🔥Olimpiadaning eng uzoq kutilgan va eng muhim markaziy to‘qnashuvi — O‘zbekiston va Hindiston jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi!⚡Ochiq turnir juftliklari:🇺🇿O‘zbekiston — 🇮🇳Hindiston 🇪🇸Ispaniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2 🇦🇺Avstraliya — 🇺🇿O‘zbekiston-3Vakillarimizga bu muhim uchrashuvda omad va zafarlar tilaymiz!🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
QASHQADARYO YOSHLARI
20 Sept, 23:08
forwarded from @alisher_sadullaev

QASHQADARYO YOSHLARI
20 Sept, 16:10
forwarded from @alisher_sadullaev

QASHQADARYO YOSHLARI
20 Sept, 12:06
Mirishkorda yoshlar bandligi: tashabbusdan daromadgachaMirishkor tumanida bitiruvchi hamda migratsiyadan qaytgan yoshlar bandligini baliqchilik, parrandachilik, mebelchilik hamda chorvachilik yo’nalishida ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i J. Noraliyev ishtirok etdi.“Yangihayot” mahallasida 17 ta xonadonda baliqchilik yo‘lga qo‘yilib, 12 nafar yosh bandligi ta’minlangan. Hududda 238 million so‘mlik loyihalar amalga oshirilmoqda.Mirishkor massivida 30 nafar yoshga 3–6 gektardan yer ajratikib, chorvachilik yo‘nalishida 16 ta zamonaviy molxona tashkil etilgan bo‘lib, har birida o‘rtacha 40 boshdan qo‘y-qo‘zi boqilmoqda.Shuningdek, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, 5 nafari ishga
QASHQADARYO YOSHLARI
19 Sept, 13:40
#LiveMirishkor tumanida bitiruvchi hamda migratsiyadan qaytgan yoshlarni baliqchilik, mebelchilik hamda chorvachilik yo’nalishlarida bandligini ta’minlash maqsadida amaliy seminar bo’lib o’tmoqda
QASHQADARYO YOSHLARI
19 Sept, 13:27
forwarded from @alisher_sadullaev
⚡️Birinchi jiddiy raqib!Hozircha 3 ta taxtada ham durang.Nodirbek Yoqubboyev bugungi o’yinning qahramoniga aylanishi mumkin.Hayajonli daqiqalarni onlayn kuzatib boring: https://www.youtube.com/live/ZqOl3tju_N4?si=6vK-IDCiMG-a2uFWYouTubeO'zbekiston vs Turkiya | 46-FIDE Shaxmat olimpiadasi | Samarqand, O'zbek tilidaDunyoning eng kuchli shaxmatchilari, yuzlab milliy terma jamoalar va shaxmat olamining eng yirik nomlari bir sahnada jam bo‘lmoqda. 🏆 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi rasman boshlanadi! Va bu safar jahon shaxmatining markazi — O‘ZBEKISTON! Ochilish marosimida…
QASHQADARYO YOSHLARI
19 Sept, 11:01
⚡️ Yoshlar uchun xalqaro mehnat bozoriga yangi imkoniyatlar“Yoshlar oromgohi”da Yoshlar ishlari agentligi va GIZ hamkorligida yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda Germaniyaga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga tayyorlashga qaratilgan 3 kunlik seminar tashkil etildi.Seminarda respublikamizning barcha hududlaridan 70 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.Dastur davomida yoshlarga Germaniyalik mutaxassislar, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi hamda hamkor tashkilotlar ekspertlari tomonidan yoshlarga Germaniyada malakali ish topish talablari, mavjud dasturlar, kasbiy rivojlanish va qonuniy mehnat migratsiyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Maqsad — yoshlarning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish.🕊Telegram
QASHQADARYO YOSHLARI
19 Sept, 03:25
📍Qoraqalpog’istonDavlatimiz rahbarining ushbu hududga tashrifi qizg’in davom etmoqda.Nukusga yetib kelgan viloyat hokimlari har bir obyektning o’zidayoq prezidentimizdan zaruriy ko’rsatmalar olishmoqda.
QASHQADARYO YOSHLARI
18 Sept, 15:33

QASHQADARYO YOSHLARI
18 Sept, 15:33
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
