Latest posts

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 13:59
#KitobxonlikQibrayda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ib qilinmoqdaQibray tumanining Obod, Mehnat, Madaniyat, Parvoz va Guliston mahallalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Kitobxon yoshlar” tashabbusi doirasida turli tadbirlar tashkil etildi.Tadbirlar davomida yoshlar badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘qigan asarlari mazmuni yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.Yoshlar ishlari tuman bo'limi tomonidan o'tkazilayotgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar orasida kitobga mehr uyg‘otish, muntazam mutolaa qilish ko‘nikmasini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.✍️Qibray tumani hokimligi
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 13:01
#HamkorlikAmaliy tashrif samarasi: xitoylik investorlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindiQibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Xitoy Xalq Respublikasining Innosource Power FE LLC kompaniyasi Bosh direktori yordamchisi Wang Chen bilan uchrashdi.Uchrashuvda tumanning investitsiyaviy salohiyati, sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari, xususan, Innosource Power FE LLC kompaniyasining turli elektr jihozlari, jumladan, elektr ta’minoti va energetika sohasida qo‘llaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish yo‘nalishidagi faoliyatini tumanda yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.Ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuv Qibray tumani hokimining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni izchil davom ettirish, xitoylik investorlar bilan aloqalarni
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 11:05
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 10:17
#Uch_avlod_uchrashuviAvlodlar uchrashuvi — qadriyatlar davomiyligiQibray tumani Mahallalar uyushmasi bo‘limi, Nuroniylar jamg‘armasi hamda Do‘rmon, Nurafshon va Haydarobod mahallasi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etib, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi haqida samimiy fikr almashdilar.Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ezgu tilak va qimmatli tavsiyalarini bildirdilar. Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, suhbatda faol ishtirok etdilar.Zero, nuroniylarning hayotiy tajribasi — yoshlar uchun ibrat, avlodlar o‘rtasidagi mehr va hamjihatlik esa jamiyatimizning mustahkam tayanchidir.✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati✅
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 07:26
#QabulXalq qabulxonasida fuqarolar uchun qabul o'tkazildiQibray tumani hokimi o‘rinbosari A. Hoshimov tomonidan belgilangan reja asosida tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan vazifalar belgilandi.✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati✅ telegram📱facebook 📱Instagram 🌐Website 📹Youtube
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 07:03
⚠️ DIQQAT! SUV TA’MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISH BO‘LADI!“Musaffo Obi Hayot” filiali xabariga ko‘ra, “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ tomonidan 2026-2027 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yirik hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.Shu munosabat bilan 23-sentabr soat 09:00 dan 24-sentabr soat 14:00 gacha Qibray tumanidagi quyidagi mahallalarda ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar va bosim pasayishi kuzatilishi mumkin: 🔹“Birlik” 🔹“Nurafshon” 🔹“Boyjigit” 🔹“Ma’rifat” 🔹“Bobur” 🔹“Oybek” 🔹“Navro‘z” 🔹“Bunyodkor”💧 Aholidan mazkur holatni inobatga olib, oldindan yetarli miqdorda ichimlik suvi zaxirasini yaratish so‘raladi. Zarurat tug‘ilganda ichimlik suvi maxsus transport vositalari orqali yetkazib beriladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.☎️ Murojaat uchun: 951,150Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 05:55
#DIQQAT_TANLOV📣 “Gender tenglik faoli” milliy tanloviga start berildi! Jamiyatda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida faol tashabbus ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi e’lon qilindi.🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy tashkilot” 🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti” 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik” 🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” 🔷 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol telekanal va radiokanal” 🔶 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol bosma nashr” 🔷 “Gender tenglikni4,830Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 05:15
#JarayonYo‘llar va yo‘l bo‘yi hududlari tartibga keltirilmoqdaQibray tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan markaziy ko‘chalardagi ariqlar va yo‘l bo‘yi hududlari turli chiqindilardan tozalanib, suv oqimining erkin harakatlanishini ta’minlash hamda yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududlarda qo‘shimcha yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda, mavjud yo‘l belgilari esa yangilanib, tartibga keltirilmoqda.Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati✅ telegram📱facebook 📱Instagram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
22 Sept, 04:04edited
#Amal_qiling⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish,➖ BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
21 Sept, 16:04
DIQQAT! SUV TA’MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISH“Toshkent viloyat suv ta’minoti” AJ Qibray tuman filiali ma’lum qiladi:Qibray tumani Chinobod MFY hududidagi “Chinobod” suv inshootida sig‘imi 500 m³ bo‘lgan suv saqlash hovuzida demontaj hamda quvurlarni ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 22-sentyabr kuni soat 08:00 dan 21:00 gacha ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Ulash ishlari yakunlangunga qadar quyidagi mahallalarda suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:● Chinobod MFY (A. Avloniy ko‘chasi hududi); ● Uzumzor; ● Oq-oltin; ● Po‘lat qadam; ● Xo‘jaqo‘rg‘on; ● Shalolа; ● May.Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Suv ta’minoti ulash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich tiklanadi.Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun:2,460Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
21 Sept, 14:59
#eslatma❗️Toshkent viloyatida 2026-yil 3-oktabrdan boshlab, Xalq deputatlarining viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi to‘lov taʼriflari amal qiladi.✍️ Eslatma o‘rnida: Isteʼmolchilar 3-oktabr sanasigacha bo‘lgan davrda oldindan to‘lovlarni oldingi arzon narx bo‘yicha amalga oshirish imkoniga egalar.✅ telegram📱facebook 📱Instagram 🌐Website 📹Youtube
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
21 Sept, 14:15
forwarded from @rasmiy_axborot_official
👩🏻🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
21 Sept, 13:35
#Deputat_nazoratiTurkiston mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildiXalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati O. Toirov tomonidan “Turkiston” mahallasida “Mahalla yettiligi” hamda Xalq banki vakili ishtirokida hududdagi ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi. Murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.Shuningdek, mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni band qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni daromadli faoliyatga jalb etish masalalari muhokama qilindi va “Mahalla yettiligi” faoliyatida aholi bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.✍️Qibray tumani
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
21 Sept, 12:25
#QabulQibrayda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildiQibray tumani hokimi o‘rinbosarlari U.Botirov va A.Turg‘unov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.Fuqarolar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan mazkur qabul aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratildi.✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati✅ telegram📱facebook1,030Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
6 Sept, 09:14
#mavsum Paxta – 2026 mavsumiga ezgu niyatlar bilan start berildi Qariyb olti oy davomida mashaqqatli mehnat va fidoyilik evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olishning mas’uliyatli pallasi boshlandi. Bugun erta tongdan viloyat faollari, nuroniylar, jamoat va davlat tashkilotlari
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
5 Sept, 14:20
#Qabul Aholi murojaatlari: muammolar o‘rganilib, vazifalar belgilandi Qibray tumani hokimligida aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman1,060Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
5 Sept, 10:45
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
5 Sept, 04:31
Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi Fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi marta nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan ishga tushirilgan bu yangilik murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.1,180Open in Telegram
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
4 Sept, 13:44
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
