Latest posts

Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 15:32
🐱 Fransiya sohillariga 40 yildan beri Garfild shaklidagi telefonlar chiqib kelmoqda!🌊 Bretan sohillarida o‘nlab yillar davomida Garfild mushugi ko‘rinishidagi telefonlar topilgan. Ularning qayerdan kelayotgani uzoq vaqt sir bo‘lib qolgan.📦 Keyinchalik mahalliy aholidan biri 1980-yillarda dengiz g‘orida telefonlar solingan ochiq konteynerni ko‘rganini aytgan. Suv telefonlarni asta-sekin yuvib chiqarib, qirg‘oqqa olib kelgan.🔍 Biroq konteyner qaysi kemadan tushib ketgani va dengiz tubida yana shunday yuklar bor-yo‘qligi hanuz noma’lum.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 14:40
🚇 Toshkent metrosida yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi!📊 21-sentabr kuni poytaxt metrosidan 1 million 182 ming nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu metro tarixidagi eng yuqori bir kunlik ko‘rsatkich bo‘ldi.🔥 Avvalgi rekord 14-sentabrda qayd etilgan edi. O‘sha kuni metro 1 million 165 ming 550 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 13:50
⚽️ Messining Argentina termasidagi xayrlashuv o‘yiniga chipta qancha turadi?🇦🇷 Xabarlarga ko‘ra, Lionel Messining terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi uchun chiptalar narxi 90 mingdan 500 ming dollargacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.💰 Darvoza ortidagi yuqori tribunadan joy olish 90 ming dollar, markaziy sektordagi o‘rindiq esa qariyb 500 ming dollar turishi iddao qilinmoqda. Biroq bu narxlar rasman tasdiqlanmagan.👀 Xabarda Argentinaning raqibi Benin bo‘lishi aytilgan. Siz Messining o‘yinini ko‘rish uchun qancha pul to‘lagan bo‘lardingiz?Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 12:55
🇺🇿🇹🇲 Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi📞 Prezident Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, Turkmaniston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan qutladi.🤝 Suhbatda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, energetika va transport sohalaridagi qo‘shma loyihalar hamda “Shovot – Toshhovuz” savdo zonasining faoliyati muhokama qilindi.🌏 Yetakchilar Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda Turkmanistonda o‘tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashdi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 12:09
⚽️ O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi!🇺🇿 Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi turida Vyetnamni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Muhammadali O‘rinboyev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.🏆 Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 09:55
🏗 Xitoyda ustun bo‘ylab o‘zi yuqoriga ko‘tariladigan kran yaratildi🇨🇳 Og‘irligi 150 tonna bo‘lgan noodatiy kran ulkan shamol turbinalarini qurish uchun ishlab chiqilgan. U ustunni gidravlik qisqichlari bilan mahkamlab, ularni navbatma-navbat siljitish orqali yuqoriga ko‘tariladi.🎮 Kran yerdan turib masofadan boshqariladi. Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, uning yordamida balandligi 390 metrgacha, ya’ni taxminan 100 qavatli bino bilan teng shamol turbinalarini qurish mumkin.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 08:50
🤖 Yaponiyada uy yumushlarini bajaradigan robotli uylar quriladi🇯🇵 Yaponiyada shiftga o‘rnatilgan robot qo‘llar bilan jihozlangan hashamatli uylar qurish rejalashtirilmoqda. Robotlar maxsus relslar bo‘ylab harakatlanib, kerak bo‘lganda yashirin konteynerdan chiqadi.🛒 Ular xaridlarni joylashtirish, idish yuvish mashinasini to‘ldirish, to‘shakni yig‘ishtirish va boshqa uy yumushlarini bajara olishi aytilmoqda.🏠 Dastlabki ikki-uch qavatli uylarni 2028-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Narxlar 200 million iyendan boshlanadi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 07:51
🇺🇿🇺🇳 Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi🤝 Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.💰 Ayni paytda O‘zbekistonda BMT tuzilmalari ishtirokida umumiy qiymati 293 million dollar bo‘lgan 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ular sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologiya yo‘nalishlarini qamrab olgan.🌍 Uchrashuvda global muammolarga amaliy yechimlar izlash va dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 06:42
🤖 San-Fransiskoda robot odam bilan ringga chiqdi!🥊 Xitoyning EngineAI kompaniyasi yaratgan odamsimon robot amerikalik bloger Frenki LaPenna bilan jang qildi. Robotning zarbalari shu qadar kuchli ediki, bloger bir necha bor ortga uchib ketdi.⚙️ Noodatiy bellashuv REK robotlar jangi doirasida o‘tkazildi. Bu musobaqalarda odatda insonlar masofadan boshqaradigan robotlar bir-biriga qarshi jang qiladi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
22 Sept, 05:06
🇨🇳🇺🇸 Si Szinpin 11 yildan so‘ng ilk bor AQSHga boradi✈️ Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, XXR raisi Si Szinpin 23–25-sentabr kunlari AQSHga davlat tashrifini amalga oshiradi. Tashrif Donald Trampning taklifiga binoan tashkil etilmoqda.🤝 Tashrifning asosiy voqeasi Si Szinpin va Donald Tramp uchrashuvi bo‘ladi. Yetakchilar Xitoy–AQSH munosabatlari hamda dolzarb xalqaro masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.📅 Si Szinpin so‘nggi marta 2015-yil sentabrida, Barak Obama prezidentligi davrida AQSHga tashrif buyurgan edi.09:50Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 17:18
♟ O‘zbekiston shaxmatchilari amaldagi jahon chempioni Hindistonni mag‘lub etdi!🇺🇿 Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonni 2,5:1,5 hisobida yengdi.🔥 Hal qiluvchi g‘alabani Nodirbek Yoqubboyev qo‘lga kiritdi. U uchinchi taxtada Nihal Sarinni mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov esa o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.🏆 Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 16:20
🚽 Nyu-Yorkda 10 daqiqalik hojatxonalar o‘rnatildi🇺🇸 Xabar qilinishicha, Nyu-Yorkda 4 million dollarlik jamoat hojatxonalari o‘rnatilgan. Ulardan foydalanish vaqti cheklangan: odam unitazga o‘tirishi bilan hisob boshlanadi.⏱️ 5 va 8 daqiqadan so‘ng maxsus chiroqlar ogohlantiradi. 10 daqiqa o‘tgach esa kabina eshigi avtomatik ochiladi.👮 Agar foydalanuvchi hojatxonani tark etishdan bosh tortsa, politsiya chaqirilishi mumkinligi aytilmoqda.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 15:30
🌈 Sayyohlar okean to‘lqinlari ustida paydo bo‘lgan kamalakni tasvirga oldi🌊 Videoda kamalak go‘yoki to‘lqinlarning o‘zida paydo bo‘lgandek ko‘rinadi. Okean manzarasi bilan uyg‘unlashgan noodatiy optik hodisa tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.📸 Noyob kadrlar National Geographic e’tiborini ham tortdi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 14:40
🛸 Xitoyda “uchar likopcha” sotuvga chiqarildi🇨🇳 Xitoy startapi iUFO nomli uchar apparat savdosini boshladi. NUJga o‘xshash aeromobilning narxi 800 ming yuanni tashkil etadi.🚀 iUFO 50 km/soatgacha tezlikda harakatlanadi, bir quvvatda 15 daqiqagacha ucha oladi. Maksimal balandligi 30 metr bilan cheklangan.🤖 Qurilma avtopilotga ega va suv yuzasiga ham qo‘na oladi. 2023-yildan buyon sinovdan o‘tkazilgan apparatdan sayyohlik ekskursiyalari va shoularda foydalanish rejalashtirilgan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 13:50
🐴 Dunyodagi eng katta tirik ot — Xyugo bilan tanishing!📏 Shayr zotiga mansub Xyugoning yag‘rin balandligi 1,99 metr. Odatda bu zotdagi otlar 165–185 santimetrgacha o‘sadi, ammo Xyugo to‘rt yoshidayoq ulardan ancha baland bo‘lib ketgan.🏆 Xabarga ko‘ra, Ginnesning rekordlar kitobi vakillari uning hozir yashayotgan otlar orasidagi rekordini tasdiqlagan. Xyugo yana bir necha yil o‘sishi mumkin.🐎 U hatto XIX asrda yashagan, bo‘yi taxminan 2,19 metr bo‘lgan afsonaviy Samson rekordiga ham yaqinlashishi mumkin.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 13:02
🥋 Tojikiston prezidentiga taekvondo bo‘yicha faxriy 9-dan unvoni berildi🇹🇯🇰🇷 Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi davomida taekvondo bo‘yicha faxriy 9-dan unvoni bilan taqdirlandi.🏅 Taqdirlash marosimi 17-sentabr kuni Seulda, Jahon taekvondo federatsiyasi qarorgohida bo‘lib o‘tdi. 9-dan — taekvondodagi eng yuqori darajalardan biri.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 12:05
🇺🇿 O‘zbekiston harbiylari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi🏆 Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 7 davlatdan 12 ta jamoa qatnashgan xalqaro harbiy tayyorgarlik musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuvlarda qariyb 500 nafar ishtirokchi kuch sinashdi.💪 Harbiylarimiz tog‘li va shahar hududlaridagi shartlarda shartli raqibning barcha bayroqlarini egallab, birorta ham yo‘qotishsiz rekord natijalar qayd etdi.🥇 Yakuniy hisobda O‘zbekiston 316 ball to‘pladi. Kambodja 212 ball bilan ikkinchi, Janubiy Koreya esa 192 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.✈️ G‘olib harbiylar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 11:24
🧳 Yaponiyada kiyimlarni kichraytiradigan avtomatlar o‘rnatiladi🇯🇵 Yaponiya aeroportlari va mehmonxonalarida kiyimlarni siqib, ixcham kub shakliga keltiradigan avtomatlar paydo bo‘ladi. Bu sayyohlarga chamadonida suvenirlar uchun ko‘proq joy bo‘shatish imkonini beradi.👕 Jarayon taxminan bir daqiqa davom etadi. Kiyimlar egallaydigan hajm esa 7 baravargacha kamayishi mumkin.✈️ Bu yil qurilmalar to‘rtta aeroportda sinovdan o‘tkazilib, foydalanuvchilarning 96 foizidan ijobiy baho olgan. Avtomatlarni keng miqyosda o‘rnatish 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 10:27
🇺🇿🇷🇺 Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Davlat Dumasiga saylovlar o‘tkazilgani bilan tabrikladi✉️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tabrik maktubi yo‘lladi. Davlatimiz rahbari saylovlar Rossiya jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.🤝 Maktubda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlari rivojlanayotgani qayd etildi. Prezident parlamentlararo hamkorlik qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.🇷🇺 Yakunda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok
Qisqasi - eng sara yangiliklar
21 Sept, 09:39
🚋 Polshada tramvaylar bilan bouling o‘ynashdi!🎳 Har yili o‘tkaziladigan tramvay haydovchilari chempionatida ishtirokchilar noodatiy shartlarda bellashdi. Ulardan biri — tramvay yordamida ulkan kegllarni urib yiqitish!💧 Haydovchilar, shuningdek, suv to‘ldirilgan idishlarni to‘kmasdan tashish va tramvayni belgilangan joyda imkon qadar aniq to‘xtatish bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazdi.🏆 Bu yil musobaqada 26 davlat jamoalari qatnashdi. Praga jamoasi oltin, Ruminiya kumush medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya haydovchilari esa so‘nggi o‘rinda qoldi.Sahifalarimizga obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
