Latest posts

Qarshi davlat texnika universiteti
5 Jan, 06:50
Hurmatli obunachilar!Universitetimizning rasmiy kanali sinovdan oʻtdi. Bugundan boshlab Siz oliygohimiz faoliyatiga doir yangiliklar va boshqa maʼlumotlardan ushbu telegram kanali orqali xabardor boʻlib borasiz.Yangi kanalga ulanish havolasi 👉 t.me/kstu_uzTelegramQarshi davlat texnika universitetiQarshi davlat texnika universiteti rasmiy kanali www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Qarshi davlat texnika universiteti
5 Jan, 02:00
Assalomu alaykum!Boshlangan yangi haftangiz va kuningiz xayrli, barakali, omadli bo‘lsin boʻlsin!Siz ko‘p ishlarga qodirsiz! O‘zingizdagi iqtidorni ezgu maqsadlarga yo‘naltisangiz, albatta, oldingi saflarda bo‘lasiz! Biz bunga ishonamiz.Odamlar hamisha... ufqqa qarab yashaydi. Ufqqa qarab yuradi. Ufqqa qarab xayol suradi. Ufqqa qarab orzu qiladi. Ufqqa qarab ... duoi fotiha oʻqiydi. Umid – odam uchun misoli ufq. Olamning oxiri – ufq. Odamning oxiri – umid!Togʻay Murod ✍️Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
3 Jan, 03:25
#SarhisobQarshi davlat texnika universitetining telegram kanalidagi postlar yil davomida 4,4 million martadan koʻp koʻrildi.Universitet kanalining TGStat platformasidagi statistikasiga koʻra:➖ yil davomida 2,7 mingdan ortiq post joylangan (repostlar bilan birga);➖ kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 21 ming martadan koʻp ulashgan (forvard qilgan);➖ kanaldagi eng mashhur post jami 44 mingga yaqin koʻrilib, 30 marta ulashilgan;➖ 151 ta kanal bizdan iqtibos olgan, boshqa kanallar 2 ming marta bizni eʼtirof etgan, 1,5 ming marta repost qilishgan;➖ yil davomida joylangan postlarga 12,7 mingdan ortiq reaksiya bildirilgan.Yangi yilda ham barchangizga omad, salomatlik va baxt yor boʻlishini tilaymiz!Bizni kuzatishda davom etayotganingiz uchun tashakkur!
Qarshi davlat texnika universiteti
3 Jan, 02:31
Assalomu alaykum!Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!Muvaffaqiyatsizlik qoʻrquvi ustidan qozonilgan gʻalaba chinakam muvaffaqiyatdir.Pol Sviney ✍️Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
2 Jan, 02:00
Assalomu alaykum!Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur, Koʻngil sofi safoyi ilmdandur.Anbar Otin ✍️Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
1 Jan, 12:36edited
#2025_OAVda_biz #Dayjest💻 Yoshlar.edu.uz rasmiy telegram kanalida universitetimizda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida oʻtkazilgan yangi yil bayrami tadbiri haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi.📻 “Oltin voha” radiosidagi turli eshittirishlarda universitetimiz professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan muloqotlar oʻtkazildi: 1. “Ibrat” eshittirishida – “Xorijiy tillar” kafedrasi oʻqituvchisi Shohista Qarshiyeva. 2. “Sayohatda birgamiz” eshittirishida – universiteti professori Shamshinur Yoqubova. 3. “Kelajak bunyodkori” eshittirishida – talabalar Mansur Yormuhammmedov va Dostonbek Doniyorov. 4. “Quyoshli xonadon” eshittirishida – magistrant Medhun Sohibov. 5. “Eʼzoz” eshittirishida – Irrigatsiya muhandisligi fakulteti dekani maslahatchisi Shohista Meyliyeva. 6. “Nuqtai nazar” eshittirishida – magistrant Rufayda Bahodirxoʻjayeva.Viloyat IIB telegram kanalidaTelegramYoshlar.edu.uz✨✨✨✨ 👋 Oliy ta’lim muassasalarida yangi yil bayrami tadbirlari! 🎄Yangi yil bayrami munosabati bilan respublika oliy ta’lim muassasalarida ko‘tarinki kayfiyat, ijodiy chiqishlar va bayramona tadbirlar tashkil etilmoqda. Talaba-yoshlarning faol ishtiroki…
Qarshi davlat texnika universiteti
1 Jan, 12:28edited
#Sport_salomatlik_garovi #Rektor_kubogi7-8-yanvar kunlari universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari oʻtkaziladi.Qishki taʼtil kunlaridan unumli foydalanish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashgan turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan mazkur spartakiadada mini futbol, shaxmat, shashka, voleybol va stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.Bellashuvlarning oʻtkazilish vaqti: ♟ Shaxmat. 2026-yil 7-yanvar.🫓 Shashka. 2026-yil 7-yanvar.⚽️ Mini-futbol. 2026-yil 7-yanvar.🏐 Voleybol. 2026-yil 8-yanvar.🏓 Stol tennisi. 2026-yil 8-yanvar.👉 Musobaqa nizomi
Qarshi davlat texnika universiteti
1 Jan, 11:44
#2025_OAVda_biz #Dayjest📺 “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasining ahamiyati va unda belgilab berilgan vazifalar mohiyati haqida soʻz yuritildi.🎤 Axborotda universitet rektori Sherzod Neʼmatovning mulohazalari berilgan.Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
1 Jan, 11:38
Tahlilnoma | Prezident e’lon qilgan 2026-yilning 26 ta muhim yangiligiBizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
1 Jan, 06:21
#Bayram_tabrigiAssalomu alaykum, hurmatli ustoz-murabbiylar! Aziz talabalar!Barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadoningizdan qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik, baxt va quvonch sira arimasin. Ezgu ishlaringiz va maqsadlaringizga erishish yoʻlida Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin.Oʻtayotgan har bir kunimiz, yilimiz hayotimizda munosib oʻrin egallaydi. Tabiiyki, barchamiz uchun unutilmas onlar hadya etilgan Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili ham bugun tarixga aylanib ulgurdi. Albatta, yangiliklar, oʻzgarishlar universitetimiz faoliyatida ham oʻz ifodasini topmay qolmadi.Avvalo, shuni maʼlum qilishim lozimki, 2025-yilda Qarshi davlat texnika universiteti sifatida faoliyat boshlagan oliygohimiz qisqa davrda koʻplab yutuqlarga erishdi.“Nihol” talabalar teatr studiyamiz respublika tanlovida 2-oʻringa sazovor boʻldi. Talabamiz
Qarshi davlat texnika universiteti
31 Dec 2025, 19:49
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi — Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу УзбекистанаPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qarshi davlat texnika universiteti
31 Dec 2025, 17:49
#Bilgan_yaxshi1991-yil➖Alisher Navoiy yili 1992-yil➖Hamshiralar yili 1993-yil➖Ahmad Yassaviy yili 1994-yil➖Mirzo Ulug'bek yili 1995-yil➖Abu Ali ibn Sino yili 1996-yil➖Amir Temur yili 1997-yil➖Inson manfaatlari yili 1998-yil➖Oila yili 1999-yil➖Ayollar yili 2000-yil➖Sog'lom avlod yili 2001-yil➖Ona va bola yili 2002-yil➖Qariyalarni qadrlash yili 2003-yil➖Obod mahalla yili 2004-yil➖Mehr-muruvvat yili 2005-yil➖Sihat-salomatlik yili 2006-yil➖Homiylar va shifokorlar yili 2007-yil➖Ijtimoiy himoya yili 2008-yil➖Yoshlar yili
Qarshi davlat texnika universiteti
30 Dec 2025, 15:54
#SarhisobYakunlangan yil universitet hayotida muhim natijalar va yutuqlarga boy boʻldi. Bunda har bir fakultet va kafedraning muhim oʻrni bor.Olima xotin-qiz professor-oʻqituvchilar hamda fakultet dekanlarining 2025-yildagi faoliyati alohida eʼtirof etildi. Ularga universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasining sovgʻalari topshirildi.Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
30 Dec 2025, 15:37
#Tashabbus“Biznes va boshqaruv” kafedrasi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan Qarshi shahridagi bir qator mahallalarda xayriya tadbirlari tashkil etildi.Mazkur ezgu tashabbus doirasida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillariga Yangi yil sovgʻalari va moddiy koʻmaklar ulashildi.Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
30 Dec 2025, 15:22
#Bayram_shukuhiYangi yilning eng farahbaxsh lahzasi — bu bolajonlarning tabassumi, shoʻx kulgisi, baxtiyor onlari. Ularni xursand qilish oson. Bir Qorbobo, Qorqiz va bayram sovgʻasi. Shuning uchun ham bolalar Yangi yilni juda yaxshi koʻrishadi.Universitetimiz rahbariyati va professor-oʻqituvchilari Yangi yil munosabati bilan bolajonlarga bayram sovgʻalari, shu bilan birga mehr va quvonch ulashdilar.Bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasida kechgan uchrashuvda Qorboboning hozir boʻlishi bolajonlarning quvonchiga sabab boʻldi. Bu ularning onalarini ham mamnun qildi.Bunday uchrashuvlar Qarshi tumanining Gulshan va Qarshi shahrining Otchopar mahallalarida ham boʻlib oʻtdi.Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
30 Dec 2025, 06:42
#Prezident_qarori #ilm_fanPrezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.Ushbu muhim, tarixiy hujjat bilan Fanlar akademiyasining asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi. 2030-yilga qadar FA va uning tizim tashkilotlarida yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushi 60 foizgacha; nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oshiriladi.Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy diasporani
Qarshi davlat texnika universiteti
30 Dec 2025, 02:00
Assalomu alaykum!Boshlangan yangi kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!Umid baxtning bir turidir, ehtimol bu dunyodagi yagona baxt boʻlishi ham mumkin.Semyuel Jonson ✍️Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTubeQarDTU axborot xizmati ✍️
Qarshi davlat texnika universiteti
29 Dec 2025, 11:26
#JarayonBugun universitet rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishda professor-oʻqituvchilarning oʻrni, istiqboldagi rejalar va maqsadlar haqidagi masalalar muhokama qilindi.Rektor Sherzod Neʼmatov Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatida belgilab berilgan vazifalar xususida soʻz yuritdi. Bu borada Qarshi davlat texnika universitetida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, yangilanishlar mohiyatiga alohida toʻxtaldi.Yigʻilishda sunʼiy intellekt boʻyicha tashkilot va muassasalarda olib borilayotgan oʻquv kurslari samaradorligini oshirish lozimligi taʼkidlandi.Shuningdek, professor-oʻqituvchilar va talabalarning xorijiy tanlovlardagi ishtirokini koʻpaytirish, sunʼiy intellektni hayotga joriy qilishga doir tizimli faoliyat yuritish boʻyicha mulohazalar bildirildi.Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
