gram news
Qohiram channel avatar

Qohiram

@qohiram

Kanal Misr Al-Azhar islomiy universiteti talabalari tomonidan yurgaziladi! Postlar manba bilan olinsin! Oʻta zarur murojaatlar: @qohiram_bot Reklama xizmati: @qohiram_reklama

ProjectsUZEducation

4,860subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Qohiram

    19 Sept, 12:30

    Shayx Abdulxoliq Gʻijduvoniy (quddisa sirruhu)dan:Botin tahorati, ya’ni ko‘ngil pokligining shartlari ko‘pdir:▫️Chunonchi, harom qilingan narsalarni ko‘rishdan ko‘z pok bo‘lishi;▫️Gʻiybatlarni va yolg‘onlarni gapirishdan til pok bo‘lishi;▫️Harom ovozlarni eshitishdan quloq pok bo‘lishi;▫️Shariatda ushlash mumkin bo‘lmagan narsalarni ushlashdan qo‘l pok bo‘lishi;▫️Borish mumkin bo‘lmagan joyga borishdan qadam pok bo‘lishi.📌Bu besh tahorat yuzaga kelsa, demak botin tahorati mukammal bo‘lgan bo‘ladi. Bu shartlardan yana biri shuki, halol luqma yeyish, ozgina yeyish, ammo Haq yodi bilan yeyish. Boshqasi esa Qur’onni tafakkur bilan o‘qish, kechasi turish, saharda zorlanish va
  • Qohiram

    17 Sept, 14:26

    Imom Shofeiy ❕: “(Haddan tashqari) toʻqlik jismni ogʻirlashtiradi, qalbni qattiqlashtiradi, aqlni boʻshashtiradi, uyquni chaqiradi va sohibini ibodatdan zaiflashtiradi”, dedilar.@qohiram
  • Qohiram

    16 Sept, 12:41

    Misrdan salomlar ✨
  • Qohiram

    16 Sept, 11:06

  • Qohiram

    14 Sept, 19:21

    Qancha istig'for aytuvchi borki Alloh undan norozi. Qancha sukut saqlovchi borki Alloh undan rozi. Chunki ba'zilar tili istig'for aytsa-da,qalbi fojir. Ba'zilar tili sukut qilsa-da, qalbi zokir. Yahyo ibn Muoz 🌱@qohiram
  • Qohiram

    11 Sept, 13:09

    Kim bilan birga bo'lish o'zingizning ixtiyoringizda:Boylar bilan o'tirganning dunyoga havasi ortadi; Faqirlar bilan o'tirganning shukri ortadi; Ayollar bilan o'tirganning ularga moyilligi ortadi; Bolalar bilan o'tirganning o'yinga moyilligi ortadi; Gunohkorlar bilan o'tirganning gunohga jur’ati ortadi; Solihlar bilan o'tirganning ibodatga havasi ortadi; Olimlar bilan o'tirganning esa taqvo va ilmi ortadi.@qohiram
  • Qohiram

    9 Sept, 09:50

    "Har bir qiymatli narsaning uzoq yo'li bo'ladi, unga yetishish uchun ko'p mashaqqat chekiladi. Albatta, ilm erishish mumkin bo'lgan narsalarning eng sharaflisidir. Unga ko'p charchoq, kechalari bedorlik, takrorlash, lazzat va rohatlarni tark etish orqaligina erishiladi" Ibn Javziy ◾️@qohiram
  • Qohiram

    7 Sept, 04:35

    Alloh dunyoni sevganiga ham, sevmaganiga ham beraveradi. Ammo dinni faqatgina yaxshi ko'rganiga ravo ko'radi. Sulaymon alayhissalom mashriqu-mag'ribga podshoh bo'ldi, Namrud ham. Agar dunyo o'lchov bo'lganida edi, Alloh hech qachon payg'ambari bilan eng ashaddiy kofirni teng qilib qo'ymasdi. Shunday ekan, cho'ntagingdagi pulni tekshirib turishing yaxshi ish, ammo afzali, Alloh qalbingdan qancha joy olganini tekshirib turishingdir! Adham Sharqoviy@qohiram
  • Qohiram

    5 Sept, 04:04

    Ba'zi ayollar gapirishni qoyilatadi, ba'zilari chiroyli yozishni. Ayrimlari makiyajga ustasi farang. Ayrimlari kiyim tanlashga mohir. Turli-turli qobilyatli ayollar bor ammo, eng go'zal ayol — haddini bilgan, hayosi ila bezangan, odobini saqlagan, vafosida o'rnak bo'lgan ayoldir.@qohiram
  • Qohiram

    3 Sept, 11:03

    Insonning Allohga bo'lgan ixlosini eng katta ko'rsatkichlaridan biri yolg'iz qolganidadir. Yolg'izlikda Allohga itoat qilgan Qur'on o'qigan, Allohni zikr qilgan, namoz o'qigan, tafakkur qilgan inson ulug' ne'mat ichidadir.Chunki shunday insonlar bor-ki, ko'pchilik orasida go'zal ko'rinishga ega bo'lishsa-da, yolg'iz qolganda gunoh qilishga moyil. Yoki jamoat oldida ibodat va itoatiga e'tibor qilar ekan, bu e'tiborni yolg'iz qolganda ko'rsatmaydi, Robbi uchun vaqtini ajratmaydi, behuda ishlarga sarflaydi. Soner Duman@qohiram
  • Qohiram

    1 Sept, 07:33

    Qur'onni o'rganishga bel bog'lagan kishi aslo unutmasligi lozim shartlardan biri uni takrorlashdan zerikmaslikdir. Oddiy musulmon kishining bir kunlik vazifasi Qur'ondan bir pora qilib belgilangan. Qur'onni o'n, yuz, ming yoki yuz ming marta o'qish kifoya qiladi, deb o'ylagan odam xato qiladi. Uni qancha o'qisa, shuncha yangidan-yangi ma'nolar kashf etilaveradi. Qur'onni ulug'vorligi shunda! Umrida doimo Qur'on ma'nolarini o'rganishga harakat qilganlar tajribasida bu holat hamisha uchrab turadi. Ba'zi vaqtlarda inson shunday holatga tushadiki, umr bo'yi o'qib-yodlab yurgan oyatni birinchi bor o'qib yoki eshitib turganga o'xshaydi. Sahobalarday ikki oyoqda yuruvchi tirik Qur'onlar hayotida ham bu uchrab turgan. Shunday ulug' insonlar ham Qur'onni oldida ojizliklarini doimo sezib turishgan.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 🌱@qohiram
  • Qohiram

    31 Aug, 05:26

    Ahmad Iso Ma'saroviy 🌿 aytadilar: Salafi-solihlarning soatlab, toliqmasdan Qur'oni Karim bilan mashg'ul bo'lganlariga ajablanardim. So'ngra insonlarning telefon bilan mashg'ul bo'layotganlarini ko'rib, ajablanmay qo'ydim. Zero, qalb nimani yaxshi ko'rsa, shu bilan mashg'ul bo'ladi.@qohiram
  • Qohiram

    30 Aug, 09:06

    Sarvari koinot Muhammad 💚 hayot bilan hamnafas edilar:🟢Sotdilar va harid qildilar, sotib olishlari ko'proq edi.🟢Ijaraga berdilar va ijaraga oldilar, ijaraga olishlari ko'proq edi.🟢Muzoraba va sherikchilik qildilar, (kimnidir) vakil etib tayinladilar, (aynan o'zlari) vakillik qildilar, vakil tayinlashlari ko'proq edi.🟢Ko'pincha o'zgalarning extiyojlari uchun qarz oldilar.🟢Hos va umumiy tarzda exsonlar berdilar, vaqflar qildilar.🟢Shafoat (vositachilik) qildilar. Ba'zan vositachiliklari qabul qilindi, ba'zan esa yo'q. Buning uchun xafa ham bo'lmadilar, xech kimni xafa ham qilmadilar.🟢Qasam ichdilar, qasam
  • Qohiram

    28 Aug, 11:00

    💡Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabri yetmay qoladi. 💡Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi. 💡Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi. 💡Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi. 💡Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi. 💡Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi..@qohiram
  • Qohiram

    27 Aug, 13:41

    Robbim, zehnimni toʻliq ochgin va unga baraka bergin. Robbim, aqlimga kirgan har qanday foydali ya'ni Senga olib boradigan ilmni qalbimga ham kiritgin va hech qachon xotiramdan oʻchirmagin. Hamda ularga Oʻzing rozi boʻladigan qilib amal qildir va boshqalarga oʻrgatishimda ham yordam ber, 🤲#duo | @qohiram
  • Qohiram

    25 Aug, 11:33

    Qur’onni faqat ta’ziya marosimlarida o‘qishga, eshitishga odatlanib qolganmiz. Shuning uchun zehnimizda Qur’on qayg‘u-alamga, g‘am g‘ussaga bog‘liq narsa ekan, degan tushuncha joylashib olgan. Ushbu Qur’on o‘liklar emas, tiriklarning kitobi ekanini qachon anglab yetamiz, bilmadim…@qohiram
  • Qohiram

    24 Aug, 09:19

    QURʼONNI YODLASHGA YORDAM BERADIGAN TAOMLAR.Ulamolar tavsiya qilgan va Allohning tavfiqi ila yodlashga yordam berishini aytgan baʼzi taomlar:Asal: Zuxriy Ibn Jurayjga:“Sen asalni lozim tut, albatta u yodlash uchun yaxshidir”, dedi.Sigir suti: Bir kishi Ali ibn abu Tolib roziyallohu anhuga koʻp unutishni shikoyat qildi. Shunda u kishi: “Sen sigirning sutini lozim tut. Albatta, u qalbga darmon boʻlur va unutishni ketkazur”, dedilar. Xotib rivoyat qilgan.Mayiz: Zuxriy:“ Kim hadis yodlashni xush koʻrsa mayiz yesin ”degan.Misvok, Zam-zam.@qohiram
  • Qohiram

    23 Aug, 07:49

    Qur’onni bir haftada xatm qilish rejasi:Birinchi kun: ▫️ bomdoddan keyin: «Al-Fotiha» — «Al-Baqara»; ▫️ asrdan keyin: «Oli Imron»; ▫️ xuftondan keyin: «An-Niso».Ikkinchi kun: ▫️ bomdoddan keyin: «Al-Moida» — «Al-An’om»; ▫️ asrdan keyin: «Al-A’rof»; ▫️ xuftondan keyin: «Al-Anfol» — «At-Tavba».Uchinchi kun: ▫️ bomdoddan keyin: «Yunus» — «Hud»; ▫️ asrdan keyin: «Yusuf» — «Ibrohim»; ▫️ xuftondan keyin: «Al-Hijr» — «An-Nahl».To‘rtinchi kun: ▫️ bomdoddan keyin: «Al-Isro» — «Maryam»; ▫️ asrdan keyin: «Toha» — «Al-Haj»;
  • Qohiram

    22 Aug, 06:24

    Ey Qur'on hofizlari! Sizning tojingiz allaqachon yetti osmonda tayyorlanmoqda! Shunday ekan, yo'lda qoqilib ketsangiz, o'rningizdan turing va tirishqoqlikni davom ettiring! Har bir qoqilish bilan osmondagi jannat darajasi faqat oshadi. Sabr qilinglar, ey hofizlar, zero takrorlashning zahmatlari qiyomat kunida yelkangizdan tushadi, sizlarga Allohdan uzoq kutilgan tojingiz va eng ulug‘ maqomlar beriladi!@qohiram
  • Qohiram

    20 Aug, 15:28

    Ilm talabida qattiq ixlosIbn Muborak rohimahullohdan soʻrashdi: «Qachongacha ilm yozib yurasiz?»U dedilar: «Balkim menga foydasi tegadigan soʻzni hali yozib ulgurmaganman.» Siyaru aʼlomin-nubalo (7/383)@qohiram