gram news
QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI channel avatar

QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

@quvasoy_hokimligi

Axborot xizmati rahbari: https://t.me/Nishonboyev1997 Manbaalar: https://gov.uz/oz/quvasoy m.facebook.com/61569894257020 www.instagram.com/quvasoy_shahar_hokimligi www.youtube.com/@QuvasoyshaharhokimligiAxborotx

ProjectsUZPolitics

4,720subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 15:49

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 14:08

    forwarded from @fvhokimligi

    Belarus delegatsiyasida sanoat korxonalari faoliyati katta qiziqish uyg‘otdiFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda investitsiya infratuzilmasi bilan tanishdi.Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohlik qildi.Tashrif davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida joylashgan korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi.Xususan, keramogranit plita ishlab chiqaruvchi “Crown Ceramic” qo‘shma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Marwin Fruitline” MChJning mevalarni qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdilar.Mehmonlarga Koreyaning “Hansae Mobility Turan” korxonasida
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 12:34

    📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 11:37

    #mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi📆 Kalendarni tekshirib qo‘ying: 15-oktabr yaqin!Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini to‘lash muddati 15-oktabrda yakunlanadi.To‘lov yo‘llari qulay:📱 mobil ilovalar orqali💳 mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali🏦 bank kassalari orqali⚠️ Muddati o‘tgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 11:19

    📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 06:05edited

    MUXLISLAR DIQQATIGA!24-sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!Telegram | Hukumat portali | Facebook | Instagram | Youtube
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 06:05

    🛡Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish: yosh toifalari qanday belgilanadi?“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori qabul qilingan.📌Mazkur qarorga muvofiq, axborot mahsulotlari bolalarning yoshi va ularga ta’siridan kelib chiqib, bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan hamda taqiqlangan axborot mahsulotlariga ajratiladi.🔍 Axborot mahsulotining yosh toifasini belgilashda uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi, muayyan yoshdagi bolalar tomonidan axborotning qabul qilinishi, shuningdek, uning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli hisobga olinadi. Shunga ko‘ra, bolalar o‘rtasida tarqatilishi
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 04:43

    forwarded from @fvhokimligi

    #ChorvachilikGermaniyadan naslli qoramollar olib kelindiQuvasoy shahrida “Sophia milk” MChJ tomonidan zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Loyiha doirasida chorvachilikni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, naslli qoramollar sonini ko‘paytirish hamda sut yetishtirish hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda joriy yilning mart oyida Avstriyadan 35 bosh naslli qoramol olib kelingan edi.Kuni kecha esa Germaniyadan yana 30 bosh shved qizil-qora zotli naslli qoramol olib kelinib, xo‘jalikdagi naslli qoramollar soni yanada ko‘paytirildi.Loyihaning navbatdagi muhim yo‘nalishi yetishtirilayotgan sutni korxonaning o‘zida qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ayni paytda buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va tegishli texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 03:51

    forwarded from @fvhokimligi

    Mirzanazar Xolmadjonov —Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi. U “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 616 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.“Yil o‘qituvchisi” kabi tanlovlarning tashkil etilishi pedagog mehnatini munosib qadrlash, fidoyi ustozlarni rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda. Shu ma’noda, biz, pedagoglarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Bu e’tibor bizni yanada ko‘proq izlanishga, yangilik yaratishga va farzandlarimizga sifatli ta’lim berishga undaydi", — deydi Mirzanazar Xolmadjonov.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
    426video432Open in Telegram
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    22 Sept, 02:01

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    21 Sept, 14:36

    #hududlardaDo‘stlik mahallasida oilalar muammolari o‘rganildiQuvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan muloqot qilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi. O‘rganish davomida fuqarolarning turmush sharoiti, bandligi va daromad topish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Samimiy muloqotlarda oila a’zolarining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda kelgusidagi rejalari tinglandi. Asosiy e’tibor oilalarni faqat bir martalik yordam bilan qo‘llab-quvvatlashga emas, balki ularning o‘z imkoniyatlaridan foydalanib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratildi.Jumladan, mehnatga layoqatli fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning tashabbuslarini
  • QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

    21 Sept, 09:26

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X