gram news
Redbyte channel avatar

Redbyte

@redbyteuz

Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi! Sayt: https://redbyte.uz

ProjectsUZNews

2,410subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Redbyte

    6 Jun, 07:52edited

    Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bilmaydi… 🦠🇷🇺 Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyadagi har beshinchi kompaniya allaqachon buzilgan bo‘lishi mumkin, biroq tashkilotlarning o‘zi bundan bexabar. Kiberjinoyatchilar bunday kompaniyalar infratuzilmasida o‘rtacha 6 oydan 1 yilgacha yashirin faoliyat yuritadi, shu vaqt davomida esa kompaniyaning IT va axborot xavfsizligi bo‘limlari buni sezmay qolishi mumkin.🎯 Kiberjinoyatchilarning asosiy nishonlari qatoriga davlat sektori (14%), moliya tashkilotlari (11%) va logistika kompaniyalari (10%) kiradi. Eng katta zarar keltirgan hodisalar esa chakana savdo (31%), IT (26%), transport (11%), telekommunikatsiya (11%) va davlat boshqaruvi (11%) sohalarida qayd etilgan.
    1,58074311Open in Telegram
  • Redbyte

    1 Jun, 07:59

    Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻🇺🇸 AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning Instagram’dagi rasmiy akkaunti hakerlar tomonidan buzib kirildi.💬 Siyosatchining prezidentlik davridan qolgan akkauntida bir nechta noodatiy postlar joylashtirilgan. Ular orasida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va fors tilidagi yozuvni o‘z ichiga olgan rasm ham bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, undagi matn “Oq uy shialar nazorati ostida” deb tarjima qilinadi.💬Akkaunt egasining vakillari hodisani tasdiqlab, akkaunt ustidan nazorat qayta tiklanganini ma’lum qildi.🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,6901222221Open in Telegram
  • Redbyte

    1 Jun, 06:40

    Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsizlik sohasida yuz bergan eng muhim yangiliklarni qisqacha jamladik:🍏 Kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga mo‘ljallangan yangi dastur Apple himoyasini chetlab o‘tdiYangi Reaper infostealer dasturi xavfsizlik yangilanishi haqidagi soxta xabar orqali macOS himoya mexanizmlarini aylanib o‘tmoqda. U brauzerlardagi maxfiy ma’lumotlar va kriptovalyuta hamyonlarini nishonga oladi. Tahdid SentinelOne mutaxassislari tomonidan aniqlangan. 👺 Hakerlar GitHub’dagi minglab repozitoriylarga kirish huquqini qo‘lga kiritdi19-may kuni hakerlar VS Code muharriri uchun yaratilgan zararli kengaytma orqali GitHub’dagi 3800 ta ichki repozitoriyga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
    1,2806621Open in Telegram
  • Redbyte

    28 May, 15:45

    Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸🎃 Bank kartalari, striming servislaridagi akkauntlar va hatto hujjatlar bilan tushilgan selfilar - bularning barchasi darknet’ning yashirin bozorlarida sotilayotgan tovarga aylanmoqda.💻 24,6 milliarddan ortiq login va parol kombinatsiyalari allaqachon internetda tarqalib ketgan. Biznes uchun bu millionlab zarar degani, oddiy insonlar uchun esa pul va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi xavfini anglatadi.🦺 Kiberxavflar esa yil sayin yanada kengayib bormoqda: kiberjinoyatchilik sabab yetayotgan zarar har yili $450 milliarddan oshmoqda.🚀 @Redbyteuz✉️ contact@infosec-blog.uzRedByte - har bir bayt
    1,33064221Open in Telegram
  • Redbyte

    25 May, 12:35

    Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰🟩 Markazlashmagan moliya (DeFi) protokoli Echo yirik hakerlik hujumiga uchradi. Hujumchilar Monad blokcheyn tarmog‘ida ruxsatsiz tarzda qariyb 1000 ta sintetik bitcoin - eBTC yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda PeckShield analitiklari ma’lum qildi.💰 Blokcheyn xavfsizligi mutaxassislari o‘g‘irlangan eBTC qiymatini taxminan $76,7 million deb baholamoqda.💬 Echo jamoasi hujum bo‘lganini rasman tasdiqladi. Hozirda dasturchilar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Barcha cross-chain tranzaksiyalar vaqtincha to‘xtatilgan...Batafsil o’qish uchun ◀🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube |
    1,36053331Open in Telegram
  • Redbyte

    22 May, 11:26

    CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱🔒 AQShning yetakchi kiberxavfsizlik agentligi - CISA jiddiy xavfsizlik xatosi sabab o‘zining bulutli tizimlari va ichki tarmoqlariga tegishli kirish kalitlarini internetda ochiq holatda qoldirib ketdi. Ushbu xavfli holatni GitGuardian kompaniyasi xavfsizlik tadqiqotchisi Guillaume Valadon aniqlagan.💾U GitHub’dagi repozitoriylardan birida CISA pudratchisi xodimi tomonidan yuklangan himoyalanmagan elektron jadvallarni topgan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.💬 Valadonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu fayllarda CISA va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga tegishli tizimlarga kirish uchun parollar, bulutli kalitlar va maxfiy tokenlar saqlangan bo‘lgan. Ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirgan
    1,200video642111Open in Telegram
  • Redbyte

    22 May, 04:53

    Donald Trump sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha farmonni imzolashni kechiktirdi: hujjat unga “yoqmadi” 🇺🇸 💸 AQSh prezidenti Donald Tramp yangi sun’iy intellekt modellari sabab paydo bo‘layotgan kiberxavfsizlik xatarlariga qarshi ishlab chiqilgan
    1,320172111Open in Telegram
  • Redbyte

    22 May, 04:53

    Donald Trump sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha farmonni imzolashni kechiktirdi: hujjat unga “yoqmadi” 🇺🇸💸 AQSh prezidenti Donald Tramp yangi sun’iy intellekt modellari sabab paydo bo‘layotgan kiberxavfsizlik xatarlariga qarshi ishlab chiqilgan farmonni imzolashni vaqtincha kechiktirganini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.🤖 Trampning aytishicha, hujjatdagi ayrim bandlar unga ma’qul kelmagan. Prezidentning ta’kidlashicha, u farmon AQShning sun’iy intellekt sohasidagi Xitoydan ustunligini zaiflashtirib qo‘ymasligiga ishonch hosil qilmoqchi.🇺🇸 “Undagi ayrim jihatlar menga yoqmadi. Shu sabab uni kechiktirdim. Men bu hujjat to‘siqqa aylanishi mumkin deb o‘yladim va bunday bo‘lishini istamayman”, — dedi Tramp payshanba kuni Oq
    1,28051111Open in Telegram
  • Redbyte

    20 May, 07:15

    GitHub’ni oddiygina VS Code plagini orqali buzishdi ↔️ 🔒 GitHub xodimlardan biri “voy, foydali plugin ekan” deb virusli plaginni o‘rnatgan - natijada hakerlar taxminan 3800 ta repozitoriyaga kirib olgan. 📱 Hozir GitHub shoshilinch tarzda access key’larni
    1,300132221Open in Telegram
  • Redbyte

    20 May, 07:01edited

    GitHub’ni oddiygina VS Code plagini orqali buzishdi ↔️🔒 GitHub xodimlardan biri “voy, foydali plugin ekan” deb virusli plaginni o‘rnatgan - natijada hakerlar taxminan 3800 ta repozitoriyaga kirib olgan.📱 Hozir GitHub shoshilinch tarzda access key’larni almashtiryapti va nimalarni yuklab olishganini tekshiryapti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ichki fayllar sizib chiqqan. Tekshiruv davom etmoqda.Internetdagi har bir “super useful free plugin” aslida: “Assalomu alaykum, bratim men sizning security muammoyingizman” bo‘lishi mumkin 🤝🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,6602422221Open in Telegram
  • Redbyte

    18 May, 10:02

    iPhone, IBM, Dell va HP’larning eng yirik yig‘uvchisiga kiberhujum uyushtirildi. Hakerlar qo‘liga “maxfiy chizmalar” tushgani aytilmoqda ❗️😷 Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Foxconn, kiberjinoyatchilar tomonidan shifrlovchi tovlamachi virus orqali amalga oshirilgan hujumni tasdiqladi. Taxminlarga ko‘ra, ko‘plab tijoriy sirlar sizib chiqqan bo‘lishi mumkin.🔒 Foxconn korporatsiyasi Shimoliy Amerikadagi zavodlariga uyushtirilgan kiberhujumni rasman tan oldi. Avvalroq Nitrogen nomli hakerlik guruhi 8 terabaytdan ortiq ma’lumot va 11 milliondan ko‘proq hujjatni qo‘lga kiritganini ma’lum qilgan edi.Batafsil o’qish uchun ◀️🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,20064211Open in Telegram
  • Redbyte

    14 May, 15:53

    “Uysiz haker” nomi bilan tanilgan inson: Adrian Lamo 👺🔒 2000-yillar boshida internet olamida bir ism juda mashhur edi - bu Adrian Lamo. Uni “Homeless Hacker” (“uysiz haker”) deb atashardi. Sababi? U mehmonxonalar, internet-kafelar va kutubxonalardagi Wi-Fi orqali yirik kompaniyalar tizimlariga kirgan.🦠 Ammo Adrian oddiy haker emas edi. U ko‘plab mashhur kompaniyalar va tashkilotlarning zaif joylarini topgan: • Microsoft • Yahoo! • The New York Times🤙 Eng mashhur voqealardan biri - The New York Times ichki tizimiga kirib, ekspertlar bazasini o‘zgartirgani bo‘lgan. Bu hodisa butun AQSH OAV’larida shov-shuvga sabab bo‘lgan.💻 Qiziq tomoni: Adrian ko‘pincha tizimlarni buzishdan ko‘ra, kompaniyalarga ularning
    1,530933211Open in Telegram
  • Redbyte

    8 May, 07:01

    Shimoliy Koreya hakerlari 9 yil ichida $6 mlrd dan ortiq kriptoaktivlarni o‘g‘irladi 💸🦺🇰🇵 Shimoliy Koreyaga aloqador hakerlik guruhlari so‘nggi to‘qqiz yil davomida umumiy qiymati $6 milliarddan ortiq bo‘lgan kriptovalyutalarni o‘g‘irlagan. Bu haqda kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi TRM Labs mutaxassislari ma’lum qildi.Batafsil o’qish uchun ◀️🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,6201175211Open in Telegram
  • Redbyte

    7 May, 12:56

    Ipotekabank’da ehtimoliy yirik data breach: 120GB+ ma’lumotlar sizib chiqqan bo‘lishi mumkin 🟢🟢🟢🟢🟢🟢 Yopiq kiberforumlarda O‘zbekistondagi Ipotekabank infratuzilmasiga noqonuniy kirish amalga oshirilgani haqida jiddiy da’vo paydo bo‘ldi.💻 Ushbu hujum ortida mashhur ShinyHunters guruhi turgan bo'lishi mumkin.Hujum tafsilotlari ayniqsa xavotirli:👺 Dastlab tizimga kirish Log4Shell (RCE) zaifligi orqali amalga oshirilgan. Shundan so‘ng haker ichki tarmoqda Active Directory orqali harakatlanib, deyarli “ko‘rinmas” rejimda uzoq vaqt davomida faoliyat yuritgan.💬 Eng qizig‘i - unga
    1,9201275221Open in Telegram
  • Redbyte

    30 Apr, 12:26

    Hakerlar ilk bor barcha Denuvo himoyasidagi o‘yinlarni buzishga muvaffaq bo‘lishdi 👾🦠 Yaqin vaqtgacha bu imkonsiz deb o‘ylangan edi. Lekin endi Denuvo himoyasiga ega hamma o‘yinlar buzilgan.🔒 So‘nggi “taslim etilgan” loyihalar qatoriga Dragon’s Dogma 2, Marvel’s Midnight Suns, Assassin’s Creed Valhalla, Far Cry 5, shuningdek EA’ning sport o‘yinlari - Madden NFL 24, Madden NFL 25, EA Sports FC 24 va EA Sports FC 25 ham kiradi.👺 Hakerlar o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki “yashirin virtual tizim” ichida ishga tushiradi. Shu orqali Denuvo Anti-Tamper’ni aldashadi. Ya’ni Denuvo “hammasi joyida” deb o‘ylaydi, lekin aslida himoya ishlamadi.💻 Shu bilan birga, bunday yondashuv xavfli hisoblanadi. Chunki u tizimning
    1,60044321Open in Telegram
  • Redbyte

    25 Apr, 15:32

    Haker har doim ham jinoyatchi emas 🤠🔒 Haqiqiy mutaxassislar tizimlarni himoya qiladi va qonuniy pul topadi.Eng muhimi - chegarani bilish.🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,740video117211Open in Telegram
  • Redbyte

    22 Apr, 16:18

    AI hakerlar quroliga aylandi: kiberhujumlar tezlashib, yanada murakkablashmoqda 🔒🤖 Sun’iy intellekt (AI)ning jadal rivojlanishi kiberjinoyatchilarga hakerlik hujumlarini amalga oshirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Moliyaviy va risk-konsalting kompaniyasi Kroll buyurtmasi bilan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida tashkilotlarning 76 foizi AI ilovalari yoki AI modellari bilan bog‘liq xavfsizlik hodisalariga duch kelgan...Batafsil o’qish uchun ◀️✉️ contact@infosec-blog.uz🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    2,00075311Open in Telegram
  • Redbyte

    15 Apr, 13:11

    Biznesingizni kiberhujumlardan himoya qiling 🛡💸 Bugungi zaifliklar - ertaga katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin.🔒 Redbyte jamoasi quyidagi kiberxavfsizlik xizmatlarini taklif etadi:• Veb-sayt va tizimlar uchun xavfsizlik auditi • Penetratsion test (pentest) xizmatlari • Zaifliklarni aniqlash va bartaraf etish • Tarmoq xavfsizligini tekshirish • Mobil ilovalar xavfsizligi • 24/7 monitoring va tahdidlarga tezkor javob✅ Bu sizga nima beradi?• Zaif nuqtalarni oldindan aniqlash • Ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qilish • Kiberhujumlarga tayyor bo‘lish • Biznesingiz uzluksiz ishlashini ta’minlash
    1,670video164421Open in Telegram
  • Redbyte

    13 Apr, 15:46

    Hakerlar Los-Anjeles politsiyasining maxfiy fayllarini o‘g‘irlab, internetga sizdirdi 🔒👺 Kiberjinoyatchilar Los Angeles Police Department ichki tizimiga oid katta hajmdagi maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritib, ularni internetga joylashtirdi. TechCrunch xabariga ko‘ra, ushbu sizib chiqish ortida World Leaks guruhi turibdi. Ular o‘g‘irlangan ma’lumotlarni e’lon qilish orqali jabrlanuvchilardan to‘lov (ransom) undirishni maqsad qilgan.💾 O‘g‘irlangan ma’lumotlar orasida politsiya xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari, ichki tekshiruv materiallari hamda jinoiy ishlar bo‘yicha protsessual hujjatlar mavjud…Batafsil o’qish uchun ◀️🚀 @RedbyteuzRedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿YouTube | Instagram | LinkedIn
    1,58053221Open in Telegram
  • Redbyte

    7 Apr, 18:10

    Shimoliy Koreya hakerlari Drift’ni“ichkaridan” urdi - 285 million yo’q 💸💸 Yaqinda Drift kriptoplatformasiga uyushtirilgan hujum, natijada 285 million dollar o‘g‘irlangan voqea, kutilmagan “hakerlik” emas, balki deyarli yarim yildavomida puxta rejalashtirilgan operatsiya bo‘libchiqdi. Oddiy ishbilarmonlik aloqalari ortida murakkabtizim ichiga kirib borish sxemasi yashiringan bo‘lib, unda asosiy qurol aynan ishonch bo‘lgan.🇰🇵 Solana blokcheyni asosida ishlovchi Drift ushbuhodisani Shimoliy Koreyaga aloqador UNC4736 guruhi bilan bog‘ladi. Bu guruh AppleJeus va Golden Chollima nomlari bilan ham tanilgan. Kompaniyama’lumotlariga ko‘ra, hujumga tayyorgarlik 2025-yil kuzidayoq boshlangan. O‘zlarini treyding kompaniyasivakillari sifatida tanishtirgan shaxslar….Batafsil o’qish uchun ◀️
    1,5801033211Open in Telegram