Latest posts
Channel name was changed to «Jizzax Kelajak»
4 Jun, 12:15

Jizzax Kelajak
1 May, 13:28
forwarded from @kelajakmarkazlariuz
#KelajakMarkazlari❔ O'quvchilar bilan ishlash, ularning iqtidorini kashf etish va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga tayyormisiz? 🟣 Unda bu imkoniyat siz uchun !💯 Respublika "Kelajak" markazi tuman-shahar “Kelajak” markazlariga direktor lavozimi uchun tanlovga arizalar qabuli boshlandi!🗂 Oliy ma’lumotga va kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar unda ishtirok etishlari mumkin.📝 Tanlov 2 bosqichda test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi📥 Arizalar 1-maydan 15-maygacha tanlov.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadiImkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Safimizga qo'shiling!📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn
Jizzax Kelajak
27 Apr, 08:57
forwarded from @kelajakmarkazlariuz
#KelajakMarkazlari💯 Respublika "Kelajak" markazi tuman-shahar “Kelajak” markazlariga direktor lavozimi uchun tanlov e’lon qiladi!📝 Tanlov 2 bosqichda test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi📥 Arizalar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadiImkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Safimizga qo'shiling!📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTubeChannel name was changed to «Ona shahrim - Jizzaxim»
25 Apr, 10:19

Jizzax Kelajak
25 Apr, 04:18
#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchilari📢 Maktab maslahatchisi lavozimi uchun talabgorlar diqqatiga!🖊 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 21-apreldagi 153-sonli buyrug’i bilan “Kelajak” markazlarining umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi o’quvchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, talabgorlarga qulayliklar yaratildi.👉 Ushbu HAVOLA orqali hujjat bilan tanishishingiz mumkin.📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
Jizzax Kelajak
21 Apr, 07:28edited
📚 Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi Sohibqiron AMIR TEMUR tavalludining 6️⃣9️⃣0️⃣ YILLIGI munosabati bilan🎨“Buyuk Temur siymosi” nomli rasmlar tanlovini e’lon qiladi👥 Tanlovda viloyatimizdagi barcha 15-30 yoshdagi havaskor va professional rassomlar ishtirok etishi mumkin!🗃Tanlov NIZOMI bilan bu yerda tanishing!📍Tanlov o'tkaziladigan joy manzili: Jizzax viloyati Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi 🗓 Tanlov 30 -APREL soat 10.00🏆Tanlov g‘oliblari: 🥇1-o'rin Televizor; 🥈2-o'rin Mini pech; 🥉3-o'rin Termopod bilan taqdirlanadi!☎️ +998 94 208 04 70✈️Telegram 📎Facebook 🟣Instagram
Jizzax Kelajak
21 Apr, 07:02
#jaholatga_qarshi_ma'rifatViloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita” asosida Jizzax shahar Sayxon MFYda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbir davomida aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ayniqsa yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, diniy savodxonlikni mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, uchrashuvlarda mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni tahliliy o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ishsizlik, uy-joy yetishmovchiligi, sog‘liq muammolari, farzandlar ta’limi bilan bog‘liq masalalarni hal
Jizzax Kelajak
21 Apr, 05:43edited
#Tavsiya_etamiz📚“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, yozuvchi Jonibek Shuhratov Uilliam Kamkvambaning “Shamolni bo‘ysundirgan bola” asarini o‘qishni tavsiya qildi.📖Ushbu asarda Malavida yashovchi oddiy qishloq bolasi og‘ir qashshoqlik va ocharchilik sharoitida bilimga bo‘lgan chanqoqligi orqali qanday qilib shamol generatori yasab, butun qishlog‘iga yorug‘lik olib kirgani hikoya qilinadi. Asar inson irodasi, ilmga intilish va umidsizlikni yengish g‘oyalarini chuqur ochib beradi. Shuningdek, J. Shuhratov tavsiya davomida kitobning yoshlar uchun ilhom manbai ekanini, har qanday qiyinchilikni bilim va harakat bilan yengish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.📹Batafsil videodaBizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
21 Apr, 05:12edited
#kun_hikmatiKitob - boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani! ASQAD MUXTOR Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
20 Apr, 16:19
#ijodiy_safar🎭 NAVOIY VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI IJODIY JAMOASI JIZZAXDA!O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 🗓️ 20-aprel kuni Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurdi.🎭 Mehmonlarni Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib oldi.🎭 Tashrif doirasida Jizzax shahridagi maktab o‘quvchilari uchun rejissyor Akmal Shodiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Badjahl quyon” spektakli namoyish etildi.Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
20 Apr, 12:05
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
20 Apr, 10:12edited
🇯🇵 Yaponiya taassurotlari: madaniyat va tarbiya uyg‘unligiYaponiya maktablarida bolalarga faqat bilim berish bilan cheklanilmaydi. Ularga kattalarga hurmat, jamoada o‘zini tutish madaniyati, mas’uliyat va intizom, mehnat, vatanga muhabbat kabi insoniy qadriyatlar ham chuqur singdiriladi. Bu esa kelajakda nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli va mas’uliyatli avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday ilg‘or tajriba, ayniqsa, mahalla instituti va yoshlar tarbiyasida biz uchun muhim ahamiyatga ega.Qahramon Quronboyev sahifasidan olindi.Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
20 Apr, 04:59edited
#kun_hikmatiYaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.Bizni kuzatib boring👇 https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
19 Apr, 07:47
Farzandlarni ilmli qilish eng muhim maqsadimizga aylanishi lozim. Ayniqsa, qizlarimizni o‘qitaylik, ularga imkon, sharoit yaratib beraylik. Boisi ular millat tarbiyachilari, kelajak ular qo‘lida voyaga yetadi.🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
Jizzax Kelajak
18 Apr, 07:46
Tinglash eng katta hurmat.🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
Jizzax Kelajak
18 Apr, 07:44
#kitobxonlik_haftaligi“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Sambhram universiteti binosida yoshlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.✨ Mazkur uchrashuvda viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Mehribon Abduraxmonova, Abduraxmon Karimov hamda Abulqosim Mamarasulov ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.📖 Tadbir davomida adabiyotning jamiyatdagi o‘rni, ijod jarayonining o‘ziga xos jihatlari hamda yoshlar qalbida kitobga muhabbatni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! 👇https://t.me/RMMJizzaxshahar
Jizzax Kelajak
17 Apr, 07:16

Jizzax Kelajak
17 Apr, 07:16

Jizzax Kelajak
17 Apr, 07:16

Jizzax Kelajak
17 Apr, 07:16
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
