Latest posts

Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
22 Sept, 09:17
🎶 3-oktabr kuni Samarqandda unutilmas musiqiy kecha! 🇨🇦✨Family Park Ice Arena sahnasida kanadalik mashhur musiqachi Sina Bathaie o‘zining betakror ijrosi bilan tomoshabinlarga ajoyib kayfiyat ulashadi.Ud va an’anaviy cholg‘ular sadolari zamonaviy elektron musiqa bilan uyg‘unlashib, sharqona ohanglar va zamonaviy ritmlarning o‘ziga xos uyg‘unligini yaratadi. 🔥📅 3-oktabr 📍 Family Park, Ice Arena 🎟 Chiptalar: Showgo.uz✨ Musiqa, ritm va sharqona atmosfera uyg‘unligidagi ushbu konsertni o‘tkazib yubormang!
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
22 Sept, 04:02
🕌HAZRATI DOVUD ZIYORATGOHIDA YANGI INVESTITSIYAVIY LOYIHALAR REJALASHTIRILMOQDANurobod tumanining Oqsoy va Mehnatkash mahallalari oralig‘ida joylashgan yurtimizning qadimiy va muqaddas qadamjolaridan biri — Hazrati Dovud ziyoratgohining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. 🚠O‘rganish jarayonida Xitoyning kanat yo‘llari, osma ko‘priklar, ziplayn va ekstremal attraksionlar tashkil etishga ixtisoslashgan yirik korxonalari vakillariga hududning turistik salohiyati va loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan joylar ko‘rsatildi.Investorlar tomonidan mazkur hududda osma dor yo‘li, oynali osma ko‘priklar, ziplayn hamda boshqa zamonaviy ekstremal turizm obyektlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi.🤝Shuningdek, Xitoylik investorlar, Samarqand viloyati hokimi
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
18 Sept, 13:31
#Diqqat📣 E'LON!"Pomidor sayli"ga marhamat! 🍅✨📅 19-sentabr, Bulung‘ur tumani, Fozil Yo‘ldosh mahallasida viloyat miqyosidagi “Pomidor sayli” bo‘lib o‘tadi!🔸 Hududlarda yetishtirilayotgan pomidor navlari 🔸 Parvarish usullari va baholar 🔸 Ilmiy ishlanmalar va yangi navlar 🔸 Ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari 🔸 Hamkorlik uchun qulay imkoniyatlar🎤 Yulduzlar ishtirokidagi GALAKONSERT ham sizni kutmoqda!📌 Sayl ilm-fan, agrotexnologiya va ko‘ngilochar dasturlar uyg‘unligida o‘tadi.‼️ Barchani ushbu qiziqarli tadbirga taklif qilamiz!
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
17 Sept, 09:53
forwarded from @uzbektourismofficial
#IFTMTopResa #Sayyohlik #Turizm2026 #TurizmSohasiO‘zbekistonning IFTM Top Resa 2026 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida faxriy mehmon mamlakat maqomidagi ishtiroki doirasida tashkilotchilar milliy delegatsiya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari sharafiga tantanali qabul marosimini tashkil etdi.Ko‘rgazma ishtirokchilarining milliy stendlari bilan tanishish jarayonida O‘zbekiston milliy stendiga Fransiyaning kichik va o‘rta tadbirkorlik, savdo, hunarmandchilik, turizm va xarid qobiliyati masalalari bo‘yicha vaziri Serj Papen tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Suhrobjon Bobokalonov kutib oldi.Vazir zamonaviy ko‘rgazma arxitekturasi va O‘zbekistonning an’anaviy amaliy-bezak san’ati elementlarini o‘zida mujassam etgan milliy stendning yangi konsepsiyasi bilan tanishdi. U hunarmandchilik va me’morchilik an’analarini yuqori baholab,
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
15 Sept, 15:28
forwarded from @adizboboyev
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdiMarosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov, viloyat hokimi Adiz Boboyev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi mas’ullari, xorijlik mehmonlar va olimpiada ishtirokchilari qatnashdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Abdulla Aripov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olimpiada ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda shaxmatchilarga muvaffaqiyat tiladi.Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
15 Sept, 09:59
🎁 “UZBEK GIFT CONTEST” — IJODKORLAR UCHUN KATTA IMKONIYAT!O‘zbek milliy hunarmandchiligini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirib, sayyohlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop milliy sovg‘a mahsulotlari yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!🎨 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin? — Dizaynerlar — Rassomlar — Ijodkorlar — Kreativ soha vakillari🧵 Ishtirokchilar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z eskizlari va kreativ dizayn g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin.✨ Eng yaxshi tomoni — bir ishtirokchi bir vaqtning o‘zida barcha yo‘nalishlarda qatnashishi mumkin!🏆 10 nafar g‘olib aniqlanadi va har bir g‘olibga 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti topshiriladi.📅 Arizalar 21-sentyabrgacha qabul qilinadi.🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
15 Sept, 04:50
forwarded from @uzbektourismofficial
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #Turizm #ArabianTravelMarket #muloqot #hamkorlik #DubayDubay shahrida Arabian Travel Market (ATM 2026) doirasida “Hamkorlik orqali barqaror turizm industriyasini shakllantirish” mavzusida yuqori darajadagi vazirlar muloqotida Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ishtirok etdi.Tadbirda BMT Turizm Bosh kotibi Shayxa Al Nuvays, Yevropa Komissiyasining barqaror transport va turizm bo‘yicha komissari Apostolos Tzitzikostas, BAA Iqtisodiyot va turizm vaziri Abdulla bin Touq Al Marri, Bahrayn Turizm vaziri Fatima bint Jafar Al Sairafi hamda boshqa yuqori darajadagi vakillar qatnashdi.O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur muloqotdagi
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
14 Sept, 13:31
forwarded from @uzbektourismofficial
#Turizm #BMT #Xalqaro #barqaror #yashovchan #2027_yilO‘zbekiston va BMT Turizm "2027 yil — Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" ochilish marosimiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishga kelishib oldiBirlashgan Arab Amirliklarida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Butunjahon turizm tashkiloti (BMT Turizm) Bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays bilan uchrashdi.Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT Turizm o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, turizmni barqaror rivojlantirish tamoyillarini ilgari surish, turistik yo‘nalishlarning raqobatbardoshligini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Ochilish marosimining Toshkent shahrida o‘tkazilishi barqaror va yashovchan turizm tamoyillarini xalqaro miqyosda ilgari surishga xizmat qiladi.Shu bilan birga,
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
13 Sept, 06:58
forwarded from @samviloyatihokimligi
Ознакомление с деятельностью частной стоматологической клиникиSamarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
13 Sept, 06:58
forwarded from @samviloyatihokimligi
Stomatologiya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganildiSamarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
12 Sept, 14:00
Samarqand va Karachi turizm sohasi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuv“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Pokiston Islom Respublikasining Karachi shahri turizm sohasi vakillari hamda Samarqand viloyati turizm sohasi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirish, sayyohlik oqimini oshirish hamda Samarqand va Karachi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, turizm operatorlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
11 Sept, 08:44
Haj va Umra safarlarini tashkil etishda shubhali takliflardan ogoh bo‘ling!So‘nggi vaqtlarda Haj va Umra safarlarini tashkil etish niqobi ostida fuqarolarni aldashga urinayotgan firibgarlar turli shubhali takliflarni ilgari surmoqda. Ular arzon narxlar, tezkor jo‘natish va soxta va’dalar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga harakat qilmoqda.Hurmatli fuqarolar! Bunday takliflarga aldanmaslik, safarni tashkil etuvchi tashkilotning qonuniy faoliyatini tekshirish, shartnoma tuzmasdan va rasmiy tasdiqlovchi hujjatlarsiz pul to‘lamaslik tavsiya etiladi.Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlaringizni noma’lum shaxslarga bermang va faqat ishonchli, qonuniy faoliyat yurituvchi tashkilotlar orqali safar masalasini hal eting.Ogohlik — firibgarlikning oldini olishning eng muhim vositasidir!
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
10 Sept, 05:29
📢 E’LONSamarqand va Karachi shaharlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tadi!Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.📍Manzil: “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti🗓 Sana 11-sentabr, soat 16:00Hurmatli turizm sohasi vakillari! Sizlarni mazkur B2B uchrashuvida kutib qolamiz!📞 Ma’lumot uchun: +998958700874
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
9 Sept, 17:47
🚌TURIZMDA TRANSPORT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Joriy yilning 9-sentabr kuni Samarqand viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan transport korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda turizm sohasida transport ta’minotini yaxshilash, mavjud transport yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, hududlararo turistik transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va yengilliklardan samarali foydalanish hamda soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — turizm transporti yo‘nalishida soha vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash, davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni birgalikda va tizimli
Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
9 Sept, 11:41
🇺🇿 “Barcelo Group” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindiJoriy yilning 9-sentabr kuni “Barcelo Group” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Raul Gonsales boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i Jurabek Suyunov hamda Turizm jamoatchilik kengashi raisi Tolib Jahangirov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda Samarqand viloyatida mehmonxona xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, “Barcelo Group” kompaniyasining turizm obyektlarini boshqarishdagi xalqaro tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.Muloqot davomida Samarqandning turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro mehmonxona brendlarini hududga jalb etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.🤝 Uchrashuv yakunida “Barcelo Group”
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
