Latest posts

SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 14:36
forwarded from @samdchtijamoasi
#Yoshlar_giyohvandlikka_qarshiGiyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish — barchamizning vazifamizAholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi tegishli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadiga qaratildi.👉 Batafsil...Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 10:15
forwarded from @zarnews_uz
Сувнинг нархини биласизми? Қадрини-чи?Дунёдаги 1 метр/куб сувнинг нархи энг қиммат бўлган давлатлар: - Данияда 9,70 доллар; - Бельгияда 7,54 доллар; - Норвегияда 7,09 доллар; - Аляскада ойига 95 доллар; - Германияда 6,6 доллар.Сувнинг нархи энг арзон давлатлар: - Миср (Қоҳира)да 0,05 доллар; - Куба (Гавана)да 0,04 доллар; - Ўзбекистонда 0,4 доллар; - Покистон (Карачи)да 0,04 доллар; - Индонезия (Жакарта)да 0,03 доллар.Ҳурматли юртдошлар сувнинг қадрига етайлик!!!✅@Zarnews_uz
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 09:57edited
22-sentabr – Butunjahon avtomobilsiz kun.Butunjahon avtomobilsiz kun har yili 22-sentyabr kuni butun dunyo shaharlarida nishonlanadigan tadbirdir. Bu odamlarni muqobil transport turlaridan foydalanishga undash va bir kunlik avtomobillarga bo'lgan ishonchini kamaytirishga qaratilgan.Butunjahon avtomobilsiz kunning maqsadi avtomobillarga qaramlikning atrof-muhitga, aholi salomatligiga va shaharlardagi tirbandlikka salbiy ta'siri haqida xabardorlikni oshirishdirBir kun davomida yo'lda avtomobillar sonini kamaytirish orqali bu kun barqaror transport imkoniyatlarining afzalliklarini ta'kidlashni maqsad qilgan. Bu imtiyozlarga iqlim oʻzgarishiga hissa qoʻshadigan uglerod chiqindilarining kamayishi, transport vositalaridan ifloslanishni kamaytirish orqali shaharlardagi havo sifatini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish va jismoniy faollikni oshirish orqali jismoniy salomatlikni
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 07:33
#Talaba_Qizlar _Suniy_Intellekt📢 “BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-qizlari diqqatiga!“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida talaba-qizlar uchun sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida bepul onlayn ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda.💻 Loyiha orqali zamonaviy IT bilim va ko‘nikmalarini egallash hamda kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatga ega bo‘lish mumkin. 🌐 Ta’lim platformalari: 🔹 aileaders.uz 🔹 omp.aistudy.uz📌 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurslarda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlarni loyihada faol ishtirok etishga chorlaymiz!👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 07:15
#Teatr_ibratxonaSamarqand davlat chet tillar instituti teatrga ixlosmand talaba-yoshlarini mas’ullar boshchiligida Samarqand davlat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdiBerdaq nomidagi Qoraqalpoq davlati akademik musiqali teatri aktyorlari tomonidan “Vavilonni eng boy odami” nomli spektakli namoyish etildi.Bundan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarda teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, dunyoqarashini shakillantirish va buyuk tariximiz haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va Vatan ravnaqi uchun xavf solayotgan bugungi kunda global muammoga aylangan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, haqida bilimlarini yanada kuchaytirishdan iboratdir.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 06:57
#Vatan_bo'ylab _sayohat #Ichki_turizm🕌 SamDCHTI Payariq xorijiy tillar fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar ishtirokida Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif tashkil etildi.📚 Tashrif davomida talabalar buyuk alloma Imom al-Buxoriyning hayoti, ilmiy faoliyati va boy merosi bilan yaqindan tanishib, tarixiy-ma’naviy bilimlarini yanada boyitdilar.🌿 Ziyorat davomida majmuaning betakror me’morchiligi, fayzli muhiti va tarixiy ahamiyati talabalarda katta taassurot qoldirdi.✨ Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish va ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qildi.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 06:53
🕊 Tarixni anglash — xotirani asrashdan boshlanadi!🏛 SamDChTI Roman-german tillari fakulteti tyutorlari 1-bosqich talabalari bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etdi.📚 Tashrif davomida talabalar xalqimiz tarixining murakkab davrlari, siyosiy qatag‘onlar oqibatlari hamda nohaq ta’qibga uchragan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.📚 Har bir eksponat — tarixdan saboq, har bir xotira — kelajak avlod uchun ibrat.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 06:49
#Zakovat_intellektual_o‘yini🧠 Talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Institut talabalar turar joyida ARM xodimi G.Ergasheva, tarbiyachi-pedagog va tyutorlar tashabbusi bilan talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 📜 Bellashuv davomida ishtirokchilar turli mavzularga oid qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. ✨ Tadbir jarayonida talaba qizlarning kitobxonlikka, bilim olishga va intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, shuningdek, jamoaviy hamkorlik va o‘zaro fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 🏆 Yakunda faol ishtirok etgan jamoalar e’tirof etilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.👇Bi
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
22 Sept, 05:39
#Milliy_kontentMilliy libos — milliy qadriyatimiz! 🇺🇿Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti 2512-guruh talaba-qizlari tomonidan “Milliy libos — qizlar ko‘rki” mavzusida videorolik👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
21 Sept, 08:08
#kitobxonlik_tadbiri📚 Kitobxonlik — ma’naviy kamolot sari muhim qadam! Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyidagidagi kutubxonada kutubxonachi S. Nurullayevaning tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitob mutolaasining inson ma’naviy olamini boyitishdagi o‘rni, kitob tanlash va muntazam mutolaa qilishning afzalliklari haqida fikr almashildi. Talabalar o‘qigan asarlari va ulardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. 📖 Tadbir yakunida talabalar yangi kitobxonlik chellenjiga start berib, har kuni kamida 30 bet kitob o‘qishni maqsad qildilar. Zero, katta natijalar kichik, ammo muntazam odatlardan boshlanadi.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
21 Sept, 05:42
#Munozara #Tanlov✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-sentabrdagi 05/61-7809-son topshiriq xati hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026-yil 9-sentabrdagi 17, 59-q/q, 01-07/49 va 2/5-son qo‘shma qaroriga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida «Munozara» debat klublarini tashkil etish hamda “Munozara” intellektual o’yinlarini yuqori saviyada tashkil etish belgilangan. ✅Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida «Munozara» debat klublari tashkil etilib, intellektual o‘yinining institut bosqichi o‘tkazildi. ❗️Musobaqa natijalariga ko’ra: 🥇 1-o‘rin — "Tarjimon" jamoasi; 🥈 2-o‘rin — "Intellekt " jamoasi; 🥉 3-o‘rin — "Everest" jamoasiga nasib etdi.✅G’olib jamoalar diplom va kitoblar bilan
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
19 Sept, 08:17
📚 Kitob — bilim va ma’rifat manbai!🏛 SamDChTI Roman-german tillari fakulteti tyutorlari rahbarligida 1-bosqich talabalari Institut kutubxonasiga a’zo bo‘lishdi.Institut kutubxonasi talabalar uchun zarur ilmiy, badiiy va o‘quv adabiyotlaridan foydalanish imkonini beruvchi muhim maskan hisoblanadi.📚 Kutubxonaga a’zo bo‘lgan 1-bosqich talabalari endilikda o‘z mutaxassisliklariga oid adabiyotlar, xorijiy tillarni o‘rganishga yordam beruvchi qo‘llanmalar, badiiy asarlar hamda turli ilmiy manbalardan samarali foydalanishlari mumkin.📖 Mutolaa — tafakkurni boyitadi, bilimni mustahkamlaydi va kelajak sari ishonchli qadam tashlashga yordam beradi.Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida kutubxona bilan hamkorlik qilish muhimdir.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
19 Sept, 06:08
#Muzeyga_tashrif✅Qatag‘on qurbonlari xotirasi – abadiy ehtiromda✅O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining reja-grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimonshunoslik fakulteti tyutorlari Samarqand shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.Tashrif davomida talabalarga qatag‘on davri tarixi, o‘sha davrda qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, eksponatlar orqali tarixiy ma’lumotlarni atroflicha tushuntirib berishdi.Uchrashuv davomida “Mustaqillik va ilm-ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni bilmasdan turib, bugungi hayotimizning qadriga yetish mushkul”, degan ezgu g‘oya ta'kidlandi.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat RASMIY
19 Sept, 05:38
MILLIY VA SHARQONA TARBIYA — MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSISamarqand davlat chet tillar instituti 2-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida “Milliy va sharqona tarbiya – ma’naviy barkamollik asosi, sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.Suhbat davomida milliy qadriyatlar, sharqona odob-axloq, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati, talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda Talabalar turar joyida sog‘lom psixologik va ijtimoiy muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.Suhbat yakunida talaba-qizlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda TTJda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan fikrlar bildirildi.👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
