Latest posts

Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 19:16
#aktyor_hayotida_bir_kunMehri Xakimova:“Bolaligimdan ichimda bir ovoz bor edi. Uni hech kim eshitmasdi, lekin men har kuni eshitardim. U meni sahnaga, san’atga, yuragimdagi eng beg‘ubor orzular sari chorlardi...” Men hali qog‘ozdan sahna yasab, oynadagi aksimga tomoshabinlar kabi qarab turgan kichkina qizaloq edim. Televizorda ko‘rilgan har bir sahna, maktab sahnasidagi har bir kichik chiqish – men uchun butun bir olam edi. O‘shanda anglagandim: bu oddiy o‘yin emas, bu — yuragimning tili. Ichki bir tuyg‘u meni doim aktyorlikka undardi. Bu ovoz shunchalik kuchli ediki, hatto hayotning zarbalari ham uni jim qila olmadi. Yillar o‘tdi, orzular ulg‘aydi, lekin o‘sha ovoz hech qachon so‘nmadi. Bugun men shu yo‘lni tanlaganimdan behad baxtiyorman. Chunki sahna — bu mening hayotim. Har bir rol — yuragimning bir bo‘lagi. Men obraz yaratmayman — men uni yuragimda his qilaman, yashayman, so‘ng
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 19:02
2026- yil 23-sentabr, haftaning chorshanba kuni.Bugun, O’zbekistonda Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, Samarqand viloyat musiqali drama teatrining tajribali va mahoratli aktrisasi Xakimova Mexri Abdukadirovnaning tavallud topgan kuni! Ustoz, Sizga sog’lik-salomatlik, uzoq umr, keng va baland rizq-nasiba tilaymiz! Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga doimo sog’-salomat bo’ling, baxt, saodat va omad hamisha sizning hamrohingiz bo’lishi tilakdoshimiz! Yana bir bor, tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin!Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 14:52
🔈 TЕATRGA MARHAMAT!🗓 24-sentabr kuni , ⏱ soat 15:00 da!🎬 Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi teatr binosida Farmon Toshev qalamiga mansub “Mahmudxoʻja Behbudiy” spektaklini tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi.Sahnalashtiruvchi rejissyor: Farhod Boynazarov:Sahnalashtiruvchi rassom: Bahrom Safoyev.✅ Spektakl 24-sentabr kuni, ⏱soat 15:00 da🎫 Chiptalar 30 000.❕Ma’lumot uchun telefonlar: 📞+998 93353-67-06 📞+998 97396-94-96🏛 Manzil: Samarqand shahar Koʻk-saroy maydoni 3-uy. Moʻljal: (Amir Temur haykalining roʻparasida).
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 11:04
Bugun tomoshabinlar uchun namoyish etilgan "Behbudiy" spektaklidan lavhalar.Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 02:07
"Ko‘chki" spektaklidan lavhalarSamarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
22 Sept, 02:07
"Ko‘chki" spektaklidan lavhalarSamarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
21 Sept, 15:16
Bugungi kunning eng muhim va unutilmas lahzalaridan biri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri ijodkorlari tomonidan “Vavilonning eng boy odami” nomli spektaklning namoyish etilishi bo‘ldi. Spektakl orqali aktyorlarning yuksak ijrochilik mahorati, sahnadagi obrazlarning yorqin talqini hamda ijodiy jamoaning o‘ziga xos sahna yechimlari tomoshabinlarga manzur bo'ldi.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
21 Sept, 11:40edited
🎭 Samarqand viloyati musiqali drama teatrida ijodiy uchrashuvBugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi Samarqand viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdi.Tashrif davomida ikki teatr jamoasi o‘rtasida ijodiy hamkorlik, tajriba almashish va teatr san’atini yanada rivojlantirish borasida fikr almashdi. 🤝🎭Mehmonlar teatr jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi. Mazkur tashrif ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va yangi ijodiy loyihalarga zamin yaratildi.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
21 Sept, 11:39

Samarqand viloyati musiqali drama teatri
21 Sept, 11:36edited
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri ijodkorlari viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Qoraqalpogʻistonlik ijodkorlar samarqandlik teatr ixlosmandlari eʼtiboriga «Vavilonning eng boy odami» nomli spektaklni havola etdilar. Mazkur sahna asarida inson hayotidagi boylik, mehnat, bilim va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, toʻgʻri qaror qabul qilish hamda hayotiy tanlovlar singari muhim masalalar badiiy obrazlar orqali mahorat bilan gavdalantirilgan.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
19 Sept, 11:42
Samarqand viloyati musiqali drama teatrida bugun millat ma’rifati, ozod fikr va taraqqiyot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk siymo — Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Behbudiy” spektakli namoyish etildi.Spektaklni tomosha qilish jarayonida yosh avlod vakillarining ishtiroki ham alohida ahamiyat kasb etdi. Spektaklda Toyloq hamda Jomboy tumanidagi maktab o‘quvchilari faol qatnashib, tariximizning muhim va ibratli sahifalari bilan yaqindan tanishdilar.Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi buyuk ma’rifatparvarlarning hayoti bizga bir haqiqatni eslatadi: millat taraqqiyoti, avvalo, ilm va ma’rifatdan boshlanadi. Ularning orzulari, xalq kelajagi uchun qilgan sa’y-harakatlari bugungi yoshlar uchun ham katta ibrat maktabidir.Teatr matbuot xodimi: Og'abek Obidov
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
