Latest posts

Sarhad.uz
15 Oct, 05:32edited
📘✅ Mutolaa uchun: “VATANPARVAR” gazetasining 9-oktabrdagi 41-soni.📚Gazetaning 16-sahifasida chegara qo‘shinlari qahramoni, marhum mayor Yermek O‘zbekovning mardlik va jasoratga boy hayot yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
9 Oct, 05:16
📝 O‘zbek tilim, jonu dilim.📌 Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida Shahrisabz tumani xokimligi bilan xamkorlikda muddatli harbiy xizmatchi shuningdek ishchi va xizmatchilar o‘rtasida 21 oktabr “O‘zbek tili” bayrami munosabati bilan, “O‘zbek tilim, jonu dilim” shiori ostida umummilliy diktantlar tanlovi o‘tkazildi.✨ Takidlash joizki, ushbu tanlovning sinov diktanti tilimizdagi eng murakkab so‘zlari asosida yozilgan bo‘lib, g‘olib va sovrindorlar 21 oktabr “O‘zbek tili” bayrami munosabti bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida munosib taqdirlanadilar.Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube




Sarhad.uz
8 Oct, 11:29
🧭 “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.📌Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-sonli maktabda o‘quvchilari ishtirokida “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.🔵 Muloqot davomida o‘quvchilarga ushbu Surxondaryo viloyatida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyidagi ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari hamda kelgusida harbiy ta’limni davom ettirish istiqbollari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.✅Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube



Sarhad.uz
8 Oct, 05:14
🥇 Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Sarmich qishlog‘i yoshlari “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasida ikki karra g‘olib bo‘lgan.🔵 Ammo bu muvaffaqiyat ortida faqat ishtirokchilarning mehnati emas, balki ustozlar fidoyiligi va Sarmich mahallasining ahilligi mujassam. Sarmichda yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga yaratilgan muhit — e’tirofga loyiq tajriba. 🎞 Sarmich: g‘alaba ortidagi muhit haqida maxsus reportaj.Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
7 Oct, 12:02
forwarded from @xavfsizlik_uz
🔥 Afg‘onistondan olib kelingan 48,5 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi ❗️ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, ularni mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi harbiy xizmatchilari say’-harakati bilan katta miqdordagi narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi.Xususan, Afg‘oniston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan, Termiz tumanida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi “Ayritom” chegara bojxona postida chuqurlashtirilgan tarzda tekshiruvdan o‘tkazildi. ⚠️ Tekshiruv jarayonida avtomashina tirkamasining pol qismi ostiga jami 98 dona o‘ramda 39 kg 86 gr “gashish” va 9 kg 498 gr “opiy” moddalari yashirib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. 🔥 Ta’kidlash lozim, narkosavdogarlar giyohvandlik vositalari fosh bo‘lmasligi uchun ularni dastlab polietilen paketga solib, so‘ngra folga qog‘ozi bilan, keyin esa skotch bilan o‘rashgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu narkotik moddalarning buyurtmachilarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
7 Oct, 11:57
🧭 Bir askar bir hunar.📌 Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xizmat burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar izchil davom ettirilmoqda.🤔 Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar avtomobillarning texnik holatini tekshirish, ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini belgilangan texnologik talablar asosida bajarish, maxsus asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar.📙 Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarning amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilayotgani harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa ularning xizmat vazifalarini sifatli va mas’uliyat bilan bajarishi, kelgusida esa o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube




Sarhad.uz
7 Oct, 11:49
🧭☄️ Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “Aral Ultra” marafonida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etib, munosib natijalarni qayd etdilar.🥇Jumladan, musobaqaning 15 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha absolyut yo‘nalishida kichik serjant Shoxrux Xujamshukurov faxrli 1-o‘rin, kichik serjant Lazizjon Murtozov 2-o‘rin, II darajali serjant Ixtiyor Najmutdinov esa 3-o‘rinni egalladi.🥇Shuningdek, musobaqaning yosh toifalari bo‘yicha bahslarida ham harbiy xizmatchilarimiz yuqori natijalarni qayd etdilar. Xususan, 40–49 yosh toifasida bosh serjant Baxodir Ruziev, 30–39 yosh toifasida esa katta leytenant Feruz Barnoev faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.✨ Musobaqaning 25 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha absolyut yo‘nalishida ham chegarachilar kuchlilar safidan joy oldi. Jumladan, oddiy-askar Dilijon Qodirov mazkur masofada munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.✅ Sportda ham, chegara xizmatda ham faol bo‘lgan harbiy xizmatchilarimizni ushbu munosib g‘alabalari bilan muborakbod etamiz!Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube




Sarhad.uz
7 Oct, 09:41
forwarded from @uza_uz
Ўзбекистон Президенти амалий ташриф билан Туркманистонда бўладиЎзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовнинг таклифига биноан 7-9 октябрь кунлари амалий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.Батафсил: https://uza.uz/posts/918141Телеграм каналларимиз


Sarhad.uz
22 Sept, 11:04edited
🇺🇿☄️Осиё ўйинлари. Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Вьетнам термасини ҳам мағлуб этди✨ Равшан Ҳайдаров қўл остидаги Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Вьетнам билан баҳс юритди. Унда вакилларимиз 2:0 ҳисобида ғалаба қозонди.🏆Осиё ўйинлари, 3-турВьетнам – Ўзбекистон 0:2Голлар: Муҳаммадали Ўринбоев 5, - 0:1. Нурлан Ибраимов 67, - 0:2.


Sarhad.uz
22 Sept, 10:48
forwarded from @mv_univer
⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun mutaxassisliklar kesimida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.Ayni paytda universitetda operativ-taktik boshqaruv bo‘g‘inidagi shtab ofitserlari hamda vzvod komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun 3 oylik qayta tayyorlash kurslari olib borilmoqda.Mazkur kurslarda harbiy xizmatchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar asosida xizmat faoliyatini samarali tashkil etish hamda boshqaruv salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.➡️Universitet rasmiy sahifalari:📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.




Sarhad.uz
22 Sept, 10:43
❄️ Sport va ma’naviyat uyg‘unlashgan uchrashuv🔵 Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida tadbir o‘tkazildi.♟Tadbir doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirok etib, o‘zlarining nafaqat jismoniy, balki mantiqiy fikrlash, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda g‘alaba uchun o‘zaro bellashib, sportga bo‘lga qiziqishlarini namoyish etdilar. Shuningdek, tadbir daomida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.✅Bunday uchrashuvlar turli avlod vakillarini yagona maqsad - Vatanga sadoqat, xalq




Sarhad.uz
22 Sept, 10:41
📖 Kitobxonlik targ‘iboti📍 Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.📖 Unda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Ganji Berdiyev va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Sergeli tumani bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Xudoyberganovalar ishtirok etishdi.📚 Davra suhbati tarzda o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston - taraqqiyot strategiyasi” kitobi va yozuvchi Muhammad Alining “Temurbek” kitoblari targ‘iboti amalga oshirildi. Tadbir mazmunli va fikr mulohazalarga boy holda o‘tkazildi. Unda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar siyosiy va tarixiy bilimlarini mustahkamlab



Sarhad.uz
22 Sept, 10:40
🎵📱 2001 йилда суратга олинган "Остона" фильми саундтреки янги талқинда📱 Сунъий интеллект орқали тайёрланди🔗Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
21 Sept, 05:26edited
🧭📱 ДХХ Чегара қўшинлари Матбуот хизмати тақдим этади: “Чегара бузғунчиларининг қўлга олиниши”.🔗Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
21 Sept, 05:21
🛡Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!📍Suxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 45-maktabda DXX Chegara qo‘shinlari faxriylari - ist’efodagi podpolkovniklar F. Salomov va Z. Karimovlar hamda yoshlar ishtirokida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.🍀 Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu tadbirda faxriylar so‘z olib, so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarni puxta bilim olishga va o‘z ustida tinimsiz ishlashga chorladilar.🔗Bizni barcha tarmoqlarda kuzating




Sarhad.uz
21 Sept, 05:19
🇺🇿Vatanga xizmat - oliy fazilat✅Vatan himoyasi – sharafli va mas’uliyatli burch. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat tuyg‘ularini yosh avlod qalbiga singdirish, ularni harbiy kasbga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida, Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida DXX Chegara qo‘shinlari faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” shiori ostida mahorat darsi o‘kazildi.🎤 Unda so‘z olgan DXX Chegara qo‘shinlari faxriysi Maqsud Saidov yosh harbiy xizmatchilarga xizmat otlarini saqlash sharoitlari, ularni belgilangan me’yorlar asosida oziqlantirish, kundalik parvarishlar, sog‘lom holatini nazorat qilish hamda xizmat jarayonida zarur jihozlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.



Sarhad.uz
21 Sept, 05:17
🔥 Olov – tilsiz yov📌Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sergeli tumani FVV bo‘limi xodimlari ishtirokida mashg‘ulot o‘tkazildi.🚒 Mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar turli, ularning kelib chiqish sabablari, qanday harakat qilish tartibi, oldini olish choralari hamda yong‘inni o‘chirish vositalarini imkoniyatlari, ulardan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haqida tushunchalar berildi.🌫 Bundan tashqari kuz-qish mavsumida kuzatiladigan xazon yoqish, nosoz va qo‘lbola elektr hamda gaz isitish vositalardan foydalanmaslik, mo‘rilarni tozalash va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.🔗Bizni barcha tarmoqlarda




Sarhad.uz
20 Sept, 18:12
forwarded from @sarhad_uz
🎵📱 2001 йилда суратга олинган "Остона" фильми саундтреки янги талқинда📱 Сунъий интеллект орқали тайёрланди🔗Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇✈️ Telegram | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sarhad.uz
20 Sept, 10:07
🤔 Psixologik trening📌Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom va ijobiy muhitni mustahkamlash maqsadida psixologik trening o‘tkazildi.❄️ Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh harbiylar orasida stressli holatlarni bartaraf etish, xotira va diqqatni jamlash, fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish, shaxsiy tarkibda pozitiv kayfiyatni yuksaltirishdan iborat.🎊 Psixologik mashg‘ulot harbiy xizmatchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu ularning kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, jangovar ruhini yanada oshirdi.🔗Bizni barcha tarmoqlarda kuzating 👇




Sarhad.uz
20 Sept, 10:04
✅Faxriylarga ehtirom🧭DXX Chegara qo‘shinlarida Vatan sarhadlari daxlsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriy harbiy xizmatchilarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish an’ana tusini olgan. Ularning xizmat faoliyati, boy hayotiy va kasbiy tajribasi yosh avlod uchun ibrat sifatida ko‘rsatiladi.📍 Buxoro viloyatida DXX Chegara qo‘shinlari faxriysi, iste’fodagi mayor Sayfiddin Niyozovni 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.🎤 Unda so‘z olganlar S. Niyozovning Vatan tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizgini ta’minlashga qo‘shgan hissasi, kasbiy faoliyatidagi namunali xizmatlarini alohida e’tirof etib, unga uzoq umr, mustahkam sog‘lik hamda farzand va nabiralari ardog‘ida sermazmun hayot kechirishni tilashdi.



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
