Latest posts

Sarmoyador
12 Sept, 12:41edited
O‘zbekiston ilk bor Gongkong birjasida so‘m va yuandagi obligatsiyalarni joylashtiradi“O‘zmilliybank” va Xitoyning CICC investitsiya banki o‘rtasida Gongkong fond birjasida (HKEX) 250 million AQSh dollari ekvivalentida o‘zbek so‘mi va Xitoy yuanida xalqaro obligatsiyalarni listing qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu mamlakat moliyaviy tizimi uchun ilgari asosan G‘arb maydonlari (London) va AQSh dollari bilan cheklangan tashqi qarz bozorini Osiyoning eng yirik kapital xabi tomonga diversifikatsiya qilishdagi strategik qadamdir.Mazkur bitim makroiqtisodiy nuqtai nazardan de-dollarizatsiya va valyuta xatarlarini xedjlash mexanizmini kuchaytiradi. Xalqaro obligatsiyalarning bevosita milliy valyutada (so‘mda) muomalaga chiqarilishi tashqi qarz tuzilmasida dollar bosimini kamaytiradi hamda ichki moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shunga parallel ravishda yuan
Sarmoyador
10 Sept, 09:09

Sarmoyador
10 Sept, 08:49
O‘zbekkimyomash so‘nggi yillar uchun dividend to‘lamaslikka qaror qildi, ammo birjada kompaniya aksiyalari “uchmoqda”“O’zbekkimyomash zavodi” AJ (UZHM) aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishida 2024 va 2025-yillar yakunlari bo‘yicha sof foydani dividendga yo‘naltirmaslik va taqsimlanmagan foyda tarkibida saqlash haqida qaror qabul qilindi.Biroq dividend 2021-yildan beri berilmay kelayotgan bo’lsada, birja kotirovkalarida jiddiy o’sish kuzatilmoqda - 10-sentabr holatiga, UZHM aksiyalari 10 000 so‘m darajasida savdo qilinmoqda. Qimmatli qog‘oz narxi so‘nggi 1 oyda +47,06 foizga, 6 oyda +127,38 foizga, bir yil ichida esa +233,33 foizga keskin oshgan.Dividend to‘lanmasligi va bozordagi narx oshishi o‘rtasidagi bunday uzilish qimmatli qog‘ozga bo‘lgan talab joriy dividend daromadliligi emas, balki korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini qayta tiklash, biznes-rejani
Sarmoyador
10 Sept, 08:16edited
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markaziga boshqaruvchi etib tayinlandiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva egallab turgan lavozimi bilan bir qatorda Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchining faoliyatidagi asosiy yo‘nalish Moliya markazini ishga tushirish jarayonlarini muvofiqlashtirish — ustuvor hujjatlarni tayyorlash hamda davlat organlari va markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ladi.#TIFC #MoliyaMarkazi@sarmoyadoruz
Sarmoyador
10 Sept, 07:35
Asia Alliance Bank O‘zbekiston tarixida birinchi marta valyutada korporativ obligatsiyalar chiqardiIstiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida respublikamizda ilk bor chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Ushbu tarixiy emissiyada “Asia Alliance Bank” AJ birinchi emitent sifatida ishtirok etdi. Emissiyaning umumiy hajmi 20 mln AQSh dollarini, har bir obligatsiyaning nominal qiymati esa 100 AQSh dollarini tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish barcha toifadagi investorlar uchun ochiq obuna orqali amalga oshirilishi belgilangan.Mahalliy emitentlarga xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi kapital bozorida bank depozitlariga muqobil bo‘lgan yangi instrumentni shakllantiradi. Endilikda investorlar ushbu obligatsiyalarning yakuniy
Sarmoyador
9 Sept, 16:18
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari avgust oyida 7,8 milliard dollarga ko‘paydiMarkaziy bank e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari avgust oyida 7,79 milliard dollarga (+12,1 foiz) ko‘payib, 72,14 milliard dollarni tashkil etdi. Iyuldagi kichik o‘sishdan so‘ng qayd etilgan ushbu keskin ko‘tarilishga qimmatbaho metalning fizik hajmi ortgani hamda jahon bozorida oltin narxi qimmatlashgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan.Rasmiy statistikaga muvofiq, zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati bir oy davomida 8,81 milliard dollarga oshib, 64,93 milliard dollarga yetgan. Oltinning bir troy unsiyasi narxi avgustda 4 052,2 dollardan 4 601,6 dollargacha ko‘tarilgan. Shu bilan birga, regulyator oltin xaridini ham oshirib, zaxiraga yana 260 ming troy unsiya (taxminan 8,1 tonna) oltin qo‘shgan.Garchi oltinda o‘sish kuzatilgan bo’lsa-da,
Sarmoyador
9 Sept, 08:35
Chakana investorlar uchun muhim signal: Birja kapitali qaysi sektorlarda jamlanmoqda«Toshkent» respublika fond birjasi 2026-yil avgust oyi savdo natijalarini e’lon qildi. Oy yakunlariga ko‘ra, umumiy savdo hajmi 1 226,30 mlrd so‘mni, tuzilgan bitimlar soni esa 184 196 tani tashkil etib, mahalliy kapital bozorida faollik sezilarli darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.Asosiy savdo maydonchasida eng yuqori savdo hajmi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNF) aksiyalarida qayd etilib, 18 652,33 mln so‘mni tashkil etdi. Uning ortidan Sanoatqurilishbank (SQBN) 16 472,50 mln so‘m, O‘zbektelekom (UZTL) 9 917,06 mln so‘m hamda Respublika tovar-xomashyo birjasi (URTS) 6 262,44 mln so‘mlik savdo hajmi билан yetakchilik qildi.Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini O‘zmetkombinat (UZMK) 3 797,42 mln so‘m, Hamkorbank (HMKB) 2 969,83 mln so‘m va Ipoteka-bank (IPTB) 2 423,60 mln so‘mlik
Sarmoyador
9 Sept, 04:38
«Toshkent» birjasidagi anomal ralli: Sanoat va energetika aksiyalari fundamental mantiqsiz darajada shishmoqda«Toshkent» respublika fond birjasida sentabr oyining boshidan buyon davlat ulushi yuqori bo‘lgan hamda energetika va sanoat sektorlariga tegishli qator kompaniyalar aksiyalarida o‘ta tajovuzkor narxlar o‘sishi (ralli) kuzatilmoqda. Birja grafiklari va kotirovkalari tahlili qisqa fursat ichida ayrim instrumentlar narxi fundamental moliyaviy ko‘rsatkichlardan mutlaqo uzilgan holda yuzlab va hatto minglab foizga qimmatlashganini ko‘rsatmoqda:«Buxoroneftgazparmalash» AJ (BNGPP / BNGP): Imtiyozli aksiyalar (BNGPP) narxi so‘nggi bir oy ichida 1 628,0 foizga qimmatlashib, 864 000 so‘mga yetdi (bir yillik dinamika — 16 657%). Oddiy aksiyalar (BNGP) esa so‘nggi bir oyda 259,6 foizga o‘sib, 44 880 so‘mni tashkil etdi.«O‘ztransgaz» AJ (UTGA / UTGAP): Oddiy aksiyalar (UTGA) bir oyda
Sarmoyador
8 Sept, 17:08edited
HET imtiyozli aksiyalari 7 kunda 524 foizga oshdi, kompaniya esa har bir aksiyaga 25 so’mdan dividend to’lamoqchi«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (HET) Kuzatuv kengashi 2026-yil 8-sentabr kuni e’lon qilingan muhim faktda (№41) jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lash taklifini oshkor qildi. Qarorga ko‘ra, oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lanmasligi, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa nominal qiymatning (100 so‘m) 25 foizi miqdorida, ya’ni bir dona aksiya uchun bor-yo‘g‘i 25,00 so‘m dividend ajratish tavsiya etilgan.Shunga qaramay, birjada HET imtiyozli aksiyalari (OHETP) narxida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan keskin sakrash kuzatildi. Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya narxi so‘nggi bir oyda 844,71 foizga, oxirgi 7 kunda esa 524,33 foizga qimmatlashib, 35 899,0 so‘mga yetgan. Birjadagi bunday anomal o‘sish va hajmlarning ortishi bozorda spekulyativ «rush» hamda
Sarmoyador
8 Sept, 10:21
«O‘zbekgidroenergo» AJ ustav kapitali 3,75 trillion so‘mga yetkaziladi«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini taqsimlanmagan foyda hisobidan 4,8 baravarga — amaldagi 785,16 mlrd so‘mdan 3,75 trillion so‘mgacha oshiradi. Tegishli qaror aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, kompaniya har birining nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 29,68 milliard donadan ortiq qo‘shimcha oddiy aksiyalarni muomalaga chiqaradi. Emissiya yopiq obuna usulida amalga oshirilib, qimmatli qog‘ozlar amaldagi aksiyadorlar o‘rtasida ularning jamiyatdagi ulushlariga mutanosib ravishda joylashtiriladi. Ya'ni:Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 17,81 mlrd dona aksiya (1,78 trln so‘m);O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) — 11,87 mlrd dona aksiya (1,18 trln so‘m).Ustav kapitalining taqsimlanmagan foyda hisobidan kapitalizatsiya
Sarmoyador
8 Sept, 09:41
7-15 baravar qimmatlagan uylar: Toshkentda mol-mulk solig‘i ham kutilmaganda oshib ketadimi?Toshkent shahrida uy-joylarni bozor narxiga yaqinlashtirib baholash bo‘yicha tajriba loyihasi (pilot loyiha) yakunlandi. Natijada ko‘chmas mulk obektlarining baholangan qiymati amaldagi kadastr narxlariga nisbatan 7 baravardan 15 baravargacha oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa fuqarolar va investorlar orasida «endi mol-mulk solig‘i ham shuncha baravarga oshadimi?» degan haqli savollarni keltirib chiqardi.Ushbu xavotirlarga Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori o‘rinbosari Feruz Sultonov rasmiy munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ommaviy baholash natijasida aniqlangan qiymatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq stavkasi yoki soliq summasi bilan tenglashtirish mantiqan va huquqiy jihatdan noto‘g‘ri hisoblanadi.Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslarning turar joylari uchun
Sarmoyador
8 Sept, 06:47
Xususiylashtirishning yangi to‘lqini boshlamoqda: Turonbank, Xalq Sug‘urta va O‘zbekiston temir yo‘llari korxonalari sotiladiPrezidentning 28-avgustdagi iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga qaratilgan farmoni bilan qator yirik davlat aksiyalari va ulushlarini xususiylashtirish ro‘yxati tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, «Turonbank»ning 98,9 foiz davlat aksiya paketi hamda «Xalq Sug‘urta» kompaniyasining 100 foizlik ulushi to‘liqligicha ochiq savdolarga chiqarilishi rejalashtirilgan.Keng ko‘lamli xususiylashtirish transport, infratuzilma va biznes-markazlar sohasini ham qamrab oladi. Xususan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tizimidagi Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodining 90% hamda Andijon mexanika zavodining 100% ulushi sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, «O‘zdavyerta‘mir» tizimidagi «Avtomagistral» DUK va hududiy yo‘l qurilish korxonalari, qolaversa,
Sarmoyador
4 Sept, 11:15edited
UzNIF aksiyalari: London birjasidagi narxlar Toshkentdagidan arzonlashmoqdaO‘zbekiston Milliy investitsiya fondining (UzNIF) London fond birjasidagi (LSE) depozitar tilxatlari (GDR) so‘nggi uch savdo kunida Toshkent respublika fond birjasidagi mahalliy aksiya narxlariga nisbatan pastroq darajada yopilmoqda. Bozordagi ushbu farq (spred) qisqarish o‘rniga tobora kengayib bormoqda.3-sentabr holatiga ko‘ra, Londonda GDR narxi 1,10% ga tushib, $36,05 darajasida savdolarni yakunladi. Markaziy bankning rasmiy kursi ($1 = 11 813,09 so‘m) va bitta GDR tarkibidagi 64 700 ta aksiya mutanosibligida hisoblanganda, bu bir dona aksiya uchun 6,58 so‘mga teng keladi. Xuddi shu kuni Toshkent birjasida UzNIF aksiyalari narxi 0,15% ga arzonlab, 6,81 so‘mni tashkil etdi. Natijada xalqaro maydondagi aktiv qiymati ichki bozordagiga nisbatan 3,3 foizga arzonroq baholanmoqda.Bunday kotirovka farqi
Sarmoyador
3 Sept, 07:07
Bank of Georgia egasi O‘zbekistondagi yirik banklardan birini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdaBank of Georgia va Ameriabank xoldingi hisoblangan Lion Finance Group Plc o‘z biznesini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘istondagi yirik banklarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda guruh bosh ijrochi direktori Archil Gachechiladze Bloomberg nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, guruh asosiy e’tiborini moliya bozoridagi top-3 va top-5 o‘rinlarni egallagan yirik ishtirokchilarga qaratmoqda.«Biz bozordagi top-3 va top-5 o‘rinlardagi banklarga e’tibor qaratmoqdamiz. Guruh qiymatini oshirishning kaliti — Bank of Georgia tajribasidagi raqamli banking modelini qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi bozorlarni topishdir», — deydi Gachechiladze.E’tiborlisi, Bank of Georgia O‘zbekiston moliya va kapital bozoriga begona emas — bank allaqachon mahalliy
Sarmoyador
3 Sept, 06:55
RFB «Toshkent» o‘zining yangilangan brendi va yangi logotipini taqdim etdi1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan «Toshkent» respublika fond birjasi milliy kapital bozorining zamonaviy rivojlanish bosqichini aks ettiruvchi yangi logotip va brend uslubini namoyish etdi.Yangi logotip negizida birja faoliyatining raqamlashtirilishini aks ettiruvchi elementlar mujassamlashgan. Undagi nuqtalar va piksellar ma’lumotlar oqimini, amalga oshirilayotgan bitimlarni hamda bozor ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini anglatadi. Yuqoriga yo‘naltirilgan kompozitsiya esa birja kotirovkalari grafigini eslatib, kapital bozorining o‘sishga, rivojlanishga va imkoniyatlarni kengaytirishga bo‘lgan intilishini ifodalaydi.Birjaning rasmiy nomi xalqaro moliya bozorida brendning tanilishini oshirish hamda global integratsiyani ta’minlash maqsadida Tashkent Stock Exchange deb taqdim etildi.#RFBToshk
Sarmoyador
3 Sept, 06:25
AFC Uzbekistan rahbari Skott Osheroff: Nima uchun hozir O‘zbekistonga sarmoya kiritishning eng qulay vaqti?AFC Uzbekistan Fund boshqaruvchisi Skott Osheroff Idea Brunch nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston kapital bozorining rivojlanish bosqichlari hamda mamlakatga xalqaro investorlar oqimi ortib borayotgani haqida so‘z yuritdi. Osheroff O‘zbekistonga ilk bor 2018-yilda kelganida, 34 millionlik aholi hamda oltin, mis va uran zaxiralariga boy bo‘lgan mamlakatga xalqaro investorlar e’tibor qaratmayotgani uni hayratda qoldirganini ta’kidladi. O‘sha davrda ko‘chmas mulk bozorida daromadlilik 25 foizni, birjadagi kompaniyalarning divident daromadliligi esa 50 foizga yaqinlashgan edi. 2019-yil mart oyida valyuta cheklovlarining bekor qilinishi hal qiluvchi omil bo‘lib, fond birjada aksiyalarni sotib, mablag‘ni xorijga erkin olib chiqqan ilk xorijiy institutga aylandi.Bozordagi hozirgi
Sarmoyador
3 Sept, 06:14edited
Bozor qaynamoqda: bu pufakmi yoki imkoniyat?So’nggi oylarda mahalliy fond bozorida aktivlar deyarli to’xtovsiz oshib bormoqda. Natijada, nafaqat blue chipslar, balki defakto faoliyat ko’rsatmayotgan, ammo qog’ozlari listingda bo’lgan kompaniya aktivlari ham qimmatlamoqda.Ba’zi investorlar bu vaziyatni pufak deya pessimizm bilan qarayotgan bo’lsa, boshqalar bu O’zbekiston fond bozoriga yirik investorlar kirib kelayotgani bilan bog’lashmoqda.Darvoqe, kuni kecha “Toshkent” RFB rebrending o’tkazibdi. Siz qanday fikrdasiz?#pufak #rfb #rebranding@sarmoyadoruz
Sarmoyador
28 Aug, 15:57
⚡️O‘zbekiston iqtisodiyoti 2030-yilga borib ikki baravar o‘sib, $300 mlrdga yetadi — PrezidentPrezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va kelgusi yillarga mo‘ljallangan strategik rejalari bilan bo‘lishdi. Mamlakatimiz dastlab 2030-yilga borib erishish ko‘zda tutilgan $160 mlrdlik yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmiga joriy yilning o‘zidayoq erishgani ta’kidlandi. Iqtisodiyot bosqichma-bosqich yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga tayanadigan yangi modelga o‘tmoqda.Davlat rahbari belgilab bergan yangi maqsadlarga ko‘ra, kelgusi 10 yilda mamlakatga $450 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Sanoat sohasida 2 milliondan ortiq yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilib, yoshlar tadbirkorligi,
Sarmoyador
28 Aug, 12:50
Markaziy bank Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqardiO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik sanasi munosabati bilan maxsus esdalik tangalari kolleksiyasini muomalaga chiqardi. Uchta tangadan iborat ushbu to‘plamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari va tamsillari akse etgan bo‘lib, ular xalqimizning tarixiy xotirasi hamda bunyodkorlik yo‘lini ifodalaydi.Esdalik tangalarining xususiyatlari va tiraji:Oltin tangalar: Asillik darajasi — 999,9 (sof oltin), og‘irligi — 31,1 gramm (1 troy onsiya). Cheklangan tiraj — 450 dona.Kumush tangalar: Asillik darajasi — 999,9 (sof kumush), og‘irligi — 31,1 gramm (1 troy onsiya). Cheklangan tiraj — 800 dona.Xaridorlar ushbu tangalarni 3 donalik maxsus kolleksiya to‘plami ko‘rinishida yoki alohida-alohida xarid qilishlari mumkin. Esdalik tangalari
Sarmoyador
28 Aug, 05:51
Alkes Research litsenziyasi bekor qilindi: Jett ilovasi foydalanuvchilari uchun bu nimani anglatadi?Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda «Alkes Research» MChJning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun berilgan litsenziyasi bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ba’zi investorlar orasida bu xabar Jett investitsiya platformasining to‘xtab qolishi sifatida qabul qilindi, ammo vaziyat aslida boshqacha.Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) tomonidan 2026-yil 26-avgustdan e’tiboran «Alkes Research»ning 1435-sonli «Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi» litsenziyasi bekor qilindi. Ushbu litsenziya mijozlar nomidan ishonchnoma asosida aktivlarni mustaqil boshqarish imkonini berar edi va u Jett ilovasining kundalik faoliyati uchun asosiy poydevor bo‘lmagan.Jett platformasining uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan asosiy hujjat — bu 1434-sonli «Investitsiya
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
